Qishloq fuqarolari yigʻinlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari hududlarini meʼmoriy-rejaviy tashkillashtirish (2.07.04-12-son)
01.01.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
meʼyorlari
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu normalar va qoidalar ishlab chiqarish faoliyati va mulkchilikning turli shakllaridagi yangi qishloq xoʻjalik korxonalarining loyihalashtirilishi va mavjudlarining rekonstruksiya qilinishiga tegishlidir. Hududlarning meʼmoriy rejalashtirilishi va tashkil qilinishiga nisbatan asosiy talablarni oʻz ichiga oladi va qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼiy nazar barcha loyiha tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
2. Qishloq fuqarolari yigʻinlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari hududlarini meʼmoriy rejalashtirish va tashkil qilish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga doir amaldagi hamda istiqbolli prognozlarga amal qilish zarur.
Ushbu normalar Respublikada amal qiluvchi qurilish normalari va qoidalari klassifikatorining tarkibiy qismi hisoblanadi va, shu bilan birga, mazkur klassifikatorning shaharsozlik va arxitektura, qurilish, ekologiya hamda xoʻjalik-yer tuzish sohasidagi boshqa meʼyoriy hujjatlarning ham amal qilishini taqozo etadi.
3. Qishloq fuqarolari yigʻinining hududi — bu ochiq va yopiq turdagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, sanoat, tashqi va ichki infratuzilma obyektlari, aholining yashaydigan, mehnat qiladigan va dam oladigan joylarining tabiiy muhitda iqtisodiy va ekologik jihatdan maqsadga muvofiq ravishda, yagona meʼmoriy rejalashtirish gʻoyasi asosida hal qilingan shahar qurilishining qoʻshib olib borilishidir.
Qishloq fuqarolari yigʻinlari va qishloq xoʻjaligi korxonalarining hududlari ochiq shaharsozlik tizimi va shaharsozlik faoliyatining obyektlari sifatida koʻrilishi zarur.
4. “Qishloq fuqarolari yigʻinlari yoki qishloq xoʻjaligi korxonalari hududlarini meʼmoriy rejalashtirish va tashkil qilish” loyihasi shaharsozlikning asosiy vazifalarini, barcha aholi punktlarining rejaviy tuzilmasini hal etadi va loyiha elementlarini ishchi loyihalashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Loyiha mazmuni 1-jadvalda keltirilgan.
QISHLOQ FUQAROLARI YIGʻINI HUDUDINI MEʼMORIY-REJAVIY TASHKILLASHTIRISH LOYIHASINING TARKIBI
* Ayrim obyektlar uchun qurilish loyihasi ishlab chiqilishi mumkin
Asosiy vazifalar:
hududning istiqbolli rivojlanishi va rejalashtirish asoslarini, obyektlarning qishloq fuqarolari yigʻini hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbolli prognozi bilan bogʻlangan joylashtirish xususiyatini belgilash;
xoʻjalik ichida qaror topgan joylashuvning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining hududiy tashkil etilishi bilan uygʻunlashtirilgan holdagi rekonstruksiyasi;
qishloq fuqarolari yigʻini aholisining, shu jumladan, har bir aholi punkti boʻyicha aholining loyihadagi sonini belgilash;
qishloq fuqarolari yigʻini hududida madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish;
fuqarolar uchun uy-joylar va ishlab chiqarish maqsadidagi qurilish uchun zarur hajmlarni va ular joylashtiriladigan joylarni belgilash;
uy-joy-fuqarolik hamda ishlab chiqarish obyektlarining qurilishi boʻyicha talab etilgan hajmlarni va ularni joylashtirish uchun yerlarini belgilash;
xoʻjalik ichidagi transport-piyodalar kommunikatsiyalarini tashkil qilish;
qishloq aholi punktlarining qishloq fuqarolari yigʻini doirasidagi muhandislik taʼminoti, obodonlashtirilishi va landshaftini shakllantirilishi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
aholi sonidan qatʼiy nazar aholi punktlarini rejalashtirishning prinsipial sxemalarini ishlab chiqish;
atrof muhitni himoya qilish, tabiat yodgorliklari, tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
5. Ushbu normalarni ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi suverenizatsiyasi bilan bogʻliq quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalar hisobga olindi:
bozor iqtisodiyotiga oʻtish, qishloq xoʻjaligi korxonalari mustaqil xoʻjalik yuritishining rivojlanishi, boshqaruvning markazlashmagan tizimga oʻtkazilishi, mulkchilikning turli shakllarining joriy etilishi;
koʻp tarmoqli iqtisodiyot va bozor munosabatlarining rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini xilma-xil shakllarining mavjudligi aholi joylashtirilishi ham turlicha shaklda (kichik qishloqlardan yirik qishloq aholi punktlarigacha) boʻlishini taqozo etadi va qishloq fuqarolari yigʻinining butun hududida aholining yashashi uchun qulay shart-sharoitlarning normativlarga muvofiq taʼminlanishini talab qiladi;
6. Qishloq fuqarolari yigʻini obyektlarini yoki qishloq xoʻjaligi korxonasini rivojlantirishning meʼyorlashtirilishi quyidagi eng muhim prinsiplarga asoslangan:
qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjaligi korxonasi hududini aholining yashash sharoitlari yaxshilanishini nazarda tutuvchi maqsadga muvofiq ravishda funksional zonalashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining yanada rivojlantirish, tabiiy, inson va moddiy resurslardan samarali foydalanish shartida atrof muhitni muhofaza qilish, rekratsion xizmatni tashkil qilish va mavjud resurslarni rivojlantirish kabi chora-tadbirlarni koʻzda tutuvchi kompleks rivojlantirilishi;
turli darajalardagi elementlardan iborat joylashtirish tizimini tashkil etuvchi barcha aholi punktlarining oʻzaro bogʻliq holda rivojlantirilishini ragʻbatlantirish;
joyning tabiiy relyefi, irrigatsiya tizimi va transport-piyoda aloqalarini maksimal tarzda saqlab qolish;
barcha qishloq aholi punktlarini, ulardagi yashash qulayliklarini oshirishga qaratilgan koʻp omilli kompleks rivojlantirishni taʼminlash.
7. Quyidagilar loyihalashtirish normalariga tabaqalashtirilgan tarzdagi yondoshuvning uslubiy negizi hisoblanadi:
aholi punktlarini loyihalashni joylashtirish tizimlarining hozirgi va istiqboldagi rivojlanishi bilan bogʻliq tarzda olib borishga imkon beradigan joylashtirish sxemalari;
aholi punktlarini aholining loyihadagi soni va ularning shaharsozlik nuqtai nazarida rivojlantirish rejimiga asoslangan tasniflanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududining mintaqalarni landshaft va iqlimning oʻxshash sharoitlariga koʻra ajratadigan hamda ularni hisobga olish va noxush omillarni rejalashtirish vositalari (koʻkalamlashtirish, suv bilan taʼminlash va shu kabilar) yordamida yaxshilashga doir tegishli tavsiyalarga ega boʻlgan landshaft-iqlimli rayonlashtirilishi;
yoʻl tarmogʻining qishloq fuqarolari yigʻini hududi tuzilmasini toʻgʻri shakllantirish va transport aloqalarini tashkil qilishga imkon beradigan tasniflash;
8. Hisob-kitoblarda zarur axborotning toʻliq boʻlishi uchun ushbu meʼyoriy hujjatning ayrim boʻlimlariga, manbalarga tegishli havolalar qilingan holda, boshqa meʼyoriy hujjatlarning jadvallari kiritildi.
II. XUDUDNI VA QISHLOQ XOʻJALIK ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL QILISH
9. Qishloq fuqarolari yigʻinini turli hududiy darajalar tizimi, yaʼni: qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining oʻz chegaralari doirasida, maʼmuriy qishloq xoʻjalik tumani, viloyati yoki uning bir qismi, mintaqa doirasida va, nihoyat, Respublika agrosanoat kompleksi doirasida tashkil etilishidan iborat agrosanoat kompleksining elementi sifatida loyihalashtirish lozim.
10. Qishloq xoʻjaligidagi ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari mintaqaning tarixiy qaror topgan va tabiiy shart-sharoitlari asosida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumrespublika prognozini hisobga olgan holda, quyidagi asosiy masalalarni hal qilib turib belgilanadi:
ishlab chiqarish obyektlarini qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjaligi korxonasi hududida joylashtirish;
xoʻjalik ichidagi transport va muhandislik infratuzilmasini joylashtirish.
11. Qishloq fuqarolari yigʻini hududida joylashgan fermer xoʻjaliklarining yerdan va suvdan foydalanish sharoitlari, xoʻjaliklarning ixtisoslashuvi, ishlab chiqarish hajmlari, joylashtirish tizimi va yoʻl aloqalarini oʻrganish asosida belgilangan chegaralari loyihada hisobga olinishi lozim.
12. Fermer xoʻjaliklari, chorvachilik va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini ulardagi qishloq xoʻjaligi yerlari (koʻp yillik mevali daraxtzorlar, uzumzorlar, sugʻoriladigan va lalmi yerlar, yaylov va pichanzorlar)ning maydonlari va hududlarini belgilagan holda joylashtirish rejasi qishloq fuqarolari yigʻinlari hududlarini tashkil qilish boʻyicha loyihaviy takliflarni ishlab chiqish uchun asos sifatida qoʻllanilishi lozim.
III. ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARINING ICHKI XOʻJALIK TARMOGʻINI SHAKLLANTIRISH
13. Ishlab chiqarish obyektlarining joylashtirilishi qishloq fuqarolari yigʻini aholisining ishlab chiqarishga oid faoliyatini puxta iqtisodiy tahlil etish asosida va qabul qilingan joylashtirish tizimiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ishlab chiqarishga moʻljallangan obyektlarning rejaviy tuzilmasi xoʻjalik yuritishning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirishi va ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirishga va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan barcha tadbirlarning muvaffaqiyatli bajarilishiga koʻmaklashishi zarur.
Ishlab chiqarish obyektlarini qishloq aholi punktlarining aholisi uchun piyoda yetib olish radiusida, yoʻllar, suv va elektr taʼminoti tarmoqlari yonida, mahalliy sharoitlar (iqlim, joyning relyefi, shamollarning asosiy yoʻnalishlari, ochiq suv havzalarining mavjudligi, yer osti suvlaridan foydalanish imkoniyati va boshqalar)ni hisobga olgan holda joylashtirish lozim.
Ishlab chiqarishga moʻljallangan obyektlarning quvvati va ixtisoslashuvi qishloq xoʻjaligi korxonasining xoʻjalik faoliyati yoʻnalishlarini (paxtachilik, gʻallakorlik, sholikorlik, bogʻdorchilik, chorvachilik va boshq.) hisobga olgan holda belgilanadi.
14. Quyidagilar ishlab chiqarish obyektlari hisoblanadi:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar;
qishloq xoʻjaligi texnikasi va avtotransportini taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish va saqlash korxonalari;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari omborxonalari va saqlanadigan joylar;
issiqxonalar va issiqxona-parnik xoʻjaliklari;
chorvachilik, parrandachilik, hayvonotchilik fermalari, ozuqa tayyorlash punktlari, hovuzchilik (baliqchilik) xoʻjaliklari;
veterinariya muassasalari;
xalq isteʼmoli tovarlarini ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar, xalq hunarmandchiligi ustaxonalari.
15. Atrof muhitga zararli chiqitlarni va ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish manbalari hisoblangan texnologik jarayonlarga ega ishlab chiqarish obyektlari aholi istiqomat qiluvchi hududlardan sanitariya himoyalash mintaqalari (zonalari) bilan ajratilishi lozim.
16. Ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun uchastkalarni ajratishda aholi punktlarini sanitariya himoyalash zonalarini shamollar yoʻnalishini inobatga olgan holda yaratilishini (2-jadval), shuningdek loyihalashning veterinariya, yongʻinga qarshi va texnologik meʼyorlarini hisobga olish kerak boʻladi.
Sanitariya-muhofaza zonalari yerdan foydalanishdan chiqarib tashlanmaydi va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun foydalanilishi kerak.
Sanitariya-muhofazalash zonasida turar joy binolari, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash va dam olish muassasalari, sport inshootlari, bogʻlar, xiyobonlar, bogʻdorchilik shirkatlari va polizlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Chorvachilik fermalari va komplekslari qurilishi uchun uchastkalarining taxminiy maydonlari 5-ilovada keltirilgan.
Izoh:
1. Sanitariya-muhofaza zonasining kengligi deb ishlab chiqarish zararlarining atmosferaga chiqarib tashlanadigan joylari bilan aholi punktlarida joylashgan turar joy va jamoat binolari oʻrtasidagi masofani hisoblash lozim.
2. Parrandalari dalada boqilmaydigan parrandachilik xoʻjaliklari uchun sanitariya-muhofaza zonasining kengligi 50% ga kamaytirilishi mumkin.
3. Goʻng saqlanadigan joylar (tezak saqlanadigan joylar) mustaqil sanitariya-muhofaza zonalariga ega boʻlmaydi va turar joy zonasiga nisbatan fermalarning tegishli turlari (tiplari) uchun belgilangan oraliqlarga rioya qilgan holda joylashtirilishi lozim
IV. XOʻJALIK ICHIDAGI JOYLASHTIRISHNING SHAKLLANTIRILISHI
17. Qishloq aholi punktlari joylashtirish boʻyicha yagona tizimning elementlari hisoblanib, qaror topgan hududiy tuzilmalar asosida shakllantiriladi:
maʼmuriy tuman;
qishloq (mahalla, ovul) fuqarolari yigʻini;
qishloq aholi punktlari.
18. Joylashtirishning oqilona tizimi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish istiqbollariga va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining qabul qilingan tashkiliy tuzilmasiga javob berishi kerak. Bunda joylashtirish tizimi uchun yagona boʻlgan ijtimoiy, ishlab chiqarish, muhandislik-transport va boshqa infratuzilmalarning shakllantirilishi, shuningdek, qishloq xoʻjalik korxonasi doirasida istiqbolda rivojlantiriladigan mehnat, madaniy-maishiy va rekreatsion aloqalar hisobga olinishi lozim.
19. Qishloq aholi punktlari aholining loyihaviy soniga bogʻliq ravishda 3-jadvalga muvofiq guruhlarga boʻlinadi.
20. Qishloq fuqarolari yigʻini hududida joylashtirish yuzasidan loyihaviy takliflarni ishlab chiqishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
joylashtirishning tarixiy qaror topgan tizimining ijobiy jihatlarini va kamchiliklarini va u bilan bogʻliq asosiy elementlarni, hududning zamonaviy rejalashtirilishini va xoʻjalik jihatdan tashkil etilishini hisobga olish;
mehnatkashlarning ish joylariga qatnashi uchun eng kam vaqt sarflanishini, shuningdek, aholiga madaniy-maishiy xizmat koʻrsatishni rivojlantirish va ular dam olishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash;
aholining istiqbolda turar joy bilan taʼminlanganligi oʻsishini hisobga olish;
qishloq aholi punktlarini rejalashtirish, qurish, muhandislik uskunalari bilan jihozlash va obodonlashtirishning yuqori sifatli darajasini saqlab qolgan holda ularni qurish va foydalanish qiymatini kamaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash;
amaldagi sanitariya-gigiyena, tabiatni muhofaza qilish va boshqa meʼyorlar hamda talablarga rioya qilish.
21. Aholi punktlarini rivojlantirish istiqbollari qishloq xoʻjaligi tumanining ixtisoslashuvi, viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemalari va tumanlarni rejalashtirish loyihalarini hisobga olib turib, agrosanoat kompleksini shakllantirish bilan uygʻunlashgan tarzda ushbu tumanning iqtisodiy rivojlanishi prognozlari asosida belgilanishi lozim.
22. Qishloq aholi punktlaridagi xizmat koʻrsatish korxonalari va muassasalarining tarmogʻi barcha qishloq va ovullar, ish joylari va dam olish zonalarini qamrab oladigan yagona tizimdan iborat boʻlishi kerak.
23. Qishloq aholi punktlarining fazoviy-rejaviy tuzilmasini shakllantirishning umumiy prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasi hududining iqlimga doir rayonlashtirishni (sahrolar, sahrolar qurshovidagi vohalar, togʻ etaklaridagi vohalar, yangidan oʻzlashtirilayotgan yerlar va togʻlar) hisobga olgan holda QMQ 2.01.01-94 “Loyihalashtirish uchun iqlimiy va fizik-geologik maʼlumotlar”ga muvofiq hal qilinishi lozim.
24. Qishloq aholi punktlarining rejaviy tuzilmasini shakllan-tirishda funksional zonalarning kompakt joylashtirilishi va oʻzaro bogʻliq boʻlishini, hududning jamoat markazlari, muhandislik-transport infratuzilmasi bilan uygʻun tarzda oqilona rayonlashtirilishini, hududning shaharsozlik nuqtai nazarida ahamiyatini hisobga olgan holda undan samarali foydalanishni, arxitektura-shaharsozlik anʼanalari, tabiiy-iqlim, landshaft, milliy-maishiy va boshqa mahalliy oʻziga xos xususiyatlarning kompleks tarzda hisobga olinishini taʼminlash lozim boʻladi.
V. AHOLINING LOYIHAVIY SONINING HISOB-KITOBI
25. Qishloq fuqarolari yigʻini aholisi ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishi va mehnat faoliyatining turiga qarab quyidagi guruhlarga boʻlinadi: shahar tashkil qiluvchi, xizmat koʻrsatuvchi va faoliyat koʻrsatmaydigan.
Shahar tashkil qiluvchi ahamiyatga ega korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sirasiga quyidagilar kiradi:
qishloq xoʻjaligi va sanoat korxonalari, shu jumladan, barcha yengil, oziq-ovqat va mahalliy sanoat korxonalari, shuningdek, omborlar va moddiy-texnika taʼminoti bazalari;
qurilish tashkilotlari;
tashqi transport korxonalari va muassasalari;
tuman va viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan xizmat koʻrsatish muassasalari va korxonalari.
Aholining xizmat koʻrsatuvchi guruhiga quyidagilar kiradi: shu qishloq fuqarolari yigʻini hududida yashovchi aholiga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar va korxonalarning ishchilari.
Oʻzi faoliyat koʻrsatmaydigan kishilar guruhlariga esa — bolalar, oʻquvchilar va nafaqahoʻrlar kiradi.
26. Aholining loyihadagi sonini qishloq fuqarolari yigʻini boʻyicha umuman hisoblab chiqib, keyinchalik aholi punktlari boʻyicha taqsimlash zarur.
Yangidan tashkil etilayotgan qishloq aholi punktlaridagi aholi sonini hisoblash uchun kadrlarning mehnat balansi uslubi qoʻllanilib, keyinchalik, bozor iqtisodiyotiga (kichik korxonalar, biznes sohasi va hokazo) oʻtilishini hisobga olgan holda bir qator parametrlar (aholining tabiiy koʻpayishi, yoshlarning oʻzgarib borishi) boʻyicha tekshiriladi.
Avvaldan mavjud aholi punktlaridagi aholi sonini hisoblash uchun aholini tabiiy koʻpayishiga asoslangan statistik uslub qoʻllaniladi. Bunday uslub qishloq xoʻjaligida ish joylari tanqisligiga qaramay aholi migratsiyasi nazarda tutilmagan hollardagina aniq natijalar beradi.
Aholi sonini mehnat balansiga asoslangan hisob-kitob qilish uslubiyoti 7-ilovada keltirilgan.
27. Aholi sonining hisob-kitobi qurilishning birinchi 5 — 7 yillik navbatini ajratib koʻrsatgan holda 10 — 15 yillik muddat uchun bajarish lozim.
Aholi sonining hisob-kitobi aholi punktlari hududlarini rivojlantirish, turar joy-fuqarolik va ishlab chiqarish qurilishi hajmlarini belgilash uchun asos boʻlib hisoblanadi.
VI. UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH
28. Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida qurilishning har xil turlarini: qoʻrgʻonlar, kam qavatli, zich joylashtirilgan, tekis hududlarda va murakkab relyefli uchastkalarda quriladigan uy-joy tuzilmalarini qoʻllash lozim, bunda uy-joy qurilishi qulay uy-joy muhitini shakllantirishning koʻp turdagi talablariga (shaharsozlik, demografik, tabiiy-iqlimiy, estetik) javob berishi kerak. Qishloqdagi manzilgohlarda uy-joy qurilishining elementlari tarkibi, oʻlchamlari va meʼmoriy-rejaviy tashkil etilishi oilalarning funksional-maishiy jarayonlari, jamoaning qoʻshnichilik munosabatlari (mahalla) va ijtimoiy uyushmalarning boshqa turlari bilan belgilanadi.
29. Uy-joy qurilishi hajmlari aholining hisoblangan sonidan kelib chiqib, har bir qishloq aholi punkti boʻyicha uy-joy fondining hozirgi holatini hisobga olgan holda belgilanadi va birinchi navbatda quriladigan uy-joy binolari nomenklaturasi taklif qilinadi.
Turar joy hududlari va uy-joy fondi hozirgi holatini baholash quyidagi jihatlarga tegishli boʻladi:
turar joy hududlarining sanitariya-gigiyenik xususiyatlari;
turar joyning anʼanaviy tipi va qurilishi prinsiplari (oʻziga xos milliy-maishiy xususiyatlari, madaniy anʼanalarning xilma-xilligi, qishloq joylardagi qurilishning moddiy-texnik bazasi, muhandislik taʼminotining darajasi);
tomorqa yer uchastkasining mavjudligi.
30. Turar joy binosi yuqori estetik talablarga, milliy anʼanalarga, turli kontingentlarni ularning maishiy ehtiyojlarini hisobga olib joylashtirishning demografik talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Takomillashgan namunaviy loyihalar boʻyicha turar joy binolarining qurilishi afzalroq hisoblanadi
Tomorqa yer uchastkasida bitta oila uchun imorat qurish uchun yer maydonining oʻlchami yakka tartibda uy-joy qurish toʻgʻrisidagi Nizomga asosan belgilanadi.
31. Oʻzbekistonning mintaqaviy shart-sharoitlari bilan shartlangan va turar joy fondi shakllanishiga taʼsir koʻrsatadigan barcha talablar rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti va turar joyga mulkchilikning har xil turlari bilan kompleks tarzda koʻrib chiqilishi lozim. Oʻz uchastkasida yakka tartibda mehnat faoliyatini yuritish imkoniyatlariga ega turar joy binolarining turlari tavsiya qilinadi:
usta hunarmandning uyi (sopol, yogʻoch-taxta, metall, ip-gazlama, gilam va shu kabilar);
kichik va olisda joylashgan qishloqlardagi boshlangʻich maktab oʻqituvchisining uyi;
oilaviy bolalar bogʻchasi boʻlgan uy;
novvoyxona, choyxona, doʻkon, maishiy xizmatlar koʻrsatish punktiga ega uy;
fermerning uyi va hokazo.
tibbiy punkt va dorixonali ega shifokorning uyi;
32. Turar joy va jamoat binolari oʻrtasidagi masofani insolyatsiya va aeratsiya, asosiy turar joy xonalari va tomorqa uchastkalarining koʻzdan panaroq boʻlishini hisobga olib, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq tarzda minimal qilib qabul qilish lozim. (SHNQ 2.07.01-03* “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” 1-ilova, SHNQ 2.08.01-05 “Turar joy binolari”, QMQ 2.10.01-96 “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bosh rejalari”).
VII. XIZMAT KOʻRSATISH MUASSASALARI VA KORXONALARI TARMOGʻINI TASHKIL QILISH
33. Ijtimoiy va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va korxonalari tarmogʻini tashkil etilishini ijtimoiy xizmat koʻrsatishning qaror topgan tizimlariga muvofiq tarzda, yashash joyida ijtimoiy xizmat koʻrsatish bilan taʼminlanganlik darajasini hisobga olib loyihalashtirish zarur.
34. Ijtimoiy va madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tizimining tashkil etilishi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
xizmatlarni olish uchun mablagʻ, kuch va vaqtni eng kam sarflagan holda xizmat koʻrsatishning ommaviy va yakka tartibdagi turlarining toʻliq kompleksini;
shaharsozlik rivojlanishining har bir bosqichida xizmat koʻrsatish darajasini izchil tarzda sekin-asta oshirilib borishini;
jamoat va xususiy xizmat koʻrsatishning yangi usullari, shakllari va turlarini joriy etish va ularni yanada takomillashtirish.
Madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari tarmogʻining loyihalashtirilishi quyidagi shaharsozlik omillarini hisobga olib bajarilishi lozim:
qishloq fuqarolari yigʻinining hududi joylashgan tumanning xalq xoʻjaligidagi ixtisoslashuvi;
qishloq xoʻjaligidagi ishlab chiqarishning rivojlanishi va ixtisoslashuvning asosiy yoʻnalishlari;
shahar tashkil qiluvchi bazaning xususiyatlari;
qishloq fuqarolari yigʻini hududining rejaviy tuzilmasi va funksional zonalashtirilishi;
tashqi va ichki transport aloqalari va muhandislik infratuzilma tizimi;
aholining zichligi, ishlab chiqarish, mehnat va madaniy-maishiy aloqalar tusi;
aholi punktining joylashtirish va manzilgohlararo xizmat koʻrsatish tizimidagi miqyosi va ahamiyati, aholi punktini rivojlantirish istiqbollari.
har xil toifadagi tizimlarning markazlariga vaqt oraligʻida transportda yetib borish imkoniyatlari;
xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻchma vositalar tarmogʻining keng joriy qilinishi.
35. Madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va korxonalari tarmogʻining tashkil etilishi quyidagilar boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olishi lozim:
qishloq fuqarolari yigʻinining butun hududida maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari tarmogʻining tashkil qilinishi;
qishloq fuqarolari yigʻini aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimining tashkil etilishi;
qishloq fuqarolari yigʻini aholisiga madaniy-maʼrifiy va savdo-maishiy xizmat koʻrsatish tarmogʻining tashkil etilishi;
qishloq fuqarolari yigʻini aholisiga rekreatsion xizmat koʻrsatilishi;
qishloq fuqarolari yigʻinining hududida maʼmuriy va jamoat tashkilotlarining joylashtirilishi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari tarmogʻining tashkil qilinishi
36. Qishloqdagi mulkchilik shakllarining xilma-xilligi ishlab chiqarish faoliyati usullarini va buning oqibatida yashash shart-sharoitlarini oʻzgartirdi. Aholi punktlarini markazlashtirish va yiriklashtirish tendensiyasiga qarama-qarshi oʻlaroq qishloqlar, fermer xoʻjaliklari qoʻrgʻonlari va shu kabilarning tarqoq va siyraklashgan tarzda joylashishi tobora keng tus olmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari yashash va ishlash joylariga maksimal yaqinlashtirib joylashtirilishi lozimligi sababli kam sigʻimli, bogʻcha-yaslilarining guruhlari va maktablarning sinf xonalaridagi bolalar soni kamaytirilgan taʼlim muassasalariga ehtiyoj paydo boʻlmoqda.
37. Bolalar bogʻchalari-yaslilaridagi oʻrinlar sonini muayyan posyolka aholisining demografik tuzilishiga qarab belgilash kerak.
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: umumiy tipdagi bolalar bogʻchalari-yaslilari, sogʻlomlashtirish va ixtisoslashgan, idoraviy, shirkat shaklidagi va xususiy muassasalar.
Aholisining soni 1000 kishigacha boʻlgan aholi punktlarida kam sigʻimli bolalar bogʻchalari-yaslilarini joylashtirish koʻproq maqsadga muvofiqdir. Sogʻlomlashtirish va ixtisoslashgan bolalar bogʻchalari-yaslilarini aholisining soni 3000 dan ortiq boʻlgan yirik va katta qishloq aholi punktlarida joylashtirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha taʼlim muassasalari bilan taʼminlanganlik darajasini 4-jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.
38. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun yer uchastkasi maydoni sigʻimga qarab qabul qilinishi kerak:
25 oʻringacha — har bir bolaga 50 kv.m.
90 oʻringacha — har bir bolaga 40 kv.m.
90 oʻrindan koʻp boʻlganida — har bir bolaga 35 kv.m.
Izoh:
1. Maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrab olinganlik foizi mahalliy shart-sharoitlarga muvofiq loyihalashtirish topshirigʻiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
2. Sogʻlomlashtirish va ixtisoslashgan maktabgacha taʼlim muassasalari bilan taʼminlanganlik darajasi sogʻliqni saqlash organlari tomonidan aniqlashtiriladi.
39. Taʼlim tizimini Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuniga binoan, koʻrib chiqilayotgan qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonasi hududida aholini joylashtirilishi xususiyatini hisobga olgan holda tashkil qilish kerak.
40. Umumtaʼlim oʻquv muassasalari maktab yoshidagi bolalarning taʼlimning u yoki boshqa bosqichi bilan qamrab olinganligiga oid koʻrsatkichlar asosida hisoblab chiqilishi lozim.
Oʻrinlar soni va yer uchastkasining oʻlchamlari 5-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
Umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablar, gimnaziyalar, litseylar, kollejlarning sigʻimi oʻrinlarning umumiy soniga, ularning joylashtirilishi esa — loyihalashtirish topshirigʻiga asosan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlaridagi aholining yosh boʻyicha tuzilmasi 4-ilovada berilgan.
Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi muassasalari hajmlarining hisob-kitoblari boʻyicha misol 6-jadvalda keltirilgan.
Izoh:
2. Oʻquv muassasalarining yer uchastkalari muayyan shart-sharoitlarga qarab loyihalashtirishga doir topshiriqqa koʻra aniqlashtirilishi mumkin.
Izoh:
1. Rivojlanish darajasi past boʻlgan bolalar uchun maxsus maktab-internatning sigʻimi oʻquv muassasalaridagi oʻrinlarning umumiy soniga kiradi.
2. Sogʻlomlashtirish tipidagi bolalar bogʻchalari sigʻimi maktabgacha taʼlim muassasalaridagi oʻrinlarning umumiy soniga kiradi.
3. Oʻquv muassasalarining nomenklaturasi va ularning kasbiy yoʻnaltirilishi loyihalashtirish topshirigʻiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq mahalliy hokimiyat organlari qarorlariga koʻra aniqlashtiriladi.
Tibbiy xizmat koʻrsatish tizimining tashkil etilishi
42. Sogʻliqni saqlash muassasalarini qishloq aholi punktlarining aholi yashaydigan hududlarida, sanitariya-gigiyena shart-sharoitlariga koʻra eng qulay yer uchastkalarida, aholining yashash va ishlash joylariga maksimal yaqinlashtirilishini hisobga olgan holda joylashtirish lozim.
43. Qishloq fuqarolari yigʻinining butun aholisi tibbiy yordam bilan toʻliq taʼminlanishi kerak, tuman markazida yoki viloyat markazida yoxud shahar tipidagi yirik posyolkalarda joylashtiriladigan kasalliklarning turlari boʻyicha (yuqumli, onkologiya va hokazo) maxsus kasalxona va klinikalar bundan mustasno.
44. Qishloq fuqarolari yigʻini aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatilishi quyidagi prinsipga koʻra tashkil qilinishi lozim:
1 — Kasalliklarni davolash va ularning profilaktikasini oʻz ichiga oladigan kundalik tibbiy xizmat koʻrsatish. Bunday muassasalar piyoda yetib boradigan uzoqlikda, yaʼni deyarli barcha qishloq aholi punktlarida boʻlishi lozim.
2 — Yengil va ogʻir kasalliklarning diagnostikasi va davolanishini oʻz ichiga oladigan davriy tibbiy xizmat koʻrsatish. Bunday muassasalar aholisi 1000 kishidan ortiq boʻlgan qishloq aholi punktlarida va transportda 30 daqiqa ichida yetib boriladigan tarzda joylashtiriladi, ularda ham kattalar, ham bolalar boʻlimlari boʻlishi kerak.
3 — Ogʻir va surunkali xastaliklar bilan ogʻrigan kasallarga epizodik xizmat koʻrsatilishi (yuqumli, onkologik, sil va shu kabi kasalliklarni davolashga moʻljallangan ixtisoslashgan davolash muassasalari). Bunday muassasalar tuman va viloyatlar markazlarida hamda Respublika poytaxtida joylashtiriladi.
45. Tibbiyot muassasalari uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamlari SHNQ 2.07.01-03* “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududining rivojlanishi va qurilishini rejalashtirish”ga binoan yoki loyihalashtirishga doir topshiriqqa koʻra qabul qilinadi.
46. Aholisi 500 kishigacha boʻlgan qishloqlarda tibbiy punktning shifokorning turar joy binosida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
aholisi 1000 dan 2000 kishigacha boʻlgan qishloq aholi punktlarida keng profildagi tibbiyot xodimlari va dorixonasi mavjud qishloq vrachlik punktlari tashkil etiladi, olis qishloqlar aholisiga maslahatlar berilishi, ularni davolash uchun shu yerda yotqizilishi ham nazarda tutilishi kerak;
aholisining umumiy soni 3000 kishidan ortiq boʻlgan aholi punktlari guruhlari uchun tarkibida poliklinika, tugʻruqxona, laboratoriya va dorixona boʻlgan uchastka kasalxonalarini nazarda tutish lozim;
bolalarning salomatligini mustahkamlash maqsadida qishloq fuqarolari yigʻini hududida iqlimi va tabiiy sharoitlariga koʻra qulay zonalarda sogʻlomlashtirish komplekslarini, katta yoshdagi aholi uchun esa — dam olish uylari va profilaktoriylarni nazarda tutish lozim.
asosiy qishloq aholi punktlarida dalada ishlaydigan aholi — oʻsimlikshunoslik, bogʻdorchilik, chorvachilik va muhandislik infratuzilmasi xodimlariga ham profilaktik, ham tez yordam koʻrsata oladigan “mobil tibbiy punktlar” tashkil qilinishi nazarda tutilishi kerak.
qishloq fuqarolari yigʻini hududida veterinariya xizmatini, har bir chorvachilik korxonasi qoshida — laboratoriya va dorixonasi boʻlgan veterinariya shifoxonasini nazarda tutish lozim.
Tibbiy muassasalarning aholi soniga bogʻliq ravishda tavsiya etiladigan nomenklaturasi 7-jadvalda keltirilgan.
Tibbiyot muassasalarini loyihalashtirish OʻzR 0292-sonli SanQvaMlari “Tibbiyot muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya meʼyorlari va qoidalari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Madaniy-maʼrifiy va savdo-maishiy xizmat koʻrsatish tarmogʻining tashkil etilishi
47. Qishloq fuqarolari yigʻini aholisiga madaniy-maʼrifiy va savdo-maishiy xizmatlarni koʻrsatuvchi korxonalar va muassasalar tarmogʻining joylashtirilishi mavjud obyektlarning bu kabi obyektlarga ehtiyojni hisobga olib turib qilingan tahlili asosida, oʻziga xos milliy xususiyatlar va qaror topgan anʼanalarni inobatga olgan holda hal qilinishi lozim. Qishloq aholi punktlarida yashaydigan aholi sonidan qatʼi nazar aholini bunday xizmatlar bilan toʻliq qamrab olinishi, shuningdek SHNQ 2.07.02-07 “Insonlarning hayoti va faoliyati uchun muhitni nogironlar va aholining kamharakatlanuvchi guruhlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda loyihalash” talablariga muvofiq nogironlar uchun shart-sharoitlar yaratilishi kerak.
Xizmat koʻrsatish korxonalari piyoda va transportda yetib borish mumkin boʻlgan radius chegarasida 8-jadvalga binoan joylashtirilishi kerak.
Madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tarmogʻini tashkil etish uchun statsionar binolardan tashqari koʻchma vositalarni va mavsumiy foydalaniladigan inshootlarni ham nazarda tutish va ular uchun tegishli maydonlarni ajratish zarur.
Izohlar:
1. Qishloq aholisiga madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlarini loyihalashtirishda tegishli maqsaddagi muassasalar va korxonalar qoshidagi manzilgohlararo xizmat koʻrsatish markazlarida turadigan koʻchib yurish vositalarining keng rivojlantirilishini nazarda tutish zarur.
2. Xizmat koʻrsatishning istiqboldagi tizimini loyihalashtirishda joylashtirish tizimidagi har bir aholi punkti ushbu qishloq fuqarolari yigʻini aholisiga xizmat koʻrsatish boʻyicha yagona tizimning tarkibiy boʻgʻini boʻlishiga erishish muhimdir.
48. Xizmat koʻrsatish tarmogʻini loyihalashtirish quyidagi tizimga koʻra bajarilishi lozim:
1 — kundalik xizmat koʻrsatish (mahalla markazi, doʻkon, choyxona, sartaroshxona, kiyim-kechak va poyafzallarni taʼmirlash, dorixona, dam olish va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish maskanlari va hokazolar).
Bunday muassasalar piyoda yetib olish doirasida boʻlishi va, faqat siyrak joylashtirish tizimi mavjud boʻlgan hollardagina, transportda 30 daqiqa ichida yetib olish mumkin boʻlgan joyda joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Xizmat koʻrsatishning I bosqichli obyektlari 9-jadvalda keltirilgan.
2 — davriy, vaqti-vaqti bilan xizmat koʻrsatish. Bunday obyektlar (madaniyat uylari, dam olish markazlari, univermag, bozorlar, restoranlar, maishiy xizmat koʻrsatish kombinatlari, kimyoviy tozalash punktlari, kir yuvish punktlari, hammomlar va boshqalar) katta va yirik qishloq aholi punktlarida joylashtiriladi.
3 — cheklangan, tanlab olinadigan xizmatlarni koʻrsatuvchi obyektlar tumanlar, viloyatlar markazlarida va Respublika poytaxtida joylashtiriladi. Ular sirasiga quyidagilar kiradi: teatrlar, kino-konsert zallari, sirklar, muzeylar, lektoriylar, koʻrgazma zallari, universal sport majmualari, yirik savdo komplekslari, oliy (lyuks) toifadagi maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va shu kabilar.
49. Savdo obyektlarini qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonasining barcha qishloq aholi punktlaridagi boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda tovarlarni taqsimlanishiga qarab joylashtirish lozim.
50. Umumiy ovqatlanish obyektlarini aholining real ehtiyojlarini hisob olgan holda ikki asosiy guruh boʻyicha loyihalashtirish kerak:
ommaviy xizmat koʻrsatish korxonalari (aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallanadi va har bir aholi punktida 5 — 10 daqiqada piyoda yetib olish mumkin boʻlgan joyda joylashtiriladi). Ular mulkchilik shakllari boʻyicha davlatga qarashli, shirkat va xususiy korxonalar boʻlishi mumkin;
tanlab xizmat koʻrsatiladigan korxonalar (nafaqat ovqatlanish, balki dam olish va koʻngil ochish uchun moʻljallanadi — restoranlar, barlar, kafe va boshqalar).
51. Kommunal hamda maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va muassasalari har bir aholi punktidagi aholini eng zarur xizmatlar bilan taʼminlashni hisobga olib 30 daqiqada piyoda yetib olish mumkin boʻlgan joyda joylashtiriladi.
Aholi soni kam boʻlgan (1000 kishigacha) qishloqlarda maishiy xizmatlarni uylar qoshida (etikdoʻz, tikuvchi, maishiy asboblarni taʼmirlash boʻyicha usta va shu kabilarning uylarida) yoki mahalla markazida (maishiy xizmatlar bloki) tashkil etilishi tavsiya qilinadi. Maishiy xizmatlar blokini boshqa muassasalar (savdo obyektlari, mehmonxona, hammom va shu kabilar) bilan birlashtirish ham mumkin.
Xizmat koʻrsatishning yuqoriroq darajasidagi obyektlar bilan taʼminlash aholi punktlarining guruhlari uchun nazarda tutilishi lozim.
Oʻt oʻchiruvchilar deposini SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududining rivojlanishi va qurilishini rejalashtirish” normativ hujjatining 30-jadvaliga muvofiq hisoblagan holda tashkil qilish lozim. Oʻt oʻchiruvchilari deposini xizmat koʻrsatish radiusi — 3km, agar radius kattaroq boʻlsa, u holda 1 ta avtomashinaga moʻljallangan oʻt oʻchirish postini tashkil qilish koʻzda tutilishi lozim.
Qishloq fuqarolari yigʻini aholisiga rekreatsion xizmat koʻrsatish
52. Rekreatsion xizmat koʻrsatish tizimining rivojlantirilishini aholi punktlarini rejalashtirish tuzilmasi, dam olish hududini funksional zonalashtirish va meʼmoriy-rejaviy tashkillashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga asoslangan holda nazarda tutish lozim.
53. Rekreatsion xizmat koʻrsatish tizimiga kiruvchi obyektlar, vazifalari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda, quyidagi obyektlarga boʻlinishi kerak:
kundalik xizmat koʻrsatish obyektlari — bolalar uchun oʻyin maydonchalari, katta yoshdagi aholi dam olishi uchun maydonchalar, mahalla markazlari uchastkalari, posyolka parklari, xiyobonlari, shuningdek, daryolar, tabiiy va sunʼiy suv havzalari yonidagi plyajlar. Bunday obyektlar aholi piyoda (30 daqiqagacha) yetib olishi mumkin boʻlgan radiusda joylashtiriladi. Rekreatsion uchastkalarning oʻlchamlari SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududining rivojlanishi va qurilishini rejalashtirish” normativ hujjatining 15-jadvaliga asosan belgilanadi.
hafta oxirida davriy ravishdagi qisqa muddatli (1-2 kun) dam olish. Bunday dam olish turini tashkil qilish uchun tabiiy yoki sunʼiy barpo etiladigan va tabiiy komponentlarga (suv, yashil oʻsimliklar, relyef, yuksak estetik xususiyatlarga) boy boʻlgan, aholi punktidan transportda 1 — 1,5 soat ichida yetib olish mumkin boʻlgan maxsus hududlar ajratilishi lozim. Qisqa muddatli dam olish tizimini ishlab chiqishda dam olish muassasalarida aholining kamida 42% oʻrinlar bilan taʼminlanishi hisobga olinishi zarur;
katta yoshdagi aholining har yilgi mehnat taʼtili va maktab yoshidagi bolalarning yozgi taʼtillari vaqtida epizodik, uzoq muddatli dam olishi uchun moʻljallangan dam olish maskanlari — sanatoriyalar, dam olish uylari, pansionatlar, turistik bazalar, motellar, bolalarning sogʻlomlashtirish muassasalari, bolalar muassasalarining yozgi bogʻ hovlilari.
Qishloq fuqarolari yigʻini hududida tavsifnomasi tumanlarni rejalashtirish loyihasida koʻrsatiladigan tuman, viloyat yoki respublika ahamiyatiga ega qimmatli rekreatsion resurslar mavjud boʻlsa, ulardan mazkur qishloq fuqarolari yigʻini hududida yashaydigan aholining dam olishi uchun foydalanish imkoniyatini belgilash zarur.
54. Sport binolari va inshootlari tarmogʻi jismoniy tarbiya talablarini qondirish uchun zarur boʻlgan hajmda, qishloq fuqarolari yigʻinining butun aholisiga quyidagicha prinsipga koʻra xizmat koʻrsatilishini hisobga olib turib loyihalashtirilishi lozim:
har kuni sport bilan shugʻullanish uchun — maktab oʻquvchilari va katta yoshdagi aholi sport oʻyinlari va mashgʻulotlari bilan shugʻullanishi uchun moʻljallangan maydonchalar, ular 5 — 10 daqiqa ichida piyoda yetib olish radiusida (turar joy guruhlari ichida, maktab qoshida, mahalla markazi yonidagi rekratsion majmuada) joylashtirilishi kerak.
katta yoshdagi aholi va bolalarning mustaqil va murabbiy rahbarligida umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhlari (salomatlik guruhlari)da va sport seksiyalarida muntazam ravishda shugʻullanish uchun.
tizimli tarzdagi mashgʻulotlar uchun moʻljallangan sport markazi 30 daqiqa ichida piyoda yetib borish radiusida joylashtirilishi lozim.
Sport inshootlarini loyihalashtirishda ulardan koʻp maqsadlarda foydalanish prinsipiga asoslanish zarur.
Maʼmuriy muassasalar va jamoatchilik tashkilotlari
55. Maʼmuriy binolar, moliya, aloqa muassasalari, jamoatchilik tashkilotlari, jamoat tartibi boʻlinmalari, qishloq kengashlari (diniy muassasalar bundan mustasno) qishloq aholi punktining ijtimoiy markazi hududida joylashtirilishi va maʼmuriy-ijtimoiy xizmatlar toʻliq hajmda koʻrsatilishini taʼminlashi kerak.
Binolar imkoni boricha birlashtirilishi kerak.
Joylashtirishning hajmi va manzili har bir muayyan holat uchun loyihalashtirish topshirigʻiga binoan belgilanadi.
Binolar va muassasalarning tavsiya qilinadigan roʻyxati, ularning sigʻimi va qishloq fuqarolari yigʻinining aholi punktlari boʻyicha joylashtirilishi 10, 11, 12, 13-jadvallarda keltirilgan.
Izoh:
Tavsiya qilinadigan obyektlar roʻyxati va ularning joylashtirilishi loyihalashtirishga doir topshiriqqa koʻra aniqlashtirilishi mumkin.
VIII. XOʻJALIK ICHIDAGI TRANSPORT ALOQALARI
56. Qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonasi hududining ichidagi transport aloqalarini aholi joylashtirilishining umumiy tizimida eng kam vaqt va iqtisodiy xarajatlar sarflab yuklar va yoʻlovchilarni tashishni taʼminlaydigan yagona tizim sifatida loyihalashtirish lozim.
Avtomobillar va boshqa transport vositalari hamda qishloq xoʻjalik texnikasiga xizmat koʻrsatish inshootlarini loyihalash SHNQ 2.07.01-03* ga muvofiq bajarilishi kerak.
57. Yoʻl tarmogʻining loyihalashtirilishi yoʻl-transport tarmogʻining hozirgi holati va xoʻjalik ichida transport aloqalarining tashkil etilishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
58. Xoʻjalik ichidagi yoʻllar ularning funksional maqsadiga muvofiq tarzda aniq tabaqalashtirilgan boʻlishi kerak.
qishloq xoʻjalik texnikasini oʻtkazishga moʻljallangan yoʻllar aholi istiqomat qiluvchi hududlarni aylanib oʻtishini hisobga olib turib loyihalashtirilishi lozim.
59. Hududning meʼmoriy-rejaviy tashkillashtirish loyihasida yoʻllar qurilishining ketma-ketlik tartibini uni xoʻjalik hududidagi rekonstruksiya bilan bogʻliq boshqa tadbirlarning navbati bilan uygʻunlashtirgan tarzda nazarda tutish lozim.
Transport tarmogʻini qurish va rekonstruksiyalash yuzasidan moʻljallangan ishlarning ketma ketlik tartibi xoʻjalikda moʻljallanayotgan ishlab chiqarishni rivojlantirishning ketma-ketligi va aholini joylashtirish tizimini yaxshilashga doir tadbirlar bilan uygʻunlashtirilishi kerak.
60. Qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonasi hududi chegarasidan chiqib ketadigan trassalar yondosh hududlarning transport tizimlari bilan uygʻunlashtirilishi lozim.
Yoʻl tarmogʻi amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq loyihalashtirilishi kerak. Avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish boʻyicha asosiy texnik meʼyorlar 14-jadvalda keltirilgan.
Qishloq aholi punktlarining koʻchalari va yoʻllarining hisoblangan parametrlari 15-jadvalda keltirilgan.
61. Yashash joyidan mehnat qiladigan joygacha yetib olish uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqadan oshmasligi kerak.
62. I, II va III toifaga mansub umumiy tarmoq avtomobil yoʻllari, odatda, qishloq aholi punktlarini aylanib oʻtadigan qilib loyihalashtiriladi. Yoʻlning tuproqli koʻtarma chekkasi va turar-joy binolari oʻrtasidagi masofa 100 metr (I va II toifali yoʻllar) va 50 metr (III toifali yoʻllar) qilib qabul qilinishi lozim.
63. Koʻcha va yoʻllarning toifalarini harakatning intensivligi, tezligi, shuningdek, funksional vazifalariga qarab qabul qilish kerak.
Tuproqli koʻtarma va yoʻl toʻshamalari konstruksiyalarini SHNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yoʻllari” meʼyoriy hujjatiga binoan loyihalashtirish zarur.
Izohlar:
Qishloq yoʻllarining qatnov qismi, odatda, yoʻlning oʻqiga nisbatan simmetrik joylashadi. Harakat tarkibida gusenitsali mashinalar boʻlgan taqdirda, shuningdek, qoramollarni olib oʻtish zarurati boʻlsa, qatnov qismi yoʻlning oʻqiga nisbatan nosimmetrik joylashtiriladi, bunda yoʻlning bir yoqasining eni 1-2 metrga teng qilib olinadi, ikkinchi yoqasi esa 3,5 — 4,5 metrli kenglikka ega boʻladi va gusenitsali mashinalar harakatlanishi va qoramollarni olib oʻtish uchun xizmat qiladi.
IX. MUHANDISLIK USKUNALARI
64. Aholi soni, iqlimiy, geologik va boshqa shart-sharoitlardan qatʼi nazar barcha qishloq aholi punktlarida zarur sanitariya-gigiyena shart-sharoitlarini, aholi mehnat qilishi va dam olishi uchun yuqori darajadagi qulayliklarni taʼminlaydigan muhandislik uskunalari va obodonlashtirish nazarda tutilishi lozim.
65. Muhandislik kommunikatsiyalarining joylashtirilishida quyidagilar taʼminlashi lozim:
yer ustidagi va yer ostidagi kenglikdan oqilona foydalanish;
muhandislik tarmoqlari qurilishining eng kam qiymatli boʻlishi, saqlanishi va ishonchli ishlashi, ulardan foydalanishning qulayligi va xavfsizligi;
transport harakati uchun toʻsqinliklarning minimal boʻlishi, yoʻl qoplamalari, yashil ekinzorlarning saqlanishi, aholi turmushi uchun normal shart-sharoitlar.
66. Suv, issiqlik va gaz taʼminoti, aloqa va boshqalarning manbalarini tanlanishida belgilangan muddatlarda hisoblangan miqdordagi suv, issiqlik energiyasi, gaz va shu kabilarning olinishi mumkinligini tasdiqlaydigan tashkilotlar bilan kelishilishi lozim.
Chekka tumanlarda (togʻlarda, choʻllarda, yaylov chorvadorligi olib boriladigan hududlarda) joylashgan kichik qishloqlarda (aholi soni 100 — 500 kishidan iborat) muhandislik taʼminotining lokal tizimlari qoʻllanishi mumkin.
Bunday aholi punktlarida favqulodda holatlardagina olib kelinadigan suv bilan taʼminlashga, issiq suv bilan taʼminlash uchun esa quyosh energiyasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
67. Muhandislik taʼminoti tizimlarining hisob-kitobi, shu jumladan manbalarning tanlanishi, tegishli tizimlarni loyihalashtirish boʻyicha SHNQ ning boblari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Suv taʼminoti va kanalizatsiya
68. Suv taʼminoti tizimlarining hisob-kitobi, suv olish inshootlarining joylashtirilishi, shuningdek, suvning hisoblangan sarfi, shu jumladan, yongʻinga qarshi ehtiyojlar uchun suv sarfining belgilanishi QMQ 2.04.02-97 meʼyoriy hujjatning “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” bobi talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
69. “Qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonasi hududini meʼmoriy-rejaviy tashkillashtirish” loyihasida isteʼmolchilarni sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash va manbalarning oqova suvlar bilan ifloslanishini oldini olish zaruratini hisobga oluvchi suv taʼminoti va kanalizatsiya masalalarini birgalikda ishlab chiqilishi majburiy shart hisoblanadi.
70. Yirik qishloq aholi punktlari va ishlab chiqarish obyektlari suv taʼminoti va kanalizatsiyaning markazlashtirilgan tizimlariga ega boʻlishi lozim.
Kichik qishloqlar, shuningdek alohida joylashgan chorvachilik fermalari, yozgi lagerlar, qoʻychilik fermalari, chorva mollari haydaladigan yoʻllar va shu kabilar ishlab chiqarish ehtiyojlari, oʻt oʻchirish va boshqa maqsadlar uchun ichimlik va ishlab chiqarish suv taʼminotining ochiq suv manbalaridan foydalanadigan alohida tizimlariga ega boʻlishi mumkin.
71. Suv tozalash stansiyalari uchun yer uchastkalarining maydonlari oqilona (shamolga teskari noqulay yerlar) tarzda, QMQ 2.04.02-97 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”ga muvofiq tanlanishi kerak. Zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda lokal tozalash inshootlaridan foydalanish zarur. Daryolar, kanallar va suv omborlarining himoya zonalari birinchi navbatda tozalanishi kerak.
Sanitariya-himoya zonasi:
imoratlar qurilmagan hududda quruq tuproqlardan oʻtadigan suvuzatgichlar uchun — diametri 1000 mm gacha boʻlganida 10 metrdan, diametri kattaroq boʻlsa — 20 metrdan kam boʻlmasligi lozim. Nam tuproqlardan oʻtadigan boʻlsa — diametri qanday boʻlishidan qatʼiy nazar 50 metrdan kam boʻlmasligi lozim;
suvoʻtkazgich imoratlar qurilgan hududdan oʻtadigan holatlarda sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan kelishilgan holda sanitariya-himoya zonasining kengligini kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
72. Loyihada qishloq fuqarolari yigʻini hududi va unga yondosh hududlar doirasidagi yer osti va yer usti suv resurslarini aniqlash maqsadida suv resurslaridan kompleks tarzda foydalanish masalalari hal qilinishi zarur. Qishloq aholi punktlarini, ishlab chiqarish va chorvachilik obyektlarini suv bilan taʼminlash uchun suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir texnik tadbirlarni, suvdan foydalanuvchilar tomonidan suv resurslariga qoʻyiladigan talablarni hisobga olgan holda, belgilash lozim.
Suv xoʻjaligini tashkil etish yuzasidan qabul qilingan qarorlar yer ustidagi va yer ostidagi suvlarning ifloslanishi hamda zaxiralarning qurib qolishidan himoya qilishni nazarda tutishi lozim.
Elektr energiyasi taʼminoti
73. Qishloq fuqarolari yigʻini hududini elektr energiyasi bilan taʼminlash loyihasida quyidagi masalalar hal etilishi zarur:
qishloq fuqarolari yigʻini hududidagi barcha elektr energiyasini isteʼmol qiluvchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash manbalarining talab etilgan quvvatlarini belgilash;
elektr yuklamalar markazida joylashtiriladigan tayanch taʼminlovchi podstansiyalar oʻrnatiladigan nuqtalar elektr uzatish liniyalarini tortib kelish qulayligini hisobga olgan belgilanishi lozim.
74. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari havodan tortib olib kelinishi nazarda tutilishi kerak.
Qoʻrgʻonlar, fermalar va boshqa ishlab chiqarish markazlari hududidagi past kuchlanishli elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlar ham havodan tortib olib kelinishi nazarda tutilishi lozim, ayrim hollardagina (maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari uchun) kabelli tarmoqlar nazarda tutilishi mumkin.
75. Elektr taʼminoti manbalarining talab etilgan quvvatlarini belgilash, qishloq fuqarolari yigʻini hududidagi barcha elektr energiyasi isteʼmolchilarining joylashishi va toifasini hisobga olgan holda, ularga toʻgʻri keladigan elektr yuklamalarni hisoblash natijalari asosida amalga oshirilishi zarur.
Elektr yuklamalarining yiriklashtirilgan koʻrsatkichlari va meʼyorlari 16, 17-jadvallarda keltirilgan.
76. Olis tumanlarda va yaylovlarda joylashgan aholisi 100 — 500 kishidan iborat boʻlgan qishloqlar uchun, elektr energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha davlat tizimlari boʻlmagan hollarda, dizel elektr stansiyalari va shamol energiyasidan foydalanish yoʻli bilan lokal va muqobil elektr taʼminoti manbalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
77. Aholi istiqomat qiluvchi hududlarni va umumiy tarmoqdagi avtomobil yoʻllarini qishloq aholi punktlari doirasida tashqi yoritilishini loyihalashtirish QMQ 2.01.05-98 ““Tabiiy va sunʼiy yoritish” va QMQ 2.04.18-97 “Shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining tashqi yoritilishini loyihalashtirishga doir yoʻriqnoma”ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Qishloq fuqarolari yigʻini hududidagi obyektlar uchun elektr tarmoqlarini loyihalashtirish “Elektr taʼminotini loyihalashtirish boʻyicha rahbar koʻrsatmalar” (RUM — 81-noyabr, RUM — 86-sentabr), QMQ 2.04.17-98 “Turar-joy va jamoatchilik binolarining elektr uskunalari”ga muvofiq bajarilishi lozim.
Sanoat zonasining tashqi yoritish qurilmalarini loyihalashtirishda “Qishloq xoʻjalik korxonalari, binolari va inshootlarini yoritishning tarmoqqa doir meʼyorlari”dan foydalanish lozim.
Izoh:
Keltirilgan maʼlumotlar taxminiydir. Har bir loyihalashtirilayotgan obyekt uchun koʻrsatkichlar aniqlashtiriladi. Qavs ichidagi maʼlumotlar gazlashtirilmagan qishloq aholi punktlari uchun keltirilgan
Issiqlik taʼminoti
78. Aholi punktlari, korxonalar, binolar va inshootlarning issiqlik taʼminoti tizimlarini loyihalashtirishda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan issiqlik taʼminoti tizimlarini qoʻllanish sohasini, issiqlik manbalarining turlari, tizimlarning sxemalari va tiplari, issiqlik tarmoqlari konstruksiyasini tanlash bilan bogʻliq masalalar majmuasi ishlarning hajmi va qurilishning navbatliligi belgilanib, shuningdek ulardan foydalanishga doir takliflar taqdim qilingan holda hal etilishi lozim. Bunda asosiy diqqat-eʼtibor atrof muhitni himoya qilish, kapital qoʻyilmalar, yonilgʻi-energetika va moddiy resurslar hamda mehnat xarajatlarini tejashga qaratilgan yechimlarga qaratilishi kerak.
Issiqlik taʼminoti tizimlarini mintaqa (viloyat, tuman)dagi yonilgʻi-energetika balansining tuzilmasi va elektr hamda gaz taʼminoti tizimlarini rivojlantirishni hisobga olgan holda loyihalashtirish zarur. Qoʻrgʻon tipidagi turar-joylar, odatda, issiqlik taʼminotining yakka tartibdagi manbalariga asoslangan holda loyihalashtiriladi.
79. Qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonasi hududidagi obyektlarning issiqlik taʼminoti masalalarini hal etish uchun yoqilgʻining eng tejamli turini va barcha isteʼmolchilarning unga boʻlgan ehtiyojini, bu ehtiyojni qoʻshni xoʻjaliklar va tumanning yoqilgʻi-energetika balanslari bilan uygʻunlashtirilgan tarzda mahalliy yoqilgʻi resurslari hisobiga qoplash imkoniyatini belgilash zarur.
Gaz, termal suvlar koʻrinishidagi tabiiy issiqlik manbalariga ega tumanlarda ulardan isteʼmolchilarning issiqlik taʼminoti uchun foydalanishni nazarda tutish lozim.
Tegishli texnik-iqtisodiy asoslanganlik mavjud boʻlgan hollarda yoqilgʻi sifatida quyidagilarni qoʻllash mumkin: toshkoʻmir, yirik va oʻrtacha klasslardagi navli koʻmir, suyultirilgan gaz, dizel yoqilgʻisi, kerosin, quyosh energiyasi, elektr energiyasi va yoqilgʻining boshqa turlari.
Maishiy ehtiyojlar uchun mazutning qoʻllanilishiga texnik sabablarga koʻra yoʻl qoʻyilmaydi, undan faqat markazlashtirilgan issiqlik taʼminotida (qozonxonalarda) foydalanish mumkin.
80. Qishloq fuqarolari yigʻini obyektlaridagi isitish, ventilyatsiya va havoni tozalash, shuningdek markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti uchun issiqlik sarfi QMQ 2.04.07-99 “Issiqlik tarmoqlari” meʼyoriy hujjatga binoan qabul qilinishi lozim.
18, 19-jadvallarga muvofiq issiqlik sarfining yiriklashtirilgan koʻrsatkichlarini qabul qilishga ham yoʻl qoʻyiladi.
Gaz taʼminoti
81. Qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonasi hududining gaz taʼminoti tabiiy va suyultirilgan gaz bilan amalga oshirilishi mumkin.
Aholi punktlarining gaz taʼminoti uchta: bir bosqichli, ikki bosqichli va uch bosqichli usullarda amalga oshiriladi.
Odatda, asosan ikki bosqichli tizimdan — oʻrtacha (yoki yuqori) va past bosimli gaz quvurlaridan foydalaniladi.
Uch bosqichli tizim (yuqori-oʻrtacha-past bosimli gaz quvurlari) — alohida hollarda (yuqori bosimli gaz talab qilinuvchi ishlab chiqarish mavjud boʻlganida) qoʻllanilishi mumkin.
Suyultirilgan gaz bilan gazlashtirish yetib borish qiyin boʻlgan va olis aholi punktlari uchun tavsiya qilinadi, bunda tumanlardagi gaz toʻldirish stansiyalaridan aholi punktlarigacha maxsus avtomashinalarda gaz ballonlarini (odatda — V=27l) yetkazib berish tashkil etilgan boʻlishi zarur. Suyultirilgan gaz meʼyori — 1 oylik muddatga 1 xoʻjalik uchun 3 ta ballon.
Gaz taʼminoti masalalarini hal etish uchun u yoki boshqa gaz turining qoʻllanilishi har bir aniq holda texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni hisobga olib hal etiladi.
82. Xoʻjalik-maishiy va kommunal ehtiyojlar, sanoat va qishloq xoʻjalik korxonalari uchun gaz sarfi QMQ 2.04.08-96 “Gaz taʼmini. Loyiha meʼyorlari” hujjatining tegishli bobiga muvofiq qabul qilinadi.
Yer osti va yer usti gaz quvurlaridan bino (GTP — gaz taqsimlash punktini istisno qilganda) va inshootlargacha (bosimi 1,2 MPa gacha boʻlgan) gorizontal boʻyicha minimal masofalarni SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududining rivojlanishi va qurilishini rejalashtirish” hujjatining 56-jadvaliga muvofiq qabul qilish zarur.
Bosimi 1,2 MPa dan yuqori boʻlgan magistral quvuroʻtkazgichlardan aholi punktlariga, alohida sanoat va qishloq xoʻjalik korxonalariga, bino va inshootlargacha boʻlgan gorizontal boʻyicha minimal masofalar QMQ 2.05.06-97 “Magistral quvuroʻtkazgichlar” meʼyoriy hujjatining 4-jadvaliga muvofiq, gaz quvurlarining klassi va diametri, obyektlarning masʼullik darajasi va ularning xavfsizligini taʼminlash zaruratiga bogʻliq tarzda qabul qilinishi lozim.
Telefonlashtirish va radiolashtirish
83. Qishloq fuqarolari yigʻini hududida telefonli aloqa tarmogʻini tashkil etish uchun:
amaldagi mavjud aloqa liniyalaridan foydalanish;
qurilishning birinchi navbati va hisoblangan muddat uchun har bir aholi punktidagi telefonlar sonini aniqlash;
qurilishning birinchi navbati va hisoblangan muddat uchun ATS ni (stansiya turi va hajmini koʻrsatgan holda) oʻrnatish joyini belgilash;
telefon tarmogʻi tuzilmasi sxemasini belgilash;
stansiyalararo ulanish liniyalari turini (raqamli, kabelli yoki RRRL) belgilash;
abonent apparatidan MTS gacha tebranishlar soʻnishi kattaligini qabul qilingan tebranishlar soʻnishiga muvofiqligini tekshirish lozim.
Har bir aholi punkti uchun telefon apparatlarining soni turar-joy sektori uchun belgilangan telefon zichligi normalariga asoslangan holda, jamoat, ishlab chiqarish binolari va inshootlari uchun namunaviy loyihalar boʻyicha belgilanadi. Telefon tarmogʻini simli va simsiz aloqa vositalari bazasi asosida tashkil qilish kerak.
Umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulanuvchi simli telefon aloqasi jamoat, ishlab chiqarish binolari va inshootlarida oʻrnatiladi.
84. Qishloq fuqarolari yigʻini hududini radiolashtirish uchun:
SHNQ 2.08.01-05 va jamoat, ishlab chiqarish binolari va inshootlarining amaldagi namunaviy loyihalariga asosan har bir aholi punkti uchun radionuqtalar sonini belgilash:
qurilishning birinchi navbati va hisoblangan muddat uchun loyihalashtirilayotgan radiouzel turi va quvvatini aniqlash;
radiolashtirish tuzilmasining sxemasini (bir boʻgʻinli, ikki boʻgʻinli) aniqlash. Yetib borish qiyin, olis joylarda joylashgan va aholisining soni 1000 tadan kam boʻlgan aholi punktlari uchun simli radiotranslyatsiya tarmogʻini koʻzda tutmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
X. HUDUDNING MUHANDISLIK TAYYORGARLIGI
85.”Qishloq fuqarolari yigʻini hududini muhandislik tayyorgarligi” boʻlimi hududning meʼmoriy-rejaviy tashkillashtirish (MRLT) loyihasi tarkibida bajariladi, bunda loyihalash uchun aniq topshiriq hamda loyihalashtirilayotgan hudud uchun topogeodezik, fiziko-geologik, gidrogeologik izlanishlar va tuproq-meliorativ kartalari albatta boʻlishi shart.
Qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonasi hududining muhandislik tayyorgarligiga doir tadbirlarni ishlab chiqishda koʻrilayotgan hudud doirasida va uning tashqarisidagi xalq xoʻjaligiga oid barcha tarmoqlarning talablarini hisobga olish kerak boʻladi. Tadbirlar tarkibi iqlimga oid tavsifnoma, fizik-geologik va gidrogeologik izlanishlar, radio-ekologik tekshiruvni hisobga olgan holda belgilanadi.
86. Muhandislik tayyorgarlik boʻyicha tadbirlar butun hududga oid umumiy va alohida aholi punktlarining hududiga oid maxsus tadbirlarga ajratiladi.
Umumiy tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi:
vertikal rejalashtirish;
sunʼiy sugʻorish;
suvni qochirish, tabiiy yoki sunʼiy gidrografik tarmoqning tartibga solish, qirgʻoq boʻyidagi yerlarni belgilash va obodonlashtirish;
seysmiklikka qarshi tadbirlar.
Maxsus tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi:
sizot suvlar qalinligi katta boʻlgan hududlarda ularning sathini pasaytirish;
turli vazifalar uchun moʻljallangan suv oʻtkazgichlar qirgʻoqlarini oʻpirilish, yemirilish va buzilishdan himoya qilish;
sel oqimlari va suv toshqinlaridan himoya qilish;
yer choʻkishiga qarshi tadbirlar.
Vertikal rejalashtirish
87. Vertikal rejalashtirish:
turar-joy, jamoat va ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun qulay maydonchalarni yaratish, dalada qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni tashkil etish;
transport va piyodalar qulay va xavfsiz harakatlanishini taʼminlash;
tuproqning suvli eroziyasiga yoʻl qoʻymaydigan tegishli nishabliklar hisobiga yuza (atmosfera yogʻinlari) suvlarini oqib ketishini tashkil etish;
suvning oʻzi oqib kelishi bilan bajariladigan sugʻorishni tashkil qilish;
tabiiy relyef va mavjud koʻkalamzorlarni maksimal tarzda saqlab qolish uchun eng qulay shart-sharoitlarni taʼminlashi lozim.
Vertikal rejalashtirish amalga oshirilayotgan butun hududda tuproqning unumdor qatlami olinishi koʻzda tutiladi.
Aholi punktlarining vertikal rejalashtirilishi SHNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududining rivojlanishi va qurilishini rejalashtirish” talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hududning sugʻorilishi va quritilishi
88. Sugʻorish tizimi tabiiy namlashtirish yetarli boʻlmagan sharoitda sugʻoriladigan massivning ildiz rivojlanuvchi tuproq qatlamida optimal suv-tuz rejimini saqlanishini, qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olinishini taʼminlaydigan inshootlar, binolar va qurilmalarning oʻzaro bogʻliq kompleksini oʻz ichiga olishi lozim.
89. Sugʻorish tarmogʻi quyidagilar:
hisob-kitobdagi ehtiyojlarni sugʻorish uchun suvning oʻz vaqtida yetkazib berilishi;
yerlardan foydalanish va tizim foydali ishlashining optimal koeffitsiyentlarini taʼminlanishini hisobga olgan holda loyihalash-tirilishi kerak.
Sugʻorish tarmogʻini joyning relyefi, muhandislik-geologik shart-sharoitlar bilan uygʻun tarzda loyihalashtirish lozim.
90. Qishloq xoʻjalik ekinlarining suv isteʼmoli miqdorini oʻsimlikshunoslikdagi xoʻjalik faoliyatining yoʻnalishi, ekinlar tarkibi va iqlim, tuproq hamda gidro-geologik shart-sharoitlar, sugʻorish texnikasi usullariga bogʻliq boʻlgan sugʻorish rejimi asosida qabul qilish lozim.
91. Sugʻorish tarmogʻini quvurlar shaklidagi yopiq yoki kanallar va lotoklar shaklida ochiq holda loyihalashtirish zarur.
Suv bilan taʼminlanganlik darajasi past boʻlgan hududlarda bir vaqtdagi suv sarfini kamaytirish imkoniyatini beruvchi sugʻorish usullarini (yomgʻirlashtish, boshi berk ariqlar boʻyicha infiltratsiya yoʻli bilan sugʻorish) koʻzda tutish lozim.
Sugʻorish tarmogʻining optimal konstruksiyasini tanlash tarmoq variantlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini solishtirish asosida amalga oshirilishi lozim.
92. Ortiqcha suvlar (yer usti yoki sizot suvlar) mavjud boʻlganida sugʻorish kanallaridan tashqari suvni yigʻib oladigan va chiqarib tashlaydigan hamda kollektor-drenaj tarmoqlarini ham loyihalashtirish zarur.
Sugʻorish va quritish talab qilinadigan yerlarning maydonlari tuproqlarning meliorativ xaritalari va agroiqtisodiy ishlanmalar maʼlumotlari asosida belgilanadi.
93. Drenaj tizimini hisoblash va loyihalashtirish SHNQ 1.02.07-09 “Qurilish uchun muhandislik izlanishlar” va SNiP 2.06.15-85 “Hududlarni suv bosish va toshqinlardan muhandislik himoyalash” (Respublika meʼyoriy hujjatlari chiqquniga qadar) meʼyoriy hujjatlarga binoan maxsus izlanmalar asosida amalga oshirilishi kerak.
Xavfli geologik jarayonlardan himoya qilish
94. Iqlimga doir parametrlarni va fizik-geologik maʼlumotlarni QMQ 2.01.01-94 “Loyihalashtirish uchun iqlimiy va fizik-geologik maʼlumotlar”ga muvofiq qabul qilish kerak:
quyosh radiatsiyasi;
yogʻingarchiliklar, harorat va muzlash chuqurligi;
lyoss tuproqlar choʻkuvchanligi;
deflyatsion va shamol taʼsiridagi jarayonlarning tarqalishi;
hududlarni suv bosishi;
koʻchkilar va oʻpirilish jarayonlarining tarqalishi, koʻchki tushish xavfi mavjud va seysmik tumanlar.
95. Xavfli geologik jarayonlardan himoya qilishga doir tadbirlar
QMQ 2.01.03-96 “Seysmik tumanlardagi qurilish”, QMQ 2.01.15-97 “Hududlar, binolar va inshootlarning xavfli geologik jarayonlardan muhandislik himoyasi. Loyihalashtirishning asosiy qoidalari”ga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga binoan nazarda tutilishi kerak.
Yangi aholi punktlarini joylashtirishda va mavjudlarining hududini kengaytirishda Oʻzbekiston Respublikasi FA Seysmologiya instituti tomonidan bajarilgan va Davrxitektqurilish qoʻmitasi tasdiqlagan mikroseysmorayonlashtirish xaritalariga va “Oʻzbekiston Respublikasi hududini shaharsozlik, rejalashtirish va aholini joylashtirish uchun tuproq sharoitlari boʻyicha rayonlashtirish sxemasi”ga amal qilish zarur. Murakkablashgan faktorlari (geodinamik jarayonlar, suv bosishi, sizot suvlarni chiqishi) mavjud hududlar mavjud aholi punktlarini kengaytirish va yangi aholi punktlarini loyihalashtirish uchun koʻzda tutilgan maydonlar tarkibidan chiqarilishi kerak.
Seldan himoya qilish tadbirlari sel oqimlaridan himoya qilishning mintaqaviy sxemalari bilan uygʻun tarzda nazarda tutilishi lozim.
Iqtisodiy asoslanishni ishlab chiqishda umumiy tavsifga ega tadbirlar (seldan himoya qiluvchi toʻgʻonlar qurilishi, soy va suvsiz vodiylarda qoʻshimcha hajmlarni tashkil qilish, sel oqimlarini shakllantiruvchi hududlarni oʻrmonlashtirish) va aniq aholi punktini himoya qilishdan iborat xususiy tadbirlar (ochiq suv oqimlarini kengaytirish, hududni aholi punktining yuqori tomonidan marzalar bilan toʻsish, ochiq suv oqimlarida seldan himoya qiluvchi toʻgʻonlar qurish) qoʻllanishi koʻzda tutilishi mumkin.
Daryolar, kanallar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirgʻoqlarida joylashgan aholi punktlarini toshqin suvlaridan himoya qilishda quyidagi tadbirlarni bajarish zarurati tugʻiladi:
qirgʻoq boʻylab marza toʻgʻonlarini tashkil etish;
tuproq toʻkish hisobiga hudud belgilarini koʻtarish.
Toʻgʻonlar qurish zarurati tugʻilgan holatlarda QMQ 2.06.05-98 “Tuproq materialli toʻgʻonlar” meʼyoriy hujjatiga amal qilish lozim.
Qirgʻoqlari eroziya jarayonlari (koʻchki, jarliklar vujudga kelishi) yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ochiq suv oqimlari boʻylab qirgʻoqni mustahkamlash tadbirlarini koʻrish koʻzda tutilishi kerak. Qirgʻoqni himoyalash boʻyicha tadbirlarni loyihalashtirish QMQ 2.06.01-97 “Gidrotexnik inshootlar. Loyihalashtirish boʻyicha asosiy holatlar” meʼyoriy hujjatga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Choʻkishga qarshi tadbirlar, tuproqlar choʻkuvchanligi turini hisobga olgan holda, muhandislik-geologik rayonlashtirish xaritasiga asosan belgilanadi.
XI. ATROF MUHIT MUHOFAZASI
96. “Qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonalari hududlarining meʼmoriy rejaviy tashkillashtirish” loyihasiga koʻra atrof muhitni muhofaza qilish va antropogen bosim barqaror oshib boradigan sharoitlarda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha kompleks tadbirlar nazarda tutilishi lozim.
97. Atrof muhitning ifloslanishi boʻyicha tanlangan va hududga nisbatan bir tizimga birlashtirilgan koʻrsatkichlarning kompleks tahlili tabiiy muhitning holatini va uning oʻzgarish dinamikasini baholashga imkon beradi.
Vujudga kelgan ekologik vaziyatning sabablarini aniqlash uchun ATB — atrof muhitga taʼsirni baholash loyihasi qoʻllaniladi.
ATB RH 118.0027714.24-93 “ATBni oʻtkazish tartibi haqidagi yoʻriqnoma ga muvofiq bajarilishi lozim.
Atrof muhitga taʼsirni baholash asosida atrof muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqish zarur.
Ekologik vaziyatni kompleks tarzda baholash quyidagilarni aniqlab berishi lozim:
sanoat korxonalari va alohida ishlab chiqarish obyektlarining zararli taʼsir zonalarini;
ishlab turgan va yopilgan qabristonlarning sanitariya-himoya zonalarini;
I, II toifali avtomobil yoʻllari, temir yoʻllar, muhandislik uskunalarining magistral tarmoqlari va muhandislik inshootlarining sanitariya-himoya zonalarini;
xavfli gidrogeologik hodisalar zonalarini, suv toshqini zonalarini;
suv havzalari va ochiq suv oqimlarining suvni muhofaza qilish zonalarini;
tabiat va madaniy yodgorliklarini muhofaza qilish zonalarini.
Atrof muhitga taʼsirni baholash asosida atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
98. Qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonasi hududining “Atrof muhitni muhofaza qilish” boʻlimini ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
tabiiy landshaftning tavsifnomasi;
hududning fonga oid mikro-iqlim shart-sharoitlari, yuza suvlar, tuproq va oʻsimliklarning ifloslanganligi;
elektromagnit fon va radiatsiyaning asosiy manbalari tavsifnomasi;
qattiq chiqitlar va chiqindilardan tozalashni tashkil etilganligi;
aholining kasallanishi;
alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning joylashishi va foydalanish rejimi.
99. Qishloq fuqarolari yigʻini hududining meʼmoriy-rejaviy tashkillashtirish (HMRT) loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-may 73-II-son “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi qonunining 11-moddasiga (“Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari”) muvofiq, shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari kabi, davlat ekologik ekspertizasi obyekti hisoblanadi. Ekologik ekspertizaning maqsadi — moʻljallanayotgan xoʻjalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini, shuningdek rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa yoki shunday taʼsir koʻrsatayotgan boʻlsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlashdan iborat.
Ekologik ekspertiza atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlashga qaratilgan
Suv resurslarining muhofazasi
100. Yer usti va yer osti suvlarining muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Muhofaza qilinadigan suv zonalari haqidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda suv omborlari uchun — tirgak darajasi minimal boʻlganidagi suv yuzasining chizigʻidan, boshqa suv havzalari uchun esa — suvning oʻrtacha sathidan suvni muhofaza qilish zonalarining minimal kengligi hisobga olinishi lozim. Bunda suvni muhofaza qilish zonalarining minimal kengliklari uchun quyidagi koʻrsatkichlar belgilangan:
katta suv omborlari va boshqa suv havzalari (sigʻimi 1,1 dan 10 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida — 300 — 500 metr;
oʻrtacha suv omborlari va boshqa suv havzalari (sigʻimi 0,6 dan 1 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida — 200 — 300 metr;
kichik suv omborlari va boshqa suv havzalari (sigʻimi 0,2 dan 0,5 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida — 100 — 200 metr;
juda kichik suv omborlari va suv havzalari (sigʻimi 0,1 kub kilometrdan kam boʻlgan) atrofida — 100 metrgacha;
katta daryolarda (suv sarfi sekundiga 100 kub metrdan ortiq) — 300 — 500 metr;
oʻrtacha daryolarda (suv sarfi sekundiga 5 kub metrdan 100 kub metrgacha) — 100 — 300 metr;
kichik daryolarda (suv sarfi sekundiga 2 kub metrdan 5 kub metrgacha) — 50 — 100 metr;
juda kichik daryolarda (suv sarfi sekundiga 2 kub metrgacha boʻlgan soylar) — 50 metrgacha;
sekundiga 50 dan 100 kub metrgacha suv oʻtkazish quvvatiga ega boʻlgan magistral kanallar, loyiha hisob-kitob suv sarfi sekundiga 10 dan 20 kub metrgacha boʻlgan kollektorlar uchun — 100 metr;
sekundiga 100 dan 150 kub metrgacha suv oʻtkazish quvvatiga ega boʻlgan magistral kanallar, loyiha-hisob-kitob suv sarfi sekundiga 20 dan 50 kub metrgacha boʻlgan kollektorlar uchun — 200 metr;
sekundiga 150 kub metrdan ortiq suv oʻtkazish quvvatiga ega boʻlgan magistral kanallar, loyiha-hisob-kitob suv sarfi sekundiga 50 kub metrdan ortiq boʻlgan kollektorlar uchun — 300 metr.
Quyidagilar suv resurslarini himoya qilishga doir asosiy masalalar hisoblanadi:
asosiy ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish;
suv taʼminoti tizimlarini takomillashtirish;
kanalizatsiya va oqova suvlarning tozalanishi tizimini takomillashtirish;
yer osti suvlarini himoya qilishga doir tadbirlar;
muhofaza qilinadigan suv zonalarida xoʻjalik faoliyatining oʻrnatilgan tartibiga rioya qilish.
Yer, atmosfera havosi, yer ostini va oʻsimliklarni himoya qilish
101. Atmosfera havosining muhofazasi turar-joylar qurilgan tumanlarda zararli moddalar konsentratsiyasining meʼyoriy hujjatlarga muvofiq cheklanishiga asoslanishi lozim.
Aholi punktlarini qurish va rivojlantirish uchun moʻljallangan hududlar, Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishida foydalanilmaydigan yerlardan tanlanishi lozim.
Qurilishlarning sugʻoriladigan va quritilgan yerlarda, shudgorlarda, koʻp yillik mevali daraxtlar band qilgan yerlarda, shuningdek suvdan himoya qiladigan yashil daraxtzorlar band qilgan yerlarda joylashtirilishiga favqulodda hollarda yoʻl qoʻyiladi. Qurilishni amalga oshirish taqiqlanadigan yerlar roʻyxati mahalliy boshqaruv organlari (viloyat va tuman hokimliklari) tomonidan belgilanadi.
HMRT loyihasidagi atmosfera havosini himoya qilish boʻyicha asosiy tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi:
qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonasi hududi zonalashtirilishini takomillashtirish (turar-joy, ishlab chiqarish, kommunal-omborxona zonalari, qishloq xoʻjalik dalalari, transport), sanitariya-himoyalash zonalarining tashkil etilishi;
xalqaro va respublika ahamiyatiga ega avtomobil yoʻllari, temir yoʻllar, muhandislik uskunalari obyektlari va magistral tarmoqlari uchun sanitariya-himoyalash zonalarini tashkil etish;
chiqindilarni chiqarib tashlaydigan manbalarni turar-joy binolari qurilgan maydonlardan turar-joylardan normativ masofalarda tashkil etilgan ishlab chiqarish zonalariga, turar-joylarga nisbatan shamolga teskari tomonga koʻchirish;
magistrallarni rekonstruksiya qilish, aylanma yoʻllarni tashkil qilish;
havodagi zararli moddalar sochilib tarqalishiga va yutilishiga yordam beradigan yashil oʻsimliklarni ekishni tashkil etish.
102. Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda foydalari qazilmalarning joylashishini va sifatli yer osti suvlarining mavjudligini hisobga olish zarur.
103. Tuproq va oʻsimliklarni himoya qilishni ifloslantiruvchilar tarkibiga, sanoat chiqitlarining atmosfera yogʻinlari bilan birga tushishiga bogʻliq ravishda, gazsimon birikmalarni bevosita tuproq va oʻsimliklar tomonidan yutilishini hisobga olgan holda amalga oshirish zarur.
104. Yoʻllar, chorvachilik fermalari qurilishi, qattiq chiqitlarni utilizatsiya qilishda tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini nazarda tutish kerak.
Shovqindan, elektr va magnit maydonlari vibratsiyasidan, nurlanishlardan himoya qilish
105. Turar-joy va jamoat binolari va ular atrofidagi hududlar uchun yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan shovqin darajalari, tashqi shovqinning asosiy manbalarining shovqinga doir tavsifnomalarini, shovqinni kamaytirishning meʼmoriy-rejaviy va qurilish-akustik vositalarining akustik samaradorligini hisoblash uslubiyotini hamda ularni loyihalashtirish boʻyicha asosiy talablarni QMQ 2.01.08.96 “Shovqindan himoya qilish”ga muvofiq qabul qilish lozim.
106. Radiotexnika obyektlari (radiostansiyalar, radiotelevizion, yetkazib beruvchi va radiolokatsion stansiyalar), yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalari va elektromagnit energiyasi chiqaradigan boshqa obyektlarni joylashtirishda aholini elektromagnit maydoni taʼsiridan himoya qilishning vaqtinchalik sanitariya meʼyorlari va qoidalariga, “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari”ga amal qilish lozim.
107. Radioaktiv moddalar va boshqa ionli nurlanish manbalarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, qoʻllash, saqlash, tashish, zararsizlantirish va koʻmishda radiatsiyaviy xavfsizlikning taʼminlanishi radiatsiya xavfsizligi meʼyorlari (RXM-76/87) va radioaktiv moddalar bilan ishlashning asosiy sanitariya qoidalari (ASQ-78/87) ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
108. Atrof muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalarning taʼsir koʻrsatish xarakteri boʻyicha yiriklashtirilgan koʻrsatkichlar, turli maqsaddagi korxonalarning ifloslantiruvchi moddalarga kvotalari 6-ilovada keltirilgan.
1-ilova (majburiy)
2-ilova (tavsiya qilinadi)
“QISHLOQ FUQAROLARI YIGʻINI HUDUDINI MEʼMORIY-REJAVIY TASHKILLASHTIRISH” LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH UCHUN ZARUR BOʻLGAN MATERIALLAR JAMLANADIGAN TASHKILOTLAR
ROʻYXATI
1. Hokimliklarning rejalashtirish boʻyicha tuman komissiyalari
Tuman iqtisodiyotini rivojlantirish rejasi va uning yillar boʻyicha bajarilishi
Iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari (tarmoqlar boʻyicha)
2. Statistika boshqarmasining mahalliy organlari
Aholi. Aholining demografik tuzilmasi. Fermerlar, ishchilar, xizmatchilar soni va ishchi kuchi balansining tavsifnomasi.
3. Tumanlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar yer resurslari va davlat kadastri xizmatlari
yerdan foydalanuvchilar boʻyicha kartografik materiallar
qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar tavsifnomasi
qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishining asosiy tarmoq yoʻnalishi
qishloq xoʻjalik yerlaridan foydalanish tavsifnomasi
melioratsiya tizimi tavsifnomasi
4. Tuman qurilish va arxitektura boʻlimlari
shaharsozlik hujjatlari — viloyatni rejalashtirish sxemasi, tumanni rejalashtirish loyihasi
qishloq aholi punktlarining bosh rejalar, HMRT loyihalari bilan taʼminlanganligi, mavjudlari bilan tanishish
asosiy qishloq aholi punktlari joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, transport va muhandislik infratuzilmasi
5. Tuman avtomobil yoʻllari boʻlinmasi
tuman yoʻl tarmogʻi sxemasi, yoʻllarning tavsifnomasi
yoʻl va koʻprik ishlari rejasi, joriy yil uchun yoʻl ishlari rejasi ajratib koʻrsatilgani holdagi eng muhim obyektlar roʻyxati
tuman yoʻl tarmogʻini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish boʻyicha eng muhim vazifalar toʻgʻrisida mahalliy xodimlarning axborotlari
6. Tuman sanitariya-epidemiologiya stansiyalari
tumanning sanitariya tavsifnomasi
Atrof muhitning sanitariya holatini yaxshilashga doir takliflar
7. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi
elektr podstansiyalari roʻyxati, ularning tavsifnomasi, quvvati, qishloq elektrlashtirishini rivojlantirish istiqbollari
yuqori voltli tarmoqlar sxemasi, tarmoqlar trassalari, rivojlantirish istiqbollari, talab qilinadigan hududiy shoxobchalar
8. Tumanlarning madaniyat, xalq taʼlimi, kommunal xoʻjaligi, savdo boʻlimlari
tumanda va qishloq fuqarolari yigʻini hududidagi aholi punktlarida madaniyat uylari, kinoteatrlar, yoshlarning madaniy markazlari, kutubxonalar, bolalar bogʻchalari, taʼlim muassasalari, doʻkonlar, hammomlar, kir yuvish punktlari, novvoyxonalar va shu kabilarning mavjudligi, ularning tavsifnomalari va joylashganligi
umumiy foydalanishdagi yashil daraxtzorlarning mavjudligi va holati
tumanda madaniyat yodgorliklari, muzeylar, qoʻriqxonalar, turistik va boshqa dam olish bazalari, sanatoriyalarning mavjudligi, ularning tavsifnomalari va joylashganligi
madaniy-maishiy, kommunal va savdo muassasalari tarmogʻini rivojlantirish istiqbollari
9. Tuman sogʻliqni saqlash boʻlimi
tibbiy xizmat koʻrsatishning mavjud tarmogʻi tavsifnomasi (kasalxonalar, poliklinikalar, ambulatoriyalar, tugʻruqxonalar, bolalar yaslilari, maslahatxonalar, dorixonalar va boshqalar). Joylashganligi, sigʻimi, davolash muassasalarining holati, tibbiy uskunalar bilan jihozlanganligi.
tumandagi tibbiy xizmat koʻrsatish tarmogʻini rivojlantirish rejasi.
10. Tuman “Suv-Oqava” tarmoqlari
Tuman suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlarining, suv taʼminoti manbalarining mavjud holatini tavsifnomasi;
Tuman va qishloq xoʻjaligi korxonasining suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari.
11. Tuman gaz taʼminoti
Tuman va qishloq aholi punktlari hududlari gaz taʼminotining sxemasi. Gaz taʼminoti manbalari, yuqori bosimli gaz quvurlari trassalari, AGTS, GTP.
Gaz taʼminoti tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari.
12. Yongʻinga qarshi nazorat organlari
tuman va aholi punktlari yongʻinga qarshi xizmatlarining tavsifnomasi, yongʻinga qarshi kurashish uchun suv taʼminoti (daryolar, kanallar va sunʼiy suv havzalariga olib boradigan yoʻllarning mavjudligi), telefon aloqasining mavjudligi;
yongʻindan saqlash xizmati binolarining mavjudligi va holati, yongʻinga qarshi postlaridagi yongʻinga qarshi texnikaning tavsifnomasi;
oʻt oʻchirish depolari, suv havzalari, momaqaldiroqdan himoya qilish qurilmalari, yoʻllar va koʻpriklar qurilishining, ihota daraxtlarini oʻtqazish hamda yongʻinga qarshi boshqa tadbirlarning istiqbolli rejasi.
13. Veterinariya nazorati organlari
veterinariya muassasalari — tuman va uchastka veterinariya shifoxonalari, veterinariya-feldsherlik punktlari, izolyatorlarning mavjudligi va joylashgani
veterinariya xizmati boʻyicha takliflar.
14. Baliq nazorati va baliq xoʻjaligi organlari
baliq xoʻjaligiga ixtisoslashish yoʻnalishi keng rivojlangan tumanlar uchun quyidagilarni tavsiflaydigan maʼlumotlar olinishi zarur:
a) baliq xoʻjaligi suv havzalari, ularning soni, maydoni, baliqlar turlari va shu kabilar;
b) suv havzalaridan foydalanish va baliq tayyorlash tizimi
v) baliq pitomniklari
g) hovuzlardagi baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari va uning qishloq xoʻjaligi bilan oʻzaro bogʻliqligi.
3-ilova (majburiy)
LOYIHA HUJJATLARINI RASMIYLASHTIRISH BOʻYICHA UMUMIY TALABLAR
1.” Qishloq fuqarolari yigʻini yoki qishloq xoʻjalik korxonasi hududini meʼmoriy-rejaviy tashkillashtirish” loyihasining grafik materiallari Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlari va qurilish hamda loyihalashtirish uchun tasdiqlangan normativ hujjatlarni hisobga olgan holda bajarilishi va rasmiylashtirilishi lozim.
Loyihaning asosiy chizmalari topogeodezik yoki kartografik negizda M1:10000, M1:25000 masshtablarda bajarilishi kerak. Chizmalar toponegizni toʻliq yopib qoʻymaydigan shaffof boʻyoqlar bilan bajarilishi lozim. Loyiha tarkibiga kiradigan turli chizmalarda takrorlanuvchi bir xil elementlarni koʻrsatish uchun bir xildagi shartli belgilar qoʻllanilishi zarur.
2. Loyihaning asosiy chizmalarida loyiha tashkilotining direktori, bosh muhandisi, bosh arxitektori, boʻlim boshligʻi, loyiha bosh arxitektori, loyiha bosh muhandisi va loyiha mualliflarining imzolari boʻlishi lozim. Boshqa chizmalar va sxemalar loyiha bosh arxitektori (muhandisi), boʻlim boshligʻi va boʻlimlarning ijrochilari tomonidan imzolanadi.
3. Tushuntirish xatida quyidagilar koʻrsatiladi: loyihani bajargan tashkilot nomi va uning qaysi idoraga qarashli ekanligi, loyihaning toʻliq nomi, tushuntirish xatining jildi, loyiha ishlab chiqilgan yil va oy.
Tushuntirish xatlarining titul varaqalarida loyiha tashkilotining direktori, bosh muhandisi, bosh meʼmori, loyiha ishlab chiqilgan boʻlim boshligʻi, loyiha bosh arxitektori (muhandisi)ning imzolari boʻlishi kerak.
Tushuntirish xatining boshlanishida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
butun loyiha va uning alohida boʻlimlari boʻyicha mualliflar jamoasi va masʼul ijrochilar tarkibi;
loyiha tarkibi, grafik va matnli materiallar roʻyxati;
loyihaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati;
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar keltirilgan tushuntirish xatining mazmuni.
Tushuntirish xatiga loyihalashtirishga doir topshiriq, boshlangʻich maʼlumotlar va loyihani oldindan koʻrib chiqish hamda kelishish hujjatlari ilova qilinadi.
4. Alohida buyurtma boʻyicha (qoʻshimcha haq toʻlash shartida) asosiy chizmalar asl nusxalarining bir yoki bir necha nusxadagi dublikatlari, shuningdek, tushuntirish xati dublikatlari ham ishlanishi mumkin.
Chizmalar va tushuntirish xatlari dublikatlarida loyihani tasdiqlagan idora nomi, tasdiqlash sanasi va tasdiqlash haqidagi qaror raqami koʻrsatiladi.
4-ilova (tavsiya qilinadi)
QISHLOQ XOʻJALIK KORXONLARI VA BOSHQA OBYEKTLAR ORASIDAGI ZOOVETERINARIYA ORALIQLARI
5-ilova (tavsiya qilinadi)
Chorvachilik fermalari va komplekslari qurilishi uchun uchastkalarning taxminiy maydonlari
Izoh: Uchastkalarning maydonlari faoliyat koʻrsatayotgan namunaviy loyihalar, fermalar va chorvachilik komplekslaridan olingan maʼlumotlarga muvofiq berilayapti.
6-ilova (tavsiya qilinadigan)
ATROF MUHITNI IFLOSLANTIRUVCHI ASOSIY MANBALARNING TAʼSIR KOʻRSATISH XARAKTERI BOʻYICHA YIRIKLASHTIRILGAN KOʻRSATKICHLARI
7-ilova (tavsiya qilingan)
QISHLOQ AHOLI PUNKTI AHOLISI SONINI HISOB-KITOB QILISH USLUBIYOTI
Aholi sonini hisob-kitob qilishda aholining ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ishtiroki va mehnat faoliyatining tusiga qarab umumiy qabul qilingan uchta guruhga boʻlinishiga asoslanish lozim:
I. Shahar tashkil etuvchi guruh — qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishining qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan band boʻlgan xodimlar, muhandislar va texnik xodimlar, MOP — soni shtat jadvali va texnologik kartalar boʻyicha belgilanadi.
Bu kabi hujjatlar boʻlmaganida ishchilar sonini kompleks bandlik asosida hisoblash mumkin:
paxtachilik xoʻjaliklarida — mehnatga layoqatli bitta ishchi uchun 4-5 ga
sholichilik xoʻjaliklarida — mehnatga layoqatli bitta ishchi uchun 6 — 8 ga
qoʻychilik xoʻjaliklarida — mehnatga layoqatli bitta ishchi uchun 1,5 — 2,0 ga
bogʻdorchilik-uzumchilik xoʻjaliklarida — mehnatga layoqatli bitta ishchi uchun 1,0 — 1,5 ga.
Agar bunday ixtisoslashgan xoʻjaliklarda shudgor qilinuvchi lalmikor yerlarning katta maydoni yoki koʻp miqdorda qoʻy podalari mavjud boʻlsa, sugʻoriladigan zonadagi ishchilar soniga xoʻjalikning bunday tarmoqlarida band boʻlgan ishchilar soni ham qoʻshiladi:
a) Lalmi bilan taʼminlanmagan va kam taʼminlangan lalmikor ekinlar zonalari uchun — bitta ishchiga — 100 ga, don ekish-yerga dam berish-chopiq qilish usulida almashlab ekish qoʻllaniladigan lalmi bilan taʼminlangan va kam taʼminlangan zonalar uchun — bitta ishchiga 35 ga.
b) Qoʻychilik uchun — bitta ishchiga 250 ta qoʻy, togʻlik sharoitlarda — bitta ishchiga 200 ta qoʻy.
v) Muhandislar va texnik xodimlar hamda MOP soni — paxtachilik xoʻjaliklarida — ishlab chiqarishdagi ishchilar umumiy sonining 7%;
bogʻdorchilik va sabzavotchilik xoʻjaliklarida — ishlab chiqarishdagi ishchilar umumiy sonining 5%.
II. Xizmat koʻrsatuvchi guruh — xizmat koʻrsatish sohasi: xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, umumiy ovqatlanish, savdo, madaniy-maʼrifiy va sport muassasalari va boshqalarda ishlovchilar soni.
Xizmat koʻrsatuvchi guruhga mansub aholining soni madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va korxonalarining loyihalashtiriladigan tarmogʻi va ularning shtat jadvali asosida belgilanadi. Bunday maʼlumotlar boʻlmagan holatlarda xizmat koʻrsatuvchi guruh sonini: asosiy posyolkalar uchun — aholi umumiy sonining 18% ga, yordamchi posyolkalar uchun esa — 16% ga teng qilib qabul qilish mumkin.
1-jadval
AHOLINING XIZMAT KOʻRSATUVCHI GURUHINING TAXMINIY SONI
III. Oʻzi faoliyat koʻrsatmaydigan guruh — bunday guruh soni maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, pensionerlar, uy xoʻjaligida band boʻlgan shaxslar, oliy oʻquv yurtlari, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida oʻqiydigan oʻquvchilardan iborat boʻladi. Oʻzi faoliyat koʻrsatmaydigan aholining foizi muayyan obyekt uchun tuman statistika organlari maʼlumotlariga asosan qabul qilinadi.
Ana shu elementlar asosida aholi sonining hisob-kitobini quyidagi formula boʻyicha belgilash mumkin:
N=(A + Rn + S) × 100100 — (B + V)
bunda:
N — jami aholi soni
A — qishloq xoʻjaligida mehnat qiluvchilar
Rn — xoʻjalikdagi sanoat korxonalarida ishlovchilar soni
S — muhandislar va texnik xodimlar, butun xoʻjalikdagi xizmatchilar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni
B — xizmat koʻrsatish sohasida ishlovchilar soni
V — oʻzi faoliyat koʻrsatmaydigan aholi soni.
2-jadval
