Tovarlarni eksport qilishni tartibga solishni erkinlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (219-son)
18.06.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli va notarif tartibga solish usullarini erkinlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar uchun eksport boj poshlinalari stavkalari 1-ilovaga muvofiq joriy etilsin.
2. Eksport qilinishi taqiqlangan buyumlar va mahsulotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-son qaroriga 1-ilova hamda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qaroriga 7-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 18-iyun,
219-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-iyundagi 219-son qaroriga 1-ILOVA
Eksport boj poshlinalari
stavkalari
Eslatma:
* “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasining teri xomashyosining nostandartligi toʻgʻrisidagi xulosasi mavjud boʻlganda;
** Madaniyat ishlari vazirligining ruxsati mavjud boʻlganda olib chiqib ketilishiga ruxsat etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-iyundagi 219-son qaroriga 2-ILOVA
Eksport qilinishi taqiqlangan buyumlar va mahsulotlar
roʻyxati
