Magistral quvuroʻtkazgichlar (3.06.08-97-son)
27.05.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
qurilish meʼyorlari va qoidalari
1. UMUMIY HOLATLAR
1.1 Ushbu bobning qoidalariga magistral quvuroʻtkazgichlarning yangilarini va ishlayotganlarini qayta qurishda hamda ulardan shartli diametri 1400 mm li, muhitining ortiqcha bosimi 10 MPa (100 kgk/sm2) dan katta boʻlmagan tarmoqlanishlar orqali quyidagilarni tashishda qoʻllaniladi:
neftni, neft mahsulotlarni, tabiiy va yoʻlovchi, tabiiy va sunʼiy uglevodorod gazlarni, ularni qazib chiqarilayotgan (bosh haydovchi nasos va kompressor stansiyalardan) hududlardan, ishlab chiqarilayotgan yoki saqlanayotgan joylardan isteʼmol joylarigacha (neft bazalariga, quyish punktlarigacha, shaharlar va aholi manzillarining gaz taqsimlash stansiyalarigacha, ayrim sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalarigacha va bandargohlargacha);
suyultirilgan uglevodorod gazlarni (S3 va S4 fraksiyalarini hamda ularning aralashmalarini), shuningdek nostabil benzin va nostabil kondensatni hamda harorat plyus 45°S boʻlganda toʻyingan bugʻlarining bosimi 1,6 MPa (16 kgk/sm2) dan katta boʻlmagan boshqa suyultirilgan uglevodorodlarni ularning qazib olish yoki ishlab chiqarish hududidan isteʼmol qilinadigan joylargacha (neft bazalariga, joʻnatish bazalariga, quyish punktlariga, sanoat korxonalariga, bandargohlarga, gaz taqsimlash stansiyalariga va birlashgan bazalarga);
bosh va oraliq gazkompressor va neftni haydash nasos stansiyalarini, gaz taqsimlagich stansiyalar, oʻlchash punktlari doirasidagi tovar mahsulotlarini.
1.2 Ushbu bobning qoidalari kon quvuroʻtkazgichlarini qurishga, shuningdek dengiz akvatoriyalarida magistral quvuroʻtkazgichlarni qurishda hamda yer ostidagilari uchun 8 balldan va yer ustidagilari uchun 6 balldan ortiq zilzilali hududlarda quvuroʻtkazgichlarni qurishga joriy qilinmaydi. Bu hollarda belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli mahkamaviy meʼyoriy hujjatlar (MMH) ning talablariga rioya qilish lozim.
1.3 Magistral quvuroʻtkazgichlarni qurishda ushbu QMQ talablaridan tashqari ishlab chiqarish qurilishini tashkil qilish, qurilishda xavfsizlik texnikasi boʻyicha QMQ talablariga hamda magistral quvuroʻtkazgichni qurish majmuasidagi ayrim tur ishlarni bajarish va qabul qilishni tartiblovchi hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan QMQning, standartlarning va yoʻriqnomalarning talablariga rioya qilish lozimdir.
1.4 Magistral quvuroʻtkazgichlarning va ularning qismlarining toifalari magistral quvuroʻtkazgichlarni loyihalash boʻyicha QMQ 2.05.06-97 ga mos tarzda aniqlanadi.
1.5 Magistral quvuroʻtkazgichlarning qurilishini mexanikalashtirilgan koʻchma kolonnalar vositasida oqim usulida yoki barcha ishlarni qatʼiy texnologik ketma-ketlikda uzluksizligini taʼminlovchi majmua usulida olib borilishi lozim.
1.6 Tabiiy va sunʼiy toʻsiqlar orqali oʻtuvlarga tayyorlov ishlarini va qurishni mutaxassislashgan qurilish-yigʻuv boʻlinmalari bajarishlari lozim.
1.7 Magistral quvuroʻtkazgichlarni qurish davriga ajratiladigan yer tasmasi kengligi QMQ 2.10.01-97 magistral quvuroʻtkazgichlar uchun “yer ajratish meʼyorlari” ga mos loyiha bilan belgilanadi.
1.8 Qurilayotgan magistral quvuroʻtkazgich qurilishning yer osti kommunikatsiyasini kesib oʻtayotganida, qurilish-yigʻuv ishlarini shu kommunikatsiyani ishlatuvchi tashkilotining ruxsati mavjudligida hamda uning vakillarining ishtirokida amalga oshiriladi.
1.9 Ishlarni bajarayotganda, loyiha hujjatlarida koʻrsatilmagan yer osti kommunikatsiyalari va inshootlari oshkor boʻlsa, qurilish tashkiloti, koʻrsatilgan kommunikatsiyalarni va inshootlarni ishlatuvchi tashkilot bilan kelishgan holda, ularni shikastlanishdan saqlash tadbirlarini koʻrishi lozim.
1.10 Quvuroʻtkazgichlar yoʻlini kesib oʻtuvchi aloqa kabel liniyalari ochilayotganda, aloqa va radiolashtirish liniyalari ihota zonalari va yoʻllardagi tarmoqlanishlarda ishlarni bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tasdiqlagan shartlar bajarilishi lozim.
1.11 Qurilish-yigʻuv ishlari bajarilayotganda, qurilish tashkilotlari ish bajaruvchilari tomonidan ularning sifati muolajaviy nazorat (barcha texnologik jarayonlar boʻyicha) qilinishi lozim. Buyurtmachi vakillari, shuningdek davlat nazorat mahkamalari vakillari barcha tur ishlar sifatini tanlama nazorat qilish huquqiga egalar. Sifatlarini tasdiqlovchi shahodatnomaga, pasportga va boshqa hujjatlarga ega boʻlmagan materiallardan va buyumlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
1.12 Magistral quvuroʻtkazgichlarni qurishda, aksariyat, zavod yoki baza sharoitlarida izolyatsiyalangan quvurlardan foydalanish lozim. Izolyatsiyalangan quvurlardan quvuroʻtkazgichlarni qurishni maxsus texnologik yoʻriqnoma boʻyicha bajarish lozim.
1.13 Ishlab chiqarish hujjatlarini rasmiylashtirish, jumla-dan, yopiq ishlarning nazorati dalolatnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishqoʻmi bilan kelishilgan holda “Oʻzneftgaz” MK ning “Oʻzneftgazqurilish” DAJ tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha bajarilishi lozim.
1.14 Qurilish-yigʻuv tashkilotlari va buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan quvuroʻtkazgichning amaldagi holatiga oid materiallar tuman (shahar) Hokimiyatlariga topshirilishi lozim.
2. TAYYORGARLIK ISHLARI
2.1 Buyurtmachi qurilish uchun geodezik rejalash asosini yaratishi hamda qurilish-yigʻuv ishlarini boshlanuvidan kamida 10 kun oldin pudratchiga uning texnikaviy hujjatlarini va quvur-oʻtkazgichlarni qurish yoʻli boʻylab oʻrnatilgan punktlarni va shu asosdagi belgilarni, shu jumladan quyidagilarni topshirishi lozim:
yoʻlning burilish burchaklarini mustahkamlash belgilarini;
yoʻlning burilish burchaklari yoyilmasi belgilarini, koʻrinuvchanlik chegaralarida burchakning har bir yoʻnalishi uchun kamida ikkita miqdorda;
yoʻlning toʻgʻrichizigʻiy qismlarida, koʻrinuvchanlik chegaralarida juftlab, lekin 2 km dan uzoqlashtirmasdan oʻrnatilgan yoyilma belgilarini;
yoʻlning toʻgʻrichizigʻiy qismlarida, daryolardan, jarliklardan, yoʻllardan hamda boshqa tabiiy va sunʼiy toʻsiqlardan oʻtishda har tomonda, kamida koʻrinuvchanlik chegaralarida ikkita yoyilma belgilarni;
yoʻl boʻylab, uzogʻi bilan har 5 km dan keyin, suv toʻsiqlardan oʻtishda (har ikkala qirgʻoqda) oʻrnatilganlardan tashqari, balandlik reperlarini;
tushintirish xatini, belgilarning joylashuv abrislari va ularning chizmalarini;
geodezik asoslarning koordinatalari majmuasi va punktlari belgilarini.
Geodezik joylashuv asosini yasashda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan oʻrtacha kvadratik xatoliklar: burchagiy oʻlchashlarda ±2, chizigʻiy oʻlchashlarda 1/100, belgilarni aniqlashda ±50 mm.
2.2 Qurilish boshlanishi oldidan bosh pudratchi qurilish-yigʻuv tashkiloti yoʻlda quyidagi ishlarni bajarishi lozim:
geodezik joylashuv asosni kamida chizigʻiy oʻlchashlarning 1/500 burchakiylarni ±2¢ aniqlik bilan hamda reperlar orasida yoʻlning har 1 km ga 50 mm aniqlikda nazorat oʻtkazish. Agar chiziqlarning oʻlchangan uzunligi loyihaviylaridan uzunlikning 1/300 dan ortiqqa, burchaklar 3 dan ortiqqa hamda reperlar orasidagi nivelirlashdan aniqlanganlari 50 mm dan ortiqqa farq qilmasa, yoʻl buyurtmachidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi;
yoʻl oʻqi boʻylab va qurilish polosasi chegaralari boʻylab qoʻshimcha belgilar (qoziqlar, ustunlar va b.) qoʻyish lozim;
ufqiy egri chiziqlarning tabiiy (qayishqoq) egilishini har 10 m keyin, sunʼiy egilishini — 2 m dan keyin naturaga oʻtkazish lozim;
butun yoʻl boʻylab hamda uning xos nuqtalarida (egri chiziqning boshlanishida, oʻrtada va oxirida, yoʻlning yer osti kommunikatsiyalarini kesib oʻtish oʻrinlarida) qoziqlar oʻrnatish lozim. Oʻrnatiladigan nuqtalarning tavaqalari, qoidaga koʻra, qurilish-yigʻish ishlari sohasidan tashqarida mahkamlanishi lozim. Yoʻlning 2 km idan keyin qoʻshimcha reperlar oʻrnatish lozim.
2.3 Bosh pudratchi asosiy qurilish yigʻish ishlari boshlanguncha, lozim boʻlganda, ushbu QMQ talablariga qoʻshimcha ravishda qurilishning muayyan sharoitlarini hisobga olgan holda yoʻl boʻyicha quyidagi tayyorgarlik ishlarini bajarishi lozim:
quvuroʻtkazgichning oʻrmondan, chakalakzordan, toʻnkalardan va xarsanglardan oʻtish polosasini tozalash lozim;
oʻtish polosasidan chetda boʻlgan, lekin oʻzining oʻtish polosasi sohasiga tushib ketish holati boʻyicha xavf tugʻdiruvchi ayrim daraxtlarni, osilib turgan qoya va toshlarni olib tashlash lozim;
tik boʻylama yonbagʻirlarni kesish lozim;
oʻpirilishga va koʻchishga qarshi himoya tadbirlari amalga oshirilishi lozim;
quvuroʻtkazgichlar uchun xandaqlar polosasidagi gruntning eng kam muzlashini taʼminlovchi tadbirlarni amalga oshirish lozim;
yoʻlga olib keluvchi va u boʻylab vaqtinchalik yoʻllarda suvoʻtkazuvchi, suvni olib ketuvchi, shuningdek quritish inshootlari, shuningdek daryolar, irmoqlar va jarlar orqali koʻpriklar va oʻtuvlar qurish lozim, kiruv yoʻllarini qor uyumlaridan himoya qilish lozim;
obyekt qoshida va stansiya qoshida vaqtinchalik bazalar yoki materiallarni va uskunalarni saqlash uchun omborlar qurish lozim;
vaqtinchalik bandargohlar va kema toʻxtash joylari tashkil qilish lozim;
vaqtinchalik ishlab chiqarish bazalari hamda payvandlash, qatron eritish va boshqa ishlarni bajarish uchun maydonchalar tayyorlash lozim;
ishlovchilarga zaruriy yashash, sanitariya va madaniy-maishiy sharoitlarni taʼminlovchi vaqtinchalik manzillar qurish lozim;
vertolyot maydonchalari tayyorlash lozim;
dispetcherlik aloqasi tizimini yaratish lozim;
quvuroʻtkazgichlarning tabiiy va sunʼiy toʻsiqlardan oʻtishlarini qurish uchun qurilish-yigʻish ishlarini bajarishga hamda quvuroʻtkazgichlarni yerosti yoʻllarida yotqizishda zaruriy vaqtinchalik maishiy va texnologik xonalarga, inshootlarga, yoʻllarga ega boʻlgan qurilish maydonchalarini tayyorlash lozim;
suvoʻlchagich postlarni quvuroʻtkazgichlarning suv toʻsiqlaridan oʻtuvlarning tashkil qilish bilan bogʻliq ishlar bajarilayotgan sohadan tashqarida, suv oʻlchagich postni quvuroʻtkazgich yoʻlining balandligini suratga olish va davlat geodezik tarmogʻi bilan nivelirlash orqali bogʻlagan holda yaratish lozim.
Ushbu QMQ 13.8-bandiga mos tarzda yerning hosildor qatlamini ajratib olish va vaqtincha saqlash uchun koʻchirib uyib qoʻyish lozim.
2.4 Qurilish davrida yoʻlni tozalashni ajratilgan polosa chegaralarida hamda loyihada koʻrsatilgan boshqa joylarda bajarish lozim.
Qish davrida tozalashni ikki bosqichda bajarish lozim: naqliyot oʻtadigan va qurilish mashinalari ishlaydigan sohada — oldindan — asosiy ishlar boshlanguncha, xandaq qaziladigan sohada — yer qazish mashinalari ishi boshlanishi oldidan — ularni bir ish kuni davomida taʼminlaydigan uzunlikda.
2.5 Toʻnkalarni qazishni yoʻlning quruq qismlarida, ajratilgan polosaning butun kengligida bajarish lozim, botqoq joylarda esa, faqat quvuroʻtkazgich va kabelning boʻlgʻusi xandagʻi polosasida bajariladi.
2.6 Naqliyot maqsadlarida va qurilish mashinalari harakati uchun zarur boʻlgan rejalash ishlarining hajmi qurilishni bajaruvchi tashkilot loyihasida koʻrsatilishi va ishlarni bajarish loyihasida koʻrsatilishi va ishlarni bajarish loyihasida aniqlashtirilishi lozim.
2.7 Qurilish va naqliyot mashinalarining oʻtishi uchun yoʻllarni bir polosali qilgan holda qaytish, burilish va ajralish joylaridagina kengaytirish (kabel aloqa liniyasi yoʻliga qarama-qarshi tomondagi quvuroʻtkazgich tomonidan) lozim. Ajralishlarni bevosita qurish masofasida, lekin koʻpi bilan har 600 m masofada qilinadi.
Yoʻllarning turi, konstruksiyasi, kengligi va burilishlar radiuslari qurilish tashkiloti loyihasida belgilanadi hamda ishlarni bajarish loyihasida aniqlashtiriladi.
3. YER ISHLARI
3.1 Xandaqlarning oʻlchamlari va shakli quvuroʻtkazgichlarning vazifasi va diametriga, gruntlar, gidrogeologik va boshqa sharoitlarning tavsifnomasiga bogʻliq ravishda loyihada koʻrsatiladi.
3.2 Xandaqlarning tub boʻyicha kengligi diametri 700 mm gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun kamida D 300 mm (bunda D-quvuroʻtkazgichning shartli diametri) hamda diametri 700 mm va undan ortiq boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun — 1,5 D boʻlishi va ushbu qoʻshimcha talablar hisobga olinishi lozim:
diametrlari 1200 va 1400 mm boʻlgan quvuroʻtkazgichlarga 1:0,5 qiyalikli xandaqlar qaziyotganda, xandaqning tub boʻyicha kengligini D 500 mm kattalikkacha kamaytirishga ruxsat beriladi;
gruntni yer qazish mashinalari bilan oʻyayotganda xandaqlar kengligini qurilish tashkiloti loyihasida qabul qilinganidek, ishchi aʼzosining kesuvchi qirrasi kengligiga teng qilib olinadi, biroq, yuqorida koʻrsatilganidan kichik boʻlmasligi lozim;
majburlab egilgan egri qismlar sohalarida xandaqning tub boʻyicha kengligi toʻgʻri chizigʻiy qismlardagi kenglikka nisbatan ikki karra qiymatga teng boʻlishi lozim;
quvuroʻtkazgichni ogʻirlashtiruvchi yuklar yoki zulfin qurilmalar vositasida mahkamlash orqali ballastlayotganda, xandaqning tub boʻyicha kengligi kamida 2,2 R boʻlishi lozim, issiqlik izolyatsiyali quvuroʻtkazgichlar uchun esa, loyihada belgilanadi.
3.3 Xandaqlarning qiyaligi tikligini yer inshootlarini qurish va qabul qilish boʻyicha QMQ 3.02.01-97 ga mos tarzda, botqoqliklarda quriladiganlarini 1-jadvalga mos tarzda qabul qilinishi lozim.
Qiyalikni saqlab turishga imkon bermaydigan loyqa suvli xandaqlarni mustahkamlash va suvini tortish yoʻli bilan tayyorlanadi. Mustahkamlash turlari va suvni tortish tadbirlari har bir muayyan sharoit uchun loyiha boʻyicha belgilanadi.
3.4 Xandaqlarni rotor ekskavatorlar bilan loyihaviy belgida ravon sirt hosil qilish hamda yotqizilgan quvuroʻtkazgichning asosi-ga quvuroʻtkazgichning oʻqi boʻyicha zich joylashuviga erishish uchun loyihaga mos tarzda kamida 3 m kenglikda polosa mikrorelyefini dastlabki rejalashtirish bajarilishi lozim.
3.5 Botqoqliklardagi xandaqlarning qazishni kengaytirilgan yoki oddiy gusenitsali slanli, draglaynli teskari kurakli bir choʻmichli ekskavatorlar yoki maxsus mashinalar vositasida bajarish lozim.
3.6 Muzlagan gruntlarda dastlabki yumshatishsiz xandaq qazishni quyidagi xil bir choʻmichli ekskavatorlar bilan bajarishga ruxsat beriladi: muzlagan qatlam qalinligi 0,25 m gacha boʻlganda — sigʻimi 0,5 — 0,65 m3 li choʻmich bilan, muzlagan qatlam qalinligi 0,4 m gacha boʻlganda, sigʻimi 1-2 m3 li choʻmich bilan.
Muzlash chuqurligi 0,4 m dan ortiq boʻlgan gruntlarda xandaq qazishni bajarishda dastavval gruntni muzlash chuqurligigacha yumshatib olish hamda bu yumshatilgan gruntni bir choʻmichli ekskavator vositasida olib ketish bilan yoki xandaqni toʻla chuqurligigacha texnikaviy tavsifnomalariga mos rotor ekskavatorlar vositasida bajariladi.
3.7 Muzlash chuqurligi 0,4 m dan ortiq boʻlgan gruntlarda yoki qoyali gruntlarda xandaq tayyorlashda gruntlarni dastlabki yumshatishni qudratli yumshatkichlar vositasida yoki yumshatish chuqurligi 1,2 m gacha boʻlganda burgʻilash portlatuv shnur usulida yoki yumshatish chuqurligi 1,2 m dan ortiq boʻlganda, xandaq zaryadlari vositasida bajarish lozim.
3.8 Qazilgan xandaq shaklining qayishishining, shuningdek, agʻdarilgan gruntning muzlab qolishining oldini olish uchun izolyatsiyalash-yotqizish va yer ishlari surʼatlari ish kuni davomida birday boʻlishi lozim.
Yer qazish va izolyatsiyalash-yotqizish kolonnasi orasidagi texnologik zaruriy uzilish ishlarini bajarish loyihasida koʻrsatilishi lozim.
Gruntlarda xandaqlarni oldindan qazib qoʻyish (yoz faslida qoyali gruntlardan tashqari), qoidaga koʻra, taqiqlanadi.
Qoyali gruntlarni portlatish usulida yumshatishni quvurlarni yoʻlga olib kelishdan oldin bajarilishi, muzlagan gruntlarni yumshatishni esa, quvurlarni yoʻlga yotqizishdan keyin bajarsa ham boʻladi.
3.9 Xandaqlarni qoyali gruntni burgʻilash portlatuv usulida dastlabki yumshatish orqali tayyorlashda grunt uyumlarini yumshoq gruntni sepish va uni zichlash hisobiga bartaraf qilinishi lozim.
3.10 Qoyali va muzlagan gruntlarda quvuroʻtkazgichlar tubidagi zaminlarni ularning chiqib turgan qismlarini ustiga kamida 10 sm qalinlikdagi yumshoq grunt sepish bilan tekislash lozim.
3.11 Diametri 1020 mm va undan ortiq boʻlgan quvuroʻtkazgichlarni qurishda xandaq tublarini butun yoʻl boʻylab nivelirlash oʻtkazish lozim: toʻgʻri qismlarda har 50 m da, qayishqoq egiluvning tik egri chiziqlarida har 10 m da, majburlab eguvning tik egri chiziqlarida har 2 m da, diametri 1020 mm dan kichikroq boʻlgan quvuroʻtkazgichlarni qurishda faqat yoʻlning murakkab qismlarida (tik burilish burchaklarida joyning qiya relyefi qismlarida) yakka ishchi chizmalar tayyorlanadigan temiryoʻl va avtomobil yoʻllari, jarliklar, irmoqlar, daryolar, soylar va boshqa toʻsiqlar.
3.12 Quvuroʻtkazgichni yotqizishgacha quduqning tubi loyihaga mos tarzda tekislanishi lozim.
Loyihaga mos kelmaydigan xandaqqa quvuroʻtkazgichni yotqizish man qilinadi.
3.13 Xandaqni toʻldirishni bevosita quvuroʻtkazgichni tushirishdan hamda agar loyihada koʻzda tutilgan boʻlsa, ballast yuklarni yoki zulfin qurilmalarni oʻrnatishdan keyin amalga oshiriladi. Yopqich armaturani, elektr kimyo himoya nazorat-oʻlchagich punktlarining oʻrnatish joylarini ular oʻrnatilganidan hamda katod chiquvlar payvandlanganidan soʻng yopiladi.
Quvuroʻtkazgichni muzlagan kesaklar, shagʻal, chaqilgan tosh va koʻndalang kesimi oʻlchami 50 mm dan ortiq boʻlgan boshqa kiritmalar bilan yopilayotganda, quvurning yuqori yasovchisi ustiga 20 sm qalinlikda yumshoq grunt sepish yoki loyihada koʻzda tutilgan ihota qoplamalar yasash orqali ihota qoplamini shikastlanishlardan saqlash lozim.
Izoh: Magistral quvuroʻtkazgichlarni choʻqishdan keyingi tiklashni oʻtkazish (loyihaviy belgilargacha yotqizish, loyihaviy ballastlashni tiklash, xandaqqa qoʻshimcha grunt toʻkish, toʻkmalarni tiklash va b.) sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1969 y, 24-dekabrdagi 973-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Kapital qurilishga pudrat shartnomalari Qoidalari belgilagan tartibda bajariladi.
3.14 Qoyali, toshdor, shagʻaldor, quruq kesakdor va muzloq gruntlarda yotqizilgan quvuroʻtkazgichning handagʻi tubiga yumshoq toʻshama yotqizishni va yumshoq grunt toʻkishni loyiha tashkiloti va buyurtmachi bilan kelishilgan holda tutash ishonchli ihota bilan almashtirish mumkin.
3.15 Magistral quvuroʻtkazgichlarni qurishda yer ishlarini 2-jadvalda keltirilgan quyimlarga rioya qilgan holda bajarish lozim.
4. QUVUROʻTKAZGICHLARNI YIGʻISH, PAYVANDLASH VA PAYVAND ULANMALAR SIFATINI NAZORAT QILISH
Umumiy holatlar
4.1 Quvurlarni yigʻuv va payvandlash oldidan quyidagilarni bajarish lozim:
quvurlar sirtini koʻz bilan qarovni oʻtkazish (bunda quvurlar uni yuborishdagi texnikaviy shartlarda kafolatlangan yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan nuqsonlarga ega boʻlmasligi lozim);
quvurlarning ichki sirtini unga kirib qolgan gruntdan, iflosliklardan, qordan tozalash;
quvurlarning pachoqlangan uchlarini va sirtning shikastlarini tuzatish yoki kesib tashlash;
quvurlarning chetlari va ularga yondosh ichki va tashqi sirtlarini kamida 10 mm gacha kenglikda sof metall darajasigacha tozalash.
Suyultirib tutashtirib payvandlashda qoʻshimcha ravishda quvur uchini va payvandlash mashinasining kontakt boshmoqlari ostidagi belbogʻini himoya qilish lozim.
4.2 Quvurlar uchlaridagi quvur diametrining 3,5% gacha chuqurlikli eruv pachoqlanishlarini hamda quvurlarning qayishgan uchlarini zarbasiz eguvchi qurilmalar vositasida tuzatishga ruxsat beriladi. Bunda uzilishga vaqtiy meʼyoriy qarshiligi 539 MPa (55 kgk/mm2) boʻlgan poʻlat quvurlarda ularning pachoqlanishlarini va qayishgan uchlarini musbat haroratlarda qizdirmasdan tuzatishga ruxsat beriladi. Atrof havoning manfiy haroratlarida 100 — 150°S gacha qizdirish lozim. Uzilishga vaqtiy meʼyoriy qarshiligi 539 Mpa (55 kgk/mm2) va undan yuqori boʻlgan poʻlatlarda — atrof havoning har qanday haroratlarida 150 — 200°S ga mahalliy qizdirish orqali.
Quvur diametrining 3,5% dan ortiq chuqurlikli pachoqlanishga ega boʻlgan yoki uzilishli quvur qismlari va uchlari kesib tashlanishi lozim.
Chuqurligi 5 mm gacha boʻlgan pachoqlanishga va chiquvlarga ega boʻlgan qirralarni payvandlash orqali taʼmirlashga ruxsat beriladi.
Qirrasida chuqurligi 5 mm dan ortiq chuqurlikda pachoqlanishlarga va chiquvlarga ega boʻlgan quvur uchlarini kesib tashlash lozim.
4.3 Diametrlari 500 mm va undan katta boʻlgan quvurlarni yigʻuvni ichki markazlagichlarda bajarish mumkin. Kichikroq diametrli quvurlarni ichki yoki tashqi markazlagichlardan foydalangan holda yigʻish mumkin. Quvurlar diametrlaridan qatʼiy nazar, ichki markazlagichlardan foydalanishning iloji boʻlmaydigan ustma-ust va boshqacha choklarni tashqi markazlagichlardan foydalangan holda bajariladi.
4.4 Devorlari birday meʼyoriy qalinlikli quvurlarni yigʻuvda chetlarning quvur devori qalinligining 20% gacha kattalikka siljishiga, biroq, yoy usulida koʻpi bilan 3 mm gacha hamda eritib chok payvandlashda koʻpi bilan 2 mm gacha siljishga ruxsat beriladi.
4.5 Yoʻlda birday diametrli turli qalinlikdagi yoki qismlarga (ulanmalarga, oʻtuvlarga, tublarga, ajratmalarga) ega boʻlgan quvurlarni bevosita ulashga quyidagi shartlarda ruxsat beriladi:
tutashtiriluvchi quvurlar yoki qismlarga ega boʻlgan quvurlarning devorlari qalinliklarining farqi (ularning eng kattasi 12 mm va undan kamroq) 2,5 mm dan ortiq emas;
tutashtiriluvchi quvurlar yoki qismlarga ega boʻlgan quvurlarning devorlari qalinliklarining farqi (ularning eng kattasi 12 mm dan ortiq) 3 mm dan ortiq emas.
Devorlari qalinliklari orasidagi farq katta boʻlgan quvurlarni ulashni tutashtiruvchi quvurlar yoki qismlarga ega boʻlgan quvurlar orasiga oʻtmalarni yoki uzunligi kamida 250 mm boʻlgan oraliq qalinlikdagi quymalarni payvandlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Har xil qalinlik darajasi qalinlikning 1,5 gacha boʻlganda devori qalinroq boʻlgan quvurning yoki qismning chetiga maxsus ishlov berish orqali bevosita yigʻish va payvandlashga ruxsat beriladi. Chetlar ishlanmasining va payvand choklarning konstruktiv oʻlchamlari 1-rasmda koʻrsatilganlarga mos boʻlishi lozim.
Turlicha qalinlikdagi quvurlarni payvandlaganda qirralarning, tashqi sirti boʻyicha oʻlchanuvchi siljishi ushbu boʻlimning 4.4-bandlari talablari bilan belgilanuvchi qoʻyimlardan ortmasligi lozim.
Diametri 1000 mm va undan ortiq boʻlgan turlicha devorli quvurlarning chok ildizini ichkaridan, chokning butun perimetri boʻylab payvandlanishi shartdir, bunda payvandlangan qatlam toshqollardan tozalanishi hamda quvurdagi elektrodlar quymalari va toshqol yigʻilib chiqarib tashlanishi lozim.
4.6 Har bir chok payvandni bajargan payvandchi yoki brigada tamgʻasiga ega boʻlishi lozim. Uzilishga vaqtiy meʼyoriy qarshiligi 539 Mpa (55 kgk/mm2) boʻlgan poʻlat quvurlar choklariga tamgʻa mexanik yoki quyma usulda qoʻyilishi lozim. Uzilishga vaqtiy meʼyoriy qarshiligi 539 Mpa (55 kgk/mm2) va undan yuqori boʻlgan poʻlat quvurlar choklari quvur tashqarisidan yuvilib ketmaydigan boʻyoq bilan tamgʻalanadi.
Tamgʻalar quvurning yuqorigi yarim aylanasida chokdan 100 — 150 mm masofada qoʻyiladi.
4.7 Koʻndalang halqaviy, spiral va boʻylama zavodda bajariladigan payvand choklari joylashgan joylarda, katodiy chuquvlardan tashqari biron bir unsurni payvandlashga ruxsat berilmaydi. Agar loyihada quvur jismiga unsurni payvandlash koʻzda tutilgan boʻlsa, u holda quvuroʻtkazgich choki bilan payvandlanuvchi unsur choki orasidagi masofa kamida 100 mm ni tashkil qilishi lozim.
4.8 Yopqich va taqsimlagich armaturali quvurlarni, armatura kalta quvuri qirralarini zavod sharoitida 2-rasmga mos tarzda maxsus tayyorlangan u bilan choklanuvchi quvur devori qalinligidan 1,5-martadan ortiq boʻlmagan holdagina bevosita ulashga ruxsat beriladi.
Armatura kalta quvuri qirrasining maxsus ishlovi zavod sharoitlarida bajarilmagan hamda armatura kalta quvurining payvandlanadigan qirrasi qalinligi u bilan ulanuvchi quvur devori qalinligidan 1,5-martaga nisbatan ortiq boʻlgan barcha hollarda ulashni ulanuvchi quvur bilan oʻzak orasiga maxsus yopqichni yoki oʻtkich halqani payvandlash yoʻli bilan bajariladi.
2-rasm. Armatura kalta quvurining boshqa quvurga bevosita ulashda qirralarini tayyorlash
4.9 Quvuroʻtkazgichni tizib payvandlashda payvand choklari yoʻl piketlari bilan bogʻlanishlari hamda ijroiya hujjatlarda qayd qilinishi lozim.
4.10 Ishda ikki soatdan ortiq tanaffus boʻlganda, quvuroʻtkazgichning payvandlanuvchi uchlarini quvur ichiga qor, iflosliklar va sh.oʻ. kirib qolishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida inventar yopqichlar bilan yopib qoʻyish lozim.
4.11 Poʻlat magistral quvuroʻtkazgichlarning xalqaviy choklarini yoy eritib payvandlash usulida payvandlanishi lozim.
4.12 Payvand ishlarini havoning minus 50°S gacha haroratda bajarilishiga ruxsat beriladi.
Shamolning tezligi 10 m/s dan ortiq boʻlganda, shuningdek atmosfera yogʻinlari tushayotganda, payvandlash ishlarini inventar yopqichsiz bajarish taqiqlanadi.
4.13 Quvuroʻtkazgichlarni yigʻuvini faqat inventar qistirmalardagina bajarish lozim. Quvuroʻtkazgichlarni yigʻuvida grunt va qor prizmalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
4.14 Magistral quvuroʻtkazgichlarni tutashtiruvga va payvandlashga, Davshahartexnazoratning payvandlovchilarni shahodatlash qoidalariga mos tarzda imtihonlar topshirgan, shahodatnomaga ega boʻlgan, ushbu boʻlimning 4.16 — 4.23-bandlari talablari bilan belgilanuvchi sinovlardan oʻtgan payvandlovchilargagina ruxsat beriladi.
4.15 Quvuroʻtkazgichlarning payvand ulagich qismlarini (ajratkichlar, ulchanmalar, oʻtmalar va b.) dala sharoitlarida tayyorlash taqiqlanadi.
Payvandlovchilarning malakasini tekshirish
4.16 Payvandlash ishlarini bajarayotganda, har bir payvandlovchi (chok brigada yoki zveno tomonidan bajarilayotganda payvandchilar brigadasi yoki zvenosi), yoʻlda payvandlash sharoitlariga mos sharoitlarda diametri 1000 mm gacha boʻlgan quvurlarda yoki diametri 1000 mm va undan ortiq boʻlgan quvurlarda chokning yarmini ruxsat choki tarzida payvandlashi (payvandlashlari) lozim, agarda:
u (ular) magistral quvuroʻtkazgichlarni birinchi marta payvandlashga kirishganlar) yoki oʻz ishida (ishlarida) uch oydan ortiq tanaffus boʻlganda;
quvurlarni payvandlash yangi tamgʻali poʻlatdan yoki yangi payvand materiallari, texnologiyalar va uskunalardan foydalanilgan holda payvandlash bajariladi;
payvandlanadigan quvurning diametri oʻzgarsa (bir guruh diametrlardan boshqasiga oʻtildi — 3-rasmdagi a, b, v guruhlarga);
shakldor quvurlarni payvandlashga tayyorlash shakli oʻzgargan boʻlsa.
4.17 Ruxsat choki quyidagicha sinaladi:
koʻzdan oʻtkaziladi va oʻlchanadi, bunda payvand choki ushbu boʻlimning 4.26, 4.27-bandlari talablarini qanoatlantirishi lozim;
ushbu boʻlimning 4.28-bandi talablariga mos tarzda radiografik nazorat qilinadi;
payvand ulanmadan kesib olingan namunalarni ushbu boʻlimning 4.19-bandi talablariga mos tarzda mexanik sinovlarga;
4.18 Agar koʻzdan oʻtkazishda va oʻlchashda, radiografik nazoratda chok ushbu boʻlimning 4.26, 4.27, 4.32-bandlari talablarini qanoatlantirmasa, u holda ikkita boshqa ruxsat choklari payvandlanadi va qaytadan nazorat qilinadi, takroriy nazoratda laoqal bitta chokda qanoatlanursiz natijalar olinsa, u holda brigada yoki alohida payvandchi sinovlar talablariga javob bermagan hisoblanadi.
4.19 Payvand ulanmalardan kesib olingan namunalarni choʻzilishga va egilishga tekshiruv mexanikaviy sinovlarda koʻzda tutiladi. Turlicha xil mexanik sinovlar uchun kesish tuzilmasi va namunalarning zaruriy soni 3-rasmda va 3-jadvalda koʻrsatilganlarga mos boʻlishi lozim.
Mexanikaviy sinovlar uchun namuna GOST 6996-66 va ushbu QMQ talablariga mos tarzda tayyorlanishi lozim.
4.20 Payvand ulanmaning uzviy namunalarida zoʻriqishni olish bilan aniqlangan uziluvga vaqtiy qarshiligi quvur metallining uziluvga vaqtiy qarshiligi meʼyoriy qiymatidan kam boʻlmasligi lozim.
4.21 Yoy payvand usulida payvandlangan namunalarning egilish burchagi oʻrtacha arifmetik qiymati 120° dan kichik boʻlmasligi, uning eng kichik qiymati esa, 100° dan kichik boʻlmasligi lozim.
4.22 Tutashtirib eritish usulida payvandlangan namunalarning egilish burchagi oʻrtacha arifmetik qiymati 70° dan, uning eng kichik qiymati esa, 40° dan kichik boʻlmasligi kerak. Oʻrtacha qiymatini hisoblashda 110° dan katta barcha burchaklarni 110° ga teng, deb olinadi.
4.23 Chokdan kesib olingan namunalar ushbu boʻlimning 4.20 — 4.22 — bandlari talablariga mos mexanik xossalarning qanoatlanursiz koʻrsatkichlariga ega boʻlsalar, u holda sinovlar takror payvandlangan chokdan kesib olingan ikkilangan miqdor namunalarda oʻtkaziladi, payvandchilar brigadasi yoki ayrim payvandchi takroriy sinovlarda qanoatlanursiz natijalar olsalar, bu holda ular sinovdan oʻta olmagan hisoblanadilar va qayta tayyorgarlikdan oʻtishlari lozim boʻladi.
Payvand ulanmalarni nazorat qilish
4.24 Quvuroʻtkazgichlar payvand choklarining nazorati quyidagicha amalga oshiriladi:
quvuroʻtkazgichlarni yigʻish va payvandlash jarayonida amalga oshiriluvchi muttasil muolajaviy nazorat orqali;
payvand ulanmalarni koʻzdan oʻtkazish va oʻlchash orqali;
nazoratning buzmaydigan usullari bilan payvand choklarini tekshirish orqali;
ushbu boʻlimning 4.29-bandiga mos tarzda payvand ulanmalarning mexanik sinovlari natijalari boʻyicha.
4.25 Muolajaviy nazorat ishlarining tashkilotchilari va ustalar tomonidan, oʻznazorat — ishlarni bajaruvchilar tomonidan bajarilishi lozim.
Muolajaviy nazorat paytida bajarilayotgan ishlarning ishchi chizmalarga, ushbu boʻlim talablariga, davlat standartlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan yoʻriqnomalarga mosligi tekshirilishi lozim.
4.26 Yoy payvand bilan bajarilgan choklar toshqoldan tozalanadi va koʻzdan oʻtkaziladi. Bu holda ular darzlarga, 0,5 mm dan ortiq chuqurlikli kesilishlarga, ogʻiz chetlarining yoʻl qoʻyish mumkin boʻlmagan siljishlariga hamda yuzaga chiqib qolgan kovaklarga ega boʻlmasliklari lozim.
Chokning kuchaytiriluvchi 1 dan 3 mm gacha balandlik chegaralarida hamda asosiy metallga ravon oʻtuvga ega boʻlishi lozim.
4.27 Tutashtirib eritish usulida bajarilgan payvand choklari ichki va tashqi qurumlarni olinganidan soʻng, balandligi 3 mm dan ortiq baland kuchaytiruvga ega boʻlmasliklari lozim. Ichki va tashqi qurumni olinayotganida quvur devori qalinligining yoʻl qoʻymaslik lozim.
Qirralarning payvanddan soʻng siljishi devor qalinligining 25% dan, biroq 3 mm dan ortiq boʻlmasligi lozim. Chok perimetrining 20% ga mahalliy siljishlarga ruxsat berilib, ularning kattaligi devor qalinligining 30% dan, biroq 4 mm dan ortiq emas.
4.28 Quvuroʻtkazgichlarning va barcha toifa qismlarning yoy payvand usulida bajarilgan yigʻuv choklari 100% hajmda fizikaviy usullarda, ulardan faqat radiografik usul bilangina quyidagi payvand choklari nazorat qilinishi lozim:
barcha hududlarda hamda diametridan qatʼiy nazar, V va 1 toifalaridagi quvuroʻtkazgichlarning qismlari;
diametrlari 1020 — 1420 mm boʻlgan quvuroʻtkazgichlar;
quvuroʻtkazgichlarning barcha hududlarda temiryoʻllardan hamda I, II va III toifali avtomobil yoʻllaridan oʻtish qismlari;
yer usti oʻtuvlari, kesishuvlar, payvandlangan quymalar va armaturalar mavjud qismlari;
quvuroʻtkazgichlarning QMQ 2.05.06-97 vaziyatlarida koʻrsatilgan qismlari.
Qolgan hollarda quvuroʻtkazgichlarning hamda ularning qismlarining yigʻuv payvand choklari II, III va IV toifalar uchun radiografik usulda tegishlicha kamida 25, 10 va 5% hajmda, qolgan payvand choklari esa, ultratovush yoki magnitografik usullarda nazorat qilinishlari lozim.
Quvuroʻtkazgichlarning burchagiy payvand choklari ultratovush usulida 100% hajmi nazorat qilinadi.
4.29 Tutashtirib eritish usulida payvandlab bajarilgan I, II, III, IV toifalardagi quvuroʻtkazgichlar payvand ulanmalari quyidagilarga duchor boʻladi:
eritish jarayonining qayd etilgan parametrlari boʻyicha fizikaviy usullar bilan 100% li nazoratga;
eritish jarayoni yordamida avtomatik boshqaruv tizimi holatini tekshirish maqsadida ushbu bobning 4.20, 4.22-b.b.lariga muvofiq tutashuvlar 1% li hajmida mexanikaviy sinovlarga.
4.30 Payvand ulanmalarni mexanikaviy sinashdagi qoniqarsiz natijalarida quyidagilarni bajarish zarur:
payvandlashni toʻxtatish, payvand ulanmasi sifati qoniqarsizligi sababini aniqlash;
yigʻuvchi tashkilot tomonidan soʻngi tekshiruv paytidan buyon payvandlangan quvuroʻtkazgich butun maydoni texnazorat vakillari ishtirokida oquvchanlik meʼyoriy chegarasi 0,9 ga teng kuchlanish (har bir ulanma yuqori va pastki qismlarida) hosil boʻladigan egiluvchi kuchli taʼsirga.
Jarayonni avtomatik boshqaruv tizimi sozlangandan hamda 4.17, 4.19, 4.20, 4.22-bandlar talablariga mos tarzda ruxsat chokini qoʻshimcha payvandlanishi va tekshirilishidan hamda qanoatlanurli natijalar olingandan keyingina ish oʻsha qurilmada muayyan payvandchi tomonidan davom ettirilishi mumkin.
4.31 Payvand ulanmalarning fizikaviy usullarda nazorat qilinuvchi va mexanik sinaluvchi miqdorlariga oʻrnatilgan meʼyorlardan tashqari, Davgaznazorati hamda qurilish sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasi tomonidan tayinlanishi mumkin.
4.32 Quvuroʻtkazgichlarning yoy usulida payvandlangan choklarini fizikaviy usullarda nazorat qilinganda, payvand choklar quyidagi hollarda yaroqli hisoblanadi:
har qanday chuqurlikdagi va uzunlikdagi darzlar yoʻq boʻlsa;
toshqol qorishmalarning yigʻindi uzunligi chok perimetrining 1/6 qismidan ortiq boʻlmaganda, uning chuqurligi quvur devori qalinligining 10% dan ortiq boʻlmasa;
qoʻshni kavaklar orasidagi masofa kamida devor qalinligining 3 karrasicha boʻlganda kovaklarning eng katta oʻlchami quvur devori qalinligiga nisbatan 20% dan oshmasa; qoʻshni kovaklar orasidagi masofa kamida devor qalinligining 2 karrasicha boʻlganda 15% ini; qoʻshni kovaklar orasidagi masofa kamida devor qalinligining 2 karrasidan kichikroq boʻlganda, lekin kovakning 3 karralik oʻlchamidan kam boʻlmaganda, 10% ni; qoʻshni kovaklar orasidagi masofa 500 mm lik chokning koʻpi bilan 30 mm li umumiy uzunlikdagi qismlarida kovakning 3 karrali oʻlchamicha boʻlganda, 10% ni;
Barcha hollarda kovakning eng katta oʻlchami 2,7 mm dan ortmasligi lozim.
Chok ildizida chuqurligi quvur devori qalinligining 10% cha, chok perimetrining 1/6 gacha yigʻindi uzunlikda, lekin 1 mm dan ortiq boʻlmagan mahalliy chala payvandga ruxsat beriladi.
Diametri 1000 mm va undan ortiq boʻlgan quvuroʻtkazgichning choklarida ichki payvandlash bajarilgan qismlarida chok ildizida chala payvandlarga ruxsat berilmaydi.
Avtomatik yoy payvand vositasida bajarilgan quvurlar aylanmaydigan choklarida chetlari boʻyicha qavatlar orasidagi chala payvandlarning yigʻindi uzunligi 350 mm uzunlikdagi chok qismida 50 mm dan oshmasligi lozim
Quvurlarning qirralari va burilishsiz choklardagi qatlamlar orasidagi, avtomatik yoy payvand vositasida bajarilgan choklardagi chala payvandlarning yigʻindi chuqurligi quvur devori qalinligining 10% idan oshmasligi, koʻpi bilan 1 mm boʻlishi lozim boʻlib, bunda nuqsonli qism uzunligi, 350 mm uzunlikdagi chok qismida 50 mm dan oshmasligi lozim.
4.33 Fizikaviy usullar bilan tekshirilgan IV toifa quvuroʻtkazgichlarning loaqal bitta choki boʻyicha qanoatlanursiz natijalar olganda, oldingi tekshiruvdan keyin bajarilgan payvandlash choklari ichidan qoʻshimcha ravishda oʻsha usulda 25% ni tekshirish lozim. Bu holda yaroqsiz payvandlashni bajargan brigada yoki payvandchi tekshiruv tugaguncha ishdan chetlatiladi. Agar takroriy tekshiruvda loaqal bitta chok qanoatlanursiz boʻlsa, brakka yoʻl qoʻygan payvandchi yoki brigadalar qaytadan sinovlar topshirgunlarigacha payvand ishlariga qoʻyilmaydilar, ularning oldingi tekshiruvdan keyin payvandlagan choklari 100% radiografik nazorat qilinadi.
4.34 Yoy usulida payvandlangan choklardagi nuqsonlarni tuzatishga quyidagi hollarda ruxsat beriladi:
agarda nuqsonli qismlarning yigʻindi uzunligi chok perimetrining 1/6 dan ortiq boʻlmasa;
agarda chokda oshkor qilingan darzlarning uzunligi 50 mm dan ortiq boʻlmasa.
Yigʻindi uzunligi 50 mm dan ortiq boʻlgan darzlar mavjudligida choklar bartaraf qilinadi.
4.35 Yoy usulida payvandlab bajarilgan choklardagi nuqsonlarni tuzatishni quyidagi usullar bilan bajarish lozim:
quvurning ichidan nuqsonli qismlarning chok ildizlarini payvandlash orqali;
tashqi va ichki kesilishlar taʼmirlanayotganda, balandligi 3 mm dan ortiq boʻlmagan ip gʻoʻlakchalarni eritib quyish orqali;
toshqol kirishmali va gʻovakli choklar qismlarini sayqallash va keyin payvandlash orqali;
darzi uzunligi 50 mm gacha boʻlgan chokni taʼmirlashda darzning chekkalaridan kamida 30 mm masofada har bir tomondan ikkita teshik parmalanadi, nuqsonli qismni toʻliq qirib tashlanadi hamda bir necha qatlam qilib qaytadan payvandlanadi;
tashqaridan qarab koʻzdan oʻtkazishda oshkor qilingan yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan nuqsonlar buzmaydigan usullar bilan nazorat oʻtkazilguncha bartaraf qilinishlari lozim.
4.36 Choklarning barcha tuzatilgan qismlari tashqi qarovdan, radiografik nazoratdan oʻtkazilishlari hamda ushbu boʻlimning 4.32-bandi talablarini qanoatlantirishlari lozim.
4.37 Choklarni fizikaviy usullarda tekshirish natijalarini xulosalar tarzida rasmiylashtirish lozim. Xulosalar, radiografik suratlar, ultratovush-defektoskopiyaning qayd qilingan natijalari hamda nazorat qilingan choklarda olingan ferromagnit tasmalar, quvuroʻtkazgichlarni ishga topshirilguncha dala sinov laboratoriyasida (DSL) saqlanadilar.
Quvuroʻtkazgichning burilish egrilarini tayyorlash va yigʻish
4.38 Quvuroʻtkazgichning chizigʻiy qismining tik va ufqiy tekisliklarda burilishlarini quvuroʻtkazgichning payvandlangan tolasini qayishoq eguv orqali yoki egri chizigʻiy qismlarini egik ajratkichlarni yigʻish orqali bajarish lozim.
Agar loyihaga koʻra, yoʻlning ayrim qismlarida, quvurlarni sovuq egish stanoklarida egish orqali yasash mumkin boʻlmagan kichik radiusli burilishlarni bajarish lozim boʻlsa, u holda burilish egrilarini issiq bukish orqali hosil qilingan keskin bukikli ajratmalardan hamda QMQ 2.05.06-97 ga mos tarzda bajarilgan shtamp payvand ajratmalardan koʻrish lozim.
4.39 Qiyshiq payvand choklarni dala sharoitlarida bajarish taqiqlanadi.
4.40 Quvuroʻtkazgichning qayishoq egiluv radiuslari loyihada koʻrsatiladi.
Mumkin boʻlgan eguvning eng kichik radiuslari 4-jadval asosida qabul qilinadi.
4.41 Tola tarzida payvandlangan quvuroʻtkazgichning qayishoq eguvining bevosita uni loyiha boʻyicha ochilgan xandaqda yotqizish paytida bajarish lozim.
4.42 Egilgan ajratmalarni bazaviy, zavod sharoitlarda hamda bevosita xandaqda yotqizish joyida ayrim quvurlardan yoki ikki quvurli boʻlmalardan yasash mumkin.
4.43 Faqat toʻgʻri chokli va choksiz quvurlarnigina sovuq egish mumkin.
Egik ajratmalarning yagonalashtirilgan radiuslari 5-jadvalga mos tarzda belgilanadi.
Izohlar:
1. Koʻrsatilgan radiuslar ajratmaning faqat egilgan qismiga oiddir.
2. Radius qiymatining Q5% ga chetlashuviga ruxsat beriladi.
4.44 Quvurlarni va ikki quvurli boʻlmalarni quvur egish dastgohlarida sovuq eguvda boʻylama payvand choklari eguvining betaraf tekisligiga joylash lozim.
4.45 Ikki quvurli boʻlmaning kamida 0,5 quvur diametricha masofadagi qismi halqaviy payvand chokdan ikkala tomonga egilmasligi lozim.
4.46 Quvurlarni quvur egish dastgohlarida egishning atrof-muhitning minus 20°S dan past boʻlmagan haroratida bajarilishi lozim.
4.47 Quvur egish dastgohlarida egik ajratmalarni tayyorlashga qoʻyimlar 6-jadvalda koʻrsatilgan chegaralarda boʻlishi lozim.
4.48 Quvuroʻtkazgichlarning chizigʻiy qismida egik ajratmalar yordamida bajariladigan egrilab burilishlarni (burilish burchaklarini) 3° gradatsiyada qadam bilan hamda yoʻlning tor joylarida 1° gradatsiyada qadamlab loyihalanadi.
Egik ajratmalarni 3° ga yoki 1° burchakka karrali qilib yasaladi.
4.49 Ajratmalar asosida yigʻiluvchi burilish egiklarini joylarda rejalash loyiha asosida bajariladi. Quvuroʻtkazgichlar burilishlarini aylana chiziq boʻyicha hamda radiuslarning oʻrtachalashtirilgan qiymatlari boʻyicha rejalash taqiqlanadi.
4.50 Burilish egrilarini yigʻishni egilgan ajratmalarning toʻgʻri uchlarini kesmasdan amalga oshiriladi.
4.51 Quvuroʻtkazgich toʻgʻri qismining burilish egrisiga keluvda quriluv uzilishi yuz bersa, u holda uzilishni egrini yotqizilgan quvuroʻtkazgich tolasiga surib yaqinlashtirish orqali emas, balki qoʻyim orqali toʻldiriladi.
5. QUVURLARNI VA QUVUR BOʻLMALARINI TASHISH
5.1 Quvurlarni va quvur boʻlmalarini koʻtargichlar va quvur yotqizgichlar vositasida yuklash va tushirishda traverslardan, arqonlardan va yumshoq sochiqlardan foydalanish lozim. Quvur va quvur boʻlmalarni tashlab yuborish yoki ularni temir yoʻl vagonlaridan va quvur tashigichlardan uchlaridan tortib sudrab tushirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Quvur va quvur boʻlmalarini faqat lagalarda dumalatishga ruxsat beriladi.
5.2 Quvurlar va quvur boʻlmalarini tashish uchun naqliyot turini va naqliyot vositalarini tashlashni yuklar hajmiga, tashish uzoqligiga, yil fasliga va mahalliy sharoitlarga bogʻliq ravishda texnik-iqtisodiy hisoblashlar natijalarini hisobga olgan holda bajarish lozim.
Naqliyot vositalari quvurlarni, quvur boʻlmalarini, uskunalarni va harakat xavfsizligini taʼminlovchi qurilmalar (koniklar, amortizatsiyalovchi qistirmalar va b.) bilan jihozlanishlari lozim.
5.3 Quvurlar va quvur boʻlmalarini sudrab tashish taqiqlanadi.
5.4 Avtomobil va traktorlarda tashiladigan quvurlar va quvur boʻlmalari chegaraviy miqdori mashinalarning yuk koʻtarish qobiliyati va quvurlarning oʻlchamlariga koʻra, 7-jadval boʻyicha aniqlanadi.
5.5 Burilish sohasidagi naqliyot mashinalarining toʻgʻri burchakli burilishga joylashuvi uchun yoʻlning zaruriy kengligi 8-jadval boʻyicha aniqlanadi.
5.6 Quvur boʻlmalarni qiyalik joylarda tashilayotganda ularning orqada osilgan qismining ruxsat etiladigan kattaligi 9-jadvalda koʻrsatilgan oʻlchamlardan ortiq boʻlmasligi lozim.
5.7 Uzunligi 24 m gacha boʻlgan quvur boʻlmalarni qiyaligi 10 — 15° boʻlgan togʻ joylarda tashishni gʻildirakli quvurtashigichlarda bajarish lozim. Qiyaligi 15° dan ortiq boʻlgan gusenitsali mashinalardan foydalanish lozim.
Yoʻlning alohida qiyin qismlarida va qiya joylarda navbatchi tortuvchi-traktorlar yoki oʻziyurar traktorchigʻirlar koʻzda tutilmogʻi lozim.
5.8 Quvurlar va quvur boʻlmalarini avtomobil naqliyoti vositalari bilan yigʻuv ishlari oʻrniga yetkazib borish imkoniyatlari yoʻqligida quvur boʻlmalarini gusenitsali naqliyot vositalariga koʻchirib yuklash oraliq punktlari koʻzda tutilishi lozim. Punktlarni joylashtirish oʻrinlarini naqliyot vositalarini aylanib olishi hamda ikki tomonlama yurishni hisobga olgan holda tanlash lozim.
Koʻchirib yuklash punktlari yuklash-tushirish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
5.9 Yuklarni dashtlar, yarim dashtlar, tundra va tayga orqali tashishda temiryoʻlning oxirgi stansiyalarida yoki bandargohlarda, shuningdek, materiallarni tashish yoʻllari trassasining naqliyot vositalarining koʻpi bilan bir kunlik oʻtish masofasida ichimlik va texnologik suv, oziq-ovqat, yoqilgʻi zaxiralari, koʻchma taʼminlash ustaxonalari, turar-joy va radio aloqa bilan taʼminlangan dala tayanchi punktlari tashkil qilinishi lozim.
6. MAGISTRAL QUVUROʻTKAZGICHLARNI KORROZIYADAN IZOLYATSIYAVIY QOPLAMALAR VOSITASIDA HIMOYA QILISH
Umumiy holatlar
6.1 Magistral quvuroʻtkazgichlarni ularni har qanday usulda yotqizishda (yer ostida,yer ustida, yerdan yuqorida, suv ostida) izolyatsiyalovchi qoplamalar bilan korroziyaga qarshi himoyani loyihaning, standartlarning, izolyatsiyalash va oʻrash materiallariga TSH ning, QMQ 2.05.06-97 ning hamda ushbu QMQning talablariga mos tarzda bajarish lozim.
6.2 Izolyatsiyalanmagan quvurlardan foydalanilganda, trassa sharoitlaridagi tozalash, gruntlash hamda quvuroʻtkazgichga izolyatsiyalovchi qoplama va himoya oʻramalari yopishtirish ishlari, qoidaga koʻra, ushbu boʻlimning va texnologik yoʻriqnomalarning talablariga mos tarzda mexanikalashtirilgan usul bilan bajarilishlari lozim.
6.3 Chok ulanmalari izolyatsiyalovchi qoplamalarning (zavod izolyatsiyali quvurlar ishlatilganda), taʼmirlangan qismlarning (shikastlangan izolyatsiyalovchi qoplamalarning), shuningdek yopiq armaturaning quvuroʻtkazgichga ulanish joylarining, fitinglarning, elektrkimyoviy himoya vositalari kabellarining himoya xossalari quvuroʻtkazgich qoplamalarining himoya xossalariga mos boʻlishi lozim.
Quvuroʻtkazgichlarni tozalash va suvash
6.4 Izolyatsiyalanuvchi quvuroʻtkazgichlarni ularga suvoq qatlamini yoki izolyatsiyalovchi qoplamni surish oldidan zangdan, tuproqdan, changdan, qordan, muzdan, qurumdan, moydan, mexanikaviy tozalash mumkin boʻlgan kuyindilarni va boshqa iflosliklardan tozalanishi lozim boʻlganda quritish va qizdirish lozim.
Yopishqoq polimer tasmali yoki qatron qoplamali quvuroʻtkazgichning tozalangan sirti Oʻzneftegazqurilish tasdiqlagan va buyurtmachi bilan kelishilgan andozaga, loq boʻyoq qoplamalilari — mavjud GOST lar talablariga mos boʻlishi lozim.
6.5 Quvuroʻtkazgichning tozalangan quruq sirti darhol, xatosiz, oquvlarsiz, tugunlarsiz va pufaklarsiz ravon suvoq qatlami bilan qoplanishi lozim.
6.6 Yopishqoq polimer tasmada yoki qatron mumli, izolyatsiyalovchi qoplamani, shuningdek loq-boʻyoq qoplamani suvash loyihaga va shu materiallarga TSH larga mos tarzda qoʻllanilishi lozim.
Yer osti va yer usti (koʻtarmalardagi) quvuroʻtkazgichlarni tuproqda korroziyadan himoyalash
6.7 Quvuroʻtkazgichlarga yopishqoq polimer tasmadan yoki qatron mumdan izolyatsiyaviy qoplamani, qoidaga koʻra, trassa sharoitlarida, izolyatsiyalash — yotqizish usulida qoʻshma tarzda bajariladi.
Quvuroʻtkazgichning suvalgan nam yoki chang sirtiga yopishqoq polimer tasmadan izolyatsiyalovchi qoplama qilish, shuningdek, qor, yomgʻir yogʻayotganda, tumanda, shamol, chang boʻroni paytida tozalash ishlarini bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6.8 Suvashning va polimer tasmalardan qoplamalar qilishning harorat chegaralari, shuningdek izolyatsiyalanayotgan quvurni va tasmani yopishtirish paytidagi isitishga talablar ushbu tur tasma uchun texnikaviy shartlar talablariga mos kelishi lozim.
6.9 Quvuroʻtkazgichga qatron mumni 10-jadval asosida havo haroratini hisobga olgan holda surtish lozim.
6.10 Qatron mumni 10-jadvalda koʻrsatilganidan (ushbu boʻlimdagidan) pastroq (lekin minus 30°S dan past boʻlmagan) haroratda ishlatilganda izolyatsiyalash-yotqizish ishlarini faqat qoʻshish usulida bajarish lozim; bunda quvuroʻtkazgichni, qoʻllanuvchi mum uchun ushbu jadvalda koʻrsatilgan haroratdan yuqori boʻlmagan musbat haroratlargacha isita borgan holda, hamda uni xandaq tubiga yotqizilganidan soʻng, darhol grunt bilan yopish orqali sovishdan saqlab turiladi.
6.11 Qatron mumlarni zavod sharoitlarida tayyorlash lozim; yoʻl sharoitlarida ularni qozonlarda, uzluksiz qorishtirib turgan holda, koʻpi bilan 200°S gacha qizdiriladi.
6.12 Qatron mumlarni dala sharoitlarida, istisno tarzida, mexanik aralashtirish uchun qurilmalar bilan jihozlangan qatron eritish qurilmalarida yoki koʻchma qozonlarda tayyorlash mumkin.
Qatron mumlarning tarkibi va ularni qoʻllash sohasi ushbu mumlarga oid GOST larga QMQ 2.05.06-97 talablariga mos tushishi lozim.
6.13 Qizdirilgan qatron mumni izolyatsiyalash ishlari bajariladigan joylarga keltirishni qizdirish qurilmalari bilan jihozlangan qatron tashigichlarda amalga oshirish lozim. Plyus 190 — 200°S haroratli qatron mumni qizdirilgan holatda bir soatdan ortiq hamda plyus 160 — 180°S haroratlisini uch soatdan ortiq saqlab turishga ruxsat berilmaydi.
6.14 Quvuroʻtkazgich sirtida namlik (shudring yoki qirov koʻrinishida) hosil boʻlganida suvashni va izolyatsiyalovchi qoplamani dastavval, quvuroʻtkazgichda qurum va boshqa iflosliklarning hosil boʻlishini istisno qiluvchi, quritish qurilmalarini vositasida quritishdan keyingina surtish lozim.
6.15 Oʻzaklovchi va oʻragich oʻram materiallarni izolyatsiya bilan bir vaqtda, bir-birining ustiga kamida 3 sm chiqarib, burmalamasdan va xalqoblamasdan (oʻsha izolyatsiyalovchi mashina vositasida) oʻraladi.
Oʻramaning ustma-ust chiqishi 10 — 15 sm ni tashkil qilishi lozim.
6.16 Bir qatlamli oʻrashda polimer tasmaning qoʻshni oʻramlarining ustga chiqishi kamida 3 sm boʻlishi lozim. Ikki qatlamli qoplama hosil qilish uchun oʻram oldingi qatlam kengligining 50% va plyus 3 sm ustiga chiqishi lozim.
6.17 Koʻtargich qismlarni, ajratmalar, uchlanmalar, katod chiquvlari, surilgichlar va sh. kabilarni loyihada belgilangandan quyidagi yopqichlar bilan izolyatsiyalash lozim:
yer osti qismida va yer ustida kamida 15 sm balandlikda — qatron mumlar yoki yopishqoq polimer tasmalar bilan;
yer usti qismida — quvuroʻtkazgichlarni atmosferaviy korroziyadan himoyalashda qoʻllaniladigan qoplamalar bilan.
Yer ustidagi quvuroʻtkazgichlarni atmosferaviy korroziyadan himoyalash
6.18 Yer ustidagi quvuroʻtkazgichlarni atmosferaviy korroziyadan himoyalashda moy surtmalarni VNIIST-2 uchun 40°S dan yuqori boʻlmagan hamda VNIIST-4 uchun esa, 60°S dan yuqori boʻlmagan haroratlarda surtish lozim.
Qoplamani surtish oldidan surtmaga 15 — 20% (massa boʻyicha) aluminiy kukunini qoʻyish lozim. Quvur sirtidagi moy surtma qoplamasining qalinligi 0,2 — 0,5 mm oraligʻida boʻlishi lozim. Moy qatlamini, qoidaga koʻra, mashinalar va moslamalar vositasida suriladi.
6.19 Ruh va aluminiy qoplamalarini (metallashni) quvurga barqaror sharoitlarda, trassa sharoitlarida esa, quvurlarning chok ulanmalarini hamda izolyatsiyaning shikastlangan joylarini qoplanadi.
6.20 Quvuroʻtkazgichlarga — lok-boʻyoq qoplamalarini atrof havoning 5°S dan past boʻlmagan haroratida surtiladi.
Boʻyash oldidan tozalangan sirtni benzin, atseton yoki uayt spirit bilan yogʻsizlash lozim.
6.21 Loyihaga mos tarzda 2-3 qatlam qilib surtilgan suvoq ustiga kamida ikki qatlam lok-boʻyoq qoplama surtish lozim. Suvoqning, boʻyoqning, sirning, lokning har bir navbatdagi qatlamini oldingi qatlam quritilgandan keyin suriladi.
6.22 Yer usti quvuroʻtkazgichlarning tayanch va boshqa metall konstruksiyalarini korroziyadan saqlashni QMQ 2.05.06-97 ning qurilish konstruksiyalarini va inshootlarini korroziyadan himoya boʻyicha qismining 3-bobi talablariga mos tarzda bajarish lozim.
Izolyatsiya qoplamalarining sifatini nazorat qilish
6.23 Magistral quvuroʻtkazgichlarning izolyatsiyaviy qoplamasi sifatini ularni yotqizish oldidan surtish davomida hamda quvuroʻtkazgichlarni yotqizgandan soʻng, 11-jadvalga mos tarzda buyurtmachining texnikaviy nazorati vakili ishtirokida pudratchi tekshirishi lozim.
6.24 Izolyatsiyalovchi qoplamada oshkor qilingan nuqsonlar, shuningdek, uning sifatini tekshirish paytida yuzaga kelgan izolyatsiya shikastlari tuzatilishi lozim.
7. QUVUROʻTKAZGICHNI HANDAQQA YOTQIZISH
Umumiy holatlar
7.1 Quvuroʻtkazgichni xandaqqa qabul qilingan texnologiya va ishlarni bajarish usuliga bogʻliq ravishda quyidagi uslublarda yotqiziladi:
quvuroʻtkazgichni bir vaqtning oʻzida uni mexanikalashtirilgan usulda izolyatsiyalash (izolyatsiyalash-yotqizish ishlarini qoʻshib bajarish usulida) orqali;
quvuroʻtkazgichning oldindan izolyatsiyalangan qismlarini xandaq bermasidan tushirish (ishlarni alohida-alohida bajarish usulida) orqali;
oldindan tayyorlab qoʻyilgan tolani xandaq boʻylab tortish va keyin tubga tushirish orqali.
7.2 Quvuroʻtkazgichni xandaqqa yotqizilayotganda quyidagilar taʼminlanishi lozim:
koʻtargich-quvuroʻtkazgichlarning miqdorini va joylashtiruvini toʻgʻri tanlash hamda quvuroʻtkazgichlarning oʻta zoʻriqishdan, sinishidan va pachoqlanishidan saqlash maqsadida quvuroʻtkazgichni yer ustida eng kam balandlikda koʻtargan holda ishni bajarishni taʼminlash;
quvuroʻtkazgich izolyatsiyasining saqlanishini taʼminlash;
quvuroʻtkazgichning xandaq tubiga butun uzunligi boʻyicha toʻliq yotishini;
quvuroʻtkazgichning loyihaviy joylashuvini.
7.3 Izolyatsiyalash-yotqizish ishlarini qoʻshma usulda amalga oshirishni relleli osmalar bilan taʼminlangan koʻtargich quvuroʻtkazgichlarni qoʻllash orqali bajarilishi lozim. Izolyatsiyalangan quvuroʻtkazgichni koʻtargich quvuroʻtkazgichlar yordamida izolyatsiyasidan koʻtarish lozim boʻlganda, yumshoq sochiqlardan foydalanish lozim.
7.4 Izolyatsiyalash va yotqizish ishlarini ayrim-ayrim tarzda bajarish usulida izolyatsiyalangan quvuroʻtkazgichlarni yumshoq sochiqlar bilan jihozlangan koʻtargich-quvuryotqizgichlar vositasida yotqizish lozim.
Koʻtargich — quvuroʻtkazgichlar ishlayotganida keskin silkinishlarga, quvuroʻtkazgichning xandaq devorlariga tegishiga va uning tubiga urilishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
7.5 Quvuroʻtkazgichning quduqdagi holatiga qoʻyimlar:
quvuroʻtkazgich bilan xandaq devori orasidagi eng kichik masofa (oraliq) — 100 mm, yuklar oʻrnatilishi yoki zulfin qurilmalar koʻzda tutiladigan joylarda D-0,45, DQ100 mm, bunda D — quvuroʻtkazgich diametri.
Quvuroʻtkazgichlarni ballastlash va mahkamlash
7.6 Quvuroʻtkazgichlarni ballastlash va mahkamlash konstruksiyasini tanlash loyiha bilan belgilanadi.
7.7 Qish faslida zulfinlarni oʻrnatishni, qoidaga koʻra, xandaqlardan grunt chiqarib olinishi bilanoq amalga oshirilishi lozim.
7.8 Quvuroʻtkazgichlarni loyihaviy belgilarga yotqizilganidan soʻnggina ularni mahkamlashni amalga oshirish lozim. Zulfin tortmalarga zoʻriqtirish belbogʻlarini ulashni ularni payvandlash yoki oʻzi tiqinlanuvchi qurilmalar vositasi yordamida amalga oshirish lozim.
7.9 Zulfin qurilmalarni izolyatsiyalashni baza yoki zavod sharoitlarida bajarilishi lozim. Trassa sharoitlarida zulfin tortuv bilan zoʻriqtirish belbogʻlarning ulanish joylarini izolyatsiyalashni amalga oshirish lozim.
7.10 Quvuroʻtkazgichga zulfin qurilmalarni oʻrnatish ishlari bajarilayotganda quyidagi qoʻyimlarga rioya qilish lozim:
zulfinlarni gruntga loyihada koʻrsatilganidan sayozroq oʻrnatishga ruxsat berilmaydi. Zulfinlarni 20 sm cha chuqurroq joylashtirish mumkindir;
zulfin qurilmalar oralaridagi masofalarni loyihada koʻrsatilganidan ortiqroq qilib olishga ruxsat berilmaydi. Koʻrsatilgan qurilmalar oralaridagi masofalarni 0,5 m gacha qisqartirish mumkin;
zulfinlarning qurilmada bir-birlariga mustahkam nisbiy siljishlari 50 sm dan ortmasligi lozim.
7.11 Zulfin qurilmalarning koʻtarish qobiliyatining nazoratini nazoratiy sugʻurib olishlar yoʻli bilan amalga oshirish lozim. Quvuroʻtkazgichlarda oʻrnatilgan zulfinlarning umumiy sonidan kamida 2 foizi sinalishi lozim. Sinashlar natijalari yashirin ishlarga oid pasport (dalolatnoma) tarzida rasmiylashtirilishi lozim.
7.12 Quvuroʻtkazgichdagi ogʻirlashtiruvchi yuklar yoki zulfin qurilmalar ostiga suvoq toʻshamalari yoki himoya oʻramalari joylashtirilishi lozim. Suvoq toʻshamasining konstruksiyasi yoki oʻrama turi loyihada koʻrsatiladi.
7.13 Quvuroʻtkazgichlarda yuklarni oʻrnatishning guruhiy usulidan yoki zulfin qurilmalarni oʻrnatishning toʻda usulida qoʻshni guruhlar oralaridagi masofalar 25 m dan ortmasligi lozim.
Quvuroʻtkazgichga egarsimon ogʻirlashtiruvchi yuklarni qiyalatib oʻrnatishga ruxsat berilmaydi.
8. QUVUROʻTKAZGICHLARNING TABIIY VA SUNʼIY TOʻSIQLARDAN OʻTUVINI QURISH
Umumiy holatlar
8.1 Ishlarni bajarish davomida koʻchma mexanikalashtirilgan kolonnalar tomonidan yoki majmuaviy oqim usulida ijro qilinishi mumkin boʻlmagan suv toʻsiqlardan, jarliklardan, temiryoʻl va avtomobil yoʻllaridan va boshqa muhandisiy kommunikatsiyalar orqali oʻtuvlarni shu kolonnalar yetib kelishi oldidan qurib tugallanishi lozim.
Suvosti oʻtuvlari
8.2 Loyiha tashkilotining daryo va koʻl aloqa yoʻllarini ishlatuvchi, baliq himoyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishuv asosida daryo oʻzanlari yoki suv havzalari sohasida suv ostidan oʻtuv ishlarini bajarishning usullari va muddatlari oʻtuv loyihasida koʻrsatilishi lozim.
8.3 Suv osti oʻtuvlarida xandaqlarni tayyorlash boshlanguncha quyidagilarni bajarish lozim:
loyihaviy yoʻlaklar va reperlarni tekshirish va mustahkamlash;
suv havzasi chuqurligini oʻlchash hamda daryo tubining amaldagi shaklini loyihada koʻrsatilganiga mosligini aniqlash;
daryo yoki suv havzasi qismini loyihada koʻrsatilgan suv osti handagi kengligida yuqoridan turib, tasodifiy toʻsiqlarni oshkor qilish maqsadida tekshiruvni bajarish.
Agar nazoratiy oʻlchashlar natijasida tubning amaldagi belgisi loyihada koʻrsatilgan qora belgilardan yuqoriroq ekanligi maʼlum boʻlsa, quvuroʻtkazgichni loyihaviy belgiga yotqizish uchun suv osti handagining chuqurligini orttirish lozim.
Agar tubning amaldagi belgilari loyihada koʻrsatilgan qora belgilardan pastroqda boʻlsa va, shuning bilan birga, tubning amaldagi belgisi bilan quvuroʻtkazgich ustining loyihada koʻrsatilgan belgilari orasidagi farq 1 m dan kamroq boʻlsa, quvuroʻtkazgich yotqizilishi lozim boʻlgan loyihaviy belgilar qaytadan hisoblanishlari lozim.
8.4 Suv toʻsigʻining kengligi 30 m dan ortiq yoki chuqurligi 1,5 m dan ortiq boʻlganda (suvning oʻrtacha ishchi sathida), gʻavvoslik ishlarini xavfsiz bajarishni hisobga olgan holda, suv osti xandaqlarining nishoblari tikligini 12-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.
Nishob tikligi 12-jadval boʻyicha qabul qilinadigan suv osti handagi uzunligi suv toʻsigʻi oʻzani kengligi plyus suv toʻsigʻining ishlanadigan nishob qirgʻoqlari uzunliklariga teng.
Suvli qirgʻoq xandaqlarining nishobi eng koʻp tikligini 13-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
Izoh. Nishoblar tikligi grunt suvlarini hisobga olingan holda berilgan
8.5 Suv sathining mumkin boʻlgan tebranishlarini hisobga olganda chuqurlik kemaning botishidan kam boʻlgan (tub ostida zaxira qoldirilgan holda) sayoz qismlarda suv osti xandaqlarining hisobiy kengligi loyihada kemaning kengligi va botishini hisobga olgan holda qabul qilinishi hamda qazigichlarning (yoki grunt tashuvchi shalandalarning) ishchi koʻchishlari chegarasida kafolatlangan chuqurliklarni taʼminlashi lozim.
8.6 Suv osti yer ishlari hajmlarini aniqlashda xandaq chuqurligi boʻyicha qoʻshimcha qazuvlarni hisobga olish lozim boʻlib, ularni QMQ 3.02.01-97 talablariga mos tarzda qabul qilinadi.
Qazib chiqarilayotgan grunt kema qatnoviga xalaqit bermasligi hamda oʻtish joyidagi barqarorlashgan daryo oqimi maromini buzmasligi kerak.
8.7 Suv ostida oʻtishlardagi portlatish va burgʻilab portlatish ishlari ishlarni bajarish loyihalariga, Davshahartexnika nazorati tasdiqlagan portlatish ishlarida yagona xavfsizlik qoidalariga hamda daryo va suv omborlarida suv osti-texnik ishlarini bajarishning xavfsizlik texnikasi qoidalariga toʻliq mos tarzda bajarilishi lozim.
Loyihalash va qurilish tashkilotlari suvosti oʻtuvlarida burgʻilash-portlatish ishlarini bajarishda daryo va koʻldagi yoʻllarni ishlatuvchi tashkilotlar, baliq himoyasi mahkamalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilishi lozim.
Loyiha tashkiloti burgʻilash-portlatish ishlarini bajarishning texnikaviy imkoniyatlarini qurilishning davlat muddatlarini hamda manfaatdor tashkilotlarning talablarini hisobga olgan holda masalalarni muvofiqlashtiradi.
8.8 Qurilish tashkiloti oldindan tayyorlab qoʻyilgan xandaqqa quvuroʻtkazgichni yotqizish oldidan buyurtmachining texnikaviy nazorati vakili ishtirokida xandaqning boʻylama shakli belgilarini tekshirishi lozim. Gruntning xandaq asosiga 50 sm chuqurlikkacha oʻpirilib tushishiga ruxsat beriladi.
Suv osti xandaqlarini tayyorlash ishlari tugallangan paytda quvuroʻtkazgich yotqizuvga tayyor boʻlishi lozim.
8.9 Suvosti quvuroʻtkazgichlarni betonlashni quyidagi asosiy usullar bilan bajarish mumkin:
har bir quvurni baza sharoitlarida betonlash (beton zavodida, poligonda) orqali;
quvuroʻtkazgichni yigʻish va joylash joyida qolipdan foydalangan holda (dala sharoitlarida) quvuroʻtkazgichlarni yaxlit temir-beton qoplama bilan betonlash orqali;
quvuroʻtkazgichni yigʻma ogʻirlatgichlar bilan (dala sharoitlarida) qoplash orqali.
Dala sharoitlarida betonlangan quvuroʻtkazgich bogʻlamini betonning loyihada yotqizish payti uchun koʻrsatilgan mustahkamlikka erishganidan soʻng, yotqizishga ruxsat beriladi.
8.10 Quvuroʻtkazgichning izolyatsiya qoplamalarini betonlash va yigʻma ogʻirlashtirgichlarni (xalqaviy temir iz va choʻyan yuklarni) yigʻuv paytida shuningdek, quvuroʻtkazgichni koʻchirish va yotqizishlarda mexanikaviy shikastlanishlardan saqlash uchun himoya oʻrovlar va yogʻoch tayoqlardan loyihada koʻzda tutilgan ihotalar yasash lozim.
8.11 Suvosti quvuroʻtkazgichini yotqizish oldidan, suvning, tabiiy sharoitda oʻlchangan amaldagi oqish tezligini, suvning chuqurligini va tushiruvchi uskunalarning shakllarini hisobga olgan holda yotqiziluvchi quvuroʻtkazgichda yuzaga keluvchi ustivorlikka va kuchlanishlarga tekshiruv hisoblashlari bajarilishi lozim. Amaldagi maʼlumotlar boʻyicha aniqlangan kuchlanishlar ishlarni bajarish loyihasida koʻrsatilganlardan ortiq boʻlmasligi lozim.
8.12 Suvosti quvuroʻtkazgichlarni suv toshqini, bahorgi muz koʻchishi va kuzgi muzlash paytida yotqizishga ruxsat berilmaydi.
Kuzgi muz toʻxtash davrida suvosti quvuroʻtkazgichlarni suvning oqish tezligi 0,5 l/s dan ortiq boʻlmaganda, uncha katta boʻlmagan (200 m gacha) suv toʻsiqlar orqali yotqizishga ruxsat beriladi.
8.13 Agar dastlabki nazoratiy oʻlchashlar va hisoblashlar orqali oʻzanga tabiiy tub belgisiga yotqizilayotgan quvuroʻtkazgichning egilish radiusi loyihada koʻrsatilgan qayishoq egilish radiusidan kichikligi aniqlansa, shundagina quvuroʻtkazgichni tubga yotqizib grunt bilan koʻmishga ruxsat beriladi.
8.14 Qiya qirgʻoqli suv havzasining tubiga quvuroʻtkazgichni yotqizishni tub boʻyicha tortuvchi vositalar yordamida sudrash usulida tushiruvchi sollardan foydalanish orqali yoki ularsiz bajarish lozim.
Quvuroʻtkazgich bogʻlamini yotqizish joyiga olib borish va tubga erkin tushirish orqali yotqizishga ruxsat beriladi. Botirishni quvuroʻtkazgichlarni suvga toʻldirish yoʻli bilan, shuningdek tushiruvchi sollarni arqonda keltirish yoʻli bilan choʻktirish orqali amalga oshirish mumkin. Gaz quvurlarini suvga toʻldirish yoʻli bilan yotqizishda, yotqizilgan bu gazquvurlardan suvni toʻliq chiqarib yuborish tadbirlari koʻrilishi lozim.
Ayrim hollarda quvuroʻtkazgichlarni suzuvchi tayanchlar (koʻtargichlar) dan foydalangan holda yotqizish usullari ishlatiladi.
Koʻrsatilgan usullarni yoki ularning kombinatsiyasini tanlashni qurilish tashkiloti loyihasida belgilanadi hamda ishlarni bajarish loyihasida aniqlantiriladi.
8.15 Yotqiziladigan quvuroʻtkazgich dastasining uzunligiga, quvuroʻtkazgich diametri va massasiga, shuningdek, qirgʻoq boʻyi joyining relyefiga bogʻliq ravishda tushirish yoʻlagi quyidagicha koʻrinishda qurilishi mumkin:
oʻtish yoʻlagidagi hududning tekislangan qismida rolik tayanchli tushirish yoʻlagi;
aravachali tor rels yoʻli;
aravachali qirgʻoq tor rels yoʻli;
suv bilan toʻldiriluvchi qirgʻoq handagʻi.
Quvuroʻtkazgichlar ayrim bogʻlamlarini maxsus tushirish qurilmalarisiz tekislangan grunt yoʻlidan sudrashda, qirgʻoq qismini albatta yaxshilab tekislanishi hamda izolyatsiya qoplamasining shikastlanishining oldini olinishi uchun zaruriy tadbirlar koʻrilishi lozim.
Quvuroʻtkazgichlarni sudrash usulida yotqizishda, quvuroʻtkazgichga uning boʻylama oʻqi boʻyicha yoʻnalgan itaruvchi zoʻriqtirishlar berilishi taqiqlanadi.
8.16 Yotqizilgan suv osti quvuroʻtkazgichini sinash oldidan uning suvosti handagʻi tubidagi holatini tekshirish lozim. Quvuroʻtkazgichlarning mavjud osiluvini grunt bilan yuvish yoki toʻldirish orqali bartaraf qilish lozim.
Quvuroʻtkazgichning amaldagi ustining loyihaviy belgidan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8.17 Suvosti aloqa kabelining birgalikda loyihada koʻzda tutilgandek suv osti quvuroʻtkazgichi bilan umumiy xandaqda yotqizishni suvosti handagʻi asosida, quvuroʻtkazgichni yotqizilganidan keyingi uning pastki yasovchisi sathida bajariladi. Kabelni quvuroʻtkazgich konstruksiyasidan kamida 0,5 m masofada, agar loyihada boshqa talablar koʻrsatilmagan boʻlsa, daryo oqimiga nisbatan pastroqda yotqiziladi.
8.18 Suvosti xandaqlarini koʻmish oldidan yotqizilgan quvuroʻtkazgich usti belgisining loyihada koʻrsatilganiga mosligi tekshiriladi.
Gazquvur ustining amaldagi belgilarini tekshiruvini unda suv yoʻqligi sharoitida bajarish lozim.
Suvosti handagʻiga yotqizilgan quvuroʻtkazgichni yopish materiali va qalinligini loyiha boʻyicha aniqlanadi. Yotqizilgan quvuroʻtkazgichni yopishni loyiha belgilarigacha bajarilib, shu kundagi suv havzasi tubi belgisidan yuqoriga chiqilmaydi.
8.19 Suvosti oʻtkazgichlarni qurishda qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarini gidrotexnik, naqliyot, energetik va meliorativ tizimlarni qurish boʻyicha QMQ talablariga mos tarzda bajarish lozim.
Avtomobil va temir yoʻllar ostidan oʻtishlar
8.20 Quvuroʻtkazgichlarning avtomobil va temir yoʻllar ostidan oʻtuvlarini qurish usullari, tartibi va bajarish muddatlarini pudratchi ushbu yoʻllarni ishlatuvchi tashkilotlar bilan muvofiqlashtirishi lozim.
8.21 Avtomobil yoʻllarida ochiq usulda himoya qobigʻini yotqizilayotganda toʻkma chegaralarida uni yopishni katlamlab zichlash orqali mineral gruntlar vositasida bajarish lozim.
8.22 Yoʻllar ostida himoya qobigʻini yotqizilayotganda, qobiqning joylashuv chuqurligini hamda uning oʻqining loyihaviy holatlardan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chetlashishlarini hisobga olgan holda holatini nazorat qilish lozim.
tik boʻyicha — loyihaviy nishobga rioya qilgan holda qobiqning toʻkma tashqarisida yotqizish chuqurligidan koʻpi bilan 5%;
ufq boʻyicha — himoya qobigʻi uzunligining koʻpi bilan 1%.
Yerusti oʻtuvlari va ayrim joylarda quvuroʻtkazgichlarni yer ustida yotqizish
8.23 Oʻtuvni yigʻishni, yigʻishning barcha bosqichlarida konstruksiyaning mustahkamligini, ustivorligini va oʻzgarmasligini taʼminlovchi yigʻish usulini va ketma-ketligini koʻrsatuvchi ishlarni bajarish loyihasiga mos tarzda ijro qilish lozim. Bunda quvuroʻtkazgichning yigʻuv zoʻriqishlari yigʻindi kattaligi quvur materiali oquvchanligi meʼyoriy chegarasining 90% idan ortiq boʻlmasligi lozim.
8.24 Kemayurar suv toʻsiqlari, sugʻorish kanallari, temir va avtomobil yoʻllari orqali yer usti oʻtuvlarni qurish boʻyicha ishlarni bajarish loyihasini tegishli ishlatuvchi tashkilotlar bilan muvofiqlashtirishi lozim.
8.25 Quvuroʻtkazgich sinovlarini oʻtkazganidan soʻng, oʻtuv konstruksiyasi barcha unsurlarini takroriy geodezik nazoratdan oʻtkazish lozim.
8.26 Toʻsin oʻtuvlar va yer ustida yotqizuv uchun qurilish-joylashtirish ishlarida loyiha oʻlchamlaridan yoʻl qoʻyiladigan chetlashishlar 14-jadvalda keltirilgan.
Ravoq, arqon va xovon oʻtishlarda qurilish-joylashtirish ishlarining loyihaviy oʻlchamlardan yoʻl qoʻyiladigan chetlashishlar loyihada koʻrsatilishlari lozim.
8.27 Quvuroʻtkazgichlarning koʻndalang payvand choklari yigʻuv jarayonida quvuroʻtkazgichning tayanch qismi tashqarisiga kamida 200 mm ga chiqarilishi lozim.
8.28 Quvuroʻtkazgichlarning yer usti qismlarini tutashtirilayotganda yigʻilayotgan tayanch rigellaridagi holatini tashqi havo haroratiga bogʻliq ravishda loyihaga mos ravishda aniqlash lozim.
8.29 Quvuroʻtkazgichning tayanch rigellaridagi holatini rostlashni yigʻuv paytida bajarish lozim. Quvuroʻtkazgichning sinovi tugaganidan soʻng, lozim boʻlganda qoʻshimcha rostlash amalga oshiriladi.
8.30 Togʻ ishlanmalari ustida yer usti quvuroʻtkazgichlari qurilishni loyihada koʻrsatilgan maxsus tadbirlar albatta bajarilgan holdagina amalga oshirilishi lozim.
9. QUVUROʻTKAZGICHLARNI ALOHIDA TABIIY SHAROITLARDA YOTQIZISH
Quvuroʻtkazgichlarni botqoqliklarda va suv bosgan joylarda yotqizish
9.1 Botqoqliklarni ularda qurilish texnikasining harakati tiynatiga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi:
birinchi — butunlayin torfga toʻlgan, solishtirma bosimi 0,02-0,03 Mpa (0,2-0,3 kgk/sm2) boʻlgan, botqoqlik texnikasining ishlatishga va koʻp karra koʻchishiga imkon beruvchi yoki odatdagi texnikaning shchitlar, sollar yordamida yoki qazilma qatlami sirtiga solishtirma bosimni 0,02 Mpa (0,2 kgk/sm2) gacha kamaytirishni taʼminlovchi yoʻllar yordamida ishlashiga imkon beruvchi botqoqliklar;
ikkinchi — butunlayin torfga toʻlgan, qurilish texnikasining faqat shchitlar, sollarda ishlashiga va koʻchishiga imkon beruvchi yoki qazilma qatlami sirtiga solishtirma bosimni 0,01 Mpa (0,1 kgk/sm2) gacha pasaytirish imkonini beruvchi yoʻllar yordamida ishlashiga imkon beruvchi botqoqliklar;
uchinchi — oquvchi torf va torf boʻlaklari suzib yurgan suvga toʻlgan, faqat maxsus texnikaninggina pontonlarda yoki odatdagi texnikaning suzish vositalari orqali ishlashiga imkon beruvchi botqoqliklar.
9.2 Quvuroʻtkazgichlarni yil fasliga, ishlarni bajarish usullariga, gruntning suvdorligiga, koʻtarish qobiliyatiga hamda qurilish joyining uskunalanganligiga qarab, yer ostida yotqizishni quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
xandaqning bermasidan yoki yoʻl tomondan;
oqizish orqali;
xandaq tubidan sudrash orqali;
botqoqlik sohalarida maxsus yaratilgan toʻkmaga joylash orqali.
Quvuroʻtkazgichni yotqizish usuli loyihada koʻrsatiladi.
9.3 Yerusti quvuroʻtkazgichiga asos yasash va koʻmish uchun kesimi oʻlchamlari 50 mm dan ortiq boʻlgan muzlagan kesakli gruntdan foydalanish taqiqlanadi.
9.4 Yerosti quvuroʻtkazgichlarni botqoqliklarda, trassaning suv bosgan joylarida hamda grunt suvlari sathlari yuqori boʻlgan joylarda qurilayotganda, quvuroʻtkazgichlarni bevosita suvga yotqizish, soʻngra loyiha belgilarigacha botirish va mahkamlashga ruxsat beriladi. Bunday quvuroʻtkazgichlarni yotqizish va ballastlashning muayyan joylari loyihada koʻrsatiladi hamda ishlarni bajarish loyihasi bilan aniqlashtiriladi.
9.5 Botqoqlikdagi xandaqqa yoz faslida yotqizilgan quvuroʻtkazgichlarni koʻmishni quyidagicha amalga oshiriladi:
botqoqlikda yurishga moslangan buldozer bilan, kengaytirilgan gusenitsali, trassa yoʻli boʻylab harakatlanuvchi sollardagi bir choʻmichli ekskavatorlar vositasida;
bevosita xandaqlar boʻyicha harakatlanuvchi sollardagi bir choʻmichli ekskavatorlar vositasida;
yengil koʻchma gidromonitorlar yordamida gruntni xandaqqa yuvib tushirish orqali.
Quvuroʻtkazgichlarni togʻ sharoitida yotqizish
9.6 Togʻ sharoitidagi ishlarni har bir ish joyida sel oqimlarining, togʻ toshqinlarining, tosh koʻchishlarning, davomatli jalalar va qor koʻchkilarining vujudga kelish ehtimoli eng kichik boʻlgan davrda bajarish lozim.
9.7 Qurilish davri uchun xavfsizlik, daraklash, avariya-qutqaruv, tibbiy yordam xizmati va boshqalar tashkil qilinishi lozim. Stixiya falokati (sel, suv toshqini, koʻchki va b.) vujudga kelish belgilari vujudga kelganda yoki maxsus xizmatlar bu haqida ogohlantirganda, odamlar va mashinalar darhol xavfsiz joyga olib chiqilishi lozim.
9.8 Nishobi 15° dan ortiq boʻlgan boʻylama qiyaliklarda ish olib borilayotganda, mashinalar zulfinlanishi lozim. Zulfinlar soni va ularni mahkamlash usuli loyihada koʻrsatiladi.
Buldozerlarning 35° gacha boʻlgan boʻylama qiyaliklarda zulfinlashsiz, ishlashiga ruxsat beriladi.
Boʻylama qiyaligi 100 dan ortiq boʻlgan qoya gruntlarda ish olib borilayotganda, ekskavatorlarning sirpanishga ustivorligi tekshirilishi lozim.
9.9 Trassaning togʻ daryolarini, sel oqimlari oʻzanlarini va jarliklarini kesib oʻtuvchi joylarida xandaqlar qazish, quvurlar va quvuroʻtkazgichlar boʻlmalarini jamgʻarish maqsadida keltirish va joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
9.10 Qiyaligi 15° gacha boʻlgan yonbagʻirlarda daraxtlarni qulatish yoʻnalishini, daraxtning qiyaligini va kelgusida shox-shabbalarni tashish usulini hisobga olgan holda tanlanadi.
Qiyaligi 15° dan ortiq boʻlgan yonbagʻirlarda daraxtlar uchini yonbagʻir quyiga tomon qulatish lozim.
9.11 Qiyaligi 22° dan ortiq boʻlgan, qish faslida esa, 15° dan ortiq boʻlgan nishobliklarda daraxt shoxlarini yonbagʻir boʻylab traktorlarda sudrashga ruxsat berilmaydi.
9.12 Quvuroʻtkazgichlarni koʻndalang qiyaligi 8° dan ortiq boʻlgan yonbagʻir joylarda qurishda loyiha boʻyicha tushish va chiqishli tokchalar yasalishi lozim.
Roʻparama-roʻpara uchrashuvchi mashinalar oʻta olishi uchun koʻpi bilan har 600 m dan soʻng, tokchalarda kirish (chiqish) joylari, yoki uzunligi kamida 15 m li kengliklar yasalishi lozim.
9.13 Koʻchki jarayonlar vujudga kelganda yoki ishlarni bajarilayotganda grunt tarkibi loyihaviy maʼlumotlarga mos kelmasligi oshkor boʻlganda barcha ishlar toʻxtatilishi hamda tegishli qarorlar qabul qilish uchun ish joyiga loyiha tashkilotining va buyurtmachining vakillari taklif qilinishi lozim.
9.14 Tepaliklar va jarliklar yonbagʻirlari kesilayotganda ajralgan gruntni loyihada koʻzda tutilgan joylarga olib ketilishi lozim.
9.15 Koʻndalang nishobi 8 dan 18° gacha boʻlgan yassi yonbagʻirlarda tokchalar qurilayotganda, gruntni surishni (dastavval yumshatish talab qilmaydigan yoki yumshatilgandan soʻng) buldozerlar yordamida bajarish lozim; koʻndalang nishobi 18° dan ortiq boʻlganda toʻgʻri kurakli bir choʻmichli ekskavatorlar vositasida; lozim boʻlganda ekskavatorni buldozer bilan birga ishlatish mumkin.
9.16 Tokchalar tayyorlashda qoya gruntlarini yumshatishni, portlash oʻrniga yaqin jinslarda darzlarning hosil boʻlish imkonini istisno qiluvchi shpur zaryadlarni portlatish orqali bajarish lozim.
Bir vaqtda portlatiluvchi yakka shpur zaryadlari guruhining yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan muqobil zaryadi massasi ishlarni bajarish loyihasi bilan belgilanishi lozim.
Tokchalarni hosil qilishda agʻdarish maqsadida yalpi portlatishdan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
9.17 Shpur usulida portlatish yoʻli bilan qoya gruntlarini yumshatish bir vaqtning oʻzida quvuroʻtkazgichlar handagi uchun va aloqa kabellari uchun ham bajariladi.
Aloqa kabeli uchun xandaq tayyorlashni quvuroʻtkazgichni koʻmilgandan keyin bajariladi.
Qoya gruntlaridagi xandaqlarning nishobligi tikligi loyihada koʻrsatiladi.
Quvuroʻtkazgichlarni ikkinchi tolasi uchun xandaqlar va tokchalar yasash uchun portlatish ishlarini bajarishda zaryad kattaligini mavjud quvuroʻtkazgichga seysmik taʼsirni hisobga olgan holda tanlash lozim.
9.18 Boʻylama 35° gacha qiyalikli, yumshatishni talab qilmaydigan gruntlarda xandaqlar yasashni birchoʻmichli yoki rotor ekskavatorlar bilan, dastavval yumshatilgan gruntlarda esa, birchoʻmichli ekskavator bilan bajarish lozim. 35° dan ortiq boʻylama qiyaliklarda esa, buldozerlar vositasida (tub boʻyicha xandaqlar kengligini buldozerning pichogʻi kengligiga teng deb qabul qilinadi) yoki loyihada va ishlarni bajarish loyihasida ishlab chiqilgan maxsus usullar bilan bajariladi.
22° dan ortiq qiyaliklarda birchoʻmichli ekskavatorlarning ustivorligini taʼminlash uchun ular toʻgʻri kurak bilan faqat qiyalik pastidan yuqoriga tomon, ishlash yoʻnalishida choʻmichi old tomonda boʻlgan tarzda, teskari kurak holida esa, faqat qiyalikning tepasidan pastiga tomon, ish yoʻnalishiga nisbatan choʻmichi orqada turgan holda ishlashga ruxsat beriladi.
Rotor ekskavatorlarda barcha hollardagi yuqoridan pastga tomon bajarilishi lozim.
9.19 Xandaqda yopma choklarini va panjaralarini payvandlash oʻrinlarida yonbagʻirning yuqorisi tomon, xandaq devorlarining qulab tushishiga qarshi zaruriy tadbirlar koʻrilgan holda, kengayishlar yasash lozim.
9.20 Xandaqlarning ishlovi tugaguncha quvurlarni tokchalarga joylashga ruxsat berilmaydi.
Xandaqlardan chiqarilgan yoʻl sohasida joylashgan holda mashinalarning ishini taʼminlash uchun dastavval gruntning tokcha boʻyicha tekislab joylashtirish lozim.
9.21 Quvuroʻtkazgichlarni tozalash, izolyatsiyalash hamda 15° ortiq qiyalikli boʻylama qiyaliklarda yakka yoki qoʻshma usulda yotqizishda quvuroʻtkazgichlarning, quvur yotqizgichlarning, tozalov va izolyatsiyalash mashinalarining boʻylama koʻchishlariga qarshi tadbirlar koʻrilishi lozim.
Quvuroʻtkazgichlarning 30° dan ortiq qiyaliklarda tozalash va izolyatsiyalashda kolonnadagi quvur yotqizgichlar soni, meʼyoriy sharoitlarda ishlarni bajarish holatdagi ularning miqdoridan bitta quvuryotqizgich qadar ortiq boʻlishi lozim.
9.22 Qiyaligi 20° gacha boʻlgan yon bagʻirlarda quvur va quvuroʻtkazgichlar boʻlmalarini tola tarzida yigʻish va payvandlashni, quvur va boʻlmalarni yuqoridan pastga tomon uzatish bilan pastdan yuqoriga tomon bajara borish lozim; bundan ortiq tikliklarda — oraliq ufqiy maydonchalarda yoki togʻning ufqiy choʻqqilarida yigʻiladi va kelgusida quvuroʻtkazgichlarning tayyorlangan bogʻlamalarini ish joyiga uzatiladi.
9.23 Quvuroʻtkazgichlarning tolasini xandaq ustida joylangan koʻndalang tagliklarda yigʻish payvandlashni 18° dan ortiq tiklikni yonbagʻir joylarda mexanizmlarni keltirish uchun yarim toʻkmalardan foydalanishning iloji boʻlmaydigan hollarida, bajarishga ruxsat beriladi; ushbu hollarda quvurlardan payvandlab boʻlma tuzishni yonbagʻirga qoʻshni qulay joylarda bajarish hamda quvuroʻtkazgichlar boʻlmasini yotqizish oʻrniga keltirish mumkin.
Quvuroʻtkazgichlarni tonnellarda yotqizish
9.24 Tonnel yasash boʻyicha qazish va umumqurilish ishlarini, shuningdek, ularni vaqtinchalik mahkamlashni temir yoʻl, avtoyoʻl va gidrotexnik tonnellar va metropolitenlar boʻyicha QMQ talablariga mos tarzda bajarish lozim.
9.25 Portlash ishlari bajarilganidan soʻng, tonnellarda sunʼiy shamollatish uyushtirish lozim.
9.26 Tonnellarda quvuroʻtkazgichlarni yigʻuvchi tonneldan tashqarida asta-sekin oʻstirib boriluvchi tolani doimiy yoki vaqtinchalik tayanchlar orqali sudrash orqali bajarish lozim.
9.27 Quvuroʻtkazgichlarning dastlabki gidravlik sinovini bevosita tonnelda bajarish lozim.
Quvuroʻtkazgichlarni choʻkuvchi gruntlarda yotqizish
9.28 Xandaqlarni II tur choʻkuvchanlikni gruntlarda qazishni loyihada koʻzda tutilgan, sirtiy suvlarning olib ketilishini taʼminlovchi hamda ularning qurilish davrida ham, ishlatish davrida ham xandaqqa tushishini oldini oluvchi ishlar tugaganidan keyingina bajarishga ruxsat beriladi.
II tur choʻkuvchanlikni gruntlarda xandaqni qazishni quvuroʻtkazgichni darhol (bir ish kuni davomida) yotqizishni va koʻmishni koʻzda tutgan holda bajarish lozim.
9.29 I tur choʻkuvchanlikli gruntlarda xandaqni qazishni odatdagi choʻkmaydigan gruntlar holidagidek olib boriladi.
9.30 Xandaqlarni II tur choʻkuvchanlikli gruntlar bilan yopishni gruntning tabiiy zichligigacha zichlash orqali bajarilishi lozim.
Quvuroʻtkazgichlarni qum barxanlarida, sugʻoriladigan yerlarda hamda qum oʻralarni kesib oʻtuvda yotqizish
9.31 Barxan va qator qumliklarda qurilish polosasining butun kengligi boʻyicha, barxanlarning koʻchuvchi qismini yoʻqotib, ularni qatorlar orasi sathigacha pasaytirish, shuningdek qurilish kolonnalarining va naqliyot vositalarining moneliksiz oʻtishini taʼminlash maqsadida rejalashtirish bajarilishi lozim.
Barxanlarning olib ketiladigan qismi qurilish polosasidan tashqarida qatorlar orasida joylashtirilishi lozim.
Rejalashtirish hajmi loyihada koʻrsatiladi.
9.32 Sochiluvchan quruq qumlar holida, xandaqlarning toʻlib qolishining oldini olish maqsadida, ularni qazishni bir ish kunidan ortib qolmaydigan miqdorda bajarish lozim.
9.33 Sugʻoriladigan yerlarda ishlarni, qoidaga koʻra, sugʻorishlar toʻla toʻxtagan davrda bajarish lozim, boshqa vaqt oraliqlarda esa, yerdan foydalanuvchi bilan kelishgan holda bajariladi.
9.34 Sugʻoriladigan yerlarda quvuroʻtkazgichlarni qurish ishlari boshlanguncha, qurilish polosasini sugʻorish suvlaridan saqlash boʻyicha, shuningdek, kanallardan va kesib oʻtiluvchi sugʻorish tizimining boshqa inshootlaridan keluvchi suvlarni oʻtkazib yuborish boʻyicha tadbirlar bajarilishi lozim.
9.35 Qum oʻralarni toʻkmalarni ikki bosqichda oʻrnatish lozim, -avvalo, toʻkma boʻyicha yurishni taʼminlagan holda quvur tubi loyihaviy belgisigacha balandlikda, soʻngra, quvuroʻtkazgichni loyihaviy holatda yotqizilganidan keyin toʻkmani loyihaviy belgigacha koʻtarish lozim.
10. QUVUROʻTKAZGICHLARNI YER OSTI KORROZIYASIDAN ELEKTRKIMYOVIY HIMOYALASH
10.1 Quvuroʻtkazgichlar elektrkimyoviy himoyasini va elektruzatish taʼminot liniyalarining barcha qurilmalarini (inshootlarini) oʻrnatishni, shuningdek, ularni ulashni va sozlashni quvuroʻtkazgichlarni ishga topshirish paytigacha toʻliq tugallash lozim.
10.2 Quvuroʻtkazgichlarning loyihada koʻzda tutilgan elektrkimyoviy himoya qurilmalarini kezuvchi tok zonasida quvuroʻtkazgich qismi yotqizilgandan soʻng, koʻpi bilan bir oy ichida, qolgan hamma hollarda — ishchi qabul hayʼatlari ishi boshlanguncha ishga tushirish lozim.
10.3 Qurilish tashkiloti quvuroʻtkazgich trassasi boʻyicha nazoratiy-oʻlchagich punktlarini izolyatsiyaviy qurilmalarni katodiy qutblanish usulida tekshirguncha oʻrnatishi va sinab koʻrishi lozim.
10.4 Nazoratiy-oʻlchagich punktlarning tutashtirgich va simlarini boshqa inshootlarga ulashni, zovur kabelini elektrlashtirilgan rels naqliyotining (elektrlashtirilgan temir yoʻllar, tramvay-ning) tok tashuvchi qismlariga ulashni bunga ruxsat mavjud boʻlganda hamda tegishli ishlatish tashkilotining vakillari ishtirokida bajarish lozim.
10.5 Elektr himoya qurilmalariga, nazoratiy-oʻlchagich punktlariga va boshqa elektr asboblarga kiritiluvchi kabel va simlarni loyiha hujjatlariga mos tarzda qurilish-yigʻuv tashkiloti tomonidan tamgʻalanishi lozim.
10.6 Elektrkimyoviy himoya qurilmalari va nazoratiy-oʻlchagich punktlari simlarini quvuroʻtkazgichga payvandlashni quyidagicha amalga oshirish lozim:
quvuroʻtkazgich sirtiga termit yoki yoy payvand vositasida — uzilishga meʼyoriy, vaqtiy qarshiligi 539 MPa (55 kgk/mm2) boʻlgan quvurlar uchun;
quvuroʻtkazgich sirtiga mis termitdan foydalangan holda faqat termit payvandlash vositasida yoki boʻylama xalqaviy choklarda elektryoy payvandlash vositasida — uzilishga meʼyoriy vaqtiy qarshiligi 539 MPa (55 kgk/mm2) va ortiqroq boʻlgan quvurlar uchun.
10.7 Elektrkimyoviy himoya qurilmalarini qurishda ularni joylashtirish va ulash joylaridan loyihada quyidagicha chetlashishlarga ruxsat beriladi:
katodiy stansiyalar, elektrdrenajlar va chuqurlik anod yerlashlar uchun -0,5 m dan ortiq boʻlmagan radiusda;
protektorlar va anodiy yerlagichlar, shuningdek ulagich kabelining quvuroʻtkazgichga hamda nazoratiy-ulagich punktlari ulanish joylari koʻpi bilan 0,2 m;
ulagich simlarning va drenaj kabellarning quvuroʻtkazgichga ulanish joylari unga ulangan eng yaqin nazoratiy-ulagich kamida 6 m masofada boʻlishi lozim;
xandaqda yerlagichlardan, protektorlarni oʻrnatishda hamda ulagich kabellarni va simlarni joylashtirishda yotqizish loyihaviy chuqurligini koʻpi bilan 0,1 m ga oshirish mumkin, biroq yotqizish loyihaviy chuqurligini kamaytirishga ruxsat berilmaydi.
10.8 Elektrkimyoviy himoya tizimini qurish qurilish-yigʻuv ishlarining tayyor boʻlishi davomida pudratchi qurilish-yigʻuv tashkiloti quyidagilarni bajarishi lozim:
anod va himoya yerlanishlarini sirqishga qarshiligini, kabel liniyalarining qarshiligini oʻlchashi, — ular loyihaviy qiymatlaridan ortiq boʻlmasliklari lozim;
kabel izolyatsiyasining qarshiligini oʻlchashi, — u kamida loyihaviy va pasport qiymatlaridek boʻlishi lozim;
nazoratiy oʻlchagich punktlarining elektrik kontaktlarini tekshirish;
transformator moyini sinashi, — u texnikaviy shartlarga mos boʻlishi lozim;
elektr uzatish havo liniyalari simlarining osilish yoylarini tekshirishi, — ular loyihaviy qiymatlardan ±5% dan ortiq farq qilmasliklari lozim.
10.9 Sinov ishlarini ikki bosqichda amalga oshirish lozim:
ayrim himoya qurilmalarini yakka tarzda sinash;
butun obyektni yaxlit holda korroziyadan elektrkimyoviy himoya tizimini majmuaviy sinash.
10.10 Elektrkimyoviy himoya ayrim qurilmalarining yakka tarzda sinashni qurilish-yigʻuv tashkiloti ularni yigʻish tugallanishi sari tayyorlovchi-zavod va loyiha talablariga mos tarzda buyurtmachi va manfaatdor vakillari ishtirokida bajarishi lozim.
10.11 Yakka tarzdagi sinashni anodiy-yerlashni yigʻish tugaganidan kamida 8 kun oʻtganidan keyin bajarish lozim. Bu ishlar jarayonida amaldagi himoyaviy va anodiy yerlashtirish sirqishiga qarshilik qiymatining loyihaviy qiymatlari mosligi tekshiriladi hamda katodiy qurilmalarni kamida 72 soat mobaynida maksimal maromda sinaladi.
72 soat sinovdan soʻng himoya qurilmasi barcha qismlari va unsurlarining holati tekshirilishi, har bir qurilmaga pasport tuzilishi hamda uskunaning buyurtmachi tomonidan qabul qilinganligi yuzasidan dalolatnoma tuzilishi lozim.
10.12 Ikkita va undan ortiq obyektlarning birgalikdagi elektrkimyoviy himoyasini sinash boʻyicha ishlarni qurilish-yigʻish tashkiloti buyurtmachi va manfaatdor tashkilotlarning vakillari ishtirokida bajarilishi lozim boʻlib, bunda himoya tashkil qilishning zararli taʼsiri yoʻqligini tekshirish boʻyicha nazoratiy oʻlchashlarga dalolatnoma tuzilishi lozim.
10.13 Elektrkimyoviy himoya tizimini ularning ishga tushirishga tayyorligini aniqlash uchun bajariladigan majmuiy sinov ishlarini buyurtmachi qurilish va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiradi.
10.14 Ishga tushirish-sozlash ishlarida har bir elektr himoya qurilmasi uchun quyidagilarni bajarish lozim:
har bir himoya qurilmasining drenaj nuqtasida loyiha maʼlumotlariga mos tok kattaligida himoya zonasi uzunligini va “quvurer” potensiallarini aniqlash;
elektrkimyoviy himoya qurilmasi chiqishidagi kuchlanishning eng kichik, eng katta va oraliq maromlarida drenaj nuqtasidagi “quvurer” potensiallarini va tok kuchini aniqlash;
himoya qurilmasi ishining loyihalangan ish maromida qoʻshni yer osti kommunikatsiyalar va aloqa kabellariga taʼsirini baholash.
10.15 Ishga tushirish-sozlash ishlari jarayonida uning eng katta chiquv kuchlanishining yarmi uchun elektrkimyoviy himoyaning har bir qurilmasi himoya zonasining amaldagi uzunligi loyihaviy qiymatdan kichik boʻlishi lozim, bunda drenaj nuqtalaridagi “quvurer” potensiallar GOST 9.015-74* talablariga mos boʻlishi lozim.
10.16 Yaxlit tarzda butun obyektni korroziyadan elektrkimyoviy himoya tizimining majmuiy sinalishi tugallangandan soʻng, ishchi hayʼatning elektrkimyoviy himoya tizimini ishlatish maromlari boʻyicha tavsiyalar bilan birga, uning tugallangan qurilishini qabuli haqida dalolatnomasi tuzilishi lozim.
10.17 Agar elektrkimyoviy oʻlchashlar maʼlumotlari ularning quvvati yetarli emasligini, quvuroʻtkazgichlarni izolyatsiyalash sifatsiz bajarilganini yoki ishchi chizmalar talablariga toʻliq rioya qilinganda ham himoya qurilmalarining loyihaviy koʻrsatkichlariga erishishning imkoni yoʻqligini koʻrsatsa, u holda buyurtmachi, loyiha tashkiloti va bosh pudratchi oʻzaro kelishilgan muddatlarda quvuroʻtkazgichni yerosti korroziyasidan zaruriy himoyasini taʼminlash boʻyicha tadbirlar koʻrishlari lozim.
10.18 Butun obyektni yaxlit tarzda korroziyadan himoya tizimini navbatdagi rostlashni, uni ishga qabulidan soʻng, kamida 56 oy oʻtganidan, lekin birinchi yil ishlatish davridan kechikmay, ishlatuvchi tashkilot bajaradi.
11. QUVUROʻTKAZGICHLARNING ICHINI TOZALASH VA SINASH
Umumiy holatlar
11.1 Magistral quvuroʻtkazgichlar ishga tushirilguncha ichi tozalanishi, mustahkamlikka sinalishi hamda germetiklikka tekshirilishi lozim.
11.2 Quvuroʻtkazgichlarning ichini tozalashda va ularni sinashda haydaluvchi mahsulotlardan foydalanilgan holda sinovlarda tegishli ishlatuvchi tashkilotlar ishtirok qilishlari lozim.
11.3 Quvuroʻtkazgichlar ichini tozalashni, shuningdek ularni mustahkamlikka sinalishi va germetiklikka tekshirishni ishlashning mahalliy sharoitlarni aks ettiruvchi maxsus yoʻriqnoma boʻyicha hamda bosh pudratchining, kichik pudratchi tashkilotlarning, buyurtmachining yoki uning texnik nazorati mahkamasining vakillaridan tashkil topgan hayʼat rahbarligida amalga oshirish lozim.
Magistral gazoʻtkazgichlarni sinashda hayʼat tarkibiga Davgaznazorati vakili ham kirishi lozim.
Quvuroʻtkazgichni sinash boʻyicha hayʼatni bosh pudratchi bilan buyurtmachining buyrugʻi yoki ulardan yuqoridagi tashkilotlarning qoʻshma buyrugʻi asosida tayinlanadi.
11.4 Maxsus yoʻriqnoma buyurtmachi va qurilish-yigʻuv tashkiloti tomonidan muayyan quvuroʻtkazgich uchun, ishlarni bajarishning mahalliy sharoitlarini hisobga olgan holda tuziladi, loyiha tashkiloti bilan muvofiqlashtiriladi hamda hayʼat raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Tabiiy gazdan foydalanishga moʻljallangan magistral quvuroʻtkazgichlar ichini tozalash, mustahkamlikka sinash va germetiklikka tekshirish maxsus yoʻriqnomasi Davgaznazorati bilan muvofiqlashtirilishi lozim.
11.5 Magistral quvuroʻtkazgichlar ichini tozalash, mustahkamlikka tekshirish maxsus yoʻriqnomasi quyidagilarni koʻzda tutishi lozim:
ishlarni bajarish usuli, koʻrsatkichlari va ketma-ketligini;
ishlamay qolishlarni (tozalash moslamasining tiqilib qolishi, sirqishlar, yorilishlar va b.) oshkor qilish va bartaraf qilish;
aloqani tashkil qilish tuzilmasini;
yongʻin, gaz, texnik xavfsizlik talablarini hamda himoya sohasi oʻlchamlari haqida koʻrsatmalarni.
11.6 Uzluksiz aloqa mavjud boʻlmaganda quvuroʻtkazgich ichini tozalashni, shuningdek mustahkamlikka sinashlarni oʻtkazish hamda ularni germetiklikka tekshirish man qilinadi.
11.7 Tabiiy gazdan magistral quvuroʻtkazgichlarning ichini tozalashda va sinashlarda faqat favqulodda hollardagina bosh pudratchining “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi bilan kelishuvi asosidagina foydalanishga ruxsat beriladi.
11.8 Quvuroʻtkazgichni shamollatishda yoki sinashda tabiiy gazdan foydalaniladigan barcha hollarda quvuroʻtkazgichdagi havo siqib chiqarilishi lozim.
Gazquvurdan chiqayotgan gazhavo aralashmasidagi gaz taxlillagich vositasida aniqlanuvchi kislorod miqdori 2% dan ortiq boʻlmasligi lozim.
Quvuroʻtkazgichlar ichini tozalash
11.9 Sinashlar boshlanguncha quvuroʻtkazgich ichi kuyindi va qirindilardan, shuningdek qurilish paytida tasodifan kirib qolgan gruntdan, suvdan va turli buyumlardan tozalanishi lozim.
11.10 Quvuroʻtkazgichlarning ichi quyidagi usullardan biri yordamida tozalanadi:
tozalovchi porshenni yoki porshen-ajratgichlarni oʻtkazib yuvish orqali;
tozalovchi porshenni yoki lozim boʻlganda, porshen-boʻlgichlarni oʻtkazib puflash orqali;
tozalovchi porshenlarni oʻtkazmasdan puflash orqali.
Neftoʻtkazgichlarning, gazoʻtkazgichlarning va neft mahsulotlarini oʻtkazgichlarning chizigʻiy qismlari va lupinglari ichi qirgʻich-boʻlgichni oʻtkazish bilan havo haydash orqali tozalanishi lozim.
11.11 Yerosti quvuroʻtkazgichlarni tozalash, yotqizish va koʻmishdan soʻng bajarilishi lozim:
yerdagi quvuroʻtkazgichlarni yotqizish va oʻrashdan keyin;
yer ustidagilarni — tayanchlarda oʻrnatish va mahkamlashdan soʻng.
11.12 Ichki markazlagichlarsiz yigʻiluvchi quvuroʻtkazgichlarni tola qilib yigʻish jarayonida tozalash moslamalarini sudrash orqali quvur ichini dastlabki tozalashni bajarish lozim.
11.13 Tozalash porshenlarini yoki porshen-boʻlgichlarni oʻtkazish orqali yuvishni, loyihada gidravlik usulda sinash koʻzda tutilgan quvuroʻtkazgichlarda bajarish lozim.
11.14 Quvuroʻtkazgichlarni yuvishda tozalash porshenlari yoki porshen-boʻlgichlar oldida tozalanuvchi qism boʻshligʻi hajmining 10% hajmicha suv boʻlishi lozim. Tozalash porshenlari yoki porshen-boʻlgichlarning koʻchish tezligi yuvish paytida kamida 1 km/soat boʻlishi lozim.
11.15 Tozalash porshenlarini oʻtkazish bilan shamollatishni yer ustida va yer ostida yotqiziladigan, 219 mm va undan ortiqroq diametrli quvuroʻtkazgichlarda bajarilishi lozim.
11.16 Shamollatishda tozalash porshenlari resiverdan (ballondan) keluvchi va yaqin sohalarda tayyorlanuvchi qisilgan havo yoki gaz bosimi ostida quvuroʻtkazgichning chizigʻiy armaturalari orasidagi masofadan katta boʻlmagan oraliqli joylardan oʻtkaziladi.
Resiverdagi havoning (yoki gazning) bosimi resiver va shamollatiluvchi orasidagi uzunliklar nisbati 1:1 boʻlganda 15-jadvaldan aniqlanadi.
11.17 Tayanchlarda oʻrnatiladigan quvuroʻtkazgichlarda shamollatishni porshen-boʻlgichlarni oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Porshen-boʻlgichlarni siqilgan havo yoki tabiiy gaz bosimi ostida uzunligi 10 km dan ortiq boʻlmagan qism orqali 10 km/soat dan ortiq boʻlmagan tezlikda oʻtkazish lozim. Porshen-boʻlgichlarni oʻtkazilganidan soʻng, iflosliklarni toʻliq olib ketish tozalash moslamalarini oʻtkazmasdan, havoning (yoki gazning) tez oqimlarini oʻtkazmasdan, havoning (yoki gazning) tez oqimlarini yaratib shamollatish orqali amalga oshiriladi.
11.18 Tozalash porshenlarini oʻtkazmasdan shamollatishni 219 mm dan kichik dimetrli quvuroʻtkazgichlarda yaqin joylarda hosil qilingan havo yoki gazning resiverdan beriladigan oqimlari vositasida amalga oshiriladi.
Resiverning va shamolatiluvchi qismlar uzunliklari kamida 2:1 nisbatda boʻlganida havoning yoki gazning bosimi 15-jadvaldan aniqlanadi.
Tozalash porshenlarini oʻtkazmasdan shamollatiladigan quvuroʻtkazgich qismining uzunligi 5 km dan ortiq boʻlmasligi lozim.
11.19 Suv toʻsiqlaridan oʻtishlardagi quvur ichini qayishoq porshen-boʻlgichlarni oʻtkazish yoʻli bilan quyidagicha amalga oshiriladi:
gazoʻtkazgichlarda — dastlabki gidravlik sinash uchun suvga toʻldirish jarayonida yuvish orqali yoki oʻtishlarni sinash oldidan bajariluvchi shamollatish orqali;
neftoʻtkazgichlarda — oʻtishlarni gidravlik sinash uchun quvuroʻtkazgichlarni suvga toʻldirish jarayonida.
11.20 Puflovchi tumshuqdan tozalash moslamasi ketganidan soʻng havo yoki gazning ifloslanmagan sharrasi chiqsa, tozalash tugallangan hisoblanadi.
Quvuroʻtkazgichdan tozalash moslamasi chiqib ketganidan soʻng, ifloslangan havo yoki gaz sharrasi chiqsa, u holda shu qismni qoʻshimcha tozalash lozim.
Agar puflash tumshugʻidan tozalash moslamasi chiqib ketganidan soʻng suv chiqsa, u holda quvuroʻtkazgich boʻyicha qoʻshimcha tarzda porshen-boʻlgichni oʻtkazish lozim.
11.21 Quvuroʻtkazgichni puflanayotgandachizigʻiy armaturadan iflosliklarni va tozalash porshenlarini oʻtkazish va chiqarib yuborish man qilinadi.
11.22 Puflash yoki yuvish jarayonida quvuroʻtkazgichda tozalash moslamasi tiqilib qolgan holda, ushbu moslama quvuroʻtkazgichdan chiqarib olinishi va quvuroʻtkazgichning shu qismi takror puflanishi yoki yuvilishi lozim.
11.23 Quvuroʻtkazgich ichini istalgan koʻrsatilgan usullar bilan tozalashdan soʻng, tozalangan qismning uchiga vaqtinchalik inventar yopqich oʻrnatiladi.
Quvuroʻtkazgichlarni sinash
11.24 Magistral quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka sinashni va germetiklikka tekshiruvni uchastka yoki butun quvuroʻtkazgich toʻliq tayyor boʻlganidan keyin (toʻliq yopilganidan, oʻrashdan yoki tayanchlarda mahkamlashdan, ichini tozalashdan, armaturani va asboblarni oʻrnatishdan, katodiy chiqaruvlardan hamda sinalayotgan obyektga ijroiya hujjatlarni tekshirilganidan soʻng) oʻtkazish lozim.
11.25 Quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka sinovni va germetiklikka tekshiruvni gazoʻtkazgichlar uchun gidravlik (suv, muzlamaydigan suyuqliklar bilan) yoki pnevmatik (havo, tabiiy gaz bilan) usulda hamda neft va neft mahsulotlari oʻtkazgichlari uchun gidravlik usulda bajarish lozim.
Gazquvurlarni togʻ va past — balandlik joylarda sinashlarni majmuiy usulda (havo va suv bilan yoki gaz va suv bilan) oʻtkazishga ruxsat beriladi.
Quvuroʻtkazgichlarni havoning manfiy haroratida suv bilan gidravlik sinashga faqat quvuroʻtkazgichni, chizigʻiy armaturani va asboblarni muzlashdan saqlangan holdagina ruxsat beriladi.
11.26 Sinash usullari uchastkalarning chegaralari, manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan suvni olish va chiqarib yuborish joylari koʻrsatilgan holda sinash bosimlari kattaliklari hamda sinashni oʻtkazish tuzilmasini, shuningdek gaz berish punktlari va muvaqqat kommunikatsiyalarni yaratish loyihada belgilanadi.
Uchastkalarning uzunligi gidrostatik bosimni hisobga olgan holda belgilanadigan gidravlik sinashlar va majmuiy usuldan tashqari hollarda sinaladigan uchastkalarning uzunligi cheklanmaydi.
11.27 Quvuroʻtkazgichlar qismlarining toifalariga va ularning vazifalariga bogʻliq ravishda quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka sinash va ularni germetiklikka tekshirishning bosqichlarini, bosimlar kattaliklarini va davomiyligini 16-jadvalga mos tarzda qabul qilish lozim.
11.28 Mustahkamlikka sinaladigan va germetiklikka tekshiriladigan magistral quvuroʻtkazgichni tiqinlar yoki chizigʻiy armatura bilan cheklangan ayrim qismlarga ajratish lozim.
Agar bosimlar tushishi ushbu tur armatura uchun yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan maksimal qiymatdan ortiq boʻlmasagina, sinashlarda chizigʻiy armatura cheklovchi unsur sifatida ishlatilishi mumkin.
11.29 Barcha toifa quvuroʻtkazgichlarning qismlarini germetiklikka tekshiruvini mustahkamlikka sinovdan soʻng hamda sinash bosimining loyihada koʻrsatilgan maksimal ishchi bosimga tushganidan keyingina oʻtkazish lozim.
11.30 Pnevmatik sinovda quvuroʻtkazgichni toʻldirishni hamda undagi bosimni sinash bosimi (Rsin) gacha koʻtarishni baypas liniyalar joʻmraklari toʻliq ochiqligida va chizigʻiy joʻmraklarning yopiqligida bajarish lozim.
11.31 Havoning yoki tabiiy gazning sirqishini oshkor qilish uchun ularni quvuroʻtkazgichga haydalayotganda odorant qoʻshish lozim.
11.32 Pnevmatik sinovda quvuroʻtkazgichda bosimni koʻtarishni ravon (soatiga koʻpi bilan 0,3 MPa (3 kgk/sm2)) amalga oshira borish hamda trassani sinash bosimining 0,3 qismiga tenglashganda, lekin 2 MPa (20 kgk/sm2) dan ortiq boʻlmagan bosimda, koʻzdan oʻtkazish lozim. Koʻzdan kechirish paytida bosimni oshirishni toʻxtatish lozim. Bosimni sinash qiymatigacha bundan keyingi oshirishni uzluksiz bajarish lozim. Bosimni va haroratni barqarorlash uchun quvuroʻtkazgichni sinash bosimida baypas liniyalari joʻmraklari ochiqligi va chizigʻiy joʻmraklarning yopiqligida 12 soat davomida saqlab turilishi lozim. Soʻngra bosimni ishchi qiymatgacha pasaytirish, soʻngra baypas liniyalari joʻmraklarini yopish hamda 12 soatdan kam boʻlmagan vaqt davomida trassani koʻzdan kechirish, bosim kattaligini kuzatish va oʻlchash oʻtkazishlari lozim.
Izohlar:
1 Indekslar bilan quyidagi kattaliklar belgilangan: Rzav(V), Rzav(I), Rzav(III-IV) — tegishli toifali joylarda yotqizilgan quvurlarga TSH boʻyicha aniqlanuvchi oʻqiy qisuvni hisobga olmagan holda zavod tomonidan kafolatlangan sinash bosimi, Rishchi — loyiha belgilab beruvchi ishchi (meʼyoriy) bosim.
2 Germetiklikka tekshiruv davomati sirqishlarni oshkor qilish maqsadida trassani diqqat bilan koʻzdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan vaqt bilan aniqlanib, u kamida 12 soatni tashkil qilishi lozim.
3 I(II) ni III(IV) toifali qism bilan birgalikda mustahkamlikka sinashlarni pastki nuqta III(IV) toifali qismdan tanlanadi, bunda ushbu qismlarning istalgan nuqtasidagi sinash bosimi zavoddagi sinash bosim kattaligidan ortiq boʻlmasligi lozim.
4 Toʻldirgich, zichlagich agregatlarni va kompressorlarni ulashga moʻljallangan muvaqqat quvuroʻtkazgichlarni dastavval ishchi bosimga 1,25 koeffitsiyent bilan (sinaluvchi quvuroʻtkazuvchilarni) gidravlik sinalishi lozim.
5 Neftoʻtkazgichlarning, gazoʻtkazgichlarning va neft mahsulotlari oʻtkazgichlarining chizigʻiy oʻtkazgichlari va lupinglari davriy ravishda mustahkamlikka gidravlik sinashlari (favqulodda hollardagina gazquvurlarni mustahkamlikka sinovini gaz bilan bajarishga ruxsat beriladi) hamda germetiklikka tekshirishlari (gazquvurlarni gaz bilan sinaladi) lozim. Bunda takrorlashlar soni kamida uchta, har bir sinashdagi sinash bosimi kattaligi esa, quvur metallida oquvchanlik chegarasini 0,9 — 0,75 oraliqlarida kuchlanish hosil qiluvchi bosimlar oraligʻida oʻzgarishi lozim.
Quvuroʻtkazgich qismini sinash bosimi ostida tutib turish umumiy vaqti, siklda bosimni pasaytirishdan uni tiklashga ketadigan vaqtni hisobga olmaganda, kamida 24 soat boʻlishi lozim.
Qismni sinov bosimida birinchi siklda bosimni pasaytirishga saqlab turish vaqti kamida 6 soat boʻlishi lozim.
Qismni sinov bosimida, bosimni pasaytirish sikllari orasida tutib turish vaqti kamida 3 soat boʻlishi lozim.
Oxirgi nuqsonni bartaraf qilgandan yoki bosimni pasaytirish ohirgi siklidan soʻng, qismni sinov bosimida tutib turish vaqti kamida 3 soat boʻlishi lozim.
11.33 Bosim 0,3Rsin dan Rsin gacha koʻtarilayotganda hamda bosim, haroratning barqarorlashishi va mustahkamlikka sinashlari 12 soat davomida trassani koʻzdan oʻtkazish taqiqlanadi.
Sinash bosimi ishchi bosimigacha kamayganidan keyingina quvuroʻtkazgichni germetiklikka sinash maqsadida trassani koʻzdan oʻtkazish lozim.
11.34 Gidravlik sinashlar uchun quvuroʻtkazgichni suv bilan toʻldirishda quvurdan havo toʻliq chiqarib yuborilishi lozim. Havoni chiqarib yuborishni porshen boʻlgichlar yoki havo yigʻilishi mumkin boʻlgan joylarga oʻrnatiluvchi joʻmraklar vositasida amalga oshiriladi.
11.35 Agar quvuroʻtkazgichni mustahkamlikda sinashda bosim oʻzgarmay tursa, germetiklikka tekshiruvda esa, sirqishlar oshkor boʻlmasa, quvuroʻtkazgichni mustahkamlikka sinovga hamda germetiklikka tekshiruvga bardosh bergan, deb hisoblanadi.
Quvuroʻtkazgichni mustahkamlikda sinashda bosimning 12 soat davomida 1% ga kamayishiga yoʻl beriladi.
11.36 Sirqishni qarash vaqtida, tovush boʻyicha, hid boʻyicha yoki asboblar vositasida oshkor qilinganda quvuroʻtkazgichning shu qismi taʼmirlanishi hamda takror mustahkamlikka sinalishi va germetiklikka tekshiruvdan soʻng, undan suvni toʻliq chiqarib tashlash lozim.
11.37 Quvuroʻtkazgichni gidravlik usul bilan mustahkamlikka sinashdan va germetiklikka tekshiruvdan soʻng, undan suvni toʻliq chiqarib tashlash lozim.
11.38 Gaz oʻtkazgichdan suvni toʻliq chiqarib tashlashni undan, siqilgan havo yoki alohida hollarda, tabiiy gaz bosimi ostida kamida ikkita (asosiy va nazoratiy) porshen boʻlgichni oʻtkazish orqali amalga oshirilishi lozim.
Gaz oʻtkazgichdan suvni haydab chiqarishda porshen-boʻlgichlarning harakat tezligi 3 — 10 km/soat chegaralarida boʻlishi lozim.
11.39 Agar gaz oʻtkazgichdagi nazoratiy porshen-boʻlgich oldida suv boʻlmasa, va u quvurdan buzilmagan holda chiqsa, bu holda gaz oʻtkazgichdan suvni haydash natijalari qanoatlanurli, deb hisoblash mumkin. Aks holda gaz oʻtkazgich boʻylab porshen-boʻlgichlarni nazoratiy oʻtkazishlarni takrorlash lozim.
11.40 Neft va neft mahsulotlari oʻtkazgichidan suvni toʻliq haydab chiqarishni tashiluvchi mahsulotning bosimi yoki tashiluvchi mahsulotning oʻzi vositasida harakatlantiriluvchi bitta porshen-boʻlgich yordamida amalga oshiriladi.
Sinashning tugashi paytida mahsulot boʻlmasa, u holda suvni siqilgan havo bosimi ostida harakatlantiriluvchi ikkita porshen-boʻlgich vositasida haydab chiqariladi.
11.41 Neft va neft mahsulotlari oʻtkazgichidan suvni haydab chiqarish usuli buyurtmachi tomonidan belgilanib, u neft yoki neft mahsulotning oʻz vaqtida keltirilishini taʼminlaydi.
Suv toʻsiqlaridan oʻtuv joylarida quvuroʻtkazgichni neft va neft mahsulotlari bilan toʻldirish quvuroʻtkazgich ichiga havoning kirishini toʻliq istisno qilishi lozim.
11.42 Mustahkamlik va germetiklikka sinashning barcha usullarida bosimni oʻlchash uchun tekshirilgan, muhrlangan va pasportga ega boʻlgan hamda toʻliq shkalasi sinash bosimining 4/3 hissasiga yaqinga moʻljallangan, aniqlik sinfi birdan past boʻlmagan masofadan turib oʻlchash imkonini beruvchi asboblardan yoki manometrlardan foydalanish lozim.
11.43 Quvuroʻtkazgich ichini tozalashning, shuningdek ularning mustahkamlikka sinashning va germetiklikka tekshirishning bajarilganligi va natijalari boʻyicha dalolatnomalar tuzilishi lozim.
12. MAGISTRAL QUVUROʻTKAZGICHNING TEXNOLOGIK ALOQA LINIYALARI
12.1 Texnologik aloqa liniyalarining qurilishi ishlari boshlanguncha aloqa liniyalarini qurish uchun tayyorlangan quvuroʻtkazgich ajratmasi polosasi qismlarining qabuli bajarilishi, quvuroʻtkazgich handagi koʻmilgandan keyin esa, biriktirish belgilari, reperlar va toʻsiqlardan qoʻshaloq oʻtishlar qabul qilinishi lozim. Yetishmaydigan belgilar va reperlar, ularga aloqa liniyalarini qoʻshgan holda (bosh pudratchi tomonidan) tiklanishi lozim.
12.2 Xizmat koʻrsatilmaydigan kuchaytirish punktlarining (HKKP) va aloqa liniyalarining mustaqil oʻtuvchilarining tabiiy va sunʼiy toʻsiqlar orqali qurilishini kabelni yotqizish boʻyicha ishlar boshlanguncha tugallanishi lozim.
12.3 Kabelni yotqizishda kabelning trassaning burilishda egilish radiuslari kamida kabelning 15 karrali diametridan kam boʻlmasligi, aluminiy qobiqdagi kabel uchun — kamida kabelning 20 karrali diametricha boʻlishi lozim.
12.4 Muftalarni yigʻuv joylarida oʻralarni bevosita kabelni yotqizuvdan soʻng qazish lozim.
Oʻraning boʻylama oʻqi qazilgan xandaqqa nisbatan quvuroʻtkazgichdan bir tomonga 30 — 43 sm siljitilishi, oʻraning chuqurligi esa, kabelni yotqizish chuqurligidan 10 sm ortiq boʻlishi lozim. Qaziladigan oʻralarning oʻlchamlari bitta mufta uchun kamida 1,6x1,4 m va ikkita mufta uchun kamida 2,2x1,5 m boʻlishi lozim.
12.5 Kabelning tutashuv joylari, kabel trassasining burilishlari toʻsiqlar bilan birga, quvuroʻtkazgich tomonidan kabel oʻqidan 0,1 m masofada oʻrnatiluvchi oʻlchagich ustunlar vositasida qayd qilinishlari lozim.
12.6 Kabellarni xizmat koʻrsatilmaydigan kuchaytirgich punktlarga (HKKP) kiritish hamda oxirgi qurilmalarga kabellarning tutashtiriluvchi yigʻilgan kuchaytirgich kabel uchastkasida simmetriyalash va nazoratiy-oʻlchash ishlari boshlanguncha tugallanishi lozim.
12.7 Kabelni tuproq tomonidan korroziyalashidan va kimyoviy korroziyadan himoyalashni bir vaqtda quvuroʻtkazgichni himoyalash bilan birga, potensiallarni oʻlchash orqali, muftalarni yigʻishdan hamda kabelni xizmat koʻrsatmaydigan kuchaytirgich punktlariga (HKKP) kiritgandan soʻng, kabellar va quvuroʻtkazgichlarni birgalikda himoyalashning mavjud meʼyorlariga hamda ushbu bobning 9-boʻlimiga mos tarzda bajarish lozim.
12.8 Aloqa kabelni quyidagi hollarda kabel yotqizgich vositasida yotqiziladi:
I — III guruh gruntlari;
trassani dastlabki tirnashdan soʻng ponalash imkoni boʻlgan IV va undan yuqoriroq guruhlardagi gruntlarda;
I-tur botqoqliklarda,chuqurligi 1 m gacha boʻlgan botqoqlarda va qattiq tubli suv havzalarida — oddiy mexanikalashgan kolonna bilan oʻtish orqali;
II va III — tur II botqoqliklarda,chuqurligi 1 m dan ortiq va kengligi 1000 m gacha boʻlgan suv havzalarida tortilgan metall arqon yordamida — botqoqlik kabel yotqizgichi vositasida;
chuqurligi 1 m gacha boʻlgan daryolardan, ariqlardan va jarliklardan oʻtishda, yumshoq gruntlar, botqoqlanmagan qirgʻoq va tublar mavjudligida — kabel yotqizishning umumiy oqimida.
12.9 Kabelni kabel yotqizgich vositasida yotqizish oldidan, kabelni loyihaviy chuqurlikka yotqizishni taʼminlash uchun trassani buldozer vositasida tekislash lozim.
12.10 Oʻrmon joylarda, I-tur botqoqliklarda va ponalash mumkin boʻlgan qoyali gruntlarda kabelni yotqizish toʻliq chuqurligigacha albatta dastlabki kesuv oʻtkazilishi lozim.
12.11 Aloqa kabelni quyidagi hollarda oldindan tayyorlab qoʻyilgan xandaqlarga yotqiziladi:
IV va undan yuqori guruh gruntlarda;
yerosti inshootlarni kesib oʻtishda;
kuchaytirgich punktlariga yaqinlashishda va sunʼiy yoki tabiiy toʻsiqlardan murakkab oʻtishlarda.
12.12 Qoyali gruntlardagi xandaqlarning tublari asosning chiqib turgan notekisliklari ustiga kamida 10 sm qalinlikda yumshoq gruntdan taglik hosil qilish bilan tekislanishi hamda tosh va shagʻallardan tozalanishi lozim.
12.13 Qoyali gruntlarda xandaqlarni dastavval kabelni kamida 10 sm qalinlikda yumshoq grunt qatlami bilan yopishdan soʻng toʻldiriladi.
12.14 Trassaning 30° dan ortiq qiyaliklarda aloqa kabelini oʻrta chiziqdan har 5 m uzunlikda 1,5 m ga chetlatib, zigzagsimon “ilon izi” tarzida yotqizish lozim.
12.15 Kabel va quvuroʻtkazgichni yotqizish bir-biriga moslashmagan holda kabelni havzasi chuqurligi 6 m gacha boʻlganda, oqish tezligi 1,5 m/s hamda oʻzani kengligi 300 m gacha boʻlganda IV-guruhdan yuqori boʻlmagan yumshoq qovushmaydigan gruntli ravon relyefli tubga ega boʻlgan suv toʻsiqlar orqali yotqizishni kabel yotqizgich vositasida bajarilishi lozim.
Suv toʻsiqning kengligi 300 m dan katta va chuqurligi 8 m gacha boʻlgan kabelni suzuvchi vositalar yordamida yotqizish lozim.
12.16 Kabel yotqizishlar vositasida yotqizishda suv toʻsiqlar orqali barcha oʻtishlarda tubni yaxshilab tekshiruvdan oʻtkazish, xalaqit beruvchi xarsanglarni, choʻkmalarni, axlatlarni olib tashlash hamda kabelni loyihaviy chuqurlikda yoyilishini taʼminlash maqsadida kabelni yotqizish toʻliq chuqurligicha yoʻl ochish uchun yoʻl ochqich yoki kabel yotqizgich vositasida kabelsiz dastlabki yoʻlni tayyorlash lozim.
12.17 Suv toʻsiq orqali yotqizuvga tayyorlangan kabelni 0,1 Mpa (1,5 kgk/sm2) bosimda 48 soat davomida uning metall qobigʻi germetikligini havo bilan sinalishi lozim.
Agar sinov davrida bosim doimiyligicha qolsa, kabel sinovga bardosh bergan hisoblanadi.
Kabel harorati oʻzgarganda bosimi R2=(R1+I)T2/T1 formula boʻyicha aniqlanadi, bunda T1 va T2 haroratlarda kabeldagi bosim.
12.18 Kabelning suv toʻsigʻi orqali oʻtuvni qurib boʻlinganidan soʻng 48 soat oʻtganidan soʻng, kabelni germetiklikka va elektr oʻlchamlarda takror sinalishi lozim. Shundan soʻng, kabel oʻtuvni kabel liniyasiga ulashga ruxsat beriladi.
12.19 Qobiqdagi kabelni ulashga ruxsat berilmaydi.
12.20 Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali oʻtuvda aloqa kabelini yotqizish tugaganidan soʻng, qobiqlar uchlarini va ajratma quvurlarni gidroizolyatsiyalovchi massa bilan suvab qoʻyish va xandaqlarni koʻmish lozim.
12.21 Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali asbestsement quvurlardagi aloqa kabellarining qoʻshma boʻlmagan oʻtuvlarini mexanikalashtirilgan kolonnaning ishlashi boshlanguncha oldindan bajarib qoʻyish lozim.
12.22 Aloqa kabellarini avtomobil yoʻllari orqali ochiq usulda oʻtkazishlarni ushbu yoʻllarni ishlatuvchi tashkilotlar bilan kelishuv asosidagina bajarishga ruxsat beriladi.
12.23 Radioreleli liniyalar (RRL) tayanch bogʻlanishlari markazining rejada oʻqdan istalgan yoʻnalishdagi chetlashishi 50 mm dan ortiq boʻlmasligi lozim, aloqa kallagi belgisining balandlik boʻyicha loyihada koʻrsatilgan chetlashish ±50 mm dan ortiq boʻlmasligi lozim.
12.24 Elektron uskunalarni radioreleli stansiya (RRS) maydonchasiga faqat qurilish ishlari, antenna minoralarining yigʻuvi va elektr taʼminot qurilmalarining tayyor boʻlishi paytgacha keltirish lozim.
13. ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH
13.1 Barcha qurilish-yigʻuv ishlarini bajarishda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish uning barqaror ekologik muvozanatini saqlash hamda yerdan foydalanishning, tabiatni saqlash qonunchiligi belgilangan shartlarni buzmaslik talablariga qatʼiyan rioya qilish lozim.
Atmosfera koʻplab miqdorda zararli bugʻlar va gazlar chiqarish bilan bogʻliq ishlarni mahalliy sanitariya epidemiologiya xizmati idoralari va sanitariya laboratoriyalari bilan kelishilgan holda, qulay mateorologik sharoit mavjud boʻlganidagina bajarish lozim.
13.2 Quvuroʻtkazgichning chizigʻiy qismini yotqizishni bajaruvchi qurilish qurish tashkiloti atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan loyihaviy yechimlarga rioya qilishda, shuningdek tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat qonuniyligiga va xalqaro kelishuvlarga rioya qilishga javobgardir.
13.3 Magistral quvuroʻtkazgichlarni qurish vaqti uchun ajratiladigan yer polosasi kengligi magistral quvuroʻtkazgichlar uchun ajratish meʼyorlariga mos tarzda loyihada belgilanadi.
13.4 Ishlarni bajarish loyihasida koʻzda tutilmagan joylarda qurilish-yigʻuv ishlarini bajarish, mashina va mexanizmlarning harakatlanishi, materiallari yigʻish va saqlash taqiqlanadi.
13.5 Tuproq eroziyasining, jarlanishning oldini olish boʻyicha tadbirlar, shuningdek oʻpirilishga qarshi va koʻchkiga qarshi himoya tadbirlari loyihaviy yechimlarga qatʼiy mos tarzda bajarilishi lozim.
13.6 Ishlarni bajarish uchun usullarni va mexanikalashtirish vositalarini tanlashda texnologik jarayonlarni bajarishda eng kam chiqindilar ajralishi (yogʻoch chiqindilarning sanoat payrahalariga aylanishini, quvur ichlarini tozalashda va quvuroʻtkazgichni gidravlik sinashlarda suvdan koʻp takror foydalanish va b) taʼminlovchi shartlarga rioya qilish lozim.
13.7 Xandaqlar va oʻralar egallaydigan maydondagi tuproqning hosildor qatlami asosiy yer ishlari boshlanguncha ajratib olinishi va yerlar holatini tiklash (madaniylashtirish) uchun uyum qilib yigʻilishi lozim. Koʻrsatilgan ishlarni bajarishda madaniylashtirish loyihasi talablariga hamda magistral quvuroʻtkazgichlarni qurishda yerlarni madaniylashtirish boʻyicha Yoʻriqnoma holatlariga va foydali qazilmalar konlarini ishlashda, Oʻzbekiston Respublikasi DFTQ, Davarxitekqurilishqoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Davoʻrmon xoʻjaligi tasdiqlagan geologiya qidiruv qurilish va boshqa ishlarni bajarishda buzilgan yerlarni tiklash boʻyicha asosiy holatlarga qatʼiyan rioya qilish lozim.
13.8 Gruntning hosildor qatlamini ajratib olish, tashish, saqlash va qaytadan joylash uning sifatiy koʻrsatkichlarining pasayishini, shuningdek uning koʻchirishlarda yoʻqolishini istisno qiluvi usullarda bajarilishi lozim.
13.9 Gruntning hosildor qatlamidan qurilish maqsadlarida sepishlarda, toʻsiq va muvaqqat yer inshootlari yasashda foydalanish man qilinadi.
13.10 Quvuroʻtkazgichlardan siqib chiqarilgan suvni dastavval tozalanmasdan daryolarga, qoʻllarga va boshqa havzalarga quyishga ruxsat etilmaydi.
13.11 Asosiy ishlar tugagandan soʻng, qurilish tashkiloti yer ajratmasi polosasi hududida joylashgan yoki shu polosasini kesib oʻtuvchi suv kelish ariqlarini, zovurlar tizimini, qor tutish inshootlarini va yoʻllarni tiklash, shuningdek joyga loyihada koʻrsatilgan yoki tabiiy koʻrinishni berishi lozim.
