Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi 201-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (699-son)
21.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini, shuningdek, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi 201-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi E.I. Basitxanova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-avgust,
699-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 699-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi 201-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-bandda:
a) quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiquvchi tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi hamda hududiy boʻlimlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlarni jamoat fondi mablagʻlari hisobidan qoplash”;
b) toʻqqizinchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining ijro etuvchi direksiyasi
TUZILMASI
Ijro etuvchi direksiya boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 7 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan normativlar asosida belgilanadi”.
3. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining ijro etuvchi direksiyasi xodimlarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
RAZRYaDLARI
Lavozim nomi Razryadi Ijrochi direktor 16 Auditor — taftishchi 14 Yuriskonsult 14 Buxgalteriya boʻlimi boshligʻi — Bosh hisobchi 14 Bosh mutaxassis 12 Etakchi mutaxassis 11 ”.
