Daryo gidrotexnika inshootlari (3.07.01-96-son)
01.01.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
qurilish meʼyorlari va qoidalari
Ushbu meʼyorlar va qoidalar gidro, gidroakkumilyatsiyalovchi, issiqlik va atom elektr stansiyalar, ishlab chiqarish suv taʼminoti, baliq oʻtkazish va baliq muhofazasi obyektlari, suv toshishidan muhofaza etish inshootlari, sel va jar-hosil boʻlish, shuningdek beton, temirbeton va tuproqli materiallardan boʻlgan toʻgʻonlar kabi daryo gidrotexnika inshootlarining yangilarini qurish va amaldagilarini qayta loyihalash va kengaytirishni amalga oshirish ishlariga taalluqlidir.
1. UMUMIY NIZOMLAR
1.1. Daryo gidrotexnika inshootlarini barpo etish ishlarini bajarilishida ushbu qoidalardan tashqari SNiP ning 3 qismiga muvofiq boʻlgan talablarni bajarish joizdir. (Bu yerda va kelgusida sobiq SSSRning Davqurilish tomonidan tasdiqlangan standartlari (GOST), qurilish meʼyorlari va qoidalari (SNiP) va bularni Oʻzbekiston Respublikasi standartlari, qurilish meʼyorlari va qoidalari bilan almashtirilguncha amal qilib kelgan hujjatlarga boʻlgan murojaatlar).
1.2. Amal qilib turgan daryo gidrotexnika inshootlarini qayta loyihalash yoki kengaytirish ishlari, bu ishlarni amalga oshirish doirasida joylashgan, buzishga doxil boʻlmagan inshoatlar va yer osti qurilmalarini saqlanib qolinishini taʼmin etuvchi uslublari orqali amalga oshirilishi lozim.
1.3. Kema qatnaydigan daryolar, koʻllar va suv omborlarining kema qatnovi joylarida amalga oshiriladigan ishlar tartibi, qurilish davrida kema va suzuvchi vositalarni zaruriy tezkorlikda oʻtib turishlari xavfsizligini taʼminlashi lozim.
Ishlar amalga oshiriladigan yerlardagi suv sathi qismlari, kema qatnovi mavsum chegaralov belgilari, tungi vaqt yoritqichlari bilan jihozlanishi lozim.
1.4. Daryo gidrotexnika inshootlarini barpo qilinishida qurib bitkazilmagan va vaqtinchalik inshoatlar yoki ularning qismlari suv koʻpayishi, muz yuruvchi predmetlarning urilishi kabilardan muhofaza etilishi taʼminlanishi lozim.
Qurilib bitkazilmagan doimiy shuningdek vaqtinchalik boʻlgan daryo gidrotexnika inshootlari orqali oʻtish sarflari sxemalari, qurilishni tashkil etish loyihasida (POS) ishlab chiqilishi va ishlarni amalga oshirish (PPR) loyihasida aniqlanishi lozim.
1.5. Daryo gidrotexnika inshootlari qurish, shuningdek ularni qayta loyihalash va kengaytirish.
kerakli maxsus qurilish — montaj dastgohlari va uskunalariga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan pudratchi qurilish va montaj tashkilotlarini jalb etish orqali amalga oshiriladi.
1.6. Yirik gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish loyihalari ishlab chiqarishda quyidagilar koʻzda tutilishi lozim:
qurilish noxiyalarining uzoqligi, kam oʻzlashtirilganligi va koʻpincha joyning murakkab togʻ relyefi;
chegaralangan maydonlarda katta hajmdagi ishlarni toʻplanganligi;
oy va yil davomida bajariladigan yer massalariga ishlov berish, beton yotqizish, armatura va metall uskunalarini oʻrnatish, dastgohlarni montaj qilish kabi salmoqli tezkor ishlar;
qurilishning pogʻonali usullaridan foydalanishni koʻzda tutuvchi yetarli darajada quvvatga ega boʻlgan yordamchi-qoʻshimcha korxonalarni joylashtirish uchun qurilish maydonlari tanlash imkoniyatlarini cheklanganligi;
koʻp sonli pudrat tashkilotlarini jalb etish.
1.7. Daryo gidrotexnika inshootlari qurishda foydalaniluvchi yordamchi — qoʻshimcha korxonalar unumdorligini aniqlashda quyidagilar qabul qilinadi:
tayyor qism va agregatlar zaminida mashina va mexanizmlarning oddiy taʼmirlanishlarini tashkil etish va markazlashgan texnik xizmati koʻrsatish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda taʼmirlash — mexanika ustaxonalari, avtoxoʻjalik va mexanizatsiya bazalari quvvati;
yilning iliq davrida beton ishlarini eng dolzarb ish hajmi va beton quyishning oʻrtacha zaruriy jadalligidan kelib chiqqan holda — beton xoʻjaligining quvvati;
yil uchun armatura ishlarining eng katta ish hajmi armotuzilmalarga boʻlgan oʻrtacha oylik talab boʻyicha — qurilish armatura sexlarining quvvati;
yilning eng dolzarb beton ishlari davri boʻyicha sementga boʻlgan oylik ehtiyojning 30% dan koʻp boʻlmagan miqdorda-relslangan bazisli sement omborxonalari hajmi.
yilning eng dolzarb beton ishlari davri boʻyicha, sementga boʻlgan oylik ehtiyojning 15 — 20% dan koʻp boʻlmagan miqdorda — trassalangan (sarfli) sementi omborxonalari hajmi.
yilning eng dolzarb beton ishlari davri boʻyicha, sementga boʻlgan oʻrtacha oylik ehtiyojning uch sutkalik zaxirasidan, TAV boʻlmagan miqdorda betonni qurilish transporti bilan qurilish maydoniga yetkazishdagi beton uchun toʻldiruvchilar omborxonalari hajmi.
2. TAYERGARLIK ISHLARI
Gidrotexnik qurilish jarayonida tayyorgarlik ishlari SNiP 3.01.01-85 hamda ushbu qismning talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
Geodeziya ishlari
2.1. Daryo gidrotexnika inshootlari qurishda geodeziya plan-balandlik boʻlib chiqilgan asosini tuzish qurilish ishlari boshlanishidan avval SNiP 3.01.03-84 hamda ushbu boʻlim talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
2.2. Gidrotexnika obyektlarining oʻziga xos xususiyatlarini nazarda tutib, (inshoatlar sezilarli oʻlchamlari, murakkab tabiiy sharoitlar, yirik yigʻma va yaxlit temirbeton va metall tuzilmalar), geodeziya boʻlib chiqilgan asosini ikki bosqichda tuzish lozim.
Birinchi bosqichda qurilish maydonlari chegaralari, magistral va maydondan tashqari boʻlgan chiziqli inshoatlarni voqelikka chiqarilishini taʼmin etuvchi asosiy inshoatlar, yordamchi-qoʻshimcha korxonalar va ijtimoiy kompleks obyektlarini toʻr tarzida boʻlib chiqish ishlari bajariladi.
Ikkinchi bosqichda maydon ichidagi bino va inshoatlarni voqelikka chiqarish uchun, inshoatlar doirasidan tashqarida joylashgan yerda asosiy yoki bosh boʻluvchi oʻqlarning holatini biriktiruvchi va bunday keyingi geodezik tuzishlar va qurilish jarayonidagi oʻlchashlarni taʼmin etuvchi geodezik punktlarning toʻr tarzida tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Gidrotexnika inshootlarining asosiy oʻqlariga toʻgʻonlar, koʻtarmalar, oqova ariqlar, derivatsiya kanallari va tunnellar, bosim ostidagi suv yoʻllari suv chiqaruvchi kanallar, shlyuzlar shuningdek GES va nasos stansiyalarining oʻqlari kiradi.
2.3. Inshoatlarning planda va qismlarning balandligi va konstruktiv elementlarining loyiha hujjatlariga muvofiq aniqlanuvchi oʻqlar va belgilarni voqelikka chiqarish ishlarini, qurilish jarayonida geodezik jihatdan boʻlib chiqilgan asos boʻlimlaridan boshlab bajarish lozim.
2.4. Gidrotexnika obyektlari qurilishi tavsifnomalariga muvofiq aniqlanuvchi, qurilish maydoni plan-balandlik boʻyicha boʻlib chiqilgan turini barpo qilinishidagi geodezik oʻlchovlar aniqligi 1 jadvalda koʻrsatilgan qiymatlar doirasida boʻlishi lozim.
1-jadvalT/rGidrotexnik qurilish obyektlarining tavsifnomasiQurilish maydoni boʻlib chiqilgan toʻri tuzishning oʻrtacha kvadratli xatoliklarioʻlchashlaryurishning 1 km dan ortishini aniqlash mmburchaklichiziqli1.Qirrasi boʻyicha 1 km dan ortiq uzunlikda yoki 200m dan ortiq balandlikdagi arkali beton toʻgʻon Frezerlangan ulanish sathli metall konstruksiyalardan, va uzunligi 300 m gacha boʻlgan GES binosi1,51|1000002,52.Qirrasi boʻyicha uzunligi 0,5 dan ortiq 1 km gacha yoki 100 dan ortiq 200 m gacha balandlikdagi beton toʻgʻon Uzunligi 150 m dan ortiq yigʻma termirbetondan GES binosi21:500002,53.Qirrasi boʻyicha uzunligi 0,5km gacha yoki 100 m gacha balandlikdagi beton toʻgʻon31:2500054.Tuproqli toʻgʻon va uzunligi 1 km dan ortiq kirituvchi va chiqaruvchi kanallar GES bosimli suv oʻtkazish quvurlari Qurilish maydoni 10 dan 100ming m2 gacha va undan ortiq boʻlgan qoʻshimcha va yordamchi korxona va turar joy posyolkalari joylashgan qismlar51:1000055.Tuproqli toʻgʻon, uzunligi 1 km gacha boʻlgan kirituvchi va chiqaruvchi kanallar Qurilish maydoni 10 ming m2 gacha boʻlgan alohida turuvchi inshoatlar Qurilish olib boriladigan hududlar doirasidagi yoʻllar, muhandislik tarmoqlari101:5000106.Qurilish olib borilmaydigan hududlardagi yoʻllar, muhandislik tarmoqlari, yer inshootlari shu jumladan hududning vertikal rejalashtirish301:200025
2.5. Alohida bino va inshoatlar plan-balandlikli boʻlib chiqish toʻrining tuzilish aniqligi 2 jadvalda koʻrsatilgan qiymatlar doirasida boʻlishi lozim.
2-jadvalT/rGidrotexnika qurilish obyektlari tavsifnomasiAlohida inshoatlar boʻlib chiqilgan toʻri tuzishning oʻrtacha kvadratli xatoliklari qiymatlarioʻlchashlarStansiyada ortishni aniqlash mmburchagichiziqli1.Balandligi 150m dan ortiq arkali beton toʻgʻon Frezerlangan ulanish sathli metall konstruksiyalardan uzunligi 300m dan koʻp va 80 m dan ortiq balandlikka ega boʻlgan GES binosi yoki inshoat21:5000012.Balandligi 100 dan 150m gacha bundan ortiq arkali beton toʻgʻon Frezerlangan ulanish sathli metall tuzilmalardan uzunligi 300 m gacha va balandligi 80 m gacha boʻlgan gidrotexnika inshootlari31:2500013.Balandligi 100m gacha boʻlgan arkali beton toʻgʻon Yigʻma temirbetondan gidrotexnika inshooti51:1000024.Yaxlit temirbetondan gidrotexnika inshoati101:50002,55.Yogʻochdan tuzilmalar, muhandislik tarmoqlari, qurilish olib boriladigan hududdagi yoʻllar, koʻtarmalar, tuproqli materiallardan toʻgʻonlar, kanallar va x.k.301:20005
3. QIRQIMLAR, KOTLOVANLAR VA YER OSTI XONALARINI QURISH
3. Oʻymalar, poydevor chuqurlari va yer osti binolari tuzilishi Ushbu qism qoidalari, yer, togʻ, burgʻulash portlatish ishlarida va daryo gidrotexnika inshootlarini barpo etishdagi yer osti binolarida oʻtish ishlariga taalluqlidir.
Koʻrsatilgan ishlarni bajarishda SNiP 3.02.01-87 va ushbu qism talablarini rioya qilinishi lozim.
Yer va togʻ ishlari
3.1. Gidrotexnika qurilishidagi yer va togʻ oshlarini amalga oshirishda OʻzR Davtogʻtexnazorat tomonidan tasdiqlangan SNiP Sh-4-80 “Qurilishda texnika xavfsizligi” va “Foydali qazilmalar konlarini ochiq usul bilan ishlashda yagona xavfsizlik qoidalari”ning muvofiq boblari talablarini bajarilishi lozimdir.
3.2. Ochiq yer va togʻ ishlarini faqat belgilangan tartibda kelishtirilgan va tasdiqlangan qurilishni tashkil etish va ishlarni amalga oshirish loyihalari boʻyicha amalga oshirishga ruxsat etiladi.
3.3. Yer va togʻ ishlarini amalga oshirishni boshlashdan avval daraning yuqorida joylashgan yen bagʻirlari quyidagi ishlarni bajarishlik bilan xavfsiz holga keltirib qoʻyilishi lozim:
togʻ zovurlarida oʻtish ishlari;
xavfsiz yaqinlashishlarni uyushtirishi;
burib yuborish, potensial — noturgʻun massivlarni buzish, noturgʻun qismlarini muhofaza etish va mustahkamlash;
tutib qoluvchi va tosh maydalash inshootlarini oʻrnatish;
ogohlantiruvchi yozuv va varaqalar oʻrnatish;
signalizatsiya va telefon yoki radioloqalarini oʻtkazish.
3.4. Oʻyiq va poydevor chuqurlarini qazish yuqoridan pastga qarab pogʻonali usulda xavfsizlik bermalari qoldirish bilan amalga oshiriladi.
3.5. Pogʻona balandligi va xavfsizlik bermasi kengligi loyihaga koʻra qulagan qoya jinsi boʻlagini qanchalik uzoqlikda oʻtishi hisobga olgan holda,ammo vertikal boʻyicha yonma-yon bermalar orasidagi masofaning kamida uchdan biriga toʻgʻri keladigan qilib oʻrnatiladi.
3.6. Har qaysi ishchi pogʻonaga odamlarni, transport vositalari va togʻ-kon kovlash dastgohlarini (ekskavatorlar, buldozerlar, burgʻulash dastgohlari) xavfsiz yondoshishlari taʼminlanishi lozim. Agar joyning sharoiti tufayli har qaysi pogʻonaga avtoyoʻllar oʻtkazishni iloji boʻlmasa, yuqorigi pogʻona jinsini pastdagi transport gorizontiga tashlash orqali pogʻona qazilishiga ruxsat etiladi.
3.7. Jinslarni yuqori gorizontlardan pastkilariga koʻchirib tashlash kabi togʻ ishlarini amalga oshirishda joydagi jinsning maksimal ajralib tushish doirasini aniqlash va chegaralash lozim boʻladi, qaysiki, odamlar va mexanizmlarni boʻlishi taqiqlanadi, bu haqda ogohlantiruvchi yozuvlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
3.8. Ishlanayotgan pogʻona kengligi shunday boʻlishi kerak-ki, bunda mexanizmlar va transport yoʻllari pastiki pogʻonaning qoyadan ajralish tekisligini ishchi maydoncha bilan kesishadigan chiziq tashqarisida boʻlishi lozim.
3.9. Transportsiz “chelnokli yoʻl” sxemasi boʻyicha yoriqlarni qashishda ishchi maydon uzunligi boʻyicha ikki qismga boʻlingan boʻlishi kerak ularning birida burgʻulash ishlari, boshqasida esa portlatilgan jinsga ishlov berish ishlari oʻtkaziladi. Bunday sharoitlarda portlatish ishlari amalga oshirilganda, mexanizmlarni xavfli doiradan olib chiqib ketishning iloji boʻlmagan taqdirda, ular jins boʻlaklaridan yetkaziladigan zararlardan muhofaza etilgan boʻlishi lozim.
Burgʻulash — portlatish ishlari
3.10. Daryo gidrotexnika inshootlarini barpo etish uchun,oʻyiqliklar, poydevor chuqurlari qazish, qoyatosh asoslari va qiyaliklarni tozalashda burgʻulash-portlatish ishlari Davtogʻtexnazorat tomonidan tasdiqlangan portlatish ishlarida Yagona xavfsizlik qoidalari va foydali qazilmalar konlarini ochiq usul bilan ishlashda Yagona xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozimdir.
Chuqur daralarda ishlar amalga oshirilishida, Davtogʻtexnazorat bilan kelishilgan holda SSSR Minenergo tomonidan tasdiqlangan “Chuqur daralar va togʻlik joylardagi gidrotexnika obyektlari qurilishida ochiq toq ishlarini amalga oshirish ishlarda xavfsizlik texnikasi boʻyicha Koʻrsatma” talablari bajarilishi lozim.
3.11. Daryo gidrotexnika inshootlari poydevor chuqurlarida burgʻulash — portlatish ishlari olib borilishida, ishlov berish usullari, jinsning yoʻl qoʻyiluvchi ortiqcha va kamlik miqdorlari, qoʻriqlanuvchi obyektlarning seysmik jihatdan xavfsizlik chegaralari, portlatishlarda seysmik nazoratning zarurligi, 15 sutkagacha vaqt boʻlmagan yangi quyilgan beton yaqinida portlatish shartlari va ishlarni olib borishni xavfsizligini taʼminlovchi boshqa texnologik faktorlar koʻrsatilgan texnikaviy shartlar tuzib chiqilishi lozim. Portlatishlarda, texnologik dastgohlar uchun yoʻl qoʻyiladigan tebranishlar tezligi ishlab chiqaruvchi korxona bilan kelishilgan holda boʻlishi lozim.
3.12. Ochiq holda burgʻulash — portlatish ishlari amalga oshirilganda, daryo gidrotexnika inshootlari, poydevor chuqurlarining tubi va qiyaliklarini saqlanish talablariga bogʻliq holda ikki guruhga boʻlinadi:
1 guruh — asosi va qiyaliklarida tabiiy va qoʻshimcha yoriqlar boʻlishiga ruxsat etiladigan inshoatlar (GES larning chiqarish kanallari, suv chiqarish kanallari, pastki toʻgʻonoldi qismi tozalangan irmoqlar, ochiq taqsimlash tuzilmalari maydonlari, pastki toʻgʻonoldi qismda suzuvchi shlyuzlarning yondashish kanallari);
P chuqur — poydevorlar chuqurliklarining asoslari va qiyaliklari portlatish ishlarida yoriqliklarini kattalashib ketishiga qarshi muhofaza tadbirlarini talab qiluvchi inshoatlar (betonli suv quyilish va hamma yogʻi berk toʻgʻonlar, GES toʻgʻonoldi imoratlari, kiritish kanallari,yerli va tashlab toʻldiriluvchi toʻgʻonlar, kiritish kanallari va shlyuzlar poydevorlari chuqurlari).
Inshoatlar poydevor chuqurlarini 1 va P guruhlarga kiritilishi POS da amalga oshirilishi lozim.
3.13. 1 guruh inshootlarining poydevor chuqurlari va oʻyiqlarida bajariladigan burgʻulash — portlatish ishlari maxsus muhofaza tadbirlarisiz bajariladi. Poydevor chuqurlari qiyaliklari yonlarida konturli portlatishni maqsadga muvofiqligi POS da oʻrnatiladi, uning parametrlari burgʻulash-portlatish ishlarini amalga oshirish loyihasidan aniqlanadi. Burgʻulash chuqurlarining diametri cheklanmaydi,asosning loyihadagi belgisidan pastda qayta burgʻulashga ruxsat etiladi.
3.14. P — guruh obyektlari qoyatoshli poydevor chuqurlarini qazish ishlari pogʻonalar bilan, pastki pogʻona portlatish chuqurlari foydali qazilma olinadigan joyi va poydevor chuqurining loyihaviy konturi orasida muhofaza qatlami qoldirish orqali amalga oshiriladi.
3.15. Muhofaza qatlami qalinligi POS da quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(formula)
bunda ________ — muhofaza qatlami qalinligi;
______________ — massivning portlatish orqali buzilgan doirasi quvvati;
______________ — asosi boʻyicha qalinlikning yoʻl qoʻyiladigan qiymati
Massivning buzilgan doirasi quvvati, pogʻonadagi bevosita muhofaza qatlami ustida portlatiladigan burgʻuli zaryadlarning 15 diametri gacha boʻlgan chegarada turadi va qoyatosh massiva xususiyatiga qarab burgʻulash — portlatish ishlarini amalga oshirish loyihasida hisob-kitob orqali aniqlanishi lozim.
3.16. Pogʻonada, bevosita muhofaza qatlami ustida joylashgan jinslarni boʻshashtirish diametri koʻpi bilan 200 mm boʻlgan burgʻuli zaryadlari bilan amalga oshirish lozim.
Bunda, muhofaza qatlamini qayta burgʻulashga yoʻl qoʻyilmaydi; burgʻulash chuquri turining oʻlchami esa yuqorida joylashgan pogʻonalarni qazishda qoʻllanilgan toʻr oʻlchamining 70% gacha kamaytiriladi.
3.17. Muhofaza qatlamining jinslarini boʻshashtirish yuqori joylashgan pogʻona burgʻulash chuqurlarini portlatish bilan bajariladi. Muhofaza qatlami qoya tozalash mashinalari (teskari kurakli ekskavator, boʻshatuvchili buldozer) bilan yuqori joylashgan pogʻona jinsini olinganidan keyin qaziladi.
3.18. Yigʻma temirbeton konstruksiyalaridan boʻladigan inshoatlar poydevorlari chuqurlarida muhofaza qatlami quyidagi diametrli VV zaryadlari bilan boʻshashtiriladi:
1-jadvalMassiv buzilish doirasining zaryad diametri boʻyicha hisoblangan quvvati510Zaryadning yoʻl qoʻyiladigan maksimal diametri, mm11050
Bunda muhofaza qatlamidan pastda burgʻulash chuqurlari va shpurlarni qayta burgʻulashga yoʻl qoʻyilmaydi.
3.19. P guruh obyektlarida poydevor chuqurlari qiyaliklari yonida portlatish ishlari olib borilganda konturli portlatish qoʻllanilishi lozimdir.
Konturli portlatish parametrlari (zaryadlar orasidagi masofa, ular massasi va konstruksiyasi) BVR ishlab chiqarish loyihasida oʻrnatiladi va tajribaviy portlatishlar natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Konturli portlatish burgʻulash chuqurlarida poydevor chuqurlari asoslari yonida tub zaryadlari qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
3.20. Noqulay geologik sharoitlarda konturi tekislik ortidagi qoya yuzasini saqlanishini taʼminlash va qiyaliklarni uzoq vaqt atmosfera taʼsiri natijasida nurashlardan saqlash uchun konturli portlatish zaryadlari tekisligini loyihaviy qiyalik kontura oldida joylashtirish yoʻli bilan muhofaza qatlami qoldiriladi.
3.21. Konturli portlatishdan keyin qiyaliklarni tozalash va tekislash shuningdek muhofaza qatlamini qazish portlatishlarni qoʻllamagan holda amalga oshiriladi.
Beton osti uchun tayyorlanadigan qiyalik qismlari oʻlchami beton ishlarini amalga oshirish loyihasida koʻzda tutiladi.
3.22. Qoya jinslarini suv osti boʻshashtirish ishlari ushbu KMK ning 5 qismidagi talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Yerosti binolari
3.23. Daryo gidrotexnika inshootlari yerosti binolarini barpo etishda (GES mashinalar zali, gidroakkumulyatsiyalovchi elektrostansiyalar, turbinali suv oʻtkazish yoʻllari, toʻgʻon eshigi transformatorlar, tenglashtiruvchi rezervuarlar, nasos stansiyalari, yorosti basseynlari, montaj kameralari) SNiP Sh-44-77, SNiP 3.03.01-87 va ushbu qism talablarini bajarilishi lozim.
3.24. Burgʻulash — portlatish ishlari ishlanadigan yer atrofidagi jinslarni saqlanishi talablariga bogʻliq holda amalga oshirilishi lozim: yerosti binolari oʻtish ishlarida burgʻulash va shpurli zaryadlar orqali, etagida, devorlari va tomida, qaysiki tabiiy va sunʼiy yorigʻlarning bir oz kattalashuviga yoʻl qoʻyiladi;
Yer osti binolari oʻtish ishlarida tom va devorlar boʻyicha va etagida muhofaza qatlamini qoldirish orqali burgʻulash va shpur zaryadlar bilan konturli portlatish orqali, etakda devor va tomda tabiiy yorigʻlarni ortishi va sunʼiy yorigʻlarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Muhofaza qatlamining bino etagi qismida qazish kattaligi va usuli PPR boʻyicha aniqlanadi.
3.25. Yer osti binolari oʻtish ishlarida loyihaviy kontur tashqarisida tub usti qalinligi kattaligi jinslar guruhlarida mm, larda quyidagilardan oshmasiligi lozim:
1U, U.................100
U1, UP................150
USH, 1X................200
Tutib turuvchi konstruksiyalar qalinligini kamayishiga olib keluvchi, jinsni yetmay qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3.26. Toʻliq yoki qisman ishlov berilmagan yorosti xonalaridagi oʻtish ishlari, toʻgʻri keladigan jinslarning tabiiy holati saqlanishini taʼminlash uchun konturli portlatish orqali amalga oshirilishi lozim.
3.27. Yer osti xonalari, ularni oʻtish ishlarida qoida boʻyicha kamida ikki chiqish joyiga ega boʻlishlari lozim.
Yer osti xonalariga olib kiruvchi qurilish yoʻllari sifatida doimiy inshoatlarning qazilayotgan joylaridan foydalaniladi: olib chiquvchi, olib kiruvchi va transport tunnellari, shina-yuk, montaj va ventilyatsiya shaxtalari. Qoʻshimcha olib kiruvchi yoʻllarni jihozlashga muvofiq ravishda texnik-iqtisodiy asoslash boʻlgani holda yoʻl qoʻyiladi.
3.28. Doimiy ishlanmalarda loyihada koʻzda tutilgan, balandligi 10 m dan yuqori boʻlgan xonalarni jihozlash ishlari quyidagi tartibda bajarilishi lozim:
ishlanmaning aylana shiposti qismida oʻtish ishlari va aylana ship devorlarini mustahkamlovchi yogʻoch-taxtalarni jihozlash ishlari ketmaketlikda qoyali jins asosiy massivni kavlash va ishlov berish bilan devorlarini barpo etish.
3.29. Devor ustunlar oraligi 20 m gacha boʻlgan mustahkam oʻrtacha yorigʻlarga ega jinslardan boʻlgan yerosti xonalarining aylana ship osti qismidagi oʻtish ishlari, qoidaga koʻra butun kesim boʻyicha, ketidan aylana ship barpo qilish bilan amalga oshirilishi lozim.
3.30. Devor ustunlari oraligi 20 m dan ortiq boʻlgan mustahkam oʻrtacha yorigʻlarga ega jinslardan va oʻrta mustahkam qoyali jinslarida devor ustunlari oraligiga bogʻliq boʻlmagan holda qoidaga koʻra, koʻndalang kesimining markaziy qismidan oʻtib ketish bilan qismlar bilan yoki boshlangʻich ishlanmani xonaning butun uzunligi boʻyicha oʻtiladi. Devor ustunlari oraligi 20 m dagi ortiq boʻlgan mustahkam oʻrtacha yorigʻlarga ega jinslardan boʻlgan yer osti xonalari aylana ship osti qismini ishlash imkoniyatlari PPR da asoslangan boʻlishi lozim.
3.31. Devor ustuni oraligi istalgan oʻlchamga ega boʻlgan kam mustahkam jinslar va tuproqlarda, yer osti xonalarining aylana ship osti qismida oʻtish ishlari, qoidaga koʻra tayanchikli aylana ship usuli bilan amalga oshirish lozim.
Turgʻun boʻlmagan, boʻsh qoyali jinslar massivini oldindan mahkamlashning maqsadga muvofiqligi texnik — iqtisodiy hisob-kitob bilan asoslangan boʻlishi kerak.
Massivning oldindan mahkamlash usullari (sementatsiyalash, kimyoviy mahkamlash, oldindan taranglangan va oddiy ankerlar oʻrnatish) muhandislik — geologiya sharoitlariga bogʻliq holda POS da oʻrnatiladi.
3.32. Loyihada koʻzda tutilgan doimiy ishlov berishlar boʻlsa, yer osti xonalari yadrosini qazish ishlarini yuqoridan pastga quyidagi balandlikdagi pogʻonalar bilan amalga oshirish lozim, m:
mustahkam oʻrta yorigʻlari boʻlgan jinslarda — 10 gacha;
oʻrta mustahkam jinslarda — 5 gacha;
mustahkamligi oz boʻlgan jinslar va tuproqlarda — 3 gacha.
Bunda boʻsh turgʻunlikka ega boʻlgan jinslarda pogʻonalar qazish ishlari jinsning butunligini qoldirish, hamda ularni bundan keyingi qazish va devorlarini shaxmat tartibida betonlash orqali amalga oshirilishi lozim.
Buning oʻrniga qazilayotgan pogʻonaning balandlik boʻyicha boʻlgan devori boʻylab uzun chuqur oʻtkazish koʻzda tutilishi, va birinchi navbatda devorlarini betonlash koʻzda tutilishi mumkin.
3.33. Yer osti xonalar yadrosini qazishda devorning turgʻunligi ustidan doimiy kuzatish olib borish lozim. Xona ichidagi devor siljishlar yuzaga kelgan taqdirda, ularni tavsifi va vaqt boʻyicha kattaligi aniqlanib, tirgak xodalar yoki ankerlar oʻrnatish orqali devorlarni mahkamlashning zarur choralarini koʻrish lozim.
Devorlar deformatsiyasini konstruksiyaning zoʻriqish holatiga taʼsirini kamaytirish, tirgak xodalari materiali, ankerlar diametri va uzunligi massivning muhandislik — geologik sharoitlariga bogʻliq holda PPR da belgilanadi.
3.34. Yer osti xonalarini vaqtinchalik mahkamlash turlari ularni qazishda segʻuvchi asinslar mustahkamligiga bogʻliq ravishda PPR da tayinlanadi.
Mustahkam oʻrtacha yorigʻlari boʻlgan jinslarda vaqtinchalik mahkamlash qoidaga koʻra amalga oshirilmaydi, faqatgina gumbaz osti va devorlarning alohida yorigʻlari boʻlgan qismlariga (burmalash paytida kuzatish orqali aniqlanuvchi) ankerlar boʻyicha qoyali jinsni uvalanib tushmasligini oldini olish maqsadida metall tur oʻrnatiladi;
oʻrta mustahkam jinslarda vaqtinchalik mahkamlanishi ankerlar va sachratma beton bilan amalga oshirilishi lozim.
Mustahkamligi oz boʻlgan jinslar va tuproqlarda gumbaz osti va devorlar metall toʻrli ankerlar va sachratma beton bilan mahkamlash lozim; doimiy ishlovni barpo etishgacha boʻlgan vaqt minimal boʻlishi kerak.
Metalldan arkali mahkamlagichdan tanho hollarda muvofiq boʻlgan texnik-iqtisodiy asoslangani holda alohida ishlanmalarni (ish fazalari) mahkamlash uchun vaqtinchalik foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
3.35. Yer osti xonalarini barpo etishdagi doimiy qoluvchi ishlanmalarini beton ishlarini bajarishda, gumbaz ostining qulf-kalit qismini beton aralashma bilan zich toʻldirish va devorning birikish joylarini gumbaz ostining tayanch tovoni bilan yaxlitlashib ketishini taʼminlovchi tadbirlar bajarilishi lozim.
4. GIDROTEXNIKA INSHOALARINI BARPO ETISH TUPROQLI MATERIALLARDAN QURUQ KOʻTARMA
4.1. Tuproqli materiallardan quruq koʻtarmalar barpo qilinishida, ushbu boʻlim qoidalaridan tashqari SNiP 3.02.01-87 talablarini bajarilishi joiz.
4.2. Koʻtarmani barpo etish, tuproqli materiallarni qazib olish, asosni tayyorlash hamda qiyalik va qirgʻoqlar bilan biriktirish ishlari geotexnazorat boʻyicha talablarni oʻziga kiritgan loyiha texnikaviy shartlari boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
4.3. Toʻgʻon yadrosi yoki ekranining asos bilan ishonchli birikishini hosil qilish uchun quyidagilar zarurdir:
zichlashtirilgan tuproq asos sathi kamida 3 sm chuqurlikda boʻshashtiriladi yoki suv bilan ivitiladi. Xuddi shunday ravishda avval yotqizilgan bogʻlovchi tuproq sathi tayyorlanadi, ivitish uchun kerakli suv miqdori tajribaviy yoʻl orqali aniqlanadi;
Qoya asosi sathi, majburiy ravishda alohida yetgan bloklar va toshlardan, nuragan jinslar qumloq qoldiqlari, boʻshashgan holatdagi alohida qumoq va qumtuproqlardan yaxshilab tozalanib, bosim ostidagi suv oqimi ostida yuvilib, siqilgan havo bilan puflanadi.
Bogʻlovchi tuproqning qoyali asos bilan birikuvchi yerida agʻdariladigan tuproqning kesaklari va yirik fraksiyalari boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.4. Tarkibida qoʻshimcha koʻrinishidagi yirik boʻlakli, bir turli boʻlmagan tuzilmadan tashkil topgan tuproqdan barpo etiladigan toʻgʻonlar uchun, bu material fraksiyasining maksimal oʻlchami, zichlashtirilgan holatdagi toʻkiladigan tuproq qatlami qalinligining yarmidan oshmasligi lozim. Yirikroq fraksiyalar toʻqilayotgan tuproqdan ajratib olib tashlanadi yoki xaritada tebranma bolgʻa orqali maydalanadi.
Koʻtarma jismidagi boʻlingan materialning uyacha va zanjirsimon toʻplanmalariga yoʻl qoʻymasdan bir tekisda joylashtirish lozim.
PPR da oʻrnatilgan, zichlashtiriluvchi qatlamlar qalinligi ishlab chiqarish sharoitida tajribaviy shibbalashlar natijalari boʻyicha aniqlanishi lozim.
4.5. Toʻgʻonlar va dambalar barpo etilishida tuproq yotqizish ancha past joylardan boshlanishi lozim. Tuproq toʻkilayotgan paytda berilgan qalinlikdagi qatlamlar bilar yuqorigi va pastki toʻgʻonoldi tomoniga 0,01 nishab ostida, atmosfera yogʻinlarini oqib tushishini taʼminlash uchun tekislanadi.
4.6. Barpo etilayotgan inshoatning yoki uning qismlarining (yuqorigi pona,i oʻtish doirasi, ekran va x.k.) ishchi maydoni PPR boʻyicha, ketma-ket tuproq qabul qilish, solinayotgan tuproq qatlamini tekislash va zichlashtirish amalga oshirish yoʻlida gorizontal xaritalarga boʻlingan boʻlishi lozim.
Toʻgʻonlarning suvbardosh elementlari toʻkilayotgan paytda xarita oʻlchamlari, tuproqning qanchalar tezkorlik bilan toʻkilishiga hamda tashqi muhit haroratiga bogʻliq ravishda tayinlanadi. Alohida xaritalar oʻzaro 1:2 dan past boʻlmagan nishab ostida bogʻlanishi lozim.
4.7. Qatlamlab toʻkiladigan turli xil tuproqlarning doiralaridan tashkil topgan toʻgʻon va dambalarni barpo etishda, tuproqning bir doiradan ikkinchi doiraga tushishining oldi olinishi darkor.
Ponur toʻgʻon jismi quyilish vaqtidan qatʼiy nazar bino etilishi mumkin. Ekran mavjud boʻlgan taqdirda ponur ekran yoki uning ponurga tutashgan qismining jihozlanishiga qadar barpo etilishi lozim.
4.9. Tuproq ekranli toʻgʻonlarda tayanch prizmalarini shu qadar ilgari barpo etish kerakki, bunda ekranga tuproq yotqizilishi uning jihozlanishi oxirigacha uzilib qolmasligi lozim.
4.10. Loytuproq yoki qumpuproqdan jihozlanuvchi ekranlar gorizontal qatlamlar bilan talab etiluvchi zichlikka qadar yotqizilishi lozim.
Ekranning barpo etilgan qismi yuklanilib ekran agʻdarmasidan balandlik boʻyicha koʻpi bilan 2 m orqada qolish orqali amalga oshirilishi lozim.
4.11. Katta namlikka ega boʻlmagan kesakli giltuproqlardan boʻlgan toʻgʻonlarning barpo etilishi loyihalash tashkilotining texnikaviy shartlari boʻyicha bajarilishi lozim.
4.12. Markaziy yadroli, katta qiyalikka (10:1 gacha) ega boʻlgan toʻgʻonlar bino etilishida, oʻtish doiralarining tuproq yotqizilishi ularning tabiiy qiyalik burchaklarini saqlab qolingani holda va qatlamlarning bir-biriga nisbatan siljitishlik (“archasimon” yotqizish) orqali amalga oshiriladi.
4.13. Oʻtish doiralariga material yotqizilishi, (filtrlar) qalinligi 1 m gacha boʻlgan qatlamlar bilan (boʻsh holatdagi) tuproq zichlashtiruvchi mashinalar bilan loyiha talablaridagi zichlikkacha zichlashtiriladi.
4.14. Tuproq ekranli va yadroli toʻgʻonlarni barpo etishda, filtrlovchi materialning suvbardosh jihozlar tuproqlari bilan ifloslanib qolishi oldini olish maqsadida oʻtish doiralari yotqizilishi har bir muayyan hol uchun PPR da oʻrnatilgan miqdordan oʻzish orqali amalga oshirilishi lozim.
4.15. Tosh tashlab toʻldiriladigan toʻgʻonlarni barpo etishda pioner usuli bilan agʻdariluvchi tosh uyumining qatlamlari qalinligi yadro va oʻtish doiralarining filtrlanish mustahkamligini hisobga olish bilan POS da aniqlanadi.
Qatlamli dumalatib shibbalash uslubi bilan tosh-tuproqli toʻgʻonlarni tosh agʻdarish berilgan boʻlmasa 3m gacha boʻlgan qalinlikdagi qatlamlar bilan bajarilishi lozim.
Qabul qilingan qatlamlar qalinligi zichlashtiruvchi mashina va mexanizmlar imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi lozim.
4.16. Oqar suvga tosh agʻdarilishida, agʻdarma yirikligi va agʻdarish tartibi POS da oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
4.17. Yilning qish davrida barpo etiluvchi koʻtarmalar boʻyicha boʻlgan texnikaviy shartlar tuproqni tayyorlash, saqlash tashish, yotqizish va zichlashtirish kabi qoʻshimcha talablardan iborat boʻlishi lozim.
4.18. Toʻgʻonlarning filtrlanishga qarshi elementlariga (ponur, yadro, ekran,tish) tuproq agʻdarish, tuproqning xaritada uning zichlashtirilishiga qadar muzlashiga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan minus 20o S havo haroratida amalga oshirilishiga ruxsat beriladi. Agʻdariladigan tuproq hajmining koʻpi bilan 15% gacha miqdorda muzlagan kesaklar boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Muzlagan qatlam ustiga tuproq solinishi oldidan bu qatlam yuzasi isitilishi yoki xlorli tuzlar eritmalari bilan ishlov berilishi lozim. Erish chuqurligi kamida 3 sm boʻlishi kerak.
4.19. Tuproqning loyihaviy zichligini taʼmin etish uchun, qattiq mahkamlanishi kerak boʻlgan gidrotexnik koʻtarmalarning qiyalik yonbagʻirlari normal boʻyicha nishabga qarab 20 — 40 sm kengaytirish bilan (tuproqni zichlashtiruvchi vositalarga bogʻliq tarzda) tuproq agʻdariladi. Zichlashmagan tuproq qiyaliklardan olinib barpo etilish jarayonidagi inshoatlarga solinishi lozim.
Qiyaliklarni oʻt-oʻlan urugʻi sepish, tosh tashlash, shagʻal yotqizish va x.k. bilan mahkamlanganda agʻdarmalar loyihaviy yen tomonini kengaytirilmagan holda agʻdarilishi lozim.
4.20. Inshoatning ilgari barpo etilgan qiyaligi yuzasida tutash holda boʻlgan boʻsh holatdagi tuproq 1:4 nishab ostida, yangi toʻldiriladigan qismlariga solish uchun qirqib olinadi. Inoatning oʻqiga nisbatan normal joylashgan qiyalik yuzasi planda singansimon koʻrinishda boʻlishi lozim.
4.21. Gidrotexnika inshootlari koʻtarmalarida yotqizilgan tuproqning tavsifnomalarini aniqlash uchun nazorat namunalar 3-jadvalga binoan olinadi.
Nazorat namunalari bir tekisda yalpi inshoatning plan va balandligi boʻyicha, shuningdek tuproqning past zichlikka ega boʻlishi kutilgan joylaridan olinishi lozim.
3-jadvalTuproqlarTuproq olish uslubiTuproqning tavsifnomasiNazorat namunasi uchun yotqizilgan tuproq hajmiYirik qoʻshimchalarsiz loytuproq va qumtuproqKesuvchi halqa, radioizotopZichlik va namlik100 — 200 m3Boshqa tavsifnoma(I va II sinf inshootlari uchun)20 — 50 ming.m3Shagʻal-toshqotishmalik va mayda donalik(yirik fraksiyalik qoʻshimchalar bilan)Shurflar(oʻyiq chuqurchaZichlik va namlik200 — 400 m3Granulometrik tarkib boshqa tavsifnomalar1-2 ming.m3(I va II sinf inshootlari uchun)20 — 50 ming.m3
4.22. Qavatlar holida tashlangan toshlar orqali bajariladigan toʻgʻonlarning yen prizmalari sifatini nazorat qilishda, toshning zichligi va granulometrik tarkibi aniqlanadi, buning uchun har qaysi qavatda 30 ming m3 yotqizilgan toshga bir shurf hisobida shurflar ochiladi.
4.23. Gidrotexnika inshootlari poydevorlardan qazishdan chiqqan tuproq namunalari
4.21. b. ga binoan shuningdek poydevorlardan 0,2m boʻlgan masofada olinishi lozim.
SUVGA TUPROQ AGʻDARISH ORQALI BARPO ETILUVCHI KOʻTARMALAR
4.24. Suvga tuproq agʻdarish usuli toʻgʻonlar, dambalar, filtrlanishga qarshi elementlar, ekran koʻrinishidagi bosimli inshoatlar, yadrolar, ponurlar va yer inshorishlarni barpo etishda qoʻllaniladi. Suvga tuproq agʻdarish usuli bilan koʻtarmalar barpo etish va uning asoslari osti hamda qirgʻoqlar bilan tutashlanishlarni tayyorlash uchun, loyihalash tashkiloti geotexnazoratni tashkil etish boʻyicha talablarni oʻziga olgan texnikaviy shartlar ishlab chiqarishi lozim.
4.25. Suvga tuproq agʻdarishni atrofi doʻng qilish bilan hosil boʻlgan sunʼiy sardobalardagi kabi tabiiy sardobalarda ham pioner usuli orqali amalga oshiriladi. Tabiiy sardobalarga vaqtincha toʻsiqlarsiz tuproq agʻdarishga faqat tuproqning mayda fraksiyalarini yuvib va olib ketadigan oqim tezligi mavjud boʻlmagan holda yoʻl qoʻyiladi.
4.26. Lozim boʻlgan tuproq agʻdarilishlari alohida xaritalar (hovuzchalar) tarzida amalga oshiriladi, qaysiki ular oʻlchamlari ishlarni amalga oshirish loyihasida aniqlanadi. Inshoatlarning oʻqiga tik holda joylashgan, yotqiziladigan qatlam xaritalari oʻqining oʻpiriluvchi dambalar asosi kengligiga teng boʻlgan kattalikda avvalgi yotqizilgan qatlam agʻdarilishi uchun hovuzchalarni hosil qilinishiga ruxsatnoma, buyurtmachining qurilish laboratoriyasi va texnik nazorati tomonidan beriladi.
4.27. Chuqurligi suv sathidan 4m boʻlgan sardobalar va hovuzlarda koʻtarmalar agʻdarishda, tuproqning fizik-mexanik xossalari sharoitlaridan va 4-jadvalga binoan transport vositalarining oʻtishi taʼminlanishi uchun suv gorizonti ustida boʻlgan quruq tuproq zaxirasining mavjudligidan kelib chiqqan holda tayinlanadi.
4-jadvalAgʻdarma qatlami qalinligiTransport vositalarining yuk koʻtarish qobiliyatiToʻldirish paytida hovuzlar gorizonti ustidagi quruq tuproq qatlami,smqum va supeslarqumtuproqlarloytuproqlar11025354540504555210254555506055653102555656070657541025657570807585
Agʻdarmaning qatlam qalinligi koʻtarma barpo etilishi jarayonida toʻgʻrilab turiladi.
Chuqurligi suv sathidan 4 m dan ortiq boʻlgan tabiiy sardobalarda tuproq agʻdarish imkoniyatlari ishlab chiqarish sharoitlarida tajriba yoʻli orqali aniqlanishi lozim.
4.28. Barpo etilayotgan inshoat doiralaridagi ikki yerdagi dambalar, inshoatga yotqiziladigan tuproq bilan bajariladi. Uzunlik boʻyicha boʻlgan ikki yerdagi dambalar sifatida oʻtish qatlamlari yoki ichki qiyaligi suv oʻtkazmaydigan yoki sunʼiy materiallardan boʻlgan ekranli filtrlar xizmat qilishi mumkin.
Ikki yerdagi dambalar balandligi agʻdariluvchi qatlam qalinligiga teng boʻlishi lozim.
4.29. Tuproqlarni agʻdarishda hovuzdagi suv gorizonti doimiy boʻlib turishi lozim.
Ortiqcha boʻlgan suv qoʻshni xaritaga quvurlar yoki ochiq navlar orqali oʻtkaziladi yoki nasoslar bilan yuqorida joylashgan xaritaga tortib chiqariladi.
Agʻdarish hovuz tuproq bilan toʻlguncha uzluksiz ravishda amalga oshirilishi lozim.
Ishda 8s dan ortiq majburiy toʻxtalish sodir boʻlgan taqdirda hovuzdan suvni olib tashlash joiz boʻladi.
4.30. Agʻdariladigan tuproqli zichlashtirishga uning oʻz massasi taʼsiri ostida hamda transport vositalari va harakatlanuvchi mexanizmlarining dinamik taʼsirlari ostida erishiladi. Agʻdarish jarayonida, agʻdarilayotgan xaritaning butun maydoni boʻylab transportlar harakatini taʼminlanishi zarur.
4.31. Tuproqni skreperlar bilan tashib keltirilganda tuproqni toʻgʻridan toʻgʻri suvga tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu holatda suvga tuproq tashlash buldozerlar bilan bajarilishi lozim.
4.32*. Oʻrtacha sutkalik havo haroratining manfiy 5o S gacha boʻlgan harorati ostida suvga tuproq agʻdarish maxsus tadbirlar oʻtkazilishisiz yozgi texnologiya boʻyicha amalga oshiriladi.
Tashqi havoning manfiy 5o S dan manfiy 20o S gacha boʻlgan harorati ostida tuproq agʻdarish tuproqning musbat haroratini saqlash boʻyicha boʻlgan qoʻshimcha tadbirlarni bajarish bilan qishki texnologiya boʻyicha amalga oshiriladi. Hovuzga suv 50o S dan ortiq boʻlgan harorat ostida (muvofiq ravishdagi texnik-iqtisodiy asoslashlar bilan) uzatilishi zarur.
4.33. Qishki texnologiya boʻyicha ishlanganda xaritalar oʻlchamlari ishda uzilishlar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydigan sharoitlardan kelib chiqqan holda tayinlanishi lozim;
xaritada tuproq agʻdarilishi bir uzluksiz davr mobaynida tugallanishi lozim.
Kartalarni suvga toʻldirishdan oldin, avval yotqizilgan qatlam yuzasi qordan tozalanishi va muzlagan tuproq yuqorigi poʻstlogʻining kamida 3 sm chuqurlikda erishi taʼminlanishi lozim.
4.34. Tuproqlarni suvga agʻdarishda quyidagilar nazorat qilinadi:
loyiha talablarini, va tuproqlarni suvga agʻdarish usuli bilan inshoatlar barpo etish boʻyicha texnikaviy shartlarni bajarish;
agʻdariladigan qatlamning loyihaviy qalinligining rioya qilinishi;
tuproqning suv usti qatlamini harakatdagi transport va mexanizmlar bilan zichlishtirish bir tekisdaligi;
hovuzdagi suvning loyihaviy chuqurligining rioya qilinishi;
agʻdarish xaritasi asosining yuzasi va hovuzdagi suv harorati;
4.35. Tuproqlar tavsifnomalarini aniqlash uchun namunalar bittadan har 500 m2 agʻdariladigan qatlamning (suv osti) kamida 1 m chuqurlikdan koʻpi bilan 1 m qalinlikda, qatlam qalinligi 1 m boʻlganda 0,5m chuqurlikdan hovuzdagi suv gorizontidan) olinishi lozim.
YAXLIT BETONLI VA YIGʻMA YAXLIT INSHOATLAR
4.36. Tayyorlash, tashish, uzatish, beton aralashmasini yotqizish va betonga qarash, shu jumladan ularning sifati ustidan nazorat, shuningdek armatura va yigʻma temirbeton tuzilmalarini montaj qilish kabi ishlar kompleksini bajarishda SNiP 3.03.01-87 va ushbu boʻlim talablarini bajarish joizdir.
4.37. Daryo gidrotexnika inshootlarini qurishda 4.36b. da koʻrsatib oʻtilgan ishlar kompleksiga ushbu boʻlim qoidalari asosida oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanuvchi texnikaviy shartlar tuzilishi lozim boʻladi.
4.38. Betonlash materiallari va uslublarini qoʻllash bilan beton ishlarini tashkil etilishi siqishdagi mustahkamlik va choʻzish, suv oʻtkazmaslik, sovuqbardoshlik, suvning agressiv taʼsiriga qarshi turgʻunlik, yorigʻbardoshlik va siljish tavsifnomalari kabi koʻrsatkichlar bilan loyiha talablarni toʻliq qanoatlantiruvchi gidrotexnika inshootlari beton quyilishini taʼminlashi lozim.
4.39. Betonli inshoatlar uchun beton aralashmasini programmalashtirilgan boshqaruvli davriy yoki uzluksiz davom etuvchi avtomatizatsiyalashtirilgan beton zavodlarida tayyorlash koʻzda tutiladi.
Beton zavodlari beton aralashmasiga alohida dozalash yoʻllari orqali plastifikatsiyalovchi va havo tortuvchi qoʻshimchalar kiritish uchun, shuningdek beton aralashmalarini tashkil etuvchilarni isitish va sovutish uchun va yirik toʻldiruvchini nazorat toʻridan oʻtkazish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishlari lozim.
4.40. Beton aralashmasini tashish shunday ravishda tashkil etilishi kerakki, bunda beton aralashmasi quyiladigan joyda berilgan harakatchanlik (qattiqlik) va qovushqoqlikka ega boʻlsin.
Beton aralashmasini tashish va betonlashtiriluvchi bloklarga uzatish jarayonida ularning koʻpi bilan ikki barobar yuklanishi taʼminlanadi.
Beton aralashmasining transporti sifatida ixtisoslashtirilgan vositalar:
qorishtirish mashinalari, badyalar tashish uchun yoki koʻtarib tashlovchi kovshlar bilan jihozlangan temir yoʻl platformalari qoʻllanilishi lozim. Beton aralashmasini tashish uchun boʻlgan transport vositalarining sigʻimi, betonlash bloklariga beton uzatuvchi badyalar sigʻimiga muvofiq boʻlishi hamda zavod beton qorishtiruvchi uskunasining qorishma karrali hajmiga teng boʻlishi kerak.
4.41. Beton aralashmasi 15 km dan ortiq boʻlgan masofaga avtobeton qorishtirish mashinalarida tashilishi lozim. Beton aralashmasini 15 km dan ortiq boʻlgan masofaga, ushlab qolish xususiyatini sekinlatuvchi qoʻshimchalar ishlatilish sharti bilan boshqa transport vositalarida tashilishiga yoʻl beriladi.
4.42. Beton aralashmasini quyish uchun tayyorlangan qurilish choklarining asoslari va sirtlari SNiP 3.03.01-87 koʻrsatmalari bilan bir qatorda quyidagi talablarni qanoatlantirishlari lozim:
asosi axlatdan, boʻshashgan holdagi qumtuproq — shagʻalli alohida qismlardan, nuragan jinslar va alohida toshlar, qor ap muz qoya asoslaridan tozalangan boʻlishi, undan tashqari suv bilan yuvilgan va siqilgan havo bilan tozalangan boʻlishi lozim;
Kam armaturalangan yaxlit beton inshoatlarda, beton asoslar sirtlari, gorizontal va qiya boʻlgan qurilish choklari sement pardasidan tozalangan boʻlishi lozim. Sement pardasini yoʻqotish metall choʻtkalar bilan (noqulay joylarida esa qoʻl choʻtkalari bilan) mexanizatsiyalashgan usul orqali amalga oshirilishi lozim.
Temirbeton inshoatlarda boʻlgan qurilish choklarini sement pardasidan tozalash, loyihada muvofiq talablar mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladi.
4.43. Betonli inshoatlar termokuchlanishli holatini yaxshilash, maqsadida betonni qotish jarayonida harorat taʼsirlari ostida yorilishlar hosil boʻlishini oldini olish va beton quymalarini barpo qilishning oddiy vositalari orqali qulay harorat rejimini yaratish butun beton sohasi boʻylab blok balandliklari boʻyicha bir-biriga yaqin bloklarini quyishda, qoidaga koʻra, 3 dan 10 sutka chegarasida bir tekisda amalga oshirilishi lozim.
4.44. Uzilishlar uzayib ketgan taqdirda bloklar holida qotishning harorat rejimiga nisbatan loyihaning qoʻshimcha talablari bajarilishi lozim.
4.45. Yaxlit beton va temirbeton gidrotexnika inshootlarida betonning harorat rejimini taʼminlash uchun loyihada quyidagi tadbirlar koʻzda tutilishi lozim:
betonni tayyorlash jarayonida uning haroratini boshqarib turish;
quyilgan betonni haroratini boshqarish (quvurli va sirtqi sovutish);
beton sirtini tezkorlik bilan sovutish va isitishdan himoya qilish (betonlanuvchi bloklar ustiga chodirlar yoki issiqlik tutuvchilar oʻrnatish, isitiluvchi opalubka qoʻllash, blokning gorizontal sirtini berkitish):
betonlashtiriluvchi bloklar va ularning ustini yopuvchini balandliklarini oʻzgartirib turish;
quyilgan betonni namligini kuzatib turish talablariga rioya qilish.
Betoning harorat rejimini boshqarish tadbirlarini tanlash qurilishni tashkil etish loyihasida amalga oshirilishi lozim va beton quyish boʻyicha texnikaviy shartlarda oʻz aksini topgan boʻlishi kerak.
4.46. Yaxlit beton va temirbeton inshoatlarda betonni sovutish ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqich — blokda ekzotermik jihatdan quyish qotish jarayonida (davomiyligi 2-3 hafta); ikkinchi bosqich — inshoat choklarini yaxlitlashtirishga imkon beruvchi, inshoatdagi betonni tashqi muhitning oʻrtacha koʻp yillik haroratigacha sovutish;
4.47. Birinchi bosqichda betonning haroratini boshqarish uchun qoidaga koʻra tabiiy haroratdagi daryo yoki sizot suvlardan foydalanish bilan sirtqi yoki quvurli sovutish qoʻllaniladi.
Betonni ustki sovutish 0,5 dan 1 m gacha balandlikdagi bloklar uchun, bir yoʻnalish boʻyicha 5 — 8 sm/s tezlik ostida doimiy oqimga ega boʻlgan suv qatlamini sovutiladigan beton ustidan oʻtkazish bilan amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda ustki hamda quvurli sovutish qoʻllanilganda sovutish tezligi beton aralashmasi quyilgandan keyin dastlabki 8 — 10 sutka davomida sutkasiga 1s dan oshmasligi, keyingi davrda esa sutkasiga 0,5 S dan oshmasligi kerak.
4.48. Ikkinchi bosqichda qoidaga koʻra quvurli sovutish qoʻllaniladi.
Ikkinchi bosqichda sovutish uchun qoʻllaniladigan suv harorati, beton haroratidan 2-3o S pastroq boʻlishi lozim, bunda inshoatning choklarini yaxlitlash koʻzda tutiladi. Koʻrsatilgan harorat ostida suv manbalari boʻlmagan taqdirda, suvni sunʼiy sovutish moslamasi koʻzda tutiladi.
Ikkinchi bosqichda betonni sovutish tezligi sutkasiga 0,4-0,5o S dan oshmasligi lozim. Bunda betoni sovutish qoidaga koʻra kamida 10 m balandlikdagi qavatlar orqali amalga oshirilishi lozim.
4.49. Siyrak armaturali, armaturaga toʻyinishi 1 m3 ga 20 kg gacha boʻlgan yaxlit betonli inshoatlarda, ekzotermik qizdirish haroratini pasaytirish uchun, beton tarkibini tanlashda oʻrtacha termik sementlar qoʻllash va ularning sarfini maksimal kataytirish koʻzda tutiladi.
Sement sarfini kamaytirish koʻp fraksiyali tarkibli toʻldiruvchilar konus utirishi 2sm gacha boʻlgan kam i qoʻzgʻaluvchan beton, aralashmalari, chiqib ketuvchi kul qoʻshimchasi, shuningdek inshoatning ichki va suv osti qismlari uchun putssolan va shlakportland sementlardan foydalanish yoʻli orqali erishiladi.
4.50. Qish davrida beton massivining usti va markazi (yadrosi) harorati oʻzgarishi 20 S dan oshmasligi lozim.
Qish davrida betonlashtirilgan bloklar tashqi muhit haroratining koʻpi bilan 25 S ga ortiq boʻlgan isituvchi opalubka ichida saqlanib turishi lozim.
Yondosh bloklarni betonlashtirilishi oldidan yen qirralarini opalubkalash chodir yoki issiqlik tutuvchi himoyasi ostida amalga oshirilishi lozim. Yilning iliq vaqtida betonlashtirilgan va sovuq davr kirguncha sovib ulgurmagan bloklar usti (minimal sutkalik harorat 0o S, oʻrtacha sutkalik harorat 5o S va undan past), isitilgan boʻlishi lozim.
Qattiq iqlim sharoitlarida barpo etiluvchi kengaygan chokli va tirgakli toʻgʻonlarda choklar va atroflarini qish davrida berkitish va ularni isitishni taʼminlash lozim boʻladi.
4.51. Beton aralashmasini bloklarga quyishga blokni betonlashtirishga tayyorlash boʻyicha SNiP 3.03.01-87 va ushbu qismning 4.42 b talablariga muvofiq boʻlgan barcha talablar bajarilganidan keyin ruxsat beriladi.
4.52. Betonlashtirish jarayonida alohida qatlamlarni berkitish muddati yoki ishgʻol qilish sementning turi va xususiyatiga shuningdek beton quyish harorati sharoitlariga qarab 3 soatdan oshmasligi lozim. Beton aralashmasida qotishni sekinlatuvchi qoʻshimchalardan foydalanilayotgan boʻlsa berkitish muddati oshirilishi mumkin. Har bir muayyan holatda qatlamlarni berkitish muddati qurilish laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi.
4.53. Betonlashtirish tezkorligini koʻtarish imkoniyatlariga bogʻlik ravishda, bloklarning plandagi oʻlchamlari va qatlamlarni berkitishning yoʻl qoʻyiluvchi muddatlari yoki ishgʻol qilish quyidagilardan foydalanish orqali bajarilishi lozim:
betonlashtirish blokning barcha maydonida bir nechta gorizontal qatlamlar bilan amalga oshiriladigan boʻlsa — qatlamli texnologiya bilan;
beton aralashmasini chuqurlik qoʻl vibratorlari bilan zichlashtirilganida — pogʻonalar soni koʻpi bilan uchta, ishlarni blokichi mexanizatsiyasi vositalaridan foydalanish orqali bajarilishida — koʻpi bilan ikkita boʻlgan pogʻonali texnologiyasi bilan bloklarni 1,5 m gacha balandlikda bir yoʻla bir qatlamda betonlashtirilishini koʻzda tutuvchi toxtogul (birqatlamli) texnologiya bilan.
Pogʻonali texnologiyadan foydalanish orqali betonlashtirishda pogʻonalar inshoatning uzunlik oʻqiga parallel tarzda bajarilishi lozim.
Beton aralashmasini qoʻl vibratorlari orqali zichlashtirishda pogʻona kengligi kamida 2 m, mexanizatsiyalashgan vositalardan foydalanilganda esa kamida 3 m boʻlishi lozim.
Betonlashtirishning toxtogul texnologiyasidan foydalanganda bloklar balandligi 0,5dan 1,5m gacha boʻlish lozim; betonlashtirish chodir himoyasi ostida amalga oshirilishi lozim; avval quyilgan beton ustidan yurish, betonning kamida 5 MPa (50 kg/sm2) boʻlgan mustahkamlikka erishganda amalga oshirilishi mumkin, barcha ishlar mexanizatsiyalashlan usul orqali bajarilishi lozim blokichi mexanizatsiya vositalari oʻz texnik imkoniyatlari bilan bloklarning qabul qilingan balandligiga muvofiq boʻlishi lozim.
4.54. Siyrak armaturali beton inshootlarida betonni bloklarda zichlashtirish (armatura bilan 1 m3 ga 20 kg gacha toʻyintirish orqali) ichki blok ishlari uchun boʻlgan mexanizmlarga osilgan ogʻir chuqurlik vibratorlari yoki paket vibratorlardan maksimal foydalanish orqali amalga oshirilishi lozim, bunda meʼyorli konusning botishiga qarab oʻlchanuvchi beton aralashmasi qoʻzgʻaluvchanlik xususiyati, 2 sm dan oshmasligi lozim.
Paketdagi alohida vibratorlar orasidagi masofa vibratorning 1,5 harakat radiusidan oshmasligi lozim.
Paketda vibratorlar beton aralashmasining alohida qatlamlari orasidagi ulanish doirasi ishlovini yaxshilash maqsadida imkon qadar vertikaldan 30 gacha ogʻma ravishda bir-biriga parallel oʻrnatilishlari lozim. Beton aralashmasining quyiladigan qatlami balandligi, foydalaniluvchi vibratorlar ishchi qismining uzunligidan ortiq boʻlmasiligi lozim.
4.55. Beton aralashmasining zichlashtirilishi qiyin boʻlgan zich holda armaturalangan temirbeton inshoatlarda, vibratorlar bilan zichlashtiriluvchi yuqori qayishqoqlikka ega boʻlgan beton aralashmalari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Armaturalarning joylashish holatlari vibratorlar qoʻllashga toʻsqinlik qilgan holda, loyihalash tashkiloti bilan kelishilgan holda, meʼyorli konusning 22 dan 24 sm gacha botishi boʻyicha vibrozichlashtirishsiz quyma beton aralashmalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
4.56. Siyrak armaturalangan beton inshootlarida opalubkaning asosiy turi sifatida (gravitatsiyali ravoqli ravoq-gravitatsiyali, tirgakli toʻgʻonlarda) metall konsol yoki yogʻochmetall opalubka, temirbeton gidrouzel inshoatlarda — yirik toʻsiqli metall yogʻoch-metall, faner-metall yoki yogʻoch opalubkalardan foydalanish lozim.
Opalubkalar ishlab chiqishda GOST 23478-79 talablari bajarilishi lozim.
Opalubkalarning metall tuzilmalari zavodda tayyorlangan boʻlishi lozim.
Armaturalar chiqib turgan qirralar, solingan detallarni betonlashtirish, qoya asosiga boʻlgan qirqmalar, shuningdek murakkab geometrik shaklga ega boʻlgan sirtlar uchun, qoʻsh qiyshiqlik, jumladan GES binolari oqimga aloqador boʻlgan tuzilmalarini opalubkalashda statsionar va shtrabli qayta ishlatilmaydigan opalubkalar qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Vertikal va ogʻma boʻlgan qurilish choklarining sirtlari uchun tutib turuvchi armatura sinchi sifatida ishchi armatura tuzilmalaridan foydalanish imkoniyati boʻlganda toʻrsimon metalldan, ajralmovchi opalubka qoʻllaniladi.
Opalubka ichida uzoq vaqt (15 sutkadan ortiq) saqlanib turilishi kerak boʻlgan bloklar sirtlari uchun, isituvchi-toʻsiqli opalubka olib tashlanganda ham beton sirtida qoluvchi isituvchi opalubka qoʻllanilishi lozim.
4.57. Gidrotexnikainshootlari yigʻma temirbeton elementlarini yasash, tashish, montaj qilish va yaxlitlash boʻyicha ishlarni texnologik ketma-ketligi, usullari, muddat va sxemalari PPR va maxsus texnikaviy shartlar orqali belgilangan boʻlishi lozim.
4.58. Beton aralashmasining sifat nazorati qurilish laboratoriyasi tomonidan GOST 10181.0-81-GOST 10181.4-81 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Nazorat namunalari beton zavodida smena davomida kamida bir marotaba, va betoning har qaysi rusumi uchun ajratilgan joydan sutkasiga kamida bir marotaba shuningdek har gal boshlangʻich materiallarning sifati oʻzgarganida olinishi lozim.
4.59. Yaxlit quyma hamda yigʻma beton va temirbeton tuzilmalari mustahkamligi nazorati GOST 18105.0-86 — GOST 18105.2-86 ga muvofiq betonning meʼyoriy qarshiliklarini taʼminlash boʻyicha tuzilmalarini hisoblashda qabul qilingan doimiylikka erishishga imkon beruvchi statistik uslub orqali amalga oshirilishi lozim.
Katta boʻlmagan hajmdagi yakka tartibdagi tuzilmalarni yasashda qachonki, statistik tavsifnomalarini hisoblab chiqarish uchun zarur boʻlgan natijalar sonini chiqarishga imkoniyat boʻlmagan hollarda, mutlaq tartibda GOST 18105.0-86, GOST 18105.2-86 ga rioya qilingani holda beton mustahkamligi nazoratining nostatistik uslubini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Bir vaqtni oʻzida mustahkamlikni nazorat qilinadigan namunalarda oʻzida GOST 12730.0-78 va GOST 12730.1-78 ga muvofiq betonning zichligining nazorat amalga oshiriladi.
Betonning suv oʻtkazmasligi nazorati GOST 12730.0-78 va GOST 12730.5-78, sovuqbardoshligi nazorati GOST 10060-87 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Betonning suv oʻtkazmaslik va sovuqbardoshligini sinash uchun nazorat namunalari soni 4-jadvaldagi berilganlar boʻyicha oʻrnatiladi.
4-jadvalInshoatdagi betonning umumiy hajmi,ming.m3Quyidagi berilganlarni sinash uchun bittadan namuna olinuvchi beton aralashmasi hajmi, m3suv oʻtkazmasliksovuqbardoshliksalmoqli beton inshootlaridatemirbeton inshootlaridasalmoqli beton inshootlaridatemirbeton inshootlarida100 gacha1000500100050050050001000200010001000100002000300015002500200004000400020002500 dan ortiq300001000050003000
Tuproqli gidrotexnik inshoatlar qiyaliklarini mahkamlash va qirgʻoq mahkamlash
4.60. Tuproqli gidrotexnik inshootlari qiyaliklarini (kanallar, toʻgʻonlar, dambalar) va qirgʻoqlarini mahkamlash qoidaga koʻra quruq tarzda amalga oshiriladi.
4.61. Mahkamlanuvchi qiyalik va qirgʻoqlarning suv usti qismi planlashtirilishi joiz, suv osti qismi esa suzib olish bilan tozalanadi va zarur hollarda planlash tiriladi. Tuproqli qiyalik va qirgʻoqlar suv usti qismi planlashtirilishi SNiP 3.0201-87 talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Suv osti qiyaliklari bogʻlanmagan tuproqlarni qirqish yoki suzib olish orqali planlashtiriladi.
4.62. Qiyalik yuqori nuqtasining loyiha belgilaridan ogʻishiga qattiq mahkamlash boʻyicha +5 sm doirasida yoʻl beriladi.
Zichlashtirilmagan tuproqni qirqish va planlashtirishdan keyin suv usti qiyaligi sirtini loyiha chizigʻidan ogʻishiga +10 sm doirasida yoʻl beriladi. Planlashtirish aniqligi qiyalik boʻyicha har 20 m ga oʻrnatilgan shablonlar va qoziqchalar boʻyicha vizirlash yordamida aniqlanadi.
4.63. quruq tarzda qattiq mahkamlash uchun tayyorlangan qiyaliklar sirtini planlashtirilgandan soʻng va mexanizmlar oʻtishidan hosil boʻlgan buzilishlarni qoʻshimcha zichlashtiriladi.
4.64. Havoning manfiy haroratida filtr yotqizish yoki qiyalikni qattiq holda mahkamlash ishlari quyidagi shartlarga rioya qilish bilan amalga oshiriladi:
oʻlchami 5 sm va undash katta boʻlgan muzlagan kesaklar maydalanishi yoki olib tashlanishi lozim, qatlamda bir tekisda taqsimlangan oʻlchami 5 sm dan kichik boʻlgan kesaklar umumiy hajmning koʻpi bilan 10% gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi;
Har qaysi qatlam bir yoʻla qalinligi boʻyicha yotqiziladi;
qatlamlar yotqizilishidan avval asos ustidagi qor va muz olib tashlanishi lozim;
qor yogʻib turganda va qor boʻronlarda filtrlar yotqizish boʻyicha ishlar va tayyorgarlik ishlari toʻxtatilishi lozim.
4.65. Qiyalik usti yotqizilmasini siljib tushishidan saqlovchi tayanchlarni jihozlash, uni mahkamlashdan avval bajariladi.
4.66. Tikka qiyaliklarda maydalangan tosh va shagʻal yotqizish maxsus yotqizuvchi va planlashtiruvchilar orqali amalga oshirilishi lozim. Buldozer bilan planlashtirishni amalga oshirish buldozer pasportida koʻrsatilganidan tik boʻlmagan qiyaliklardagina ruxsat beriladi.
4.67. Qiyalik ustiga quruq tosh yotqizilish ishlari himoyalash sirti boʻyicha qiyalikning pastki qismidan yuqori qarab bir tekisda toʻkiladi.
Qiyalik va qirgʻoqlarni mahkamlash uchun tosh yotqizishni qoʻllashga muvofiq ravishda texnik-iqtisodiy asoslar boʻlgani holda yoʻl qoʻyiladi.
Qirgʻoqlarning suv osti tosh bilan mahkamlanishi 1:1,25 dan 1:1,5 gacha boʻlgan tabiiy qiyalik bilan joylashtiriladi.
Qiyalikka talab etiladigan yon koʻrinish berish uchun tosh yotqiziqlarni planlashtirish u choʻkkanidan keyin amalga oshiriladi.
4.68. 1:1 dan tikkaroq boʻlgan qiyaliklar ustiga yotqiziladigan yaxlit va temirbeton qoplovlarni jihozlash, beton mayoqlar boʻylab oʻrnatiluvchi toʻsiqli opalubkani qoʻllash orqali amalga oshirilishi lozim, bunda betonlashtirish chegaraviy chiziqni xatlash orqali (ikki navbat bilan) bajariladi.
4.69. Tuproqli qiyaliklarda 1:2,5 va undan ortiq boʻlgan nishablik ostida jihozlanadigan yaxlit beton va temirbetondan boʻlgan mahkamlash ishlarini mexanizatsiyalashgan beton uzatish va yotqizish bilan beton yotqizish mexanizmlari va komplekslari yoki buldozerli texnologiyadan foydalanish orqali bajariladi.
Buldozerli texnologiyadan foydalanilganda beton aralashmasini qiyalik boʻyicha taqsimlash ishlari buldozer orqali, beton aralashmasini zichlashtirish qoidaga koʻra traktorga osib qoʻyilgan vibroplita orqali bajariladi. Buldozer beton qatlami ustida harakatlanish bilan beton aralashmasini qiyalik asosidan choʻqqisiga qadar (beton aralashmasi bilan yopilmagan armatuzilmalar ustiga oʻtib ketmagan holda) yoyib chiqishi lozim. Bunda aralashmaning yeyilish masofasi 20-25 m dan oshmasligi lozim.
Buldozerli texnologiyadan 20 sm koʻp boʻlmagan qalinlik ostidagi mahkamlashlarda foydalanish mumkin.
Vibroplita osilgan traktorning beton aralashmasini zichlashtirishdagi harakat tezligi 1-2 m/min dan oshmasligi lozim.
Meʼyoriy konusni botishi orqali oʻlchanuvchi yotqiziladigan beton aralashmasining harakatchanligi 2 sm dan oshmasligi lozim.
Beton aralashmasini vibroplita orqali zichlashtirilishida, qiyalikni mahkamlash tuzilmalariga mayda donachali (qumli) betondan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
4.70. Qiyalikni yaxlit temirbeton plitalar bilan mahkamlashda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
plitalar qalinligini loyihada oʻrnatilgan qalinlikdan +8dan — 5 mm gacha boʻlgan doirada ogʻishiga yoʻl qoʻyiladi;
plitalar yorugʻliklarga ega boʻlmasligi lozim;
choklarni toʻldiruvchi material bilan plitalarning vertikal qirralari orasida tirqishlar boʻlmasligi lozim.
4.71. Qiyalikni yigʻma temirbeton plitalar bilan mahkamlashda ularni yotqizish inshoatning etagidan boshlab choʻqqisiga qadar olib boriladi. Yonma-yon joylarining kattaligi 10 mm dan oshmasligi lozim.
4.72. Yigʻma temirbeton plitalarini qish mavsumida yotqizilishida, teskari filtrning planlashtirilgan sirtini avvaldan qor va muzliklardan tozalanadi.
Mahkamlanuvchi plitalar filtr ustiga bir tekisda yetishi lozim.
4.73. Qiyalikning yaxlit asfaltbeton qoplamini quruq muzlamagan asos ustiga, havoning kamida 5o S harorati ostida asfalt yotqizuvchi mashinalar yordamida bajariladi. Qoplamning 10 sm gacha qalinligi ostida boʻlgan asfaltbeton aralashmasi, agar loyihada qoplamni armaturalash koʻzda tutilmagan boʻlsa, bir qatlam bilan yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
Qavat qalinligi 10 sm dan ortiq boʻlganda asfaltbeton aralashmasi qatlamlar bilan har qaysi qatlamni loyihadagi zichlikkaga qadar bostiriladi. Bu holda armatura sinchlari qatlamlar oraliqlariga yotqiziladi.
Asfaltbeton qavatini loyihada oʻrnatilgan qalinlikdan ogʻishi 10% dan oshmasligi lozim.
Asfaltobeton aralashmasini yotqizish aralashmaning 140o dan 120o S harorati ostida bajarilishi lozim. Harorati 100o S dan past boʻlgan aralashmani yotqizish taqiqlanadi.
4.74. Asfaltbeton aralashmasini zichlashtirish silliq yoki vibratsiyali dumalab tekislagichlar yordamida amalga oshiriladi. Dumalatishni dumalab tekislagich qoplam ustida iz qoldirishi toʻxtaguncha va asfaltobeton zichligi loyihadagi koʻrsatkichga yetguncha davom ettiriladi.
4.75. Asfaltbetonning fizik-mexanik xususiyatlarini va uning qatlam qalinligini loyiha talablariga muvofiqligini tekshirish qurilish laboratoriyasida amalga oshiriladi, buning uchun sovugan asfaltbetondan bir kern yoki bir kesik 450 m2 qoplama hisobidan kern yoki kesik olinadi.
Kerndan boʻlgan teshiklar yoki kesiklar quyma asfaltbeton aralashma bilan tezda ishlanib berkitilishi lozim.
Nishablik va suv sathining oʻzgarib turish doirasida kern va kesiklar olish taqiqlanadi.
4.76. 1:2,5 va undan katta boʻlgan yotqiziqlarni temirbeton plitalari bilan suv osti qiyaliklarini mahkamlash ishlari suzuvchi kranlar yordamida qiyalikka koʻndalang pastdan yuqoriga suv oqimiga qarama-qarshi holatda bajariladi.
MONTAJ ISHLARI
4.77. Daryo gidrotexnika inshootlarida texnologik uskunalarni va metall tuzilmalarini montaj qilishda SNiP 3.05.05-84, SNiP Sh-18-75 va ushbu qism talablarini bajarilishi lozim.
4.78. Montaj ishlarini boshlanishiga qadar montajchi tashkilotlar bazasi POS da koʻzda tutilgan uskunalarni qabul qilish uchun, shuningdek foydalanish davri montaj maydonchalari tayyorlanib qoʻyilishi lozim.
4.79. Foydalanish kranlarining montaji qoidaga koʻra, doimiy kranosti yoʻllari ustida amalga oshirilishi lozim. Foydalanish kranlarini vaqtinchalik kranosti yoʻllari ustiga montaj qilinadigan boʻlsa, ular sobiq SSSRning Gosgortexnazorati tomonidan tasdiqlangan yuk koʻtarish kranlari tuzilishi va ulardan foydalanish xavfsizligi boʻyicha. Qoidalarda oʻrnatilgan choʻkishdan ortiq boʻlmasligi lozim.
4.80. Mexanik va gidrokuchlanishli uskunalar qismlarini shrabsiz montaj qilish usulida oʻrnatishda zakladnoy qismlarini oʻrnatish PPR yoki uskuna yetkazib beruvchi zavodning montaj boʻyicha qoʻllanmasiga muvofiq bajarilishi lozim.
4.81. Montaj ishlarini amalga oshirishda botiqchalar yoki ularga oʻrnatilgan eshikcha va katakchalarni ifloslanib qolishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak,.
4.82. Gidroturbina va gidrogeneratorlar ayrim qismlarini yigʻish ishchi mexanizmlarini montaj qilish atmosfera yogʻinlaridan saqlangan va qurilish chiqindilarini tushib qolish ehtimolidan muhofaza qilingan doiralarda amalga oshirilishi lozim.
4.83. Boshqarish tizimini montaj qilish, stator oʻramlarini yotqizish va payvandlash, rotor va generatorni qutblararo ulanmalarini payvandlash generatorning tok oʻtkazuvchi qismlarini sovutish tuzumini montaj qilish, tayanch osti va podshivniklar, shuningdek montaj qilingan gidroagregatni sozlash va sinash ishlari 5o S dan past boʻlmagan harorat ortadi bajarilishi lozim.
TUROQLARNI SEMENSIYALASH
4.84. Sementatsiya ishlarini amalga oshirishda SNiP 3.02.01-83 va ushbu qism talablarini bajarilishi lozimdir.
4.85. Sementatsiya va umumqurilish yashlarini birgalikda qoʻshib bajarilishida qurilishning kalendar jadvali sementatsiyalashning ushbu meʼyorlari va ishlar loyihasida koʻzda tutilgan, sementatsiya texnologik jarayoni talablariga rioya qilishni hisobga olgan holda ish koʻlamini taʼminlashi lozim.
4.86. Suv bosimi taʼsiri doirasidagi sementatsiya ishlari qoidaga koʻra suv ombori toʻldirilmasdan avval bajariladi. Sementatsiya ishlarini PPR inshootlaridagi qisman yoki toʻla bosim sharoitlarida amalga oshirilish zaruriyati boʻlgan hollarda, bosim oʻzgarishi bilan bogʻliq ishlarni bajarish sharoitlarini oʻzgarishi hisobga olinishi lozim.
4.87. Gidrotexnika inshoati asosidagi sementatsiya ishlari suv qochirish quvurlarini jihozlangunicha qadar tugallanishi lozim.
4.88. Sementatsiya ishlari, qoidaga koʻra yuklanish ostida bajarilishi lozim (yuqorida yetgan tuproq bagʻrida, sunʼiy koʻtarma, beton inshoati jismi, maxsus beton plita).
Sementatsiya ishlarini yuklanishning loyihaviy qalinligi va uni sement qorishmasi uchun oʻtkazmasligini taʼminlovchi ishlar bajarilganidan keyin, shuningdek asos tuproqlari uchun yoʻl qoʻyiladigan bosimni aniqlash, sementatsiya ishlarini amalga oshirish jarayonida tuzilmalar deformatsiyalarini nazorat qilish uchun asbob va apparatlar oʻrnatish ishlaridan keyin bajarilishi lozim. Yangi yotqizilgan betondan boʻlgan yuklanish ostida sementatsiya ishlari oʻtkazilganda ishlar beton aralashmasini yotqizish tugallangandan 10 sut oʻtgandan soʻng boshlashga ruxsat beriladi.
4.89. Barcha doiralarda sementatsiya ishlari tugallanganidan keyin va burgʻulash quduqlarini jami sementatsiyasi oʻtkazilgandan keyin, agar u loyihada koʻzda tutilgan boʻlsa, burgʻulash qudugʻi ustuni qorishma bilan berkitib qoʻyiladi.
4.90. Tashqi havoning 5o S dan past oʻrtacha sutkalik harorati ostida sementatsiya ishlari bajarilishida quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim:
sement qorishmasining yeyilish doirasidagi sementlanuvchi tuproqlar kamida 2oS harorat ostida boʻlishi lozim;
burgʻulash qudugʻi ichiga haydab kirgaziladigan qorishma harorati 5oS dan kam boʻlmasligi lozim.
haydab kirgaziladigan qorishmaning, tashqi havo va xona ichi haroratlarini oʻlchashib ishlari amalga oshirish kitobiga kiritib qoʻyiladi.
4.91. Tuproqlar sementatsiyasi filtrlanishga qarshi maqsadda belgilangan boʻlsa, bajarilgan ishlar nazorati loyihada aniqlangan burgʻulash yoʻli bilan gidravlik sinash va nazorat burgʻulash quduqlarini sementatsiyalash orqali amalga oshiriladi.
4.92. Nazorat burgʻulash quduqlarida nisbiy suv yutish oʻzining oʻrtacha qiymati va oʻrtacha qiymatdan yoʻl qoʻyilgan ogʻishlari loyiha talablariga yoki tekshiriladigan qismning tuproqlari uchun nisbiy suv yutishning erishiladigan qiymatlariga muvofiq boʻlsa, filtrlanishga qarshi toʻsiq qismlaridagi sementatsiyalash ishlari yetarli deb tan olinishi lozim.
4.94. Mahkamlash sementatsiyasi boʻycha bajarilgan ishlarni nazorat usuli loyihada oʻrnatilgan boʻlishi va nazorat burgʻulash quduqlarini gidravlik sinash va sementatsiyalashdan yoki tuproqning deformatsiya xususiyatlarini geofizik uslublar orqali aniqlashdan iborat boʻlishi lozim.
Koʻrsatib oʻtilgan ikkala usullarni bir vaqtda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
5. SUV OSTI-TEXNIK ISHLAR
5.1. Suv osti stansiyalaridan foydalanilgan xolda suv osti — texnik ishlari quyidagicha bajariladi:
gidrotexnik inshootlarining suv osti qismlarini akvatoriy va kanallarni tekshirish suv osti yer ishlari va qoya ishlari, ostini tozalash ishlarini bajarish;
tosh yotqiziqlarini tekislash;
yigʻma tuzilmalar suv osti elementlarini montaj qilish va bogʻlangan asoslar jihozlanishi;
metallarni suv ostida payvandlash va qirqish;
suv osti betonlalashlarda;
amaldagi tuzilmalarning suv osti elementlarini ajratish.
Gʻavvoslik — tekshirish ishlarini bajarish, buyurtmachi tomonidan berilgan va loyiha hamda pudrat tashkiloti tomonidan kelishtirilgan dasturga muvofiq bajarish.
5.2. Gʻavvoslik — texnik ishlar Dengiz floti vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Gʻavvoslik ishlarida mehnat xavfsizligining yagona qoidalari”, GOST 12.3.012-77 va GOST 12.2.035-89 ga muvofiq bajariladi.
5.3. Amaldagi va qurilayotgan gidrotexnika inshootlarini suv osti qismlarini tekshirish ishlari qoidaga koʻra, suv osti televizion qurilmalar yordamida gʻavvoslarni tushirish orqali amalga oshiriladi.
5.4. Gʻavvoslik tekshiruvlari koʻrsatishlari, agar ular suv osti televizion qurilmalardan foydalanilmagan holda olingan boʻlsa, boshqa gʻavvosni suvga shu vazifa bilan qayta tushirish orqali tekshirilishi lozim. Turli xilda koʻrsatmalar olinadigan boʻlsa ularni tekshirish va aniqlash ishlarini mutaxassis gʻavvos bajaradi.
Tekshirish koʻrsatmalari kitobiga kiritiladi va gʻavvos hamda gʻavvoslik ishlari rahbari imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
5.5. Gʻavvoslik tekshiruvlar natijalari, dalolatnoma orqali rasmiylashtirilishi joiz, qaysiki unga gʻavvoslar tomonidan bajarilgan chizma va sxemalar yoki, yozishlar asosida ish kitobiga, tekshiruv oʻtkazgan gʻavvoslar tushuntirishlari, shuningdek foto va kinosyemkalar koʻrinishlari, shular toʻgʻrisida ish kitobida yozib qoʻyiladi.
5.6. Akvatoriy ostini tekshirishda sizib olish usulini qoʻllash joiz, bunda gʻavvoslik tekshirishlaridan faqat sizib olingan predmetning tavsifini va holatini aniqlash uchun qoʻllaniladi.
Sizib olish uchun sharoit boʻlmagan holda suv ostini gʻavvoslik tekshiruvlariga ruxsat beriladi.
Suv ostida topilgan barcha predmetlar ishorat qozigʻi yoki qalqovich belgilar bilan belgilanishi, udlarning tavsifnomalari, ishorat qozigʻi va qalqovich belgi raqamlari tekshiruv kitobiga kiritib qoʻyiladi.
5.7. Qoyasiz tuproqlarda gʻavvoslar tomonidan suv osti ishlarini bajarilishiga, tuproq soʻrish va choʻmichlash snaryadlari, osma-skreper qurilmalari, erliftlar, greyferli suzma kranlar va boshqa mexanizmlar orqali mumkin boʻlmagan yoki besamara boʻlganda yoʻl beriladi.
Bu holatda suv osti tuproq ishlari gidromonitor, tuproq soʻrish mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi.
5.8. Boʻshashgan holatdagi qoyali tuproqlarni suv osti ishlovlari suv tagi chuqurlash snaryadlari yordami bilan bajariladi.
Qoyali tuproqlarni portlatish va qoya maydalash jihozlari orqali boʻshashtiriladi.
Qoyali tuproqni pnevmatik otboy bolgʻalari bilan maydalashga qurilishni tashkil etish loyihasidagi asoslanishlarga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
5.9. Qoyali tuproqlarni suv osti portlatishlar orqali boʻshashtirishda zaryadlar uchun quduqlarni burgʻulash maxsus burgʻulash qurilmalari yoki suzib yuruvchi vositalarga oʻrnatilgan burgʻulash dastgohlari yordamida amalga oshirish joiz. Suv osti burgʻulash ishlarini gʻavvoslar tomonidan burgʻulash qoʻl asbobi yordamida bajarilishining maqsadga muvofiqligi qurilishni tashkil etish loyiha-sadga muvofiqligi qurilishni tashkil etish loyihasi orqali aniqlanadi. Qish vaqtida suv osti shpurlari yoki quduqlarni muzda burgʻulashga muzning maʼlum zaruriy qalinligi taʼminlanganida ruxsat etiladi.
5.10. Qoyali tuproqlarni uzunasiga boʻlgan 0,3-1,0 m chuqurlikdagi xandaqlarda va poydevor chuqurlarida qazish qoplama zaryadlar orqali amalga oshiriladi.
Tuproqlarni 1-2 m chuqurlikda boʻshashtirish uchun shpurli uslub qoʻllanadi, pogʻona balandligi 2 m dan ortiq boʻlganda boʻshashtirish kolonkali zaryadlar bilan amalga oshiriladi.
5.11. Suv osti zaryadlarini qurilish sharoitlarida faqat ikki oʻtkazgichli portlatish tarmogʻi boʻlgan elektrik usul orqali portlatishga ruxsat beriladi.
Teskari oʻtkazgich sifatida suvdan foydalanish taqiqlanadi.
5.12. Daryolar, koʻl va suv otborlari akvatoriyalarida suv osti portlatishlarini amalga oshirishda bevosita ish boshlashdan avval baliq muhofazasi tashkiloti va daryo, koʻl va suv ombori suv yoʻllari, agar ular mavjud boʻlsa, tashkilotlaridan ruxsatnoma olinishi lozim.
5.13. Burgʻulash — portlatish ishlari, ishlarni amalga oshirish loyihasiga muvofiq amalga oshiriladi, qaysiki unda portlatish uslublari, sobiq SSSR ning Gosgortexnadzor i tomonidan tasdiqlangan “Portlatish ishlarida yagona xavfsizlik qoidalari”, talablariga muvofiq portlatish uslublari, portlovchi moddalarni olish, saqlash va ulardan foydalanish koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
5.14. Vertikal harakatlanuvchi quvur (VXK) va koʻtariluvchi qorishma (KK) uslublari bilan suv osti betonlashtirishida gʻavvoslar betonlashtiriluvchi joyni tayyorgarligini taʼminlashlari, opalubka va quvurlarni oʻrnatish, shuningdek beton yotqizish va shagʻal toʻkish ustidan nazoratni amalga oshirishlari lozim.
5.15. Har bir alohida suv osti betonlashtirishda ishlarni amalga oshirish loyihasida, mustahkamligini va beton aralashmasini yotqizilganda uning oʻzgarmasligini taʼminlovchi opalubkani mahkamlash uslublari ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Har qaysi blokning betonlashtirishga tayyorligi gʻavvos tomonidan avvaldan tekshirilishi va yashirin ishlarni guvohlantiruvchi dalolatnoma bilan tasdiqlanishi lozim.
5.16. Metallning suv ostida payvandlash suv ostida ishlatish uchun maxsus yasalgan payvandlash jihozlari yordamida gʻavvoslar tomonidan bajariladi.
5.17. Metall qirqishni gʻavvos — payvandchilar elektrkislorod usuli bilan bajarishlari lozim. Elektreyli qirqishni kamdan-kam hollarda qalinligi 30 mm gacha boʻlgan metallni boʻlishda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
5.18. Gʻavvoslar tekshirishlarida yirik oʻlchamli olib tashlanishi lozim boʻlgan metall tuzilmalari namoyon boʻlgan boʻlsa, bunday tuzilmalarni ajratib olish texnologik sxemasi ishlab chiqilishi joiz boʻladi.
Yirik oʻlchamli metall tuzilmalarini qirqish shunday tartibda bajariladiki, bunda qirqish jarayonida ajralgan elementlar tuzilmaning bundan keyingi ajratilishlarini qiyinlashtirmaydigan boʻlsin.
5.19. Suv osti payvandlashlarda yomon koʻrinish sharoitida gʻavvosga yey uzilishida chokni koʻra olishiga imkon beruvchi yorugʻlik manbalari qoʻllaniladi. Bunday sharoitlarda metall qirqishda, qirqiluvchi joyni teskari tomondan yorugʻli beruvchi ikkinchi yorituvchi oʻrnatiladi.
6. QURILISH DAVRIDA DARE SARFINI OʻTKAZISH VA TOʻSIQLARNI BARPO ETISH
6.1. Qurilish davrida daryo sarfini oʻtkazish sxemasi asosiy inshoatlarni joylashtirishni hisobga olgan holda, ularni barpo etilish navbati va ketma-ketligi, shuningdek topografik, geologik va gidrolok sharoitlar hamda kema qatnovi va yogʻoch oqizish talablariga rioya qilingani holda POS da oʻz yechimini topgan boʻlishi lozim.
6.2. Toʻsiqlarni barpo etish suv toshqinlari oraliqlarida ularni qurish ishlarini daryoning minimal sarfi oʻtish muddatlariga bogʻlagan holda amalga oshiriladi.
6.3. Barcha turdagi toʻsiqlarning suv sathidan yuqori asoslarini tayyorlashda SNiP 3.02.01-83 talablarini bajarilishi joiz.
Daryo oʻzanidagi toʻziq tagi tuproq materiallaridan boʻlgan asos tekshirishga doxil boʻladi va qoidaga koʻra tayyorgarlik talab qilmaydi. Agar asosda tosh sochilmalari va yumaloq katta toshlar boʻlsa, ular olib tashlanishi lozim.
Daryo oʻzanida uyachasimon toʻsiq asosi alohida yirik toshlar va yumaloq hamda zarur hollarda shagʻal yoki tosh-qumli materiallar toʻkish bilan tekislanadi.
6.4. Tuproq materiallaridan boʻlgan toʻsiqlar qoidaga koʻra, foydali tuproq chiqarish chuqurlari tuproqlaridan (poydevor chuqurlari kanal va x.k) barpo etilishi lozim. Asosiy inshoatlar tarkibiga kiruvchi toʻsiqlar, shu inshoat materiallaridan boʻlishi va texnikaviy shartlar boʻyicha ayni inshoatlar loyihasi talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
6.5. Uyachasimon tuzilishga ega boʻlgan metall qoziqdan boʻlgan toʻsiqni jihozlash oldidan qoziq qoqish sharoitlarini namoyon qilish uchun qoziqni loyihaviy chuqurlikda keyinchalik sugʻurib olish sharti bilan sinov qoqish ishlari bajariladi. Toʻsiqning silindrik uyachalarini toʻldirish butun balandlik boʻylab amalga oshirilishi lozim, segmentli uyachalarni toʻldirish bir tekisda, qoʻshni uyachalarda satxning 2 m dan ortiq koʻtarilib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda amalga oshiriladi.
6.6. Chuqurga suv chiqarishdan avval, toʻsiqlar buyurtmachi tomonidan, loyihalashtiruvchi, pudratchi tomonidan tekshirib chiqilishi va toʻsiqlar bosimni qabul qilishga tayyorligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilishi lozim.
6.7. Toʻsiqlarni holati ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Oʻz vaqtida taʼmirlash va buzilgan qismlarini tiklash, hamda chuqurdan suvni tortib olish va suv koʻtarilish davrida yetarli miqdorda materiallarning avariyaviy zaxirasi tayyorlab qoʻyilishi lozim.
6.8. Chuqurdan suvni tortilganda suv sathining pasayishi sutkasiga 0,5 m dan oshmasligi lozim. Tuproq chiqishi sezib qolingan taqdirda, chiqish joyida mahkamlash ishlarini amalga oshirish zarur boʻladi.
7. DARYOLAR OʻZANLARINI TOʻSISH
7.1. Daryo oʻzanini toʻsish sxemasi banketdagi oʻzgarish, suv oqimini sarfi va tezligi, suv chiqaruv yoʻlining oʻtkazish qobiliyati, toʻsiq uchun material yirikligi, transport shartlari, transport va yuklash vositalari, gidrogeologik va geologik sharoitlarni hisobga olgan holda POSda oʻz yechimini topgan boʻlishi lozim.
7.2. Yuqoriga toʻgʻon qismida boshqaruvchi suv omborlari mavjud boʻlganda ish tartibi va oqimini toʻsish muddatlari shu suv omborlar foydalanish xizmati bilan kelishtirilishi lozim boʻladi.
7.3. Daryo oʻzanini toʻsish suv koʻtarilishi davrlari orasidagi daryo suvning minimal suv sarfiga bogʻlik ravishda amalga oshiriladi.
7.4. Oʻzanni toʻsish parametrlari (banketdagi oʻzgarish, eng toraygan yerdagi oqim tezligi, toʻsiq uchun material yirikligi va hajmi) loyihalash pallasida suv toʻsiladigan oyda boʻladigan daryo suvining maksimal suv sarfi SNiP 2.06-01086 talablariga muvofiq hisoblanadi.
Daryoda toʻsiq chizigʻidan yuqori boshqaruvchi suv ombori mavjud boʻlsa, u holda toʻsishda suvning hisobiy sarfi sifatida suv omboridan foydalanish xizmati bilan kelishilgan maxsus chiqarib tashlash sarfi qabul qilinadi.
Oʻzanni bevosita toʻsishdan avval toʻsiq parametrlari daryodagi amalda boʻladigan suv sarfini hisobga olgan holda toʻsiladigan davr boʻyicha qabul qilinadigan qisqa muddatli maʼlumot asosida aniqlanadi.
7.5. Ishlar boshlashdan avval daryo oʻzanini toʻsish boʻyicha KTL koʻzda tutiluvchi quyidagi tayyorgarlik ishlarini bajarish joiz;
daryo oʻzanini toʻsish uchun zarur boʻlgan materiallar omborxonalarini, ularni mumkin qadar toʻsiqqa yaqin suv ostida qolmaydigan yerlarda joylashtiriladi va ularga oʻtish yoʻllari tashkil etish;
daryo sarfini yoʻlga solish uchun suv tashlash yoʻli tayyorlash;
beton inshootlari chuqurligini suvga toʻldirishdan avval, qaysiki ularga suv sarfi yoʻlga solinadi, avvaldan chegaraviy toʻsiqlar amalga oshirilib, ularni oʻzanni toʻsishdan avvalgi boʻlgan suv sarfining mumkin boʻlgan minimal miqdori boʻyicha tahlil etish;
kema qatnovi sharoitlarini hisobga olingani holda minimal oʻlchamlarga qadar avvaldan daryo oʻzanini toraytirish ishlarini bajarish.
8. TABIIY ATROF MUXIT MUXOFAZASI
8.1. Loyiha jadvali boʻyicha amalga oshiriluvchi, suv omborini toʻldirilishi boshlanguncha va toʻldirish jarayonida, loyihaning “Tabiiy atrof muhitni saqlash” boʻlimiga kiritilgan barcha tadbirlar bajarilishi lozim;
toshqindan va suv bosishidan saqlovchi etuvchi muhandislik muhofaza inshootlari;
suv omborini tagi va uning qirgʻoqlari doirasida sanitar tayyorgarlik ishlari;
suv saqlash inshootlari va suv omboridagi suvning meʼyoriy sifatini taʼminlash boʻyicha tadbirlar hamda qirgʻoqqa yaqin hududlarning sanitarlik holati;
baliq muhofazasi va baliq oʻtkazish inshootlari hamda baliq zaxiralarini saqlash boʻyicha tadbirlar;
tariq va madaniyat yodgorliklarini saqlash tadbirlari;
suv omborini hayvonot va oʻsimlik dunyosiga salbiy taʼsirini oldini olish tadbirlari.
8.2. Tuproqli inshootlarini koʻtarish uchun tuproq materiallari konlari, qoidaga koʻra suv bosish doirasiga joylashtiriladi. Aks holda, qurilish tugallangunga qadar loyihada koʻzda tutilgan rekultivatsiya ishlarining toʻla majmuini bajarish kerak boʻladi.
8.3. Ishlarni amalga oshirishda RD 118.0027714.24-93 talablarini va boshqa amaldagi atrof muhitni saqlash sohasidagi qonunlarni soʻzsiz bajarilishi zarur.
