“Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish boʻyicha” koʻrsatmani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (929-1-son)
13.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 929-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son “2019-yilda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari toʻgʻrisida”gi farmoyishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2000-yil 29-maydagi 01-526, 24/8-855-son “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish boʻyicha” koʻrsatmasi (roʻyxat raqami 929, 2000-yil 31-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 10-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-iyul,
4-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-iyul,
63QQ-son
