11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Chiqindilar toʻgʻrisida (362-II-son) · Sana: 05.04.2002 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid umumdavlat dasturlarini bajarishda ishtirok etadi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlarni ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratib beradi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini hal etadi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
chiqindilarni toʻplash va utilizatsiya qilish korxonalari tashkil etilishiga koʻmaklashadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
