Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2018-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (1870-son)
05.10.2017
Namangan viloyati Pop tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2018-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida; qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, 2018-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
2-ilovaga muvofiq xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 581 nafarini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 0,05 foiz (4 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 3,2 foiz (277 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 0,3 foiz (24 kishi);
nogironlar uchun 3 foiz (253 nafar yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda 3-guruh nogironlari ishga joylashish boʻyicha talab 3 ta boʻlganligi sababli kelgusida 250 ta ish oʻrinni bitiruvchilar uchun band etib qoʻyilsin);
tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 0,02 foiz (2 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 0,2 foiz (15 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlar uchun 0,1 foiz (6 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasini belgilaydi.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa – maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
3. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladilar:
Oʻrta-maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridan boʻshatilgan shaxslarga, ularning kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari.
4. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlash;
yil boshlangunga qadar oʻn kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasin, ushbu toʻgʻrisida tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga yil boshlangunga qadar axborot berilsin;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin oʻn kundan kechikmay axborot berish;
tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga yuqorida koʻrsatilgan toifadagi shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida ushbu nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etishi;
band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining tayyorligi toʻgʻrisidagi axborotni tashkilot tomonidan takdim etilmaganligiga ham va amalda ularning tayyor emasligiga ham mehnat organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organi qarorining bajarilmaganligi sifatida qarashi lozimligi qayd etilsin.
5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
6. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish markazi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga egadir.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (R. Xakimov) bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
8. Mazkur qaror “Pop tongi” gazetasida eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining 1-oʻrinbosari N. Usmonqulov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi A. SULTANOV
Pop sh.,
2017-yil 5-oktabr,
1870-son
Tuman hokimining 2017-yil 5-oktabrdagi 1870-sonli qaroriga 1-ILOVA
Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi
Komissiya raisi 1. N. Usmonqulov — Tuman hokimining1-oʻrinbosari Komissiya raisining oʻrinbosari 2. R. Xakimov — Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori Komissiya aʼzolari 3. X. Toshmatova — Tuman hokimining oʻrinbosari 4. A. Xusainov — Tuman hokimining oʻrinbosari 5. S. Bozarov — Tuman xalk talimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri 6. Sh. Azimov — Tuman hokimligi xuzuridagi Jazoni ijro etish joylaridan boʻshatilgan shaxslarda ijtimoiy koʻnikmalar hosil qilish markazi rahbarioʻrinbosari 7. U. Gʻofforov — Bandlikka koʻmaklashish markazi mutaxassisi, komissiya kotibi.
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga yangi tayinlangan shaxslar komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Tuman hokimining 2017-yil 5-oktabrdagi 1870-sonli qaroriga 2-ILOVA
Pop tumanida “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan korxona va tashkilotlarda 2018-yilga belgilangan kvota ish oʻrinlari haqida
MAʼLUMOT
T/r Tashkilotlar Jami ishlovchilar soni Yaratilishi lozim boʻlgan ish oʻrinlar soni Shu jumladan Nogironlar uchun (3 foiz) Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlar uchun Soni Foizi Soni Foizi Soni Foizi Soni Foizi Soni Foizi Soni Foizi Soni Foizi 1. Pop tuman hokimligining Madaniyat boʻlimi 75 5 2 2,7 3 4,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 2. Pop tuman “Suvoqava”filiali 43 3 1 2,3 0 0,0 0 0,0 0 0,0 2 4,7 0 0,0 0 0,0 3. Pop tuman Tibbiyot birlashmasi 1800 126 54 3,0 72 4,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 4. Pop tuman Davlat sanitariya epidemiya nazorat markazi 92 6 3 3,3 3 3,3 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 5. Abu Ali Ibn Sino oʻrmon xoʻjaligi 130 9 4 3,1 4 3,1 0 0,0 0 0,0 0 0,0 1 0,8 0 0,0 6. Parda Tursun nomli mexnat dam olish sanatoriyasi 245 17 7 2,9 10 4,1 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 7. Pop “Muruvat”nogironlar uchunerkaklar internat uyi 145 10 4 2,8 6 4,1 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 8. Tuman Davlat veterinariya boʻlimi 32 2 1 3,1 1 3,1 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 9. Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “PAPFEN” xorijiy korxonasi 300 21 9 3,0 5 1,7 0 0,0 0 0,0 5 1,7 0 0,0 2 0,7 10. “Pop lagistika markazi” unitar korxonasi 100 7 3 3,0 1 1,0 0 0,0 0 0,0 2 2,0 1 1,0 0 0,0 11. Pop Don maxsulotlari aksiyadorlik jamiyati 285 20 8 2,8 6 2,1 0 0,0 0 0,0 5 1,8 1 0,4 0 0,0 12. “Pop Paxta tolasi”ochik turdagi aksiyadorlik jamiyati 205 14 6 2,9 4 2,0 0 0,0 0 0,0 2 1,0 2 1,0 0 0,0 13. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 300 21 9 3,0 1 0,3 2 0,7 1 0,3 3 1,0 5 1,7 0 0,0 14. Pop yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi 145 10 4 2,8 2 1,4 0 0,0 0 0,0 0 0,0 2 1,4 2 1,4 15. “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish korxonasi 757 53 23 3,0 17 2,2 2 0,3 1 0,1 5 0,7 3 0,4 2 0,3 16. “Pop qishlok xujalik” kasb-xunar kolleji 162 11 5 3,1 6 3,7 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 17. “Pop qishlok va suv xujaligi” kasb-xunar kolleji 78 5 2 2,6 3 3,8 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 18. “Gʻurumsaroy iktisodiyot kolleji” 92 6 3 3,3 3 3,3 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 19. “Pop tibbiyot kolleji” 86 6 3 3,5 3 3,5 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 20. “Pop kon metallurgiya va servis” kasb-xunar kolleji 135 9 4 3,0 5 3,7 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 21 05-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 72 5 2 2,8 3 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 22. 24-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 57 4 2 3,5 2 3,5 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 23. 33-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 45 3 1 2,2 2 4,4 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 24. 34-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 71 5 2 2,8 3 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 25. 50-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 63 4 2 3,2 2 3,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 26. 01-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 120 8 4 3,3 4 3,3 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 27. 03-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 78 5 2 2,6 3 3,8 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 28. 04-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 78 5 2 2,6 3 3,8 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 29. 05-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 45 3 1 2,2 2 4,4 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 30. 06-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 78 5 2 2,6 3 3,8 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 31. 07-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 62 4 2 3,2 2 3,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 32. 08-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 3 1 2,1 2 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 33. 09-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 63 4 2 3,2 2 3,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 34. 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 130 9 4 3,1 5 3,8 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 35. 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 90 6 3 3,3 3 3,3 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 36. 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 64 4 2 3,1 2 3,1 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 37. 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 92 6 3 3,3 3 3,3 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 38. 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 92 6 3 3,3 3 3,3 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 39. 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 64 4 2 3,1 2 3,1 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 40. 19-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 92 6 3 3,3 3 3,3 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 41. 20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 57 4 2 3,5 2 3,5 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 42. 23-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 64 4 2 3,1 2 3,1 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 43. 24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 72 5 2 2,8 3 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 44. 25-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 92 6 3 3,3 3 3,3 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 45. 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 78 5 2 2,6 3 3,8 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 46. 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 78 5 2 2,6 3 3,8 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 47. 28-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 45 3 1 2,2 2 4,4 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 48. 29-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 64 4 2 3,1 2 3,1 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 49. 30-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 64 4 2 3,1 2 3,1 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 50. 31-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 3 1 2,1 2 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 51. 32-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 3 1 2,1 2 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 52. 33-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 62 4 2 3,2 2 3,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 53. 34-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 62 4 2 3,2 2 3,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 54. 35-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 92 6 3 3,3 3 3,3 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 55. 37-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 72 5 2 2,8 3 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 56. 38-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 78 5 2 2,6 3 3,8 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 57. 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 3 1 2,1 2 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 58. 41-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 3 1 2,1 2 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 59. 47-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 3 1 2,1 2 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 60. 50-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 86 6 3 3,5 3 3,5 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 61. 57-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 3 1 2,1 2 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 62. 63-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 78 5 2 2,6 3 3,8 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 63. 64-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 3 1 2,1 2 4,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 64. 67-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi 76 5 2 2,6 3 3,9 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 65. 70-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 63 4 2 3,2 2 3,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 66. 11-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab internati 121 8 4 3,3 4 3,3 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 67. 16-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab internati 63 4 2 3,2 2 3,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 68. 07-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi 62 4 2 3,2 2 3,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 0 0,0 Jami 8576 581 253 3,0 277 3,2 4 0,05 2 0,02 24 0,3 15 0,2 6 0,1 Tuman hokimining 1-oʻrinbosari N. Usmonqulov Tuman Bandlika koʻmaklashish markazi direktori R. Xakimov
