“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2885-1-son)
22.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2885-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 14-apreldagi 15, 125, 2017/10-3, 2017-09, 01-02/8-8-son “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2885, 2017-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 374-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-avgust,
89-son
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-avgust,
14-son
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. UMURZAKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-avgust,
qq-01-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-avgust,
2019-51-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-avgust,
01-02/8-31-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 6-avgustdagi 89, 14, qq-01, 2019-51 va 01-02/8-31-son qaroriga ILOVA
“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) 1-bandning “a” kichik bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 2-ilovadan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
