Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar (3.05.05-98-son)
01.01.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Meʼyorlari va qoidalari
Mazkur qoidalar 0,001 MPa (0,01 kgs/sm2) dan 100 MPa (1000 kgs/sm2), gacha mutloq bosimda dastlabki, oraliq va oxirgi mahsulotlarni olish, qayta ishlash hamda naqliyotlash, shuningdek jihozlar ishi uchun zarur boʻlgan issiqlik tashuvchi, surtgich va boshqa moddalarni uzatish uchun quvur oʻtkazgichlarga moʻljallangan texnologik quvur oʻtkazgichlarning texnologik jihozlarni (keyinchalik — “jihoz” va “quvur oʻtkazgichlar”, — deyiladi) yigʻish boʻyicha ishlarni olib borish hamda qabul qilishga taalluqlidir.
Qoidalar yangi, kengaytiriladigan, qayta tiklanadigan va amaldagi korxonalarni texnik jihatdan qayta qurollantiriladigan obyektlarni loyihalash hamda qurilishida qatnashuvchi barcha tashkilotlar, korxonalar tomonidan rioya qilinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlatshaqtexnazoratining nazorati ostidagi jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yigʻish boʻyicha ishlar, jumladan payvand hamda payvand choklari sifatini nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Davshahtexnazorati qoidalari va meʼyorlariga muvofiq olib borilishi kerak.
1. UMUMIY HOLATLAR
1.1. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yigʻish boʻyicha ishlarni olib borishda qurilishni olib borishni tashkil etish boʻyicha QMQ 3.01.01-85, QMQ 1.01.01-96 ga muvofiq ravishda tasdiqlangan mezonlar, texnik shartlar va idora meʼyoriy hujjatlar, qurilishda texnika xavfsizligi boʻyicha QMQ III-4-80 talablariga rioya qilish zarur.
1.2. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yigʻish boʻyicha ishlar tasdiqlangan loyiha-peshhisob va ishchi hujjatlar, ishlab chiqarish ishlari loyihalari (ICHIL) hamda tayyorlovchi-korxona hujjatlari bilan muvofiq olib borilishi kerak.
1.3. Jihozlarni va quvur oʻtkazgichlarni yigʻish qurilishning tugunli usuli hamda yigʻishning toʻplam-blok usuli asosida amalga oshirilishi kerak.
Eslatmalar:
1. Qurilishning tugunli usuli deganda ishga tushirish majmuasini oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan texnologik tugunlarga ajratish bilan qurilish-yigʻish ishlarini tashkil etish-qurilish obyektini tuzilishi va texnologik jihatdan asoslangan qismi, qurilish-yigʻish ishlarini tashkil etish qurilish obyektini tuzilishi va texnologik jihatdan asoslangan qismi, qurilish-yigʻish ishlari tugagandan soʻng alohida, butun obyekt tayyorligidan qatʼiy nazar texnik tayyorligi, ishga tushirish sozlash ishlarini olib borish, oʻziga xos sinovlar va agregatlar, mexanizmlar hamda qurilmalarning majmuaviy sinovlari tushiniladi.
2. Yigʻishni toʻplam-blok usuli deganda jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yigʻish qurilish maydonchasidan mumkin qadar sanoat ishlab chiqarish sharoitiga jihozlar, quvur oʻtkazgichlar hamda qurilmalarni yetkazuvchi korxonalarda bloklarga agregatlash bilan, shuningdek qurilish sanoatining yigʻish-toʻplash korxonalarida hamda qurilishga qurilmalarni toʻplam bloklar koʻrinishida qurilish-yigʻish tashkilotlariga yetkazish tushuniladi.
1.4. Yigʻish tashkilotlari tomonidan 1.2-bandga muvofiq beriluvchi hujjatlarda quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishlari kerak:
a) yigʻish ishlarini amalga oshiruvchi buyurtmachi va pudratchi tashkilotlardan yuqori turuvchi tashkilotlar tasdiqlagan yoki ular bilan oʻzaro kelishilgan roʻyxat majmui va texnik talablar asosida texnologik bloklar hamda robita bloklarini ularni tashkil etuvchi qismlarini agregatlash bilan qoʻllash;
b) yigʻish ishlarini amalga oshiruvchi buyurtmachi va pudratchi bilan kelishilganlik boʻyicha loyiha tashkiloti aniqlaydigan tarkib hamda chegaralariga koʻra qurilish obyektini texnologik tugunlarga boʻlish;
v) texnologik bloklar va robita bloklarini yigʻish joylariga yigʻilgan koʻrinishda, zaruriy hollarda binoning devorlari va oraliq yopmalaridagi yigʻish oʻyiqlari hamda burilish usulida yigʻish uchun qurilish qurilmalarining qoʻzgʻaluvchan qurilmalari, shuningdek zarur boʻlganda kuchlanishli qurilish qurilmalarini ular bilan yigʻish jarayonida paydo boʻluvchi qoʻshimcha vaqtinchalik kuchlarni qabul qilish uchun; ogʻir va yirik oʻlchamdagi jihozlarni, shuningdek katta ogʻirlik koʻtaruvchi kranlar siljishi uchun doimiy yoki vaqtinchalik yoʻllarni;
g) jihozlarni yigʻish uchun geodezik belgilash ishlari va ichki geodezik asosni belgilashni aniq bajarishni hisoblash uchun ruxsat etilganlik boʻyicha maʼlumotlar.
1.5. Bosh pudratchi yigʻuvchi tashkilotni qurilishni tashkil etish loyihasi boʻyicha bino va inshootlarning tuzilish yechimlari, shuningdek qaysiki toʻplam blok va tugunli usullar bilan ishlab chiqish ishlari imkoniyatlari hamda asosiy shartlari aniqlangan boʻlishi kerak boʻlgan texnologik yigʻish xulosalarini koʻrib chiqish hamda tuzishga jalb etishi kerak.
1.6. Bosh pudratchi taʼminlashi, yigʻish tashkilotlari esa bosh pudratchidan (yoki u bilan kelishgan holda bevosita buyurtmachidan) ishlab chiqarishga qabul qilinganlik haqida qar qaysi chizmada (nusʼhada) buyurtmachining belgisi boʻlgan zaruriy ishchi hujjatlarning toʻplamini olishi kerak.
1.7. Jihozlarni, quvur oʻtkazgichlarni va yigʻish uchun zaruriy toʻplanuvchi buyumlar hamda ashyolarni yetkazishni yigʻish tashkiloti bilan kelishilgan jadval boʻyicha amalga oshirish lozim, unda birinchi navbatda yigʻish tashkilotlari tomonidan tayyorlanishi kerak boʻlgan bloklar tafsilotli roʻyxatiga kiritilgan mashinalar, apparatlar, oʻzaklar, qurilmalar, buyumlar va ashyolarni yetkazib berish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
1.8. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yigʻish boʻyicha ishlarni tugallanganligini mazkur qoidaning 5 boʻlimiga muvofiq bajarilgan oʻziga xos sinovlarni yakunlanganida hamda ishchi hayʼat tomonidan jihozlarni qabul qilish dalolatnomasini imzolangandan soʻng hisoblash joiz.
Yigʻish tashkiloti tomonidan yigʻish boʻyicha ishlarni tugallangandan soʻng, yaʼni oʻziga xos sinovlar tugagan va jihozlarni majmuaviy sinovlarga qabul qilishda, buyurtmachi majburiy 1-ilovaga muvofiq jihozlarni majmuaviy sinovini oʻtkazadi.
1.9. Har bir qurilish obyektida jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yigʻish jarayonida qurilishni olib borishni tashkil etish boʻyicha QMQ 3.01.01-85ga binoan ishlarni olib borishning umumiy va maxsus qaydnomalarini olib borish hamda ishlab chiqarish hujjatlarini majburiy 2-ilovaga qaysiki koʻrinishi va mazmuni mos ravishda rasmiylashtirish kerak, uning shakli esa — idoraning meʼyoriy hujjatlarida belgilanadi.
2. YIGʻISH ISHLARINI ISHLAB CHIQARISHGA TAYYORLASH
Umumiy talablar
2.1. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yigʻishdan oldin ishlab chiqish qurilishini tashkil etish boʻyicha QMQ 3.01.01-85 ga muvofiq tayyorgarlikdan oʻtishi kerak.
2.2. Umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlikda buyurtmachi tomonidan aniqlangan va bosh pudratchi hamda yigʻish tashkiloti bilan kelishilgan boʻlishlari kerak:
a) texnologik yoʻlga, texnologik tugunga, texnologik blokka jihozlar toʻplamini yetkazishni koʻzda tutuvchi buyurtmachi yetkazuvchi jihozlar va ashyolar bilan obyektni jamlash shartlari;
b) yigʻish ketma-ketligini inobatga olgan ravishda jihozlar, buyumlar va ashyolarni yetkazilish muddatlarini, shuningdek maxsus qurilish va ishga tushirishni sozlash ishlariga yoʻldosh boʻlgan ishlab chiqarishlarni belgilovchi jadvallar;
v) yigʻish lozim boʻlgan jihozlarning yetkazilishiga yigʻish-texnologik talablarini belgilovchi GOST 24444-87 talablari va texnik shartlariga koʻra jihozlarning korxona tayyorligi darajasi;
g) tayyorlov-korxonaning yigʻish otaligʻi xodimini jalb etgan ravishda yigʻiluvchi jihozlar roʻyxati;
d) yigʻish joyiga yirik hajmdagi va ogʻir jihozlarni naqliyotlash shartlari.
2.3. Yigʻish tashkilotini ishlarni ishlab chiqarishga tayyorlashda quyidagilar:
a) jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yigʻish boʻyicha IICHR tasdiqlangan;
b) jihozlar, quvur oʻtkazgichlar va qurilmalarni yiriklashtirilib toʻplash, bloklarni (texnologik va robitalar) yigʻish uchun maydonchalarni tayyorlash boʻyicha ishlar bajarilgan;
v) yuk koʻtaruvchi, naqliyot vositalari, jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni, bino va inshootlar ishlab chiqarish hamda sanitariya-maishiy anjomlarni yigʻish hamda oʻziga xos sinash uchun qurilmalar tayyorlangan, IICHR nazarda tutilgan; bloklarni (texnologik va robita) yigʻish uchun ishlab chiqarish negizlari tayyorlangan, quvur oʻtkazgichlar va metall qurilmalari tayyorlangan;
g) meʼyorlar va qoidalarda eʼtiborga olingan mehnatni muhofazalash, yongʻinga qarshi xavfsizlik va atrof muhitni muhofazalash (AMTB boʻlimiga muvofiq) boʻyicha tadbirlar bajarilgan boʻlishi kerak.
2.4. Yigʻish ishlarini olib borishni tayyorlash jadvalga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak va quyidagilarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
buyurtmachi tomonida jihozlar, buyumlar va ashyolar yigʻishga berilishi;
yigʻish tashkiloti tomonidan bosh pudratchidan ishlab chiqarish binolari, inshootlari va poydevorlarni jihozlar hamda quvur oʻtkazgichlarni yigʻishga qabul qilish;
quvur oʻtkazgichlar va qurilmalarni tayyorlash; texnologik bloklarni, robita bloklarini yigʻish hamda jihozlarni yiriklashtirib yigʻish;
Jihozlar, quvur oʻtkazgichlar va qurilmalarni ishchi mintaqasiga yetkazib berish.
Jihozlar, buyumlar va ashyolarni yigʻishga uzatish
2.5. Buyurtmachi (bosh pudratchi) tomonidan jihozlar, buyumlar va ashyolarni uzatishgacha yigʻish tashkiloti tomonidan quyidagi talablar qoʻyilgan boʻlishi kerak:
a) jihoz va oʻzakka — GOST 24444-87 ga muvofiq ilova hujjatlari;
b) Py 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori quvur oʻtkazgichlarning yigʻma birliklariga — quvur oʻtkazgichlar, tayanchlar, ilgaklarning yigʻma chizmalari va ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar;
v) ashyolarga — yetkazuvchi korxonaning sertifikatlari. Yetkazuvchi — korxonaning hujjatlari boʻlmaganda, ular buyurtmachining masʼul vakili tomonidan imzolangan mazmuni boʻyicha mos hujjatlar bilan almashtirilishi mumkin. Ilova hujjatlari boʻyicha qaysiki yigʻish amalga oshirilishi kerak boʻlgan jihozlar, buyumlar va ashyolar ishchi hujjatlarining belgisi, oʻlchami va boshqa tavsiflarining muvofiqligi tekshirilgan boʻlishi kerak.
2.6. Jihozlar, buyumlar, ashyolar yigʻishga blokka va texnologik tugunga ishchi chizmalariga muvofiq ravishda jamlanma holda uzatilishi kerak Py 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori quvur oʻtkazgichlar yigʻishga yigʻma birliklarga jamlangan holda uzatadilar.
Jihozlar, buyumlar va ashyolarni uzatish tartibi “Mukammal qurilishda pudrat shartnomalari haqida qoidalar” va “Bosh pudratchilar bilan yordamchi pudratchilar tashkilotlarining oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi holat” larda belgilangan.
2.7. Jihozlarni yigʻishga uzatilayotganda uni koʻruvdan oʻtkaziladi, jamlamaligi (yigʻma birlik va qismlarga ajratmasdan) va ishchi chizmalar talablariga ilova hujjatlarga, mezonlarga, texnik shartlarga hamda yigʻish-texnologiyasi talablarini belgilovchi boshqa hujjatlarga muvofiqligi, tayyorlov-korxonasining kafolati mavjudligi hamda amal qilish muddati tekshiriladi.
Qabul qilish jarayonida oshkor boʻlgan kamchiliklar buyurtmachining majburiyati boʻlib hisoblanadi.
2.8. Texnik shartlarda koʻrsatilgan kafolat muddati oʻtgan jihozlar va buyumlarni, bunday koʻrsatmalar mavjud boʻlmaganda esa — bir yil oʻtgandan soʻng yigʻishga faqat taftish oʻtkazilgandan, kamchiliklar tuzatilgandan, sinovlardan, shuningdek foydalanish hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ishlardan soʻng qabul qilinishi mumkin. Olib borilgan ishlar natijalari andozalarga, shahodatnomalarga va boshqa ushbu qoidaning 2.5 bandiga muvofiq ilova hujjatlariga kiritilgan boʻlishi kerak.
2.9. Yigʻishga qabul qilingan jihozlar, buyumlar va ashyolar tayyorlovchi — korxona va IICHR hujjatlari talablariga muvofiq ravishda saqlanishi kerak.
Saqlashda kuzatuv uchun oʻtish taʼminlangan, ichki yuzasiga nam va chang tushishi, mexanik shikastlanishning oldi olinishining sharoitlari yaratilgan boʻlishi kerak.
Binolar, inshootlar va poydevorlarni yigʻishga qabul qilish
2.10. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yigʻishga topshiriluvchi binolar hamda inshootlarda qurilish ishlari bajarilgan IICHR koʻzda tutilgan, jumladan mazkur qoidaning 2.3-bandida koʻrsatilgan, yer osti robitalari oʻtqazilgan, tuproqni loyiha belgisigacha qayta toʻkish olib borilgan va shibbalangan, pol hamda sunʼiy ariqlar yopmalari ostida qoplamalar bilan qoplanishi, kran osti yoʻli va qabul qilinishi, quvur oʻtkazgichlarni yotqazish uchun teshiklar qoldirilgan hamda ular ostiga tayanchlar oʻrnatish uchun oʻrnatma qismlar oʻrnatilishi kerak; poydevorlar va boshqa qurilmalar qoliplardan ajratilgan hamda qurilish chiqindilaridan tozalangan, oʻyiqlar toʻsilgan, novlar va tuyniklar berkitilgan boʻlishi kerak.
Texnik shartlarida tozalikka harorat tartibiga va boshqalarga maxsus talablar eʼtiborga olingan yigʻiladigan jihoz va quvur oʻtkazgichlar oʻrnatiladigan binolarda yigʻishga topshirishda ushbu shartlarga rioya qilinishi taʼminlangan boʻlishi kerak.
2.11. Binolar, inshootlar, poydevorlar va boshqa qurilmalardagi yigʻishga topshiriluvchi jihozlar hamda quvur oʻtkazgichlar yigʻiluvchi unsurlarning qurilishda oʻqlari va balandlik belgilari loyiha holatini aniqlovchi geodezik ishlarga QMQ 3.01.03-97da belgilangan zaruriy aniqlik hamda tartibda oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Jihozlar, qaysiki aniqligiga yuqori talablar qoʻyiluvchi, shuningdek jihozlar oʻqlari maʼlum uzunlikda va balandlik belgilarida oʻrnatish uchun poydevorlardagi yassi metall oʻrnatmalarga oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Quyma talab etiluvchi jihozlarni oʻrnatish uchun poydevorlarning balandlik belgilari ishchi chizmalarida koʻrsatilgan jihozning tayanch yuzasi belgisidan 50 — 60 mm ga past, jihozning turtib turuvchi qobirgʻalari joylashgan joylarida esa — ushbu qobirgʻalar belgilaridan 50 — 60 mm ga past boʻlishi kerak.
2.12. Yigʻishga topshiriluvchi poydevorlarda poydevor boltlari va oʻrnatma qismlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak, agar ularni oʻrnatish poydevorning ishchi chizmalarida nazarda tutilgan boʻlsa, poydevor boltlari ostiga chuqurchalar bajarilgan yoki chuqurchalar burgʻilangan boʻlsa.
Agar ishchi chizmalarida poydevorning tanasida qolgan poydevor boltlari uchun tutgichlar eʼtiborga olingan boʻlsa, unda bu tutgichlarni oʻrnatish va ularga poydevor boltlarini mahkamlashni jihozlarni yigʻuvchi tashkilot amalga oshiradi. Poydevorlarda chuqurchalarni burgʻilanishni, poydevor boltlarini oʻrnatishni, yelim va sement qorishmasi bilan mahkamlashlarni qurilish tashkiloti bajaradi.
Poydevordan turtib turuvchi qismida poydevorga quyib mahkamlanuvchi poydevor boltlari yemirilishdan muhofazalangan boʻlishi kerak.
2.13. Binolar, inshootlar va qurilish qurilmalari yigʻishga topshirib-qabul qilishda bir vaqtning oʻzida poydevor boltlari, oʻrnatmalar va jihozlar hamda quvur oʻtkazgichlarni mahkamlagich boshqa qismlarni joylashishining bajaruv tarzi berilishi kerak.
Ishchi chizmalarda koʻrsatilgan haqiqiy oʻlchamlardan ogʻish QMQ ga muvofiq belgilangan qiymatdan oshmasligi kerak.
2.14. Yigʻishga qabul qilishda bir vaqtning oʻzida texnologik tugun hosil qiluvchi jihozlar va quvur oʻtkazgichlar majmuasini oʻrnatish uchun zaruriy binolar, inshootlar hamda poydevorlar taqdim etilishi kerak.
Quvur oʻtkazgichlar yigʻma birliklarini tayyorlash
2.15. Quvur oʻtkazgichlarning yigʻma birliklarini tayyorlashni qismlar chizmalari, GOST 16037-80* va idoraning meʼyoriy hujjatlariga muvofiq olib borilishi kerak.
2.16. Yigʻishga uzatiluvchi quvur oʻtkazgichlarning yigʻma birliklari qismlar chizmalarining tafsilotli roʻyxati boʻyicha jamlangan boʻlishi kerak;
payvand choklari payvandlangan va nazoratdan oʻtkazilgan, sirti ishlov berilgan (payvandlanadigan uchidan tashqari);
quvurlar teshiklari tiqinlar bilan berkitilgan boʻlishi kerak.
Quvur oʻtkazgichning yigʻma birliklarining chiziqli oʻlchamlardan ogʻish qar metrga 3 mm dan oshmasligi, biroq yigʻma birlikning butun uzunligiga 10 mm dan ortiq boʻlmasligi kerak. Burchak oʻlchamlari va oʻqdan ogʻish 1 m ga 2,5 mm dan oshmasligi, biroq quvur oʻtkazgichning butun izchil toʻgʻri qismiga 8 mm dan oshmasligi kerak.
Texnologik bloklar va robita bloklarini yigʻish
2.17. Blok tarkibidagi quvur oʻtkazgichlarni yigʻish va payvandlashni mazkur qoidaning 2 va 4 boʻlimlari talablariga muvofiq olib borish lozim. Blokdagi asboblarni, nazorat va boshqaruv vositalarini, elektr texnika qurilmalarini hamda avtomatlashtirish tizimlarini oʻrnatishni elektr texnika qurilmalarini yigʻish boʻyicha hamda avtomatlashtirish tizimlarini yigʻish boʻyicha QMQ 3.05.06-85 va QMQ 3.05.07-97 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
2.18. Yigʻish tugallangandan keyin texnologik bloklar sinalgan, boʻyalgan, teshiklar esa tiqinlar bilan berkitilgan boʻlishi kerak.Bloklarni yoki ularni yigʻma birliklarini sinashni mazkur qoidaning 5 boʻlim talablariga rioya qilgan holda olib boriladi. Robita bloklarining yigʻma birliklari, jihoz bilan birlashtirilmagan, loyiha holatiga oʻrnatilgandan soʻng sinaladilar.
2.19. Yigʻilgan bloklarni saqlashda ushbu qoidaning 2.9 band talablari rioya qilinishi kerak.
2.20. Robita bloklaridagi quvur oʻtkazgichlar doimiy tayanchlarga oʻrnatilgan va mahkamlangan boʻlishlari kerak.
3. YIGʻISH ISHLARINI OLIB BORISH
Umumiy talablar
3.1. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yuklash, tushirish, joyini oʻzgartirish, koʻtarish, oʻrnatish va toʻgʻrilashda ularni asrash taʼminlangan boʻlishi kerak. Maydon ichida tashish, oʻrnatish va toʻgʻrilash IICHR ga muvofiq amalga oshiriladi.
3.2. Jihozlar, quvur oʻtkazgichlar, texnologik bloklar va robita bloklarini tayyorlovchi — korxonalar tomonidan koʻrsatilgan joylarda ilish uchun moʻljallangan ilgaklarga ishonchli ravishda ilish zarur. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni ilgaklardan boʻshatishni ularni ishonchli mahkamlangandan yoki mustahkam holatda oʻrnatilgandan keyin bajarish lozim.
3.3. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlar, shuningdek yigʻish ishlari uchun vositalar oʻrnatilishi va siljishi bilan bogʻliq ravishda paydo boʻluvchi qurilish qurilmalaridagi kuchlar ishchi chizmalarida koʻrsatilgan ruxsat etilgan yigʻish kuchlaridan (kattaligi, yoʻnalishi va qoʻyilish joyiga koʻra) ortmasligi kerak. Kuchlar ortishi mumkinligi loyihalash tashkilotlari va umumiy qurilish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar bilan kelishish kerak.
3.4. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarning oʻzaklari belgilangan tartibda kelishilgan davlat hamda tarmoq mezonlari va texnik shartlarida nazarda tutilmagan hollardan tashqari yigʻishda yechilmaydi va sinalmaydi.
Tayyorlovchi korxonadan tamgʻalangan ravishda keltirilgan jihozlarni yechish mazkur qoidaning 2.8-bandida koʻrsatilgan hollardan tashqari, man etiladi.
3.5. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarning tashqi yuzalarini loyiha holatiga oʻrnatishdan oldin jihozlarni yigʻish va ishlatish jarayonida tarkibida himoya qoplamlari bilan qolishi kerak boʻlgan yuzalardan tashqari himoyalovchi surtma va qoplamalardan tozalangan boʻlishi kerak.
Jihozlarning muhofaza qoplamlari, asosan, tayyorlovchi korxonaning hujjatlarida keltirilgan koʻrsatmalarga muvofiq jihozlarni yechmasdan oʻziga xos sinovlardan oldin yoʻqotilgan boʻlishi kerak.
3.6. Ifloslangan, shikastlangan, muhofaza qatlamlari yemirilgan va yuzalari qayta ishlangan hamda boshqa nuqsonli jihozlar va quvur oʻtkazgichlar shikastliklar va nuqsonlarni bartaraf etilmagunigacha yigʻishga qoʻyilmaydi.
3.7. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yigʻishda bajarilgan ishlar sifatining ishlar nazoratini amalga oshirish kerak. Oshkor boʻlgan nuqsonlarni keyingi ishlar boshlanishigacha bartaraf etish joiz.
3.8. Yigʻish ishlari jihozlar va quvur oʻtkazgichlardan foydalanish shartlarida eʼtiborga olingan havoning tashqi haroratidan past yoki yuqoriligida ularni asrashni taʼminlash choralariga rioya qilgan holda olib borish kerak.
Jihozlarni yigʻish
3.9. Jihozlarni oʻrnatish ifloslanganlikdan va moyli dogʻlardan tozalangan, metalldan mustahkamlangan unsurlari yemirilish izlariga ega boʻlmagan poydevorlarda olib borilishi kerak.
3.10. Jihozlarni toʻgʻrilash tayyorlov-korxonaning hujjatlarida hamda oʻqlar va sathlarni belgilar va reperlar bilan maxsus mahkamlanganlarga nisbatan (zaruriy aniqlik bilan) yoki avval oʻrnatilgan jihozlar, qaysiki kinetik yoki texnologik jihatdan bogʻliq jihozlar toʻgʻrilanuvchi jihozlarga nisbatan ishchi chizmalarida koʻrsatilganlarga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.
3.11. Jihozlarni vaqtinchalik tayanch unsurlarga oʻrnatishda shakl oʻzgarishlari boʻlmasligi va quyilishgacha ularni mahkamligini ishonchliligi taʼminlanishi kerak.
3.12. Jihozlarning tayanch yuzalari tayanch unsurlariga, sozlovchi vintlar — tayanch tunukalariga, doimiy tayanch unsurlari (beton toʻshamalar, metall qistirmalar va boshqalar) esa — poydevor yuzasiga zich yopishishi kerak.
3.13. Yigʻiluvchi jihozlarni toʻgʻrilash uchun vaqtinchalik tayanch unsurlardan foydalanilganda beton quyilishida jihozlarni siljishini oldini olish maqsadida gaykalarni oldindan tortishni olib borish lozim. Yakuniy tortish tayyorlovchi-korxonaning texnik hujjatlariga binoan quyma ashyosini loyihaviy mustahkamligini 70% dan kam boʻlmagan holatga erishilgandan soʻng amalga oshiriladi. Toʻgʻrilash uchun doimiy tayanch unsurlari qoʻllanilganda gaykalarni tortish beton quyishgacha bajariladi. Jihozlarni poydevorlarda toʻgʻrilab va mahkamlangandan keyin uni oʻrnatilishini tekshirish dalolatnomasi tuzilgan boʻlishi kerak.
3.14. Jihozlarni quyish qurilish tashkiloti uni vakili ishtirokida yozma maʼlumotidan keyin 48 soatdan kechikmay bajarilgan boʻlishi kerak.
3.15. Beton quymani saqlab turish va uni parvarishlash beton ishlarini olib borish boʻyicha QMQ talablariga hamda IICHR ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Quvur oʻtkazgichlarni yigʻish
3.16. Quvur oʻtkazgichlarni faqat tayanchlarga mahkamlangan jihozlarga birlashtirish ruxsat etiladi. Jihozli quvur oʻtkazgichlarni qiyshaytirmasdan va qoʻshimcha choʻzishsiz birlashtirish lozim. Qoʻzgʻalmas tayanchlarni tayanch qurilmalariga jihozli quvur oʻtkazgichlarni birlashtirgandan keyin mahkamlanadi.
Quvur oʻtkazgichlarning yigʻma qismlarini loyiha holatida oʻrnatishdan oldin boltdagi gaykalar gardishli birikishlari tortilgan va payvand choklari payvandlangan boʻlishi kerak.
3.17. Quvur oʻtkazgichlar ostidagi tayanchlar va tayanch qurilmalarini oʻrnatishda ularni tarxdagi loyihaviy holatidan ogʻish xona ichida yotqiziluvchi quvur oʻtkazgichlar uchun 5 mm va tashqi quvur oʻtkazgichlar uchun 10 mm, qiyalik boʻyicha esa +0,001 dan ortiq emas, agar loyihada boshqa maxsus qoʻyimlar nazarda tutilmagan boʻlsa. Quvur oʻtkazgichning loyihaviy qiyaligini taʼminlash uchun tayanchlar tagiga oʻrnatma qismlarga yoki poʻlat qurilmalarga payvandlanuvchi metall qistirmalar oʻrnatish ruxsat etiladi.
Tayanchlar prujinalari va ilgaklar ishchi chizmalarida keltirilgan koʻrsatmalarga binoan tortilgan boʻlishi kerak.
3.18. Poʻlat quvur oʻtkazgichlarni estakadalarda, sunʼiy ariqlarda yoki novlarda yotqizishda quvur oʻtkazgichlarni yakuniy mahkamlash qoʻzgʻalmas tayanchlardan boshlab qar qaysi harorat blokida bajarilishi kerak.
3.19. Devorlar va oraliq yopmalar orasida quvur oʻtkazgichlar yotqazilgan joylardagi uchi gilza bilan yakunlangan quvur oʻtkazgichlar qismlarida choklar boʻlmasligi kerak. Quvur oʻtkazgichlarni gilzalarga oʻrnatishgacha ihotalangan va boʻyalgan boʻlishi kerak. Quvur oʻtkazgich va gilzalar orasidagi boʻshliq yonmaydigan ashyo bilan zichlangan boʻlishlari kerak.
3.20. Shishali, rezina va oʻtga chidamli ashyolar bilan qoplangan plastmassa quvurlarini yigʻishda ularni qizdirish yoʻli bilan egish, shtutserlar va gʻaltakli yigʻilgan quvur oʻtkazgichlarni oʻyish ruxsat etilmaydi. Uzunligi boʻyicha quvur oʻtkazgichlarni loyihaviy oʻlchamlaridan ogʻishlar gardishli birikishlarda oʻrnatiluvchi oʻrnatmalar (halqalar) bilan oʻrnini toʻldirish kerak.
3.21. Plastmassa va shishali quvur oʻtkazgichlarni ular yotqazilgan mintaqasida yigʻishni boshlashda payvandlash va issiqlikdan himoyalash ishlari toʻliq yakunlangan boʻlishi kerak.
3.22. Shishali quvur oʻtkazgichlarni jihozlarni, shuningdek metall va plastmassa quvur oʻtkazgichlarni yigʻish yakunlangandan keyin yigʻish lozim. Shishali quvurlarni metall halqalar bilan mahkamlanganda halqa va shishali quvur orasiga egiluvchan ashyodan qistirma oʻrnatish lozim.
3.23. Zaruriy boʻlganda shishali quvur oʻtkazgichlarni naqliyotlanuvchi oʻzi oqar mahsulotlardan inert gazi yoki 0,1 MPa (1 kgs/sm2) dan ortiq boʻlmagan bosim ostidagi havoni purkash bilan boʻshatish lozim. Shishali quvur oʻtkazgichlarni bugʻ bilan purkash ruxsat etilmaydi.
3.24. Shishali quvur oʻtkazgichlarni yigʻishda quvur oʻtkazgichlarni yuvish zaruratida qoʻllaniluvchi, muhitga kimyoviy chidamli egiluvchan qistirmali zichlagichli yechiluvchan gardishli yoki ulagich birikishlarni qoʻllash kerak.
4. QUVUR OʻTKAZGICHLARNING PAYVAND VA BOSHQA YECHILMAS BIRIKISHLARI
Umumiy talablar
4.1. I — IV toifali (QMQ 2.04.10-97 boʻyicha) Ru 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan poʻlat quvur oʻtkazgichlarni payvandlashga Oʻzbekiston Respublikasi Davtexnazorati tomonidan tasdiqlangan Qoidaga muvofiq ish darajasi aniqlanganlik haqida hujjati boʻlgan payvandchilar qoʻyiladilar. V toifali poʻlat quvur oʻtkazgichlar choklarini payvandlashga koʻrsatilgan ish darajasi aniqlashdan oʻtmagan, biroq sinov choklarini payvandlagan payvandchilar qoʻyilishlari mumkin.
4.2. Shu obyektni yigʻishida quvur oʻtkazgichlarni payvandlashga birinchi bor kirishayotgan payvandchilar (payvandning istalgan turi boʻyicha) yoki oʻz ishlarida 2 oydan ortiq uzilish boʻlgan, shuningdek yangi payvandlash ashyolari yoki jihozlari qoʻllanilgan hollarda barcha payvandchilar, ularda ish darajasi aniqlanganlik haqida hujjatlari bor-yoʻqligidan qatʼiy nazar xuddi shunday sharoitlarda, qaysiki ushbu obyektda quvur oʻtkazgichlarni payvandlash olib boriladigan sharoitlarda sinov choklarini payvandlashlari kerak.
4.3. Poʻlat quvur oʻtkazgichlarning sinov choklari majburiy 3-ilovaga muvofiq tashqi kuzatuvga, GOST 6996-66 boʻyicha mexanik sinovlarga, shuningdek mazkur qoidaning 4.8; 4.10 — 4.14 bandlari talablariga muvofiq yaxlitlikni buzish usullari bilan tekshirishni nazorati oʻtkazilishi kerak. Choklarni sinov payvandlarining sifati qoniqarsizligi aniqlangan hollarda:
a) tashqi kuzatuvda chokni yaroqsizga chiqariladi va nazoratning boshqa usullariga tortilmaydi;
b) nazoratning yaxlitlikni buzmaydigan usul bilan tekshirishda, yaroqsizlikka yoʻl qoʻygan payvandchi yana ikkita sinov chokini payvandlaydi, agar bunda hech boʻlmaganda choklardan bittasi yaxlitlikni buzmaydigan usul bilan nazorat qilinganda yaroqsiz boʻlsa, choklarni sinov payvandlari yaroqsizga chiqariladi;
v) mexanik sinovlarda shu chokdan yoki shu payvandchining yangidan payvandlangan choklaridan olingan namunalarni ikkilamchi sonini qayta sinovlar olib borishda, agar namunalarning hech boʻlmasa bittasi qayta mexanik sinovlarida yaroqsiz chiqsa, sinov choklari payvandlari yaroqsizga chiqariladi.
Yuqorida koʻrsatilgan hollarda yaroqsiz sinov choklari payvandlarning bajargan payvandchi Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari (idoralari) tasdiqlagan dastur boʻyicha imtihon topshirgandan keyingina quvur oʻtkazgichlarning sinov choklarini yangidan payvandlashga ruxsat etilishi mumkin.
4.4. Rangli metallar va qotishmalardan ajralmas birikishlarni bajarishga, plastmassa quvur oʻtkazgichlarni payvandlash hamda yelimlashga Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari (idoralari) tomonidan tasdiqlangan dastur boʻyicha sinovlar topshirgan va tayyorgarlik oʻtgan ishchilar qoʻyiladilar.
4.5. Poʻlat quvur oʻtkazgichlarni payvandlashni Oʻzbekiston Respublikasi Davshahtexnazorati tomonidan tasdiqlangan qoidalarda, idoraviy meʼyoriy hujjatlarda va tarmoq mezonlarida koʻrsatilgan haroratlarda olib borish ruxsat etiladi.
Rangli metallardan quvur oʻtkazgichlarni payvandlashni, shuningdek plastmassa quvur oʻtkazgichlarni payvandlash va yelimlashni atrof havo harorati 5 °S dan past boʻlmaganda olib borish ruxsat etiladi.
4.6. Quvur uchlarining va quvur oʻtkazgich qismlarining birlashtiriluvchi yuzalari payvandlashdan oldin idoraviy meʼyoriy hujjatlar va tarmoq mezonlari talablariga muvofiq qayta ishlangan hamda tozalangan boʻlishi kerak.
4.7. Poʻlat quvur oʻtkazgichlarni yigʻishdan oldin quvurlar va qismlarni payvand birikishlari ularni toʻliq sovishigacha, yelimli birikishli plastmassa quvur oʻtkazgichlar esa — 2 soatdan kam boʻlmagan vaqt tutib turilishlari kerak.
Poʻlat quvur oʻtkazgichlar birikish sifatini nazorati
4.8. Poʻlat quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari sifatini nazorati quyidagi yoʻllar bilan olib borilishi kerak: tizimli ishlar nazorati; sinov choklaridan qirqib olingan namunalarni mexanik sinovlari; buzmasdan nazorat qilish usullaridan biri bilan ichki nuqsonlarini oshkor etish bilan choklar yaxlitligi tekshiriladi, shuningdek mazkur Qoidaning 5 boʻlimiga muvofiq izchil gidravlik yoki siqilgan havo bilan sinaladi. Payvand choklarining sifatini nazorat etish usullari GOST 3242-79 da keltirilgan.
V toifali quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari sifatini tekshirish ishlar boʻyicha nazoratni amalga oshirish bilan chegaralanadi.
Loyiha aytib oʻtilgan hollarda, GOST 6032-89 va idoraviy meʼyoriy hujjatlarga muvofiq kristallanish orasida yemirilishga moyil zanglamaydigan poʻlatning payvand choklarini sinovlarini olib borish lozim.
4.9. Ishlar boʻyicha nazorat payvandlovchi ashyo holatini, quvur uchlari va quvur oʻtkazgichlar qismlarini tayyorlik sifati, yigʻish ishlarini aniqligi, berilgan payvandlash tartibini bajarilishini eʼtiborga olishi kerak.
4.10. Poʻlat quvur oʻtkazgichlarning payvand choklarini radio-grafik yoki oʻta qisqa toʻlqinli tovush usullari bilan nazorat etishni tashqi kuzatuv va oʻlchashlarda oshkor etilgan nuqsonlarni bartaraf etilgandan keyin, Ru 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan quvur oʻtkazgichlarni esa — magnit-kukunli yoki rangli usullar bilan oshkor etilgan nuqsonlardan keyin olib borish lozim.
Payvand choklari yoriqlarga, kuyishlarga, erigan qotishmalarga, dagʻal tangaliklarga, 0,5 mm dan ortiq chuqurlikdagi qirqimlarga ega boʻlmasligi kerak (Ru 10 MPa 100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan quvur oʻtkazgichlarda qirqimlar ruxsat etilmaydi).
4.11. Har bir payvandchi (biroq bitta chokdan kam emas) tomonidan payvandlangan choklarning umumiy soniga foizlarda hisoblangan poʻlat quvur oʻtkazgichlarni payvand choklarini buzmasdan nazorat qilish hajmini quvur oʻtkazgichlar uchun quyidagicha tashkil etish kerak:
Ru 10 MPa (100 kgs/sm2) 100 dan yuqori
I toifa ............ 20
II -”- ................... 10
III -”- .................. 2
IV -”- ................ 1
Nazoratning buzmaslik usuli sifatida aniq sharoitlarni inobatga olgan holda qisqa toʻlqin tovushli, elektr rengenografik va foto qogʻozlardan foydalanish bilan rengenografiklarni qoʻllash afzaldir.
Chok barcha aylanma oʻlchami boʻyicha nazorat oʻtkazilishi kerak. I — IV toifali quvur oʻtkazgichlar uchun tashqi kuzatuv natijalari boʻyicha eng yomon choklar nazorat qilinadi.
Devorlarining qalinligi 16 mm va undan ortiq boʻlgan barcha guruhdagi poʻlatlardan Ru 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori quvur oʻtkazgichlar payvandli birikish choklarining ildizlarini nazoratini radiografik usul bilan, S, XG, XM — guruhlari poʻlatlarining tayyor payvand birikishlarini yakuniy nazoratini esa — qisqa toʻlqin tovushli nuqsonlarni tasvirga tushiruvchi moslama bilan bajarish afzaldir. Ru 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan quvur oʻtkazgichlarning tayyor payvand choklarini radiografik yoki qisqa toʻlqin tovushli nazoratini oʻtkazishdan oldin magnit kukunli yoki rangli usullar bilan nazorat etish lozim. Bunda chok yuzasi va unga yopishgan chok chetidan 20 mm kenglikdagi mintaqa nazorat etilishi joiz.
4.12. Radiografik nazorat natijalari boʻyicha poʻlat quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari sifatini baholashni majburiy 4-ilovaga binoan darajali tizim boʻyicha olib borish lozim.
Agarda quvur oʻtkazgichlar uchun darajalar yigʻindisi teng yoki ortiq boʻlsa, payvand choklari yaroqsiz, deb hisoblanishi kerak:
Ru 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori ....... 2
I toifa ...................................................... 3
II -”-............................................................. 3
III -”-............................................................ 5
IV -”-............................................................ 6
Koʻrsatilgan yoki ortiqcha daraja bilan baholangan payvand choklarini tuzatish joiz, undan keyin nuqsonga yoʻlga qoʻygan payvandchi tomonidan nazorat qilingan choklar sonini boshlangʻich hajmidan ikki barobariga qoʻshimcha nazorat oʻtiladi. Yigʻindisi muvofiq ravishda 4 va 5 daraja baholangan III va IV toifali quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari tuzatilmaydi, biroq ushbu payvandchi tomonidan bajarilgan choklar soni ikki baravariga qoʻshimcha nazorat etiladi. Agar bunda hech boʻlmaganda bitta chok yaroqsiz boʻlsa, payvandchini quvur oʻtkazgichlarni payvandlash ishlaridan chetlatadilar.
4.13 Radiografik nazoratning sezgirligi Ru 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan quvur oʻtkazgichlar uchun I va II — 2 sinfga, III va IV toifalar — 3 sinfga muvofiq (GOST 7512-82 boʻyicha) boʻlishi kerak.
4.14. Ru 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan quvur oʻtkazgichlarining payvand choklarini qisqa toʻlqinli tovush nazoratining natijalari boʻyicha agar quyidagilar boʻlmaganda, sifatli hisoblanadilar:
a) choʻzilgan sirtli va hajmiy nuqsonlar;
b) 2 mm2 va undan ortiq muqobil yuzaga mos qulochli aks etgan ogohlantirish hajmiy choʻzilmagan nuqsonlar — quvur devorining qalinligi 20 mm gacha hamda 3 mm2 va undan ortiqligida — devor qalinligi 20 mm dan yuqoriligida;
v) quvur devorining qalinligi 20 mm va 20 mm gachaligida — 2 mm2 va quvur devorining qalinligi 20 mm dan yuqoriligida — 3 mm2 gacha muqobil yuzaga mos qulochli aks etgan ogohlantirgich hajmiy choʻzilmagan nuqsonlari har qaysi 100 mm chokka uchtadan ortiq miqdorida;
2 mm2 gacha muqobil yuzaga mos qulochli aks etgan ogohlantirish hajmiy choʻzilmagan nuqsonlar — qar 100 mm chokka uchtadan ortiq miqdorda, devor qalinligi 20 mm dan ortiqligida. I — IV toifali poʻlat quvur oʻtkazgichlarni payvand choklari tarmoq mezonlarida belgilangan talablarni qondirish kerak.
Qisqa toʻlqinli tovush usuli bilan nazorat natijalari hech boʻlmasa bitta chokda qoniqtirmasa, shu chokni bajargan payvandchi tomonidan ikki barobar miqdorda choklarni nazorati olib boriladi. Qayta nazorat natijalari qoniqarsiz chiqsa, 100% choklar nazorati oʻtkaziladi.
Nuqsonlarga yoʻl qoʻygan payvandga quvur oʻtkazgichlarni payvandlashga Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari (idoralari) tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha sinovlarni topshirgandan keyingina yangidan qoʻyilishi mumkin.
4.15. Agar chokning nuqsonli qismi yoʻqotilgandan keyin tanlangan oʻlchamlari 1 jadvalda koʻrsatilgan qiymatlardan oshmasa, mahalliy tanlash va izchil payvandlash (barcha choklarni qayta payvandlamasdan) yoʻli bilan poʻlat quvur oʻtkazgichlar payvand choklarining qismlari toʻgʻrilanishi lozim boʻladi.
1 jadval boʻyicha ruxsat etilgandan ortiqroq oʻlchamli payvand choklarini nuqsonli qismini toʻgʻrilash uchun talab etiladigan tanlashni olib borishda bu qism butunlay olib tashlanib, uning oʻrniga esa “gʻaltak” payvandlanishi kerak.
Tashqi kuzatuv va oʻlchamlarda qisqa toʻlqinli tovush, magnit kukuni yoki rangli usullar bilan oshkor boʻlgan payvand choklarining barcha nuqsonli qismlari toʻgʻrilanishi lozim.
Radiografik nazorat natijalari boʻyicha yaroqsiz topilgan choklarda 4.12-band va majburiy 4-ilovaga muvofiq aniqlanib baholangan eng katta darajali chok qismlari toʻgʻrilanishi joizdir.
Agar choklar bir xil darajalar yigʻindisi boʻyicha yaroqsiz topilgan hollarda, qismlar payvandsiz toʻgʻrilanishi lozim boʻladi.
Chokning bir joyi bir martadan ortiq boʻlmagan ravishda toʻgʻrilash ruxsat etiladi. Nuqsonlarni zarb bilan toʻgʻrilash man etiladi.
Sinalishi lozim boʻlgan barcha choklar qismlari buzmaslik usuli bilan tekshirilgan boʻlishi kerak.
Choklarni toʻgʻrilash va qayta nazorati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majburiy 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish hujjatlariga kiritilgan boʻlishi kerak.
4.16. Py 10 MPa (100 kgs/sm2), dan yuqori poʻlat quvur oʻtkazgichlarni, shuningdek Py 10 MPa (100kgs/sm2) gacha boʻlgan issiqlik ishlovidan oʻtgan XM va XF guruhli poʻlatlardan quvur oʻtkazgichlar payvand choklari metall chokining qattiqlikka sinovlari oʻtkazilishi lozim.
Payvand choklar qattiqligini oʻlchash natijalari boʻyicha quyidagi shartlar bajarilganda sifatli hisoblanadilar:
a) asosiy metallni qattiqligi quyi qiymati 25 NV dan ortiq boʻlmagan eritilgan metall qattiqligini pasayishi;
b) asosiy metall qattiqligi yuqori qiymati 20 NV dan ortiq boʻlmagan eritilgan metall qattiqligni ortishi;
v) asosiy metall va 50 NV dan ortiq boʻlgan issiqlik taʼsiri mintaqasidagi metall qattiqligi farqini ortiqligi.
Ruxsat etilgandan ortuvchi qattiqlik farqida choklarni yangidan issiqlik bilan qayta ishlashga, hamda agar qayta issiqlik bilan qayta ishlashdan keyin ruxsat etilgan qattiqlik farqidan ortsa, oxirgi nazorat tekshiruvidan keyingi vaqt ichida shu payvandchi tomonidan payvandlangan asosiy metallning barcha bir turli birikishlari va metall choklarini stiloskopiyalashni oʻtkazish lozim. Berilgan chokni erigan metall kimyoviy tarkibi mos kelmaganda yaroqsizga chiqariladi.
Rangli metall va qotishmali quvur oʻtkazgichlar choklarining sifatini nazorati
4.17. Payvandlangan va kavsharlangan choklar sifat nazoratini ularni tashqi kuzatuv, shuningdek ushbu qoidaning 5 boʻlimida bayon etilgan koʻrsatmalarga muvofiq gidravlik yoki siqilgan havo bilan quvur oʻtkazgichlarni sinash yoʻli bilan bajarish lozim.
4.18. Kavsharlangan choklar tashqi koʻrinishiga koʻra asosiy metallga bir maromda oʻtishda silliq yuzaga ega boʻlishi kerak. Quyqalar, qobiqlar, chigʻanoqlar, begona qoʻshimchalar va chala kavsharganliklar ruxsat etilmaydi.
4.19. Kavsharlangan nuqsonli choklarni qaytadan sinovlar bilan izchil kavsharlash ruxsat etiladi, biroq ikki martadan ortiq emas.
Plastmassa quvur oʻtkazgichlar choklari sifatining nazorati
4.20. Plastmassa quvur oʻtkazgichlar choklarining sifatini nazorati kirish, ish borishi va qabul qilish nazoratini (tashqi kuzatuv va oʻlchash, payvand choklar sifatini tezkor tekshiruvi hamda ularni mexanik sinovlari) oʻz ichiga olishi kerak.
4.21. Payvand va yelimli birikishlarni kirishdagi nazoratida ashyolar va buyumlar sifatini mezonlar hamda idoraviy meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofigʻi tekshirilishi lozim.
4.22. Payvand birikishlarni ishning borishini nazorati quvurlarni payvandlashga yigʻish sifati, quvurlar uchlari yuzalarining sifati, isituvchi asboblar ishchi yuzalarini tozaligi va payvand tartibini nazoratini tekshirishni nazarda tutishi kerak.
Yelimli birikishlarni ishning borishini nazorati yelimlanuvchi yuzalarni tayyorlash sifati, quvurlarni yigʻishda tirqishlar kattaligi va yelimlanishni texnologik jarayoni tartibiga rioya qilinishi eʼtiborga olinishi kerak.
4.23 Barcha payvand va yelimli birikishlar kuzatuv hamda oʻzgartirishlarga daxldordir. Ularning tashqi koʻrinishlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) payvandlangan quvurlar (qismlar) chetlarini siljishi ularning devor qalinligining 10% dan va 1,2 mm dan oshmasligi kerak;
b) tutashuv payvand orqali olingan payvand choklarini grati monand va chokning aylanma oʻlchami hamda kengligi boʻyicha yoki uchi kengaygan quvur uchini uchi kengaygan quvurga payvandlashda bir tekis taqsimlangan boʻlishi kerak;
v) grat balandligini quyidagilar tashkil etishi kerak:
payvandlangan quvurlar (qismlar) devorlarining qalinligi 7 mm gacha boʻlganda 1 — 2,5 mm va 7 — 18 mm devor qalinligida 2 — 4 mm; 18 — 26 mm devor qalinligida 3 — 5 mm; grat eni uning 1,8 — 2,3 balandligini tashkil etishi kerak;
g) payvand choklarini grat gʻoʻlachasi aniq chegaralovchi chiziqqa ega boʻlishi, uning sirti silliq, yoriqsiz, gaz pufakchalari va begona aralashmalar qoʻshimchasi boʻlmasligi kerak;
d) polivinilxlorid quvurlarini chiviqli gaz payvandlashda chiviqlar orasida boʻshliq, buyum ashyosini va payvandlagich chiviqlarni kuyganligi, payvand chokining eni va balandligi boʻyicha kuchlarni notekis tarqalgan boʻlmasligi kerak, uning sirti esa shishib chiqqan va asosiy ashyoga ravon birikkan boʻlishi kerak;
e) payvand choklari oʻrinlarida quvur oʻtkazgichlarni toʻgʻri chiziqdan ogʻishlari 1 m uzunlikdagi quvur oʻtkazgichga 20 mm dan ortiq boʻlmasligi kerak;
j) quvurlarni yelimlashda ular orasidagi tirqishlar chokning aylanma oʻlchami boʻyicha bir tekis turtib turuvchi yelim pardasi bilan toʻldirilishi kerak.
4.24. Uchma-uch tutashtirib payvandlashda birikishlarda nuqsonlar topilgan hollarda quvurlarni oʻsha qismlari qirqib tashlanadi va 200 mm dan kam boʻlmagan uzunlikda “gʻaltak” payvandlanadi. Chiviqli payvandlashda nuqsonli qismlar qirqib tashalmasdan tuzatilishi mumkin.
4.25. Payvand choklar sifatini jadal tekshiruvini yangi olingan quvurlar majmuini idoraviy meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq namunalarni choʻzilishga, egilishga va yulinishga sinash yoʻli bilan payvand uskunalarini sozlash hamda payvandlash tartibiga tuzatishlar kiritib bajariladi.
4.26. Choʻzilish va siljishga mexanik sinovlarga II hamda III toifali quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari duchor etiladi (quvur oʻtkazgichlar toifalari 5-ilovaning 1-jadvaliga binoan aniqlanadi).
Bir obyektda, shuningdek bir payvandchi tomonidan bajarilgan birikishlar umumiy miqdoridan kam boʻlmagan ravishda umumiy birikishlar miqdorining 0,5% nazoratga yoʻliqtiriladi. Nazorat uchun tanlanadigan namunalar toʻgʻri chiziqli boʻlishi kerak. Payvand choklari qirqilgan qismning markazida joylashgan boʻlishi kerak. Namunalarning oʻlchamlari va sifat koʻrsatkichlari idoraviy meʼyoriy hujjatlar talablariga binoan qabul qilinadi.
Payvandlash va namunalarni choʻzilish va siljishga sinash orasidagi vaqt 24 soatdan kam boʻlmasligi kerak.
Choʻzilish va siljishga sinashda bitta chokda boʻlsa qam qoniqarsiz natijalar olinganda ular miqdorini ikki barobariga qayta tekshirish oʻtkaziladi. Qayta tekshiruv natijalari qoniqarsiz chiqsa, barcha birikishlar yaroqsiz hisoblanadi va qirqib tashlanadi.
5. YIGʻILGAN JIHOZLAR VA QUVUR OʻTKAZGICHLARNI OʻZIGA XOS SINOVLARI
5.1. Texnologik jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni xos sinovlarini boshlanishiga xos sinovlar oʻtkazish uchun zaruriy surtish, sovitish, yongʻinga qarshi muhofaza, elektr uskunalari, himoyaviy yerga tutashuv, avtomatlashtirish tizimlari yigʻilgan va berilgan texnologik jihozlarni xos sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq bevosita bogʻliq boʻlgan koʻrsatilgan tizimlar ishini ishonchliligini taʼminlovchi ishga tushirishni sozlash ishlari bajarilgan boʻlishi kerak.
Xos sinovlarni oʻtkazish tartibi va muddati hamda ularni ishga tushirishni sozlash ishlarini taʼminlanishi yigʻish va ishga tushirishni sozlash tashkilotlari, bosh pudratchi, buyurtmachi hamda qurilish-yigʻish ishlarini bajarishda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan jadvalda belgilangan boʻlishi kerak.
5.2. Yigʻish qurilish maydonida oʻtkazilgan idishlar va apparatlar mustahkamlikka hamda zichlikka sinalishlari lozim.
Qurilish maydonchasiga kelib tushuvchi tayyorlovchi — korxonada toʻliq yigʻilgan va sinalgan idishlar hamda apparatlar qoʻshimcha mustahkamlik va zichlikka xos sinovlarga yoʻliqtirilmaydi.
Sinovlar turi (mustahkamlik, zichlik), sinov usullari (gidravlik, siqiq havoli va boshqalar), sinov bosimining qiymati, davomiyligi va sinovlar natijalarining baholari ilova yoki ishchi hujjatlarida koʻrsatilgan boʻlishlari kerak.
5.3. Mashinalar, mexanizmlar va agregatlarni tayyorlovchi-korxonaning texnik shartlarida koʻzda tutilgan talablariga rioya qilinganligini tekshirish bilan ularni boʻsh yurishida sinovlarga yoʻliqtirish lozim.
Toʻplash yigʻish jarayonida olib borilgan, shuningdek yigʻishga toʻplangan hamda tamgʻalangan holda keltirilgan mashinalar, mexanizmlar va agregatlarni sinovlar oʻtkazishdan oldin qismlarga ajratilmaydi.
5.4. Quvur oʻtkazgichlarni chidamlilikka va zichlikka sinash zarurdir.
Sinov turlari (chidamlilik, zichlik), usullari (gidravlik, siqiq havoli), davomiyligi va sinov natijalarining baholarini ishchi hujjatlarga muvofiq qabul qilish lozim.
Chidamlilikka sinov bosimining (gidravlik va siqiq havoli) qiymatini ishchi hujjatlarda qoʻshimcha koʻrsatmalar boʻlmaganda 2 jadvalga binoan qabul qilish joiz.
Devorlarining harorati 400 °S dan ortiq boʻlgan poʻlat quvur oʻtkazgichlar uchun sinov bosimini 1,5 R, biroq 0,2 MPa (2 kgs/sm2) dan kam qilinmasligi lozim.
Zichlikka sinov bosimning qiymati ishchi bosimiga muvofiq boʻlishi kerak.
5.5. Quvur oʻtkazgichlarni sinovlarda chidamlilik va zichlikka birgalikdagi sinovlari hamda nuqsonlarni (sovunli eritma bilan surtish, oqishni qidirgichlarni qoʻllash va boshqalar) topish usullariga boʻlishni (zarurat boʻlgan hollarda) agarda ishchi hujjatlarida xos koʻrsatmalar boʻlmasa, sinovlarni amalga oshiruvchi tashkilot qabul qiladi. Bunda texnika xavfsizligi, yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davshahtexnazorati qoidalari talablaridan qoʻllanishi joizdir.
5.6. Gidravlik sinovlarda poʻlat quvur oʻtkazgichlarni ogʻirligi 1,5 kg dan ortiq boʻlmagan, rangli metalldan boʻlgan quvur oʻtkazgichlarni 0,8 kg dan ortiq boʻlmagan bolgʻa bilan urib koʻrish ruxsat etiladi.
Siqiq havoli sinovlarda urib koʻrish ruxsat etilmaydi.
5.7. 15 °S dan yuqori haroratda tayyorlangan plastmassa quvur oʻtkazgichlarni chidamlilik va zichlikka sinovlarini choklarni payvandlangandan yoki yelimlangandan keyin 24 soatdan kam boʻlmagan vaqtda, 15 °S dan past haroratda bajarilgan birikishlar uchun esa 48 soatdan soʻng oʻtkazish lozim.
5.8. Davlat nazorati idoralari tomonida nazorat etiluvchi jihozlar va quvur oʻtkazgichlarning sinovlari ushbu idoralar tomonidan tasdiqlangan qoidalar talablariga muvofiq ravishda olib borilishi kerak.
Jihozlar va quvur oʻtkazgichlar sinalish jarayonida yigʻish ishlarini olib borishda yoʻl qoʻyilgan nuqsonlar aniqlangan hollarda, nuqsonlar bartaraf etilgandan keyin qayta sinovlar oʻtkazilishi kerak.
Bosim ostidagi idishlar, apparatlar va quvur oʻtkazgichlar, mexanizm hamda mashinalarda esa — ular ish holatidaligida nuqsonlarni bartaraf etish ruxsat etilmaydi.
5.9. Manfiy haroratlarda jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni gidravlik sinovlarini oʻtkazish jarayonida suyuqlikni muzlashini oldini olish uchun choralar qabul qilish lozim (suyuqlikni isitish, haroratni pasaytiruvchi muzlatgich qoʻshilmalarni chiqarib tashlash).
5.10. Gidravlik sinovlar tugatilgandan soʻng, quvur oʻtkazgichlar, idishlar va apparatlardagi suyuqliklar chiqarib tashlanishi, toʻsqich qurilmalar esa — ochiq holatda qoldirilishlari kerak.
5.11. Siqiq havoli sinashlarda idishlar apparatlar, quvur oʻtkazgichlardagi bosimi quyidagi bosqichlarda kuzatuv bilan sekin-asta koʻtarish lozim: 0,2 MPa (2 kgs/sm2) gacha ishchi bosimda ishlatiluvchi idishlar, apparatlar va quvur oʻtkazgichlar uchun — sinov bosimini 60% ga erishishda, 0,2 MPa (2 kgs/sm2) va undan yuqori ishchi bosimda ishlatiluvchi idishlar, apparatlar, quvur oʻtkazgichlar uchun — sinov bosimini 30 va 60% ga erishishda kuzatuv vaqtida bosimni koʻtarish toʻxtatiladi.
Yakuniy kuzatuv ishchi bosimda va asosan, zichlikka sinovlar bilan birga olib boriladi.
5.12. Siqiq havoli sinovlar boshlanguniga qadar aniq sharoitlarda sinov ishlarining borishini xavfsizligi boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqilgan boʻlishi, qaysiki sinovning barcha ishtirokchilari tanishgan boʻlishlari kerak.
5.13. Chidamlilikka siqiq havoli sinashlar quyidagilarga ruxsat etilmaydi:
a) moʻrt ashyoli (shisha, choʻyan, faoliyat va boshqalar) idishlar, apparatlar, quvur oʻtkazgichlar uchun;
b) amaldagi sexlarda joylashgan idishlar, apparatlar va quvur oʻtkazgichlar uchun;
v) amaldagi quvur oʻtkazgichlar bilan bir qatorda joylashgan estakadalarda, sunʼiy ariqlarda va novlardagi quvur oʻtkazgichlar uchun;
g) agar idishlar, apparatlar va quvur oʻtkazgichlarda kul rang choʻyandan oʻzak oʻrnatilgan boʻlsa, ortiqcha bosimda [0,4 MPa (4 kgs/sm2 dan ortiq)].
5.14. Chidamlilikka sinov gidravlik yoki siqiq havoli bosim 5 daqiqa davomida tutib turilishi, undan soʻng uni ishchi bosimigacha pasaytirilishi kerak.
Shisha quvur oʻtkazgichlarni sinashda sinov bosimi 20 daqiqa davomida tutib turiladi.
5.15. Ishchi hujjatlarida zichlikka sinovlar oʻtkazish vaqtining koʻrsatmalari boʻlmaganda idishlar, apparatlar, quvur oʻtkazgichlarni kuzatish davomiyligida aniqlanishi kerak, buning ustiga agarda yechiluvchi va ajralmas birikishlarda oqishlar hamda sinovlar davrida haroratni oʻzgarishiga koʻra manometr boʻyicha bosim pasayishi topilmaganda sinovlar qoniqarli, deb tan olinadi.
5.16. Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarning xos sinovlarini yakuniy bosqichi, majmuaviy sinovlar uchun xos sinovlardan keyin ularni qabul qilish dalolatnomasini imzolanishi boʻlib hisoblanishi kerak.
1-ILOVA
Majburiy
Ishga tushirishni sozlash ishlarini olib borish tartibi
1. Ishga tushirishni sozlash ishlariga jihozlarni xos sinovlarga tayyorlash va oʻtkazish hamda majmuaviy sinovlarida bajariluvchi majmuaviy ishlar kiradi.
2. Xos sinovlar (keyinchalik xos sinovlar, deb nomlanadi) davri deganda majmuaviy sinovlar uchun jihozlarni ishchi hayʼati tomonidan qabul qilishga tayyorlash maqsadida ayrim mashinalar, mexanizmlar va agregatlarni xos sinovlarini oʻtkazish uchun ishchi hujjatlarida, mezonlarda va texnik shartlarda eʼtiborga olingan zaruriy talablarni bajarilishini taʼminlovchi yigʻish hamda ishga tushirishni sozlashishlarini oʻz ichiga olgan davr tushuniladi.
Eslatma. Ishga tushirishni sozlash ishlarini tasdiqlangan tartibda belgilangan ravishda korxona, bino va inshootlarni foydalanishga topshirishning jamlanma peshhisob hisobidan buyurtmachi toʻlaydi.
3. Jihozlarni majmuaviy sinov (keyinchalik majmuaviy sinov, deb nomlanadi) davri deganda, obyektni foydalanishga davlat qabul hayʼati tomonidan qabul qilinishigacha majmuaviy sinovlarni oʻzini oʻtkazish hamda jihozlarni ishchi hayʼati tomonidan majmuaviy sinovlar uchun qabul qilingandan soʻng bajariluvchi ishga tushirishni sozlash ishlarini oʻz ichiga olgan davr tushuniladi.
4. Davlat qabul hayʼati tomonidan obyekt foydalanishga qabul qilingandan keyin loyihaviy quvvatini tekshirish davrida bajariluvchi ishlar majmuaviy ishga tushirish ishlarini sozlash ishlariga kirmaydi va Oʻzbekiston Respublikasining xos vazirliklari hamda idoralari tomonidan belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Xos sinovlarni boshlanishigacha elektr texnikasi qurilmalari, boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari, sanitariya-texnika va issiqlik kuchlari jihozlari boʻyicha ishga tushirishni sozlash ishlari amalga oshiriladi, qaysiki bajarilishi texnologik jihozni xos sinovlarini oʻtkazishni taʼminlaydi.
Koʻrsatilgan qurilmalar, tizimlar va jihozlarning xos sinovlarini yigʻish ishlarini muvofiq turlarini olib borish QMQ da keltirilgan talablarga binoan oʻtkaziladi.
6. Majmuaviy sinovlar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash tomonidan tasdiqlangan. Quvvatini aniqlashning boshlangʻich davrida belgilangan koʻlamda mahsulotlarning birinchi toʻplamini chiqarishni taʼminlovchi izchil jihozlarning ishini kuch ostida turgʻun loyihaviy texnologik tartibda chiqarish bilan boʻsh yurishida loyihaviy texnologik jarayonda koʻzda tutilgan jihozlarning birgalikdagi oʻzaro bogʻliq ishlarini tekshirishni, sozlashni va taʼminlanishini bajaradilar.
Jihozlarni majmuaviy sinovlarining boshlanishigacha avtomatlashtirilgan va boshqa vositalar nosozlikka qarshi hamda yongʻinga qarshi himoyalar amalga kiritilgan boʻlishlari kerak.
7. Ishga tushirishni sozlash ishlarining koʻlami va shartlari, shuningdek jihozlarni majmuaviy sinov davrlarining davomiyligida ishga tushiruvchi xodimlarning zaruriy miqdori, issiqlik-energetika zaxiralari, ashyolar va xom ashyolar qurilishlari tugallangan korxonalar, obyektlar, sexlar va ishlab chiqarishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davqurilishi bilan kelishilgan ravishda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari hamda idoralari tomonidan tasdiqlangan foydalanishga qabul qilishning tarmoq qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
8. Jihozlarni foydalanish tartibida majmuaviy sinovlar davrida bosh va yordamchi pudrat tashkilotlari qurilish va yigʻish ishlarida topilgan nuqsonlarni bartaraf etishga muvofiq ishchilarni tezkorlikda jalb etish uchun oʻzlarining muhandis-texnik xodimlarini navbatchiligini taʼminlaydilar.
9. Ishga tushirishni sozlash ishlarining tarkibi va ularni bajarilish dasturi jihozlarni tayyorlovchi — korxonaning texnik shartlariga, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi boʻyicha qoidalar, davlat nazorat idoralari qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
10. Ishga tushirish, sozlash va jihozlarni majmuaviy sinovlar jarayonida oshkor etilgan qoʻshimcha, loyihada eʼtiborga olinmagan ishlarni buyurtmachi yoki uning topshirigʻi bilan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar boʻyicha qurilish va yigʻish tashkilotlari bajaradilar.
11. Jihozlarning xos sinovlari va majmuaviy sinovlari jarayonida topilgan jihozlar nuqsonlari, shuningdek ishga tushirishni sozlash ishlari buyurtmachi (yoki tayyorlovchi — korxona) tomonidan obyektni foydalanishga qabul qilinguniga qadar bartaraf etilgan boʻlishi kerak.
12. 6-bandda koʻrsatilgan jihozlarni majmuaviy sinovlarga tayyorlash va oʻtkazish davrida bajariluvchi ishlar hamda tadbirlar buyurtmachi tomonidan yoki uning topshirigʻi bilan bosh pudratchi va yordamchi pudratchi yigʻish tashkilotlari, zarurat boʻlganda otaliqdagi jihozlarni tayyorlovchi korxona xodimlari bilan kelishgan holda ishga tushirishni sozlash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan dastur hamda jadval boʻyicha amalga oshiriladi.
13. Jihozlarning majmuaviy sinovlari buyurtmachining foydalanuvchi xodimi tomonidan bosh pudratchi muhandis-texnik ishchilari, loyiha va yigʻish yordamchi tashkilotlari, zarur boʻlganda — jihozlarni tayyorlovchi — korxona xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
* Bu yerda “jihoz” tushunchasi obyektdagi barcha texnologik tizimlarni, yaʼni texnologik va loyihada koʻzda tutilgan mahsulotning birinchi toʻplamini chiqarishni taʼminlovchi barcha boshqa turdagi jihozlar hamda quvur oʻtkazgichlar, elektr texnika sanitariya-texnika va boshqa qurilmalar hamda avtomatizatsiyalashning tizimlar majmuini qamraydi.
2-ILOVA
Majburiy
Jihozlar va quvur oʻtkazgichlarni yigʻishda rasmiylashtiriluvchi ishlab chiqarish hujjatlari
Jihozlar va quvur oʻtkazgichlar yigʻishda jadvalda keltirilgan ishlab chiqarish hujjatlari tuzilgan va topshirishda ularni ishchi hayʼatiga (1 — 3 bandlarda koʻrsatilganlardan tashqari) topshirilgan boʻlishi kerak.
3-ILOVA
Majburiy
Poʻlat quvur oʻtkazgichlarning payvand namunalarini mexanik sinovlari
Sinov choklaridan tayyorlangan payvand namunalarini mexanik sinovlarga quyidagi talablarga rioya qilgan holda yoʻliqtirilishi kerak:
a) statik choʻzilishda vaqtinchalik qarshilik payvandlanuvchi quvur metalining vaqtinchalik qarshiligining quyi chegarasidan kam boʻlmasligi kerak;
b) statik egilishga sinovlarda egilish burchaklari jadvalda keltirilganlardan kam boʻlmasligi kerak;
v) quvurning uch devor qalinligiga teng masofagacha birlashtirilgan namunada yoriqlar boʻlmasligi kerak;
g) musbat 20 °S haroratda metall choki boʻyicha joylashgan qirqim GOST 6996-66 boʻyicha aniqlangan VI tur namunalaridagi Ru 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori va I toifali devor qalinligi 12mm va undan ortiq boʻlgan quvur oʻtkazgichlarni yoyli payvand choklari metalining zarbdan yopishqoqligi austenitlardan tashqari barcha poʻlatlar uchun 50 j/sm2 (5 kgs.m/sm2) dan austenitlar uchun — 70 j/sm2 (7 kgs.m/sm2) dan kam boʻlmasligi kerak.
4-ILOVA
Majburiy
Radiografik nazorat natijalari boʻyicha poʻlat quvur oʻtkazgichlar payvand choklarining sifat darajalari yigʻindisini aniqlash
1. Payvand choklarining sifat darajalari yigʻindisi 1 va 2 jadvallarga muvofiq choklar sifatlarini alohida baholanganda olingan eng katta darajalarni qoʻshish bilan aniqlanadi.
2. 1 jadvalda chok oʻqi boʻyicha payvandlanmay qolgan joylarining uzunligi va qiymatiga koʻra, chok negizida erishning ortiqligi va bukikligi, shuningdek payvandlanmagan va yoriqlari darajalarda quvur oʻtkazgichlar payvand choklari sifatlarining baholari koʻrsatilgan.
Eslatma. I — IV toifali quvur oʻtkazgichlar uchun negizning bukikligi va payvandlanishning ortiqligi qiymatlari maʼyorlanmaydi.
3. Radiografik nazoratda oshkor boʻlgan aralashmalarning (gʻovaklar) ruxsat etilgan oʻlchamlari va ularning darajalardagi baholari 2 jadvalda koʻrsatilgan. Payvand choklari qismlarida aralashmalar (gʻovaklar) boʻlmaganda 1 daraja bilan baholanadi.
Eslatmalar: 1. Radiografik suratlarni tahlil qilganda 0,2 mm va undan kam uzunlikdagi aralashmalar (gʻovaklar), agar ular toʻplanishlar hamda nuqsonlar toʻrini tashkil etmasa, eʼtiborga olinmaydi.
2. Jadvalda koʻrsatilgandan qisqa uzunlikdagi ayrim aralashmalarning (gʻovaklar) soni istalgan 100m uzunlikdagi radiogramma qismidagi 2 darajali uchun 10 donadan, 3 darajali uchun 15 donadan oshmasligi kerak, bunda ularning jamlanma uzunligi jadvalda koʻrsatilgandan ortiq boʻlmasligi kerak.
3. 100 m dan qisqa uzunlikdagi payvand choklari uchun jadvalda keltirilgan meʼyorlar aralashmalarning (gʻovaklar) jamlanma uzunligi boʻyicha, shuningdek ayrim aralashmalar (gʻovaklar) soni boʻyicha mutanosib ravishda kamaytirilgan boʻlishi kerak.
4. Aralashmalar (gʻovaklar) toʻplanganligi topilgan Ru 10 MPa (100 kgs/sm2) dan yuqori boʻlgan quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari qismlarining bahosi 1 darajaga koʻtarilgan boʻlishi kerak.
5. Aralashmalar (gʻovaklar) zanjiri topilgan barcha toifadagi quvur oʻtkazgichlarning payvand choklari qismlarini bahosi bir darajaga oshirilgan boʻlishi kerak.
6. Suratlar tahlil etilayotganda GOST 19232-73 boʻyicha nuqsonlar turi va GOST 23055-78 boʻyicha ularning oʻlchamlari aniqlanadi.
7. Xulosa yoki radiografik nazoratning qayd daftarida 1 jadval boʻyicha aniqlangan payvand chok darajasini, 2 jadval boʻyicha aniqlangan payvand choklari qismining eng katta darajasini, shuningdek payvand chok sifatini darajalar yigʻindisini, masalan 1/2 — 3 yoki 6/6 — 12 koʻrsatish joizdir.
5-ILOVA
Majburiy
Quvur oʻtkazgichlarni tasniflash
1. Texnologik quvur oʻtkazgichlar 1-jadvalda koʻrsatkichlarga muvofiq turli belgilar boʻyicha tasniflanadilar.
Texnologik quvur oʻtkazgichlar tasnifi
Ayrim guruhlar doirasida texnologik quvur oʻtkazgichlarni maxsus tasniflari qoʻllaniladi.
Shartli oʻtish 1400 mm gacha boʻlgan, Ru 10 MPa gacha bosimli va 70 dan 450 °S gacha haroratli noagressiv hamda yengil agressiv moddalar naqliyotlanuvchi past bosimli poʻlat quvur oʻtkazgichlar 2 jadvalga binoan 3 guruh, 5 toifaga boʻlinadilar.
Past bosimli poʻlat quvurli quvur oʻtkazgichlar tasnifi
Eslatmalar: 1. Quvur oʻtkazgichlar guruhi va toifasini uni yanada masʼuliyatliroq guruh yoki toifaga tegishli boʻlgan oʻlchamlar boʻyicha belgilash lozim.
2. Zararli moddalarni xavflilik sinfini GOST 12.1.005-88 va GOST 12.1.007-76*, portlashdan hamda yongʻindan xavflilikni GOST 12.1.004-91 boʻyicha aniqlash lozim.
3. Xavflilik sinfi 4 boʻlgan zararli moddalarni: portlashdan va yongʻindan xavfliligini B guruhga; yonmaydiganlarini V guruhiga kiritish lozim.
4. Naqliyotlanuvchi moddalarning oʻlchamlarini quyidagicha qabul qilish lozim: ishchi bosim — bosim manbasini (nasos, kompressor va shu kabilar) takomillashtiruvchi eng katta ortiqcha bosimga teng; ishchi qar oratni — texnologik tartib bilan oʻrnatilgan naqliyotlanayotgan moddaning eng yuqori haroratiga teng; shartli bosim — GOST 356-80 boʻyicha quvur oʻtkazgich ashyosi, ishchi bosimi, haroratiga bogʻliq boʻlgan bosim.
2-jadvalda keltirilgan tasniflar atsetilen, kislorod, qozonxona, elektr stansiyalari, alohida mohiyatli (atom qurilmalari, koʻchma agregatlar, siqiq havo naqliyoti va shu kabilar) konlar, dinamik kuchlarga duchor etilgan xavfsizlik ostida ishlovchi metallurgiya zavodlarining gaz xoʻjaliklari, “Bugʻ va issiq suv quvur oʻtkazgichlarini oʻrnatish va xavfsiz foydalanish qoidalari” ga muvofiq yemirilishga qarshi ichki yuzalarni himoyalash boʻyicha maxsus tadbirlarni talab etuvchi tarmoq meʼyorlari boʻyicha loyihalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davshahtexnazorat nazorati ostidagi quvur oʻtkazgichlarga taalluqli emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Davshahtexnazorat nazorati ostidagi bugʻ va issiq suv quvur oʻtkazgichlari “Bugʻ va issiq suv quvur oʻtkazgichlarini oʻrnatish va xavfsiz foydalanish qoidalari” ga muvofiq 3 jadvalga binoan toifalarga boʻlinadilar.
Bugʻ va issiq suv quvur oʻtkazgichlarining tasnifi
Ishchi bugʻ bosimi 0,07 MPa gacha va issiq suv harorati 115 °S gacha, shuningdek tashqi diametri 51 mm dan kam boʻlgan I toifali quvur oʻtkazgichlarga va tashqi diametri 76 mm dan kam boʻlgan barcha boshqa toifali quvur oʻtkazgichlarga qoida taalluqli emas.
Metall boʻlmagan ashyoli quvur oʻtkazgichlarning tasnifi
6-ILOVA
Tavsiyaviy
Poʻlat quvur oʻtkazgichlar uchun ashyolar va buyumlar
Quvurlar va shakldor qismlar
Eslatmalar:
1. Loyiha chizmalari, tarmoq mezonlari yoki meʼyorlari boʻyicha.
2. Quvurlarda bosim boʻlmaganda atrof havodan harorat qabul qiluvchi quvur oʻtkazgichlar uchun eng kam haroratni quyidagiga teng qabul qilish ruxsat etiladi:
manfiy 40 °S 10, 20, VSt2 va VSt3 barcha toifalardagi poʻlat belgisi uchun;
manfiy 50 °S 17GS, 17G1S, 17G1S-U poʻlat belgisi uchun;
manfiy 70 °S 10G2S1, 09G2S, 10G2 poʻlat belgisi uchun.
3. Poʻlatlarni GOST 380-88* va GOST 19281-89 boʻyicha 450 °S haroratda mexanik eskirishdan soʻng zarbli yopishqoqlikka sinash shartlarida qabul qilish ruxsat etiladi.
7-ILOVA
Majburiy
Gardishli birikishlarni zichlagich yuzalarini tanlash
Eslatma: Asoslangan hollarda GOST 12815-80 boʻyicha 6, 7, 8 va 9 bajarilishli zichlagich yuzali gardishlarni qoʻllash ruxsat etiladi.
Qoʻllanilgan meʼyoriy hujjatlar
ROʻYXATI
