Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar tayinlash toʻgʻrisida (843-I-son)
20.08.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunning 7 va 19-moddalariga, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari saylovi 1999-yil 5-dekabr, yakshanba kuniga belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylovi boʻyicha bitta saylov okrugiga saylovchilar normasi oʻrtacha 49,9 ming saylovchi hisobidan belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar uchun umumiy boʻlgan saylov uchastkalari hamda uchastka saylov komissiyalari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunning 8 va 14-moddalariga muvofiq tuzilishi belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-avgust,
843-I-son
