Guliston shahar hududidaga yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari va ularning tirkamalarini 2019-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida (385-son)
22.02.2019
Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”i Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashaning Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda), “Yoʻl harakati havfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 15-son 197-moddasi) 7-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 1-2-son, 17-modda) hamda 2017-yil 22-dekabrdagi tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1010-sonli qarorining tegishli bandlariga asosan muvofiq 2019-yilda Guliston shahridagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtotransportlar vositalarini majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, qaror qilaman:
1. Shahar hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtotransportlar vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Jismoniy shaxslarga tegishli M 1 toifadagi transport vositalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari, normalariga muvofiqligi tadbirkorlik subyektlari –yuridik shaxslar tomonidan ham baholanishi mumkin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylika muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylari soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan( haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar-bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari( mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari, (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari)-bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
d) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlardan qatiy nazar, ularni DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida;
e) ular ishlab chiqarilgan yildan qati nazar DYHXX organlaida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil oʻtgach (loyihaning “a” kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno).
4. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentyabr — 31-oktyabrda oʻtkazilsin.
yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunga qadar;
jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustga qadar oʻtkazilsin.
Transport vositasi texnik koʻrikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin. Ushbu holda transport vositasini texnik koʻrikka taqdim etish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror transport vositasi egasi-yuridik yoki jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida DHXXning hududiy boʻlinmasi rahbari tomonidan qabul qilinadi.
5. Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda yigʻim undiriladi.
6. Yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarorining 3-bandi talabidan kelib chiqib, shahar mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi, davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy boʻlimlari vamilliy gvardiyaga tegishli transport vositalari ushbu idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi nazarda tutilsin.
8. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib borgan hodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqqi saqlanib qolinsin.
9. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2018-yil 1-martdagi 343-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qaror “uliston yangiliklari”gazetasida (F. Tashmatov) rasmiy eʼlon qilinsin hamda shahar hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
11. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
12. Qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari J. Yariyev zimmasiga yuklatilsin.
Shahar hokimi v. b T. DADABAYEV
Guliston sh.,
2019-yil 22-fevral,
385-son
Shahar hokimining 2019-yil 22-fevraldagi 385-sonli qaroriga 1-ILOVA
Guliston shahar hududidaga yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari va ularning tirkamalarini 2019-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
