18-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida normalashtirish
Chiqindilar toʻgʻrisida (362-II-son) · Sana: 05.04.2002 · Amalda
Fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, atrof-muhit muhofaza qilinishini taʼminlash, chiqindilarning hosil boʻlishini kamaytirish maqsadida chiqindilarning hosil boʻlish normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari ishlab chiqiladi.
Chiqindilarning hosil boʻlish normativlari chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Chiqindilarni joylashtirish limitlari yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi va chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Chiqindilarning hosil boʻlish normativlarini hamda chiqindilarni joylashtirish limitlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
