46-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Qurol toʻgʻrisida (O‘RQ-550-son) · Sana: 29.07.2019 · Amalda
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-iyul,
OʻRQ-550-son
“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga 1-ILOVA
Xizmat quroliga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar
ROʻYXATI
T/r Kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning nomi I. Ruhiy va asab kasalliklari 1. Ruhiy holatning barcha buzilishlari 2. Epilepsiya 3. Epizodik va paroksizmal buzilishlar 4. Karotid sinusining qoʻzgʻalishi bilan bogʻliq boʻlgan hushdan ketish, idiopatik periferik vegetativ nevropatiya II. Narkologik kasalliklar 1. Barcha narkologik kasalliklar, bundan tamakiga tobelik mustasno III. Koʻz kasalliklari 1. Koʻzning koʻrish funksiyasi sezilarli darajada buzilishi bilan bogʻliq surunkali kasalliklari (koʻrish oʻtkirligining korreksiya bilan bir koʻzda 0,5 (50 foiz) dan pastligi, ikkinchi koʻzda 0,2 (20 foiz) dan pastligi) IV. Quloq kasalliklari 1. Eshitish zaifligi (garanglik 4 daraja, karlik) V. Tayanch-harakat tizimi kasalliklari 1. Qoʻl kaftining qoʻshimcha bosh barmogʻi 2. Barmoqlarning bir-biriga suyaklanib birikishi 3. Barmoqlarning bir-biriga parda yordamida birikishi 4. Koʻplab barmoqlarning birikib ketganligi 5. Qoʻlning tugʻma ravishda mavjud emasligi 6. Qoʻl kafti saqlangan holda yelka va bilakning mavjud emasligi 7. Yelka, bilak va kaftning mavjud emasligi 8. Qoʻl kafti va barmoqlarning mavjud emasligi 9. Bilak suyagining kaltaligi 10. Tirsak suyagining kaltaligi 11. Qisqichsimon kaft 12. Qoʻl kaltaligiga sabab boʻluvchi boshqa nuqsonlar 13. Qoʻl kaltaligiga sabab boʻluvchi noaniq nuqsonlar 14. Qoʻlning noaniq sababli tugʻma mavjud emasligi 15. Qoʻl va oyoqlarning sababi noaniq boʻlgan fokomeliyasi 16. Suyak rivojlanishi nuqsonlari natijasidagi tugʻma skolioz 17. Toʻliq boʻlmagan osteogenez 18. Poliostoz fibroz displaziya 19. Suyak siniqlarining bitmasligi (yolgʻon boʻgʻim) 20. Artorodez va suyak bitishidan keyingi psevdoartroz 21. Suyak siniqlarining sekin bitishi 22. Ushbu bandning boshqa kichik bandlarida taʼriflanmagan stressli siniqlar 23. Ushbu bandning boshqa kichik bandlarida taʼriflanmagan patologik sinishlar 24. Suyak butunligining boshqa buzilishlari 25. Suyak butunligining noaniq sababli buzilishlari 26. Fibroz displaziya (aniq bir suyakda) 27. Suyak zichligining va tuzilishining noaniq sababli buzilishlari 28. Oʻtkir gematogen osteomiyelit 29. Oʻtkir osteomiyelitning boshqa turlari 30. Surunkali, koʻp oʻchoqli osteomiyelit 31. Idiopatik aseptik nekroz 32. Medikament taʼsiridagi osteonekroz 33. Travma oqibatidagi osteonekroz 34. Boshqa ikkilamchi osteonekroz 35. Boshqa sababli osteonekroz 36. Noaniq sababli osteonekroz 37. Suyaklar gipertrofiyasi 38. Osteoliz 39. Poliyeomiyelit natijasidagi osteopatiyalar 40. Oʻsmalar natijasidagi sinishlar 41. Yelkaning oʻsmirlar osteoxondrozi 42. Bilak suyaklari oʻsmirlar osteoxondrozi 43. Spastik boʻyin qiyshiqligi 44. Tugʻma boʻyin qiyshiqligi (toʻshoʻmrov soʻrgʻichsimon muskulining tugʻma deformatsiyasi) 45. Klippel — Feyl sindromi 46. Boʻyindagi qovurgʻa 47. Boʻyin umurtqalararo diski jarohati, miyelopatiya bilan 48. Boʻyin umurtqalararo diski jarohati, radikulopatiya bilan 49. Folkmanning ishemik kontrakturasi 50. Erbaning tugʻuruq vaqtidagi paralichi VI. Noinfeksion va infeksion kasalliklar 1. Qon aylanishi yetishmovchiligi asoratiga ega yurak kasalliklari 2. Yaqqol ifodalangan oʻpka-yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan surunkali oʻpka obstruktiv kasalligi 3. Gipertoniya kasalligi III bosqichi 4. Bronxial astmaning ogʻir kechishi 5. Jigar sirrozi 6. Oʻtkir nefritik sindrom 7. Surunkali nefrotik sindrom 8. Nefrotik sindrom 9. Oʻtkir buyrak yetishmovchiligi 10. Surunkali buyrak yetishmovchiligi 11. Tireotoksikoz (gipertireoz) 12. Tuberkulyoz faol shakllarining har qanday joylashuvi
