Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (640-son)
01.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi hayʼati aʼzolarining soni 11 (oʻn bir) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Shin Agrepina Vasilyevna ― Vazir 2. Turgʻunov Sobitxon Toshpoʻlatovich ― Vazirning birinchi oʻrinbosari 3. Mamatqulov Shodiyor Abduvaxidovich ― Vazir oʻrinbosari 4. Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ― Vazir oʻrinbosari 5. Mirziyoyeva Shaxnoza Shavkatovna ― Maktabgacha taʼlim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshligʻi 6. Ten Elena Gerasimovna ― Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi 7. Olimov Qahramon Tanzilovich ― Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi 8. Yusupov Abdukahhor Djumanovich ― Kadrlar boshqarmasi boshligʻi 9. Normatov Dilshod Xabibullayevich ― Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshligʻi 10. Eshpulatov Komiljon Abdusalomovich ― Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining rektori 11. Usnatdinova Jumagul Sharapovna ― Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-avgust,
640-son
