Oʻzbekiston respublikasida meva-sabzavot mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va sotish tizimini rivojlantirish toʻgʻrisida (98-son)
21.02.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
9. “Biznes fond”, “Madad” agentligi “Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasining tayyorlov sotish tashkilotlariga moddiy-texnikaviy bazani va infrastrukturani rivojlantirish, shuningdek, ularning fyuchers kontraktlari uchun kredit resurslari ajratsinlar.
10. Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi 1997-1998-yillarda mavjud sovuqxonalar, omborlar, meva-sabzavot bazalari va boshqa ishlab chiqarish quvvatlaridan, infrastruktura obyektlaridan eng toʻliq foydalangan holda Toshkent shahrida va boshqa yirik shaharlarda meva-sabzavot mahsulotlari ulgurji bozori shahobchalari tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Oʻzbekbirlashuv, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari ulgurji bozorlari infrastrukturasini tashkil etish uchun, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga ajratilgan kreditlar doirasida kredit resurslari berish toʻgʻrisidagi masalani YETTB bilan ishlab chiqsin.
15. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining “Oʻzagrotrans” kompaniyasi “Oʻzulgurjimevasabzavot” kompaniyasining korxona va tashkilotlarga transport xizmati koʻrsatishni shartnoma asosida amalga oshirsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 21-fevral,
98-son
