15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida (O‘RQ-552-son) · Sana: 13.08.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
aholi punktlari va hududlarni rejalashtirish hamda rivojlantirishga doir shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishini, tasdiqlanishi va eʼlon qilinishini tashkil etadi;
boʻsh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibini belgilaydi;
xususiylashtiriladigan yer uchastkalari uchun haq miqdorlarini, shuningdek uni toʻlash tartibini belgilaydi;
Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentni tasdiqlaydi;
yer uchastkalarining bozor qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
