“Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasining Ustav fondi miqdorini oshirish toʻgʻrisida (191-son)
24.05.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasining ichki va xalqaro sugʻurta bozorlaridagi faoliyatini faollashtirish, moliyaviy salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasi direktorlar kengashining uning ustav fondini oshirish hamda kompaniyaning 1995-yilgi foydasi hisobiga uni milliy valyutada 200 mln. soʻmgacha yetkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyalarning sugʻurta himoyasini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
qarorning 3-bandi birinchi xatboshidagi va “Oʻzbekinvest” Milliy sugʻurta kompaniyasi Ustavining 12-bandidagi “50 million soʻm” soʻzlari “200 million soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 24-may,
191-son
