Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (510-6-son)
23.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 510-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 231-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga (roʻyxat raqami 510, 1998-yil 22-oktabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-iyul,
16/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/6-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 2.1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.”.
2. 4.1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.1. Bank faoliyati bilan shugʻullanish yoki xorijiy valyutada operatsiyalarni oʻtkazish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan xorijiy banklar Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida “loro” korrespondentlik hisobvaraqlarini ochishlari mumkin.”.
3. 4.3-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa joriy xalqaro operatsiyalardan olingan, shuningdek, norezidentlarning qimmatli qogʻozlarni sotishdan tushgan mablagʻlari.”.
