61-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida (358-II-son) · Sana: 05.04.2002 · Amalda
Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari tuzish;
oʻz majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sugʻurta qilish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sugʻurta qilish;
maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sugʻurtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;
sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bogʻliq faoliyatni, shuningdek sugʻurta agenti sifatida sugʻurta vositachiligini amalga oshirish;
sugʻurta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;
sugʻurtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonunchilikka muvofiq belgilash;
sugʻurta hodisasi roʻy berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
sugʻurta agentlari, sugʻurta va qayta sugʻurta brokerlari, sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlashni qonunchilikda va (yoki) sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sugʻurta qildiruvchining sugʻurta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;
chet el sugʻurtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari koʻrsatish;
ilgari sugʻurtalovchi tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olingan yoki sugʻurta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
