3-modda. Asosiy tushunchalar
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida (O‘RQ-552-son) · Sana: 13.08.2019 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yer uchastkasi — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi;
yer uchastkasini xususiylashtirish — ommaviy mulk boʻlgan yer uchastkasini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar mulkiga oʻtkazish;
boʻsh turgan yer uchastkasi — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar oʻrnatilmagan va ommaviy mulk boʻlgan yer uchastkasi;
elektron onlayn-auksion — auksion shaklidagi elektron savdolarni oʻtkazish usuli boʻlib, bunda yer uchastkalari Internet jahon axborot tarmogʻidagi ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasida undan potensial xaridorlarning teng ravishda foydalanishi asosida realizatsiya qilinadi.
