Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash toʻgʻrisida (844-I-son)
20.08.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2000-yil 9-yanvar, yakshanba kuniga tayinlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kunida ovoz berish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov uchun tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyalari tomonidan tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-avgust,
844-I-son
