96-modda. Sugʻurta syurveyeri
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida (358-II-son) · Sana: 05.04.2002 · Amalda
Sugʻurta syurveyeri quyidagilar boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, oʻz shtatida tegishli mutaxassislarga ega boʻlgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir:
sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi tuzilguniga qadar sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) obyektini koʻzdan kechirish va tekshirish;
sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini aniqlash;
tekshirilayotgan sugʻurta obyekti boʻyicha xulosa tuzish.
Sugʻurta ekspertizasini oʻtkazishga vakolatli mutaxassislarning (ekspertlarning) ish tartibi sugʻurta syurveyeri tomonidan belgilanadi.
Sugʻurta syurveyeri oʻz faoliyatini sugʻurtalovchi (sugʻurta qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Sugʻurta syurveyeri:
sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta va qayta sugʻurta qilish operatsiyalari oʻtkazishga;
sugʻurta boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga;
sugʻurtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Sugʻurta syurveyeri ishining natijalari boʻyicha hisobot taqdim etiladi, sugʻurtalovchi (sugʻurta qildiruvchi) bu hisobotdan sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi tuzish chogʻida foydalanishi mumkin.
Sugʻurta syurveyerining hisobotida koʻrsatilgan xulosalar mustaqil sugʻurta ekspertizasi jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
