“273-modda. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash v — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (832-I-son)
“273-modda. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (832-I-son) · Sana: 20.08.1999 · Amalda
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab koʻp boʻlmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek ularni koʻp boʻlmagan miqdorda qonunga xilof ravishda oʻtkazish —
olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan koʻproq miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash joylarida;
g) oʻquv yurtlarida yoki oʻquvchilar, studentlar oʻquv, sport va jamoat tadbirlarini oʻtkazadigan boshqa joylarda sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud oʻzganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday vositalarni isteʼmol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
a) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish —
mol-mulk musodara qilinib, oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi”;
30) 302-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; № 5, 124-modda):
1) 480-moddasi ikkinchi qismining 1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy prokurori” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 511-moddasi ikkinchi qismining 3-bandidagi “Qurolli Kuchlar Harbiy prokurori” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 512-moddasining ikkinchi qismidagi “Qurolli Kuchlar Harbiy prokurorining oʻrinbosarlari, garnizonlar harbiy prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining oʻrinbosarlari, harbiy prokurorlar va ularning oʻrinbosarlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda):
1) 126-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismi” degan soʻzlar “bir baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravari” degan soʻzlar “ikki baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 127-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha” degan soʻzlar “bir baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 166-moddasi:
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “spirtli ichimliklar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin, shu qismning sanksiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar esa “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 170-moddasining dispozitsiyasidagi “Eng kam ish haqining oʻn baravaridan oshmaydigan miqdordagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 1762-moddasining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi yoki oʻzi qayta roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻn kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoxud yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etish — ”;
6) 178-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli organning qoidabuzarlikni tugatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi talablarini yoxud boshqa qonuniy koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 186-moddasining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 2451-moddasidagi “1762” raqamlari chiqarib tashlansin;
9) 248-moddasi ikkinchi qismining 6-bandidagi “(yoʻl-patrul xizmati vzvod komandiri bundan mustasno)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
10) 264-moddasining birinchi qismi “176-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “176-2-moddasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
11) 283-moddasining birinchi qismi “ikkidan bir qismidan” degan soʻzlardan keyin “yoʻl harakati qoidabuzarliklari toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan esa — bir baravaridan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi hamda 1996-yil 29-avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1) 43-moddasining toʻrtinchi qismi “uning joylashgan yeri” degan soʻzlardan keyin “(pochta manzili)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 46-moddasi:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yuridik shaxs oʻzi bilan boʻladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega boʻlishi lozim hamda oʻzining pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida vakolatli davlat organlarini xabardor etishi shart”;
toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “va joylashgan yeri” degan soʻzlar “va joylashgan yeri (pochta manzili)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun tomonidan taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan yoxud olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmagan, dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, va (yoki) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida ustav fondi taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq”;
4) 55-moddasi:
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish, shuningdek ularni muassislari yoʻqligida tugatish taomili va xususiyatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
oʻninchi qismi oʻn birinchi qism deb hisoblansin;
5) 490-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuziladigan korxonani sotish shartnomasi notarial guvohlantirilishi shart emas, ushbu Kodeksning 110-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda) quyidagi mazmundagi 291-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “273-modda. Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (832-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-44851/273 (lex.uz/docs/-44853)