Yaylov chorvachiligi xoʻjaliklari xodimlarining ish haqiga ustamalarning koeffitsiyentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (231-son)
12.05.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yaylov chorvachiligi (qorakoʻlchilik, qoʻychilik, yilqichilik va tuyachilik) xodimlarini ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 7-yanvardagi Farmonining 3-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va viloyatlarning hokimliklari bilan kelishilgan yaylov chorvachiligi xoʻjaliklari xodimlarining (roʻyxat ilova qilinadi) ish haqiga ustamalarning koeffitsiyentlari tasdiqlansin. Koʻrsatilgan ish haqiga ustamalar xoʻjaliklar va korxonalarning daromadlari hisobidan amalga oshirilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga respublika xoʻjaliklari uchun xuddi shunday roʻyxatni tasdiqlash tavsiya etilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 12-may,
231-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-maydagi 231-son qaroriga ILOVA
Xodimlarning ish haqiga oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladigan yaylov, suvsiz, togʻli, uzoq va kam oʻzlashtirilgan zonalarda joylashgan xoʻjaliklarning ROʻYXATI
