38-modda. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari davlat kadastri
Qurol toʻgʻrisida (O‘RQ-550-son) · Sana: 29.07.2019 · Amalda
Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari davlat kadastri (bundan buyon matnda Qurol kadastri deb yuritiladi) Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan yuritiladi va nashr etiladi hamda u fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan rasmiy toʻplamdir.
Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sertifikatlashtirishning ijobiy natijalari asosida Qurol kadastriga kiritiladi.
Qurol kadastriga tigʻli sovuq qurol va uloqtirish quroli toʻgʻrisidagi, yagona nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqiladigan fuqaroviy va xizmat oʻqotar quroli haqidagi maʼlumotlar kiritilmaydi.
