Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 9-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2140-1-son)
05.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2140-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2010-yil 3-avgustdagi 290-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2140, 2010-yil 6-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 310-modda) bilan tasdiqlangan Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 9-bandi uchinchi xatboshisidagi “militsiya” degan soʻz “ichki ishlar organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-iyul,
201-mh-son
