Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida (358-II-son) · Sana: 05.04.2002 · Amalda
Sugʻurtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.
Sugʻurtalovchi ustav fondining kamida toʻqson foizi muassislarning (ishtirokchilarning) pul mablagʻlaridan shakllantiriladi.
Sugʻurtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sugʻurtalovchining boshlangʻich ustav fondi litsenziya olinadigan paytga qadar muassislar tomonidan shakllantirilgan boʻlishi va qonunchilikda belgilangan ustav fondining eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-40253
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 12-modda. Sugʻurtalovchilarning ustav fondi Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida (358-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-44612/12 (lex.uz/docs/-40253)