Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (212-son)
01.03.2017
Namangan viloyati Norin tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq transport vositalarining 2017-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 5-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2017-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomini tasdiqlash xaqida”gi qarori 3-band talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib borgan hodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
7. Mazkur qaror “Norin ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari V. Nuraliyev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi A. SULTANOV
Norin t.,
2017-yil 1-mart,
212-son
Norin tumani hokimining 2017-yil 1-martdagi 212-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda transport vositalarni texnik koʻrigini oʻtkazishni tashkil etuvchi komissiya
TARKIBI
A. Gofurov — tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruxi katta inspektori, serjant Komissiya raisining oʻrinbosari: V. Nuraliyev — tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Komissiya aʼzolari: A. Bekzamatov — “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Namangan viloyat hududiy boʻlimi sektor mudiri A. Egamberdiyev — tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi boshligʻi M. Norxonov — tuman Davlat soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat boʻlimi boshligʻi T. Radjapov — tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi X. J.Abdusalomov — “Oʻzagrosugʻurta” AJ Namangan viloyat filiali tuman boʻlimnmasi M. Murodov — MK “Vatanparvar” tashkiloti tuman kengashi mexanigi A. Ismoilov — “Norintexservis” uyushmasi avtomexanigi Sh. Raxmatullayev — “Navbahor Norin trans servis” xususiy korxonasi mexanigi X. Baxriddinov — “Mangutransservis” MChJ avtomexanigi M. Toʻrayev — “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman boʻlimi raisi
Norin tumani hokimining 2017-yil 1-martdagi 212-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilot, korxona, xoʻjaliklar, muassasalar nomlari Tashkilot manzili Texnik koʻrik oʻtkazish sanasi va vaqti Texnik koʻrik oʻtkazish joyi Texnika soni (dona) 1. Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Haqqulobod shahar, E. Paygʻambarov koʻchasi 01.03.2017-yil Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hovlisida 10 2. “Toshkent” MMTP (fermer xoʻjaliklari bilan) Norin tumani, Qoʻrgʻontepa QFY 07.03.2017-yil Norin tumani, “Toshkent” MMTP hovlisida 18 3. “Katta Oʻlmas” MMTP (fermer xoʻjaliklari bilan) Norin tumani, Etti qashqa QFY 10.03.2017-yil Norin tumani, “K. Oʻlmas” MMTP hovlisida 15 4. “Gʻa�aba” MMTP (fermer xoʻjaliklari bilan) Haqqulobod shahar, E. Paygʻambarov koʻchasi 12.03.2017-yil Norin tumani, “Gʻalaba” MMTP hovlisida 20 5. “Oʻzbekiston” MMTP (fermer xoʻjaliklari bilan) Norin tumani, Shoʻro qishlogʻida 14.03.2017-yil Norin tumani, “Oʻzbekiston” MMTP hovlisida 20 6. “Boʻston” MMTP (fermer xoʻjaliklari bilan) Norin tumani, Toshloq qishlogʻida 17.03.2017-yil Norin tumani, “Boʻston” MMTP hovlisida 23 7. “Xoʻjaobod” MMTP (fermer xoʻjaliklari bilan) Norin tumani, Xoʻjabod qishlogʻida 19.03.2017-yil Norin tumani, “Xoʻjabod” MMTP hovlisida 21 8. “Oq-oltin” MMTP (fermer xoʻjaliklari bilan) Norin tumani, Toshqin qishlogʻida 24.03.2017-yil Norin tumani, “Oq-oltin” MMTP hovlisida 18 9. “A. Shamsiddinov” MMTP (fermer xoʻjaliklari bilan) Norin tumani, Toʻda qishlogʻida 26.03.2017-yil Norin tumani, “A. Shamsiddinov” MMTP hovlisida 18 10. “Norinkapa” MMTP (fermer xoʻjaliklari bilan) Norin tumani, Norinkapa qishlogʻida 05.03.2017-yil Norin tumani, “Norinkapa” MMTP hovlisida 30 11. “Paxtakor” MMTP (fermer xoʻjaliklari bilan) Norin tumani, Choʻja qishlogʻida 28.03.2017-yil Norin tumani, “Paxtakor” MMTP hovlisida 10 12. “Norin” MTP DAJ, “Norinagrotexservis” MChJ Haqqulobod shahar, Oʻzbekiston koʻchasi 05.05.2017-yil “Norin” MMTP hovlisida 18 13. Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi Haqqulobod shahar, Oʻzbekiston koʻchasi 12.05.2017-yil Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi hovlisida 15 14. “Qishloqxoʻjalikkimyo” AJ Haqqulobod shahar, Oʻzbekiston koʻchasi 02.04.2017-yil “Qishloqxoʻjalikkimyo” AJ hovlisida 20 15. “Norin Tola” AJ Haqqulobod shahar, Beruniy koʻchasi 04.04.2017-yil “Norin Tola” AJ hovlisida 20 16. Tuman elektr tarmoklari korxonasi Haqqulobod shahar, Oʻzbekiston koʻchasi 07.04.2017-yil Tuman elektr tarmoklari korxonasi hovlisida 23 17. Tuman tibbiyot birlashmasi Haqqulobod shahar, Beruniy koʻchasi 12.04.2017-yil Tuman tibbiyot birlashmasi hovlisida 21 18. Tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya markazi Haqqulobod shahar, Beruniy koʻchasi 14.04.2017-yil Tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya markazi hovlisida 18 19. Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji Haqqulobod shahar, Oʻzbekiston koʻchasi 16.04.2017-yil Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida 18 20. Qurilish kasb-hunar kolleji Norin tumani, Shoʻro qishlogʻi 16.04.2017-yil Qurilish kasb-hunar kollejida 30 21. Taʼlim muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman boʻlimi Haqqulobod shahar, Oʻzbekiston koʻchasi 19.04.2017-yil Taʼlim muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman boʻlimida 10 22. Tuman kommunal obodonlashtirish boshqarmasi Haqqulobod shahar, Oʻzbekiston koʻchasi 23.04.2017-yil Tuman kommunal obodonlashtirish boshqarmasida 4 23. “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi tuman fililali Haqqulobod shahar, Navoiy koʻchasi 26.04.2017-yil Tumangaz taʼminoti korxonasida 4 24. Tuman yoʻl pudrat taʼmir foydalanish korxonasi Haqqulobod shahar, Beruniy koʻchasi 03.05.2017-yil Tuman yoʻl pudrat taʼmir foydalanish korxonasida 3 25. “Namangan pochtasi” XJ tuman filiali Haqqulobod shahar, Beruniy koʻchasi 17.05.2017-yil “Namangan pochtasi” XJ tuman filialida 1 26. Norin telekommunikatsiya bogʻlanmasi Haqqulobod shahar, Beruniy koʻchasi 17.05.2017-yil Norin telekommunikatsiya bogʻlanmasida 1 27. Tumandagi “58-avtokorxona” MChJ Haqqulobod shahar, Beruniy koʻchasi 20.05.2017-yil Tumandagi “58-avtokorxona” MChJda 15 28. Tuman hokimligi Haqqulobod shahar, Oʻzbekiston koʻchasi 24.05.2017-yil Tuman hokimligida 2 29. Boshqa tashkilotlar 25.05.2017-yil — 31.05.2017-yil Norin tumani IIB YHXGda
