Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (662-son)
10.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Davletov Ruslanbek Kuroltayevich — vazir 2. lavozimiga koʻra — vazirning birinchi oʻrinbosari 3. Meliyev Xudayor Xurramovich — vazir oʻrinbosari 4. Tashkulov Akbar Djurabayevich — vazir oʻrinbosari 5. Kanyazov Esemurat Sultamuratovich — vazir oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori 6. lavozimiga koʻra — vazir oʻrinbosari — Intellektual mulk agentligi direktori 7. Turaxujayev Xalilillo Sobirjonovich — Davlat xizmatlari agentligi direktori 8. Karimov Alisher Nishanovich — Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi 9. Nazarov Oʻtkir Erkinovich — Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshligʻi
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 4-iyundagi 421-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-avgust,
662-son
