“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2837-3-son)
30.07.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2837-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 14-oktabrdagi 79-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2837, 2016-yil 8-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 45-son, 526-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyul,
85-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 22-iyuldagi 85-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning yigirma beshinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 24-ilovaning nomidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
