Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4420-son)
16.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Mamlakatimizda qorakoʻlchilik tarmogʻida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish orqali sifatli qorakoʻl teri yetishtirish, choʻl ozuqabop ekinlar urugʻchiligi maydonlarini tashkil etish va yaylovlar hosildorligini oshirish hamda qorakoʻlchilik subyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida soʻnggi yillarda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birgalikda, bugungi kunda sohada mavjud ichki imkoniyatlardan toʻliq foydalanilmayapti.
Xususan, naslchilik ishlarini yanada takomillashtirish, choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi maydonlarini kengaytirish, sohada eksportbop qorakoʻl va qorakoʻlcha teri yetishtirish, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash va xom ashyolardan tibbiyot maqsadlari uchun foydalanish ahvoli bugungi kun talabiga javob bermaydi.
Respublikada qorakoʻl zotli qoʻylar bosh soni va qorakoʻlchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish, naslchilik ishlarini ilmiy asosda takomillashtirish, qorakoʻlchilik mahsulotlarini, xom ashyolarini chuqur qayta ishlash va tibbiyot maqsadlari uchun keng foydalanish hamda soha xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda qorakoʻl zotli qoʻylar bosh soni, jun va qorakoʻl teri ishlab chiqarishni koʻpaytirishning prognoz parametrlari 1, 1a, 1b-ilovalarga muvofiq;
qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etuvchi korxonalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
qorakoʻlchilik sohasida eksportbop qorakoʻlcha teri yetishtirish va tibbiyot uchun noyob dorivor vositalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan qorakoʻlchilik xom ashyosi yetkazib berish korxonalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
yaylovlar hosildorligini oshirish maqsadida choʻl yaylov oʻsimliklari urugʻchiligi maydonlarini kengaytirish parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga kuchli ozuqalar yetishtirish maqsadida talab etiladigan sugʻoriladigan yer maydonlarini ajratish parametrlari 5-ilovaga muvofiq;
oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlariga qarashli uzoq choʻl hududlaridagi naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklarining suv chiqarish inshootlari joylashgan naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga ajratiladigan yaylov yer maydonlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi, “Xalq banki” ATB bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq belgilangan prognoz parametrlar ijrosini taʼminlash yuzasidan tumanlar va qorakoʻlchilik subyektlari kesimida manzilli chora-tadbirlarni tasdiqlasin hamda ularning samarali va toʻliq ijrosi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorga 6-ilovada nazarda tutilgan oʻrmon bilan qoplanmagan yaylov yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlaridan naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga ajratib berilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi, Navoiy va Qashqadaryo viloyati hokimliklarining Navoiy viloyatida qorakoʻl zotli qoʻylarning sur rangi boʻyicha, Qashqadaryo viloyatida qora va koʻk rangi boʻyicha yuqori elita sinfli nasldor qorakoʻl qoʻylar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Quyidagilar Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
yuqori nasldor elita sinfiga mansub sur, qora va koʻk rangli qorakoʻl zotli qoʻylar otarlarini ilmiy asosda tashkil etish;
otarlarda naslchilik va sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tizimli tashkil etish, bunda ranglar boʻyicha qimmatli eksportbop yarim doira qalamgul, qovurgʻasimon va yassi gul tipidagi qorakoʻl qoʻylar seleksiyasiga alohida eʼtibor qaratish;
serpusht qorakoʻl qoʻylarni oʻzaro juftlash orqali jahon moʻyna bozorlari talabidan kelib chiqib, qorakoʻl terining raqobatbardosh turlarini yaratish;
yetishtirilgan yuqori mahsuldor qorakoʻl qoʻy va qoʻchqorlarni aholi xonadonlariga, dehqon hamda fermer xoʻjaliklariga tizimli ravishda yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish.
Ushbu stansiyalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy davlat hokimiyatiorganlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki, 2019 — 2023-yillarda qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga yetishtirib eksportga sotilgan har bir dona qorakoʻl terisi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 50 ming soʻmdan va har bir dona qorakoʻlcha terisi uchun 75 ming soʻmdan subsidiyalar ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda qorakoʻlchilik subyektlariga subsidiya berish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
6. Respublikada qorakoʻlchilik sohasida naslchilik seleksiya ishlarini takomillashtirish, jahon bozori talablariga mos boʻlgan raqobatbardosh qorakoʻl terisi ishlab chiqarish va uni qayta ishlashni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi huzurida Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan foiz toʻlovlarisiz qaytarish sharti bilan 7 yil muddatga 2019-2020-yillarda ajratiladigan 50 mlrd soʻm;
Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasiga aʼzo tashkilotlarning hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va kreditlari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:
naslchilik-seleksiya ishlarini ilmiy asosda tashkil etish va uni takomillashtirish;
inqirozga uchragan yaylov yer maydonlarini tiklash, choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklarining birlamchi urugʻchilik maydonlari va madaniy yaylovzorlarni tashkil etish;
chorva mollari uchun qishlov mavsumida kuchli ozuqa zaxirasini yaratish;
sohada resurs tejamkor uskunalar sotib olish va ozuqa sexlari (granulyator)ni tashkil etish hamda qorakoʻlchilik subyektlari tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlarini sotib olishni moliyalashtirish;
uzoq choʻl hududlarida suv chiqarish inshootlarini barpo etish hamda mavjudlarini taʼmirlash va modernizatsiya qilish;
sohaga yangi zamonaviy texnologiyalar, innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni olib kelish hamda joriy etish;
mutaxassislarning xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi, sohadagi kadrlar malakasini oshirish, shu jumladan yosh mutaxassislarning xorijda oʻqishi, stajirovka oʻtashi, xorijiy mutaxassis va maslahatchilarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ishchi xodimlarni moddiy va ijtimoiy ragʻbatlantirish;
kavrak yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari, resurs tejovchi uskunalar va zamonaviy texnologiyalar xarid qilinishini moliyalashtirish;
kavrak oʻsimligi koʻchati va urugʻini sotib olish;
suv chiqarish inshootlarini barpo etish;
Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasiga yuklatilgan boshqa vazifalar ijrosini taʼminlash.
8. Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining Jamgʻarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻni tijorat banklari orqali qorakoʻlchilik subyektlariga 5 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 5 foiz (shundan 4 foiz bank marjasi) stavkada kredit sifatida ajratish haqidagi taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi bilan birgalikda qorakoʻlchilik xom ashyolari asosida yaratiladigan noyob dori vositalari — immunitetni tiklovchi “Timoptin inyeksiyasi” va kamqonlikda qoʻllaniladigan “Eritim” preparatlarini ishlab chiqarishni 10 baravargacha oshirish choralarini koʻrsin va ushbu maqsad uchun talab etiladigan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qorakoʻlchilik xom ashyolari asosida yaratiladigan Kardin va Aflan dori vositalarining klinik sinovlarini olib borish va ishlab chiqarishni tashkillashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ushbu ishlanmalarni grant mablagʻlari bilan taʼminlasin.
12. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-sentabrdan boshlab Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi qorakoʻlchilik subyektlarida qorakoʻl zotli qoʻylarning:
bosh soni, genofondini saqlash va takomillashtirish, naslchilik-seleksiya ishlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yuzasidan davriy monitoring hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
genofondini saqlash, boshqa zotli qoʻylar bilan chatishtirmaslik hamda biriktirilgan yer (yaylov) maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish toʻgʻrisida zarur tavsiyalar beradi.
13. Naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga qarashli yaylovlarni tuman hokimligi zaxirasiga olish, shuningdek, boshqa yoʻnalishdagi fermer xoʻjaliklariga va qishloq xoʻjaligi korxonalariga berish Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining roziligi bilan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining:
Samarqand shahri, Xishrav qoʻrgʻoni, Samarqand koʻchasi, 1-uyda joylashgan Samarqand qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejining maʼmuriy binosini tegishli hududlari bilan birgalikda Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish;
Samarqand viloyati Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi hamda Samarqand viloyati “Chorvanasl” markazini Samarqand shahri, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 47-uy manzilida joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Samarqand viloyati hokimligi mazkur bandda koʻrsatilgan bino va inshootlarning belgilangan tartibda qabul qilinishi va topshirilishini taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, ilmiy-amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlari va ilmiy mavzularni shakllantirishda veterinariya, qorakoʻlchilik va chorvachilik sohasida yuqori sifatli veterinariya vositalari, naslchilik ishlarini yuritishning hamda yuqori hosildor ozuqa ekinlarining yangi navlarini yaratish va urugʻchiligini yoʻlga qoʻyishning zamonaviy usul va texnologiyalari ishlab chiqilishini nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi bilan birgalikda qorakoʻlchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-avgust,
PQ-4420-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi PQ-4420-son qaroriga 1-ILOVA
2019 — 2021-yillarda qorakoʻl zotli qoʻylar bosh sonini koʻpaytirishning
prognoz parametrlari
(ming bosh) T/r Hududlar nomi 2018-yil 2019-yil 2020-yil 2021-yil 2018-yilga nisbatan koʻpayish bosh soni foizda 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 327 347 382 412 85 126 2. Buxoro viloyati 1839 1968 2125 2306 467 125 3. Jizzax viloyati 79 85 92 100 21 126 4. Qashqadaryo viloyati 1701 1812 1947 2118 417 125 5. Navoiy viloyati 1448 1549 1672 1814 366 125 6. Samarqand viloyati 431 461 498 540 109 125 7. Surxondaryo viloyati 45 48 52 56 11 125 Jami: 5870 6270 6768 7346 1476 125,1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi PQ-4420-son qaroriga 1a-ILOVA
2019 — 2021-yillarda jun ishlab chiqarishni koʻpaytirishning
prognoz parametrlari
(tonna) T/r Hududlar nomi 2018-yil 2019-yil 2020-yil 2021-yil 2018-yilga nisbatan koʻpayish miqdori foizda 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 392 416 452 490 98 125 2. Buxoro viloyati 2553 2731 2935 3199 646 125 3. Jizzax viloyati 150 161 173 188 38 125 4. Qashqadaryo viloyati 2673 2834 3032 3329 656 125 5. Navoiy viloyati 2867 3068 3312 3577 710 125 6. Samarqand viloyati 430 460 494 538 108 125 7. Surxondaryo viloyati 65 70 75 82 17 126 Jami: 9130 9740 10473 11403 2273 125,1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi PQ-4420-son qaroriga 1b-ILOVA
2019 — 2021-yillarda qorakoʻl teri ishlab chiqarishni koʻpaytirishning
prognoz parametrlari
(ming dona) T/r Hududlar nomi 2018-yil 2019-yil 2020-yil 2021-yil 2018-yilga nisbatan koʻpayish miqdori foizda 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 81,4 87,0 93,9 101,9 20,5 125 2. Buxoro viloyati 414,8 443,0 478,4 519,1 104,3 125 3. Jizzax viloyati 2,5 2,7 2,9 3,2 0,7 128 4. Qashqadaryo viloyati 174,5 186,0 200,8 217,9 43,4 125 5. Navoiy viloyati 261,4 279,7 302,0 327,7 66,3 125 6. Samarqand viloyati 62,5 66,8 72,1 78,3 15,8 125 7. Surxondaryo viloyati 6,7 7,2 7,8 8,5 1,8 127 Jami: 1003,8 1072,4 1157,9 1256,6 252,8 125,7
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi PQ-4420-son qaroriga 2-ILOVA
Qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etuvchi korxonalar
ROʻYXATI
Hududlar Qayta ishlashni tashkil etadigan korxona Loyiha yoʻnalishi Loyiha qiymati (mlrd soʻm) Shundan: Yillik qayta ishlash quvvati Ishga tushirish muddati oʻz mablagʻi Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani “Muborak” MCHJ Qorakoʻl va qoʻy terilarini qayta ishlash 8 4 4 100 ming dona qorakoʻl terisi 2019-yil oktabr 70 ming dona qoʻy terisi Navoiy viloyati, Konimex tumani “Qorakoʻl jozibasi” shuʼba korxonasi Qorakoʻl va qoʻy terilarini qayta ishlash 8 2 6 100 ming dona qorakoʻl terisi 2019-yil oktabr 70 ming dona qoʻy terisi Buxoro viloyati, Kogon tumani “Kogon chinor chorvasi” MCHJ Qorakoʻl va qoʻy terilarini qayta ishlash 15 3 12 150 ming dona qorakoʻl terisi 2019-yil dekabr 70 ming dona qoʻy terisi Jami: 31 9 22 560 ming dona
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi PQ-4420-son qaroriga 3-ILOVA
Qorakoʻlchilik sohasida eksportbop qorakoʻlcha teri yetishtirish va tibbiyot uchun noyob dorivor vositalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan qorakoʻlchilik xom ashyosi yetkazib berish korxonalari
ROʻYXATI
T/r Hududlar Korxonalar nomi Eksportbop qorakoʻlcha teri ishlab chiqarish (dona) Noyob dorivor vosita ishlab chiqarish uchun timus yetkazib berish (kg) Goʻsht yetishtirish (tonna) 2020-y. 2021-y. 2022-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. 1. Buxoro viloyati “Kogon chinor chorva” MCHJ (Kogon tumani) 6000 8000 10000 60 80 100 120 160 200 2. Qashqadaryo viloyati “Oʻzbekiston qorakoʻl naslchilik” MCHJ (Mirishkor tumani) 600 750 925 6 7,5 9 12 15 18,5 “Gʻ. Gʻulom qorakoʻl naslchilik” MCHJ (Mirishkor tumani) 250 325 400 2 3 4 5 6,5 8 “Nishon qorakoʻl naslchilik” MCHJ (Nishon tumani) 400 550 650 4 5,5 6,5 8 11 13 “Muborak qorakoʻl naslchilik” MCHJ (Muborak tumani) 1950 2400 2900 20 24 29 39 48 58 “Gʻuzor qorakoʻl naslchilik” MCHJ (Gʻuzor tumani) 1200 1600 2100 12 16 21 24 32 42 “Pachkamar qorakoʻl naslchilik” MCHJ (Gʻuzor tumani) 350 450 650 4 4,5 6,5 7 9 13 “Turon qorakoʻl naslchilik” MCHJ (Koson tumani) 250 325 400 2 3 4 5 6,5 8 “M. Ibragimov qorakoʻl naslchilik” MCHJ (Dehqonobod tumani) 400 450 650 4 5 7 8 9 13 “Qoʻngʻirot qorakoʻl naslchilik” MCHJ (Dehqonobod tumani) 600 750 925 6 7,5 9 12 15 18,5 3. Navoiy viloyati “Zarafshon boʻrdoqichilik” MCHJ (Qiziltepa tumani) 7000 7700 8500 70 77 85 140 154 170 “Konimex Chardara” MCHJ (Konimex tumani) 3000 3300 3500 30 33 35 60 66 70 Jami: 22000 26600 31600 220 266 316 440 532 632
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi PQ-4420-son qaroriga 4-ILOVA
Choʻl yaylov oʻsimliklari urugʻchiligi maydonlarini kengaytirish
PARAMETRLARI
T/r Hududlar Choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchilik maydonini tashkil etuvchi subyektlar Jami tashkil etiladigan urugʻchilik maydonlari (gektar) Shu jumladan: 2019-yil 2020-yil 2021-yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Buxoro choʻl yaylov oʻsimliklar urugʻchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi 200 200 2. Buxoro viloyati Buxoro choʻl yaylov oʻsimliklar urugʻchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi 3000 1000 1000 1000 3. Jizzax viloyati Buxoro choʻl yaylov oʻsimliklar urugʻchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi 300 100 200 4. Qashqadaryo viloyati Buxoro choʻl yaylov oʻsimliklar urugʻchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi 1500 500 1000 5. Navoiy viloyati Buxoro choʻl yaylov oʻsimliklar urugʻchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi 2000 1000 1000 Navoiy Qizilqum ilmiy-tadqiqot tajriba stansiyasi 500 100 200 200 6. Samarqand viloyati Buxoro choʻl yaylov oʻsimliklar urugʻchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi 1000 500 500 7. Surxondaryo viloyati Buxoro choʻl yaylov oʻsimliklar urugʻchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi 200 200 Jami: 8700 2100 2300 4300
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi PQ-4420-son qaroriga 5-ILOVA
Naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga kuchli ozuqalar yetishtirish maqsadida talab etiladigan sugʻoriladigan yer maydonlari ajratish
PARAMETRLARI
Tumanlar Subyektlar nomi Talab etiladigan suvli maydon (gektar) shu jumladan: arpa va joʻxori ekish uchun (gektar) beda ekish uchun (gektar) Buxoro viloyati Olot “Olot qorakoʻl naslchilik” MCHJ 40 40 Jondor “A. Temur qorakoʻl naslchilik” MCHJ 57 57 Shofirkon “Gʻalaba qorakoʻl naslchilik” MCHJ 87 87 Peshku “Jongeldi qorakoʻl naslchilik” MCHJ 40 40 Qorakoʻl “Qorakoʻl naslchilik” MCHJ 57 57 Qorovulbozor “Qorovulbozor qorakoʻl naslchilik” MCHJ 144 144 Gʻijduvon “Koʻkcha qorakoʻl naslchilik” MCHJ 65 65 Kogon “Kogon Chinor chorvasi (boʻrdoqilash)” MCHJ 100 50 50 Jizzax viloyati Forish “Golden Territoriya” MCHJ 33 33 Qashqadaryo viloyati Mirishkor “Oʻzbekiston qorakoʻl naslchilik” MCHJ 90 90 “Gʻ. Gʻulom qorakoʻl naslchilik” MCHJ 39 39 Nishon “Nishon qorakoʻl naslchilik” MCHJ 61 61 Muborak “Muborak qorakoʻl naslchilik” MCHJ 268 268 Gʻuzor “Gʻuzor qorakoʻl naslchilik” MCHJ 190 190 “Pachkamar qorakoʻl naslchilik” MCHJ 59 59 Koson “Turon qorakoʻl naslchilik” MCHJ 39 39 Dehqonobod “M. Ibragimov qorakoʻl naslchilik” MCHJ 63 63 “Qoʻngʻirot qorakoʻl naslchilik” MCHJ 88 88 Navoiy viloyati Konimex “Saribel sur qorakoʻl” MCHJ 105 105 “Yangigʻazgʻon Nurli diyor” MCHJ 108 108 “Kanimex Sarjal Kosay” MCHJ 67 67 “Yeltay kumush sur maskani” MCHJ 58 58 “Qoshquduq doʻstlik kumush sur” MCHJ 44 44 “Qalmuratkazgan-chorvador maskani” MCHJ 22 22 “Qorakoʻl-Uchtepa Sur” MCHJ 122 122 “Kanimex-Chardara (boʻrdoqilash)” MCHJ 60 50 10 Nurota “Istiqlol qorakoʻl naslchilik” MCHJ 123 123 “Gʻazgʻon naslchilik” MCHJ 82 82 “Nurota qorakoʻl naslchilik” MCHJ 190 190 “Qizilcha qorakoʻl naslchilik” MCHJ 105 105 Qiziltepa “Zarafshon (boʻrdoqilash)” MCHJ 100 50 50 Samarqand viloyati Nurobod “Tutli qorakoʻl zamini” MCHJ 58 58 “Saxoba ota qorakoʻl nasl” MCHJ 58 58 “Tim agʻron chorvadorlari” MCHJ 35 35 “Nurli el chorvadori” MCHJ 125 125 “Olgʻa qorakoʻl naslchilik” MCHJ 25 25 “Kattaqoʻrgʻon” MCHJ 50 50 Paxtachi “Qarnabota qorakoʻl naslchilik” MCHJ 58 58 Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon “Bobotogʻ suri qorakoʻlchilik” MCHJ 120 120 Jami: 3235 3125 110
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi PQ-4420-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlariga qarashli uzoq choʻl hududlaridagi naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklarining suv chiqarish inshootlari joylashgan naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga ajratiladigan yaylov yerlari
MAYDONLARI
№ Hududlar Tumanlar Naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklari nomi Yaylov yer maydonlarida joylashgan suv inshootlari soni Suv inshootlari joylashgan yaylov yerlarining maydonlari (gektar) 1. Buxoro viloyati Olot “Olot” MCHJ 3 3000 2. Jondor “Amir Temur” MCHJ 12 25000 3. Shofirkon “Gʻalaba” MCHJ 3 20000 4. Qorakoʻl “Qorakoʻl” MCHJ 2 5000 5. Qorovulbozor “Qorovulbozor” MCHJ 7 3000 6. Gʻijduvon “Koʻkcha” MCHJ 4 28000 7. Qashqadaryo viloyati Muborak “Muborak” MCHJ 5 10000 8. Dehqonobod “Qoʻngʻirot” MCHJ 4 3500 9. Navoiy viloyati Konimex “Saribel sur qorakoʻl” MCHJ 4 5000 10. “Yangigʻozgʻon Nurli Diyor” MCHJ 11. “Kanimex Sarjal Kosay” MCHJ 7 50000 12. “Yeltoy kumush sur maskani” MCHJ 17 45000 13. “Qoʻshquduq doʻstlik kumush sur” MCHJ 14. “Kalmuratqazgan-chorvadorlar makoni” MCHJ 15. “Qorakoʻl Uchtepa Sur” MCHJ 21 61642 16. Nurota “Qizilcha qorakoʻl naslchilik” MCHJ 450 17. “Nurota qorakoʻl naslchilik” MCHJ 14 4000 Jami: 103 263592
