Daryo va suv omborlaridagi gidrotexnika transporti inshootlari (122-son)
30.12.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
qurilish meʼyorlari va qoidalari
Ushbu meʼyor va qoidalar panaga olingan hamda ochiq akvartoriyalarda daryo va suv omborlaridagi gidrotexnika transporti inshoatlarining (bundan keyin gidrotexnik inshoatlar) yangilarini qurish va amaldagilarini rekonstruksiyalash va kengaytirish, shuningdek qurilish tashkilotlari maydonlarida bu inshoatlarni barpo etish uchun tuzilmalar va elementlar yasash ishlarini amalga oshirish ishlariga taalluqlidir.
1. UMUMIY NIZOMLAR
1.1 Gidrotexnika inshoatlarini barpo etish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda ushbu QMQ talablaridan tashqari muvofiq ravishdagi QMQ va SNiP 3 qismi talablarini bajarilishi joiz. (Bu yerda va bundan keyin sobiq SSSR Gosstroyi tomonidan tasdiqlangan va ularni Oʻzbekiston Respublikasi standartlari va qurilish meʼyorlari hamda qoidalari bilan almashuviga qadar amal qilib kelgan standartlar (GOST), qurilish meʼyor va qoidalari (SNiP) ga murojaatlar).
Gidrotexnik inshoatlarning quruq holda qurilishi (toʻsiqlar himoyasi ostida va suv chiqarib tashlashni qoʻllash bilan) QMQ 3.07.01-96 y talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
1.2 Mavjud gidrotexnika inshoatlarini rekonstruksiya qilishda, shuningdek amal qilib turgan korxona yoki unga bevosita yaqin boʻlgan sharoitda ularni barpo etish va kengaytirishda qurilish ishlari mavjud bino va inshoatlar, qurilish doirasida boʻlgan va buzilishga doxil boʻlmagan suv osti va yer osti kommunikatsiyalari, shuningdek amaldagi korxonaning foydalanish faoliyatini minimal cheklovchi qurilishni tashkil etish loyiha koʻrsatmalariga binoan uslublar bilan amalga oshirilishi lozim.
1.3 Gidrotexnika inshoatlarini barpo etishda qurilishni tashkil etish loyihasida qurilishning ishgʻol qilish uzunligini tugallanmagan obyektlarni toʻlqinlar taʼsiri va muzlari surilishi natijasida zararlanish ehtimolining minimalligini taʼminlash sharoitidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.
1.4 Suv omborlari va daryolarning kema qatnovi qismlarida ishlarni amalga oshirish tartibi kema va suzuvchi vositalarning qurilish davrida qatnov xavfsizligini taʼminlashi lozim. Akvatoriyalarning kema qatnovi qismlari qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladigan joylarda kema qatnovi mavsumida toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
1.5 Suzib yuruvchi qurilish vositalari bazalarini toʻlqinlanish va harakatlanuvchi muz massalari taʼsiridan tabiiy yoki sunʼiy yoʻsinda muhofazaga ega boʻlgan qirgʻoq joylariga joylashtirilishi lozim. Gidrotexnika inshoatlariga qurilishida foydalaniluvchi suzib yuruvchi qurilish texnikasi, Daryo Registri, shuningdek Davtogʻtexnazorat talablarini qanoatlantirishi lozim.
1.6 Qurilishda foydalaniluvchi suzuvchi vositalar va kemalarga, ularning xavfsiz ishlashlarini taʼminlanishiga tegishli boʻlgan shoshilinch axborotlarni oʻz vaqtida uzatuvini taʼminlanishi lozim.
1.7 Suzib yuruvchi vositalarni qoʻllash bilan gidrotexnika inshoatlarini barpo etish ishlari, toʻlqinlanish va shamolning 1-jadvalda koʻrsatilganlardan ortiq boʻlmagan parametrlarda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
1.8 Gidrotexnika inshoatlarini ochiq sohil oldida qurilishini qoidaga koʻra toʻsuvchi inshoatlar (toʻlqinkesuv dambalar) yoki ular qismlarini, agar ular loyihada koʻzda tutilgan boʻlsa, barpo etishdan boshlanadi.
1.9 Qurilish va suzuvchi vositalarni qoʻllash bilan akvatoriyaning toʻlqinlanishidan himiyalanmagan sharoitlardagi gidrotexnika inshoatlarini qurilishini qoʻriqlash buksirlari mavjud boʻlganda bajariladi, ularning soni va quvvati qurilishni tashkil etish loyihasida asoslangan boʻlishi va zarur hollarda qurilish noxiyalarida suzishning xavfsizligi uchun oʻzida masʼuliyat tutuvchi xavfsizlik xizmatlari bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
1.10 Ishlarning qish davrida suzuvchi vositalarni qoʻllash bilan, yalpisiga muz qatlami hosil boʻlmaydigan va suzuvchi vositalar hamda kemalarning harakati, ularni pana joyga oʻtishini taʼminlaydigan akvatoriyalarda bajarilishiga ruxsat beriladi.
1.11 Barpo etilayotgan gidrotexnika inshoatining deformatsiyalari ustidan asboblar orqali kuzatish (choʻkishlar, kernlar, aylanish burchaklari, gorizontal siljishlar) butun qurilish jarayoni davomida amalga oshirilishi lozim. Yuklanishning birdaniga koʻpayib yoki kamayib ketishi, yoriqlar paydo boʻlishi, tuzilmaning deformatsiyasida navbatdan tashqari choʻkishlarni oʻlchash amalga oshirilishi zarur. Deformatsiyalarning yoʻl qoʻyilgan miqdordan ortib ketgani aniqlansa, bu deformatsiyalarni kelib chiqish sabablari ochilmaguncha va ishlarni majburiy ravishda inshoatning bundan keyin deformatsiyaga uchrashini istisno etuvchi tadbirlarini bajarish boʻyicha loyiha tashkilotining ishlarni qaytadan boshlab yuborish ishlari toʻxtatiladi. Qurilishda uzilishlar boʻlgan taqdirda kuzatishlar ish oxirida va ishlarni qayta boshlanish oldidan amalga oshiriladi.
1.12 Gidrotexnika inshoatlari qurilishi, shuningdek ularni rekonstruksiyasi va kengaytirish ishlarini zarur maxsus qurilish-montaj uskuna va yarogʻlarga ega boʻlgan maxsuslashgan pudrat qurilish va montaj tashkilotlarini jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
2. TAYYORGARLIK ISHLARI
2.1 Gidrotexnik qurilish jarayonida tayyorgarlik ishlari SNiP 3.01.01-85 va ushbu qism talablariga muvofiq bajariladi.
2.2 Suzuvchi qurilish vositalarining harakatlari koʻzda tutilgan akvatoriya qismlari tral orqali tozalangan, zarur xollarda esa gʻavvoslar tomonidan tekshirilgan boʻlishi lozim. Tekshirish jarayonida aniqlangan kemalarning moʻtadil harakatiga xavf tugʻdiruvchi predmet va toʻsiqlar olib tashlanishi, ularni olib tashlashni iloji boʻlmasa — kema qatnovi mavsumi suzuvchi belgilari bilan belgilanib qoʻyilishi lozim
Bu qismlarda qurilishning butun davri mobaynida suzuvchi qurilish vositalaridan foydalanishning xavfsizligini taʼmin etuvchi chuqurliklar vujudga keltirilishi va saqlab turilishi lozim.
2.3 Ishchan boshqaruvni va qurilishda foydalaniluvchi flot ishini nazorat qilishni taʼminlash uchun barcha suzuvchi vositalarning sohildagi nozimxonalar bilan ulardan butun foydalanish davrida kechayu-kunduz radioaloqa tashkil etib turiladi.
2.4 Sohilning toʻlqinlanishdan himoya qilinmagan qismlarida qurilish ishlari bajarilishida tayyorgarlik davrida qoidaga koʻra tabiiy himoyasi mavjud boʻlgan xavfsiz toʻxtash joylar jihozlanishi lozim, bu yerga poʻrtana toʻgʻrisida xabar kelganda yoki ob-havoning haqiqatan aynishi kutilganda suzuvchi qurilish vositalarini baza sifatida joylashtiriladi.
2.5 Tayyorgarlik davrida gidrotexnik qurilish obyektlarning har qaysisida qayiq va qutqaruv vositalari bilan taʼminlangan qutqaruv postlari jihozlangan boʻlishi lozim.
GEODEZIK ISHLAR
2.6 Gidrotexnik inshoatlari qurilishida geodezik reja — balandlik boʻyicha boʻlib chiqilgan asosni SNiP 3.01.03-84 va ushbu qism talablariga muvofiq qurilish ishlari boshlangunga qadar bajariladi.
2.7 Akvatoriyada joylashgan inshoatlar uchun, qirgʻoq-usti boʻlib chiqilgan asos jihozlanishini iloji boʻlmaganida, geodezik punktlar boʻlib chiqilgan asosini qoziq oyoqlar yoki markalar bilan boʻlib chiquvchi massivlar koʻrilishdagi belgilar orqali biriktiriladi. Boʻlib chiquvchi belgilarning yuqori belgisi suvning maksimal gorizontidan kamida 50 sm balandda boʻlishi lozim.
2.8 Geodezik boʻlib chiqish ishlarining aniqligi 2-jadvalda koʻrsatilgan miqdorlar doirasida boʻlishi lozim.
2.9 Balandlik boʻlinmalari belgilarini aniqlashning yoʻl qoʻyiladigan xatoligi mm larda quyidagi doiralarda boʻlishi lozim:
boʻlib chiqilgan asos uchun .............. ± 2
qoʻshimcha boʻlib chiqish uchun .......... ± 4
yordamchi boʻlib chiqish uchun .......... ± 10.
2.10 Qurilish tevaragidagi yerlarda akvatoriya suvi sathini aniqlash uchun har qanday toʻlqinlanishda ham toʻgʻri koʻrsatishini taʼminlashi lozim boʻlgan apparatlar mavjud boʻlishi lozim.
Bevosita qurilish qismida suvning taxminiy sathini aniqlash uchun suv oʻlchash tayoqchasi oʻrnatilishi zarur. Apparatlar va suv oʻlchash tayoqchasini inshoatning loyihasida qabul qilingan suvning nol gorizontiga bogʻlanadi.
Suv oʻlchash tayoqchalari nol belgisining toʻgʻriligini qirgʻoqda joylashgan reperlar orqali kamida oyiga bir marta nazorat qilinadi.
2.11 Alohida tayanchlarda boʻlgan inshoatlar uchun hamda toʻsiqli inshoatlar bosh qismlari uchun boʻlib chiqish markazlarini va har qaysi tayanch yoki boshining asosiy oʻqlarini mahkamlashdan iborat boʻladi.
Kema bogʻlanish joyi inshoatlarini barpo etishda asosiy boʻluvchi chiziq sifatida inshoatning chegara chizigʻi qabul qilinadi.
2.12 Ishlar boshlanishi oldidan batafsil boʻlib chiqishlar bajarilishida quyidagi chiziqlar biriktirilishi lozim:
chuqurlarni tuzilishi — inshoat yoki chuqur oʻqlari va tirqish chegaralari;
tosh toʻshamalarining tuzilishi — toʻshama va uning eng yuqori qismi oʻqi;
massivlar oʻrnatmalari — massivlar birinchi qatori old qismi pastki chizigʻi va oxirgi qator old qismi yuqorigi chizigʻi;
massivlardan tarhlar va tosh prizma tuzilishi — oʻq chiziq, tarhning yoki prizmaning eng baland nuqtasi, hoshiyali massivlar oʻrnatilishi old qismi chiziqlari;
suv osti devorining tuzilishi — devorning old qismi pastki va yuqori chiziqlari;
inshoatning alohida tayanchlari va toʻsuvchi inshoatlar boshi — etak sathidagi tayanchiqlar oʻqi va perimetr tomonlari;
qoziq oyoq asoslari — qoziq oyoq, birlashmalar uzunasiga va koʻndalang qatorlari oʻqlari;
qirgʻoq qiyaligi tuzilishi — qiyalikning eng yuqori nuqtasi, qiyalik nishabining oʻzgarish bermalari va chiziqlari;
yuqori tuzilish inshoati — asosiy elementlar oʻqlari;
kema arqonini bogʻlash ustunchalarini oʻrnatish — ustunchalar markazlari chizigʻi va ularning koʻndalang oʻqlari chiziqlari.
Barcha koʻrsatib oʻtilgan batafsil boʻlib chiqish chiziqlari asosiy boʻluvchi oʻqlarga bogʻlangan boʻlishi lozim.
Suv osti boʻluvchi belgilar holatini suv ostiga tushirilgan suv usti boʻluvchi chiziqlari boʻyicha aniqlanadi.
2.13 Boʻluvchi chiziqlar va tarhdagi reperlar holati, shuningdek boʻlish belgilarining balandlik holatini toʻgʻriligi kamida oyiga bir marta tekshirilib turilishi lozim. Birorta boʻlish belgisining dastlabki holatini saqlanishi shubha tugʻdiradigan holatlar mavjud boʻladigan boʻlsa, zudlik bilan tekshiruv amalga oshirilishi joiz. Jumladan, akvatoriyada oʻrnatilgan belgilarni, har poʻrtana, kemalar yoni bilan tegishi va x.k dan keyin tekshirish zarurdir.
3. SUV OSTI-TEXNIK ISHLARI
3.1 Gʻavvoslik stansiyalari yordamida suv osti-texnik ishlarni amalga oshirishda quyidagilar bajariladi:
inshoatning suv osti qismlari va akvatoriyalar tubini tekshirish;
suv osti yer va qoyali ishlar, tubni tozalash;
toshli toʻshamalarni tekislash;
oddiy va murakkab shaklli massivlar gʻovlar oʻrnatilish, yigʻma tuzilmalarning suv osti elementlari va qoziq oyoq asoslarni jihozlash;
metallarni suv ostida payvandlash va qirqish;
suv osti betonlashtirish;
mavjud tuzilmalar suv osti elementlarini boʻlaklarga ajratish;
Gʻavvos — tekshirish ishlarini bajarish buyurtmachi tomonidan berilgan va loyiha tashkiloti va pudratchi tomonlaridan kelishilgan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
3.2 Suv osti texnik ishlar Minmorflot tomonidan tasdiqlangan “Gʻavvoslik ishlarida mehnat xavfsizligining yagona qoidalari”, GOST 12.3.012-77 va GOST 12.2.035-78 ga muvofiq bajariladi.
3.3 Mavjud inshoatlarning suv osti qismlarini tekshirish boʻyicha ishlar, shuningdek suv osti inshoatlarini barpo etish ustidan nazorat qoidaga koʻra, suv osti televizion qurilmalari yordamida va gʻavvoslar tushirish yoʻli orqali amalga oshiriladi. Bunda gʻavvoslarni jalb etishga, suv osti televideniyesi yordamida oʻrnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda sharoitni aniqlash uchun yoʻl qoʻyiladi.
3.4 Gʻavvoslik tekshirishlar koʻrsatishlari, agar ular suv osti televideniyesi qurilmalardan foydalanmagan holda olin-gan boʻlsa, boshqa gʻavvosni xuddi shu vazifa bilan qayta tushirish orqali tanlov bilan tekshirilishi lozim boʻladi. Turli xil koʻrsatishlar olingan taqdirda ularni aniqlash uchun mutaxassis gʻavvos bajaradi.
Tekshirish koʻrsatishlari ishlar kitobiga kiritiladi va gʻavvos hamda gʻavvoslik ishlari rahbari imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
3.5 Gʻavvoslik tekshirishlar natijalarini dalolatnoma orqali rasmiylashtirilishi joiz, qaysiki unga gʻavvoslar tomonidan bajarilgan chizma lavhalar va sxemalar yoki ishlar kitobida yozilganlar asosida tuzilgan tekshiruv oʻtkazgan gʻavvoslar tushuntirishlari, shuningdek foto va kino lavhalari ilova qilinadi, bu haqda ishlar kitobida tegishlicha yozib qoʻyiladi.
3.6 Akvatoriya tubini tekshirishda tral orqali tozalash uslubini qoʻllash joiz, qaysiki bunda gʻavvoslik tekshiruvlari faqat tral orqali olingan predmetning tavsifi va holatini aniqlash uchun qoʻllaniladi.
Tral orqali tozalashga sharoit boʻlmagan taqdirda tubning gʻavvoslar orqali tekshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Tubdan topilgan barcha predmetlar ishorat qozigʻi yoki qalquvchi belgilar orqali belgilanishi, ular tavsifnomalari, ishorat qoziqlari va qalquvchi belgilar raqamlari tekshiruvlar kitobiga kiritilib qoʻyilishi lozim.
3.7 Bir nechta tuproqlarda suv osti yer ishlarini gʻavvoslar tomonidan bajarilishiga shunday hollarda yoʻl qoʻyiladiki, qachonki tuproq tortish va choʻmichli snaryadlar, osma arqonli — skreper qurilmalar, erliftlar, greyferli suzuvchi kranlar va boshqa mexanizmlarni qoʻllashni iloji boʻlmasa yoki ular samarasiz boʻlsa.
3.8 Boʻshashtirilgan qoyali tuproqlarni suv osti qazish ishlarini tubni chuqurlashtirish snaryadlari yordamida bajariladi.
Qoyali tuproqlarni portlatishlar va qoya maydalash qurilmalari orqali boʻshashtiriladi. Qoyali tuproqni pnevmatik otboy bolgʻalari yordamida faqat qurilishni tashkil etish loyihasida muvofiq ravishda asoslash boʻlgan holda yoʻl qoʻyiladi.
3.9 Qoyali tuproqlarni suv osti portlatishlari orqali boʻshashtirishda zaryadlar uchun quduqlar burgʻulash maxsus burgʻulash qurilmalari yordamida yoki suzuvchi vositalar ustiga oʻrnatilgan burgʻulash dastgohlari yordamida amalga oshirish joiz. Suv osti burgʻulash ishlarini gʻavvoslar tomonidan qoʻl burgʻulash asbobi yordamida bajarishning maqsadga muvofiqligi qurilishni tashkil etish loyihasi orqali aniqlanadi.
3.10 Qoyali tuproqlarni chuqurligi 0,3 — 1,0 m boʻlgan chuqurlar va ariqlarda qazish ishlarida boʻshashtirish qoplama zaryadlar yordamida amalga oshiriladi.
Tuproqlarni 1-2 m chuqurlikda boʻshashtirish uchun shpurli uslub ishlatiladi, pogʻonaning balandligi 2 m dan ortiq boʻlganda boʻshashtirish ustunchali zaryadlar orqali amalga oshiriladi.
3.11 Qurilish sharoitlarida suv osti zaryadlarini faqat elektr usuli bilan ikki oʻtkazgichli portlash tarmogʻi orqali portlatishga ruxsat beriladi. Teskari oʻtkazgich sifatida suvdan foydalanish taqiqlanadi.
3.12 Daryolar va suv omborlari akvatoriyalarida suv osti portlatish ishlarida, ularni amalga oshirish, uchun bevosita ishlar boshlanish oldidan baliq muhofazasi idoralari va suv aloqa yoʻllaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan bu ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olinishi lozim.
3.13 Burgʻulash-portlatishlar ishlarni amalga oshirish loyihasiga muvofiq amalga oshiriladi, bunda portlatish uslublari, qabul qilish, portlovchi moddalarni saqlash va ulardan foydalanish SSSR Davtogʻtexnazorati tomonidan tasdiqlangan “Portlatish ishlarida yagona xavfsizlik qoidalari” talablariga muvofiq ravishda boʻlishi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
3.14 Vertikal harakatlanuvchi quvur (VXQ) va koʻtariluvchi qorishma (KQ) uslublari orqali suv osti betonlashtirish ishlarida gʻavvoslar betonlashtiriluvchi joyning tayyorgarligini taʼmin etishlari, opalubka va quvurlarni oʻrnatish, shuningdek beton yotqizish va shagʻal toʻkish ustidan nazoratni amalga oshirishlari lozim.
3.15 Suv osti betonlashtirishning har bir alohida holati uchun ishlarni amalga oshirish loyihasida beton aralashmasi quyishda uning mustahkamligi va oʻzgarmasligini taʼminlovchi opalubkalarni mahkamlash uslublari ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Har qaysi blokning betonlashtirishga tayyorligi oldindan gʻavvos tomonidan tekshirilgan boʻlishi va yashirin ishlarni bajarilganligiga guvohlik beruvchi dalolatnoma bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
3.16 Metallni suv ostida payvandlash maxsus suv ostidagi ishlar uchun tayyorlangan payvandlash uskunasi yordamida gʻavvoslar orqali bajariladi.
3.17 Metall qirqishni gʻavvos — payvandchilar elektr kislorodli usul orqali bajaradilar. Elektr yoyi orqali qirqish qalinligi 30 mm gacha boʻlgan metallni qirqishga istisno tariqasida yoʻl beriladi.
3.18 Gʻavvoslik tekshiruvlarida olib tashlanishi kerak boʻlgan yirik oʻlchamli metall tuzilmalar topilgan boʻlsa, bunday tuzilmalarni ajratib olishning texnologik sxemasini ishlab chiqish joiz.
Yirik oʻlchamli metall tuzilmalarni qirqish shunday ketma-ketlikda bajarilishi kerakki, bunda qirqish jarayonida elementlar tuzilmaning bundan keyingi ajratib olinishiga qiyinchilik tugʻdirmaydigan boʻlsin.
3.19 Suv osti payvandlash ishlarida koʻrinishning yomon sharoitlarida gʻavvosga yoyning uzilish paytida ham chokni koʻrishga imkon beruvchi yorugʻlik manbalari qoʻllaniladi. Bunday sharoitlarda metall qirqishda teskari tomondan yorituvchi ikkinchi yoritkich oʻrnatish kerak boʻladi.
4. GIDROTEXNIKA INSHOATLARINI BARPO ETISH TABIIY TOSHDAN BOʻLGAN INSHOATLAR
4.1 Tuzilmalarda foydalaniladigan toshli materiallarning tavsifnomalari, VSN 5-83 “Tabiiy toshning dengiz gidrotexnika qurilishida qoʻllanilishi” (Minmorflot) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
4.2 Suvga tosh yoki shagʻal agʻdarilishidan avval suv osti asosi tayyorlangan boʻlishi lozim (gʻavvoslik tekshiruvlari va zarur tozalashlar oʻtkazish). Tekshirish va zarur boʻlgan hollarda asosni tozalash ishlari har bir poʻrtanadan soʻng yoki ishda uzoq muddatli uzilishlardan soʻng bevosita uning qayta boshlash oldidan qayta oʻtkazilishi zarur.
4.3 Agʻdarma ustining suv sathidan 4 m va undan ortiq holatida tosh, osti ochiluvchi kichik yuk kemalari yordamida agʻdariladi. Har qaysi yetib kelayotgan kemaning muayyan yuk tushirish joyini oʻlchab koʻrish orqali aniqlanadi va vaqtinchalik qalquvchi belgilar bilan belgilanadi.
Tosh agʻdarishni buldozerning yiqilishi mumkinligiga imkon bermaydigan qilib toʻsiqlar bilan jihozlangan ponton orqali bajarilishiga yoʻl beriladi.
4.4 Oqimning 0,5 m/s dan katta boʻlgan tezliklari va toʻlqinning 1,25 m dan ortiq balandligi sharoitlarida tosh materiallarini inshoatlarning suv osti asosiga agʻdarishni, suv ostiga agʻdariladigan materialning oqim va toʻlqin taʼsirida tarqalib ketishi va yoʻqotilishini oldini oluvchi qurilma va moslamalarni qoʻllash orqali amalga oshirilishi lozim.
4.5 Tosh va shagʻalni suvga agʻdarilishi ustidan nazorat doimiy ravishda, ammo sutkasiga kamida bir marotaba gʻavvos orqali va qoʻshimcha ravishda smenada kamida 2-marta oʻlchov tayoqlari yordamida bajariladi.
4.6 Tosh agʻdarmasining ustini tekislashni agʻdarish tugallanganidan soʻng uzunligi kamida 25 m boʻlgan qismlardan birining loyihaviy profilga yetishi bilan tezda boshlash lozim. Tekislashni boshlash oldidan agʻdarilgan qismlar ustidan gʻavvoslik yoki televizion tekshirishlarni amalga oshirish lozim.
4.7 Tosh yoki shagʻal agʻdarmalarining tekislashdagi ustlari belgilarining yoʻl qoʻyiluvchi ogʻish miqdorlari va nazorat uslublari 3-jadvalga muvofiq oʻrnatiladi.
Eslatma:
1. Yirik toshlar boʻlgan gorizontal yuzalar tekislanishini amalga oshirishda 5 — 15 kg massali toshlar qoʻllashga faqat baʼzi notekis yerlarni toʻldirishda yoʻl qoʻyiladi.
2. Massivlar bilan himoyalanmagan yirik toshdan boʻlgan toʻshamali berma va qiyaliklar tekislanishini amalga oshirishda, massasi 15 kg gacha boʻlgan mayda toshlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Gravitatsiya devori va ankerli plitaga qarab tekislanish chegaralari tayanuvchi element qirralari loyihaviy holatidan har bir tarafga 0,5 m ga koʻpaytirilgan, tuzilmaning toʻshamaga tayanish chizigʻi doirasida tayinlanadi.
4.8 Gorizontal maydonlarni tekislash ishlari qoidaga koʻra mexanik suv osti tekislovchilar yordamida bajariladi.
Ayrim qismlardagi kichik hajmlarni gʻavvoslar orqali kichik mexanizatsiya vositalar yordamida bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi, bu esa qurilishni tashkil etish loyihasida aniqlanadi.
4.9 Tosh toʻshamasini gʻavvoslar orqali tekislanishida tekislanuvchi va agʻdarilgan qismlar orasidagi masofa kamida 25 m boʻlishi lozim.
4.10 Toshli yoki shagʻalli toʻshamalar va agʻdarmalar yuzasini yakuniy tekislashni ular yuklangandan keyin yoki tebranma zichlashtirishdan soʻng amalga oshirish joiz.
4.11 Tebranma zichlashtirish balandligi 2 — 4 m boʻlgan tosh toʻshama qatlamini zichlashtirilishini taʼminlashi lozim. Tebranma zichlashtirishga qadar va undan keyin har 2 m koʻndalang va uzunasi boʻyicha yoʻnalishlarda tosh toʻshama yuzasini nivelirlash amalga oshiriladi. Bunda, tebranma zichlashtirishga qadar boʻlgan agʻdarma yuzasini tekislash aniqligi kamida ±200 mm boʻlishi lozim.
Suv osti mexanik tekislagich qoʻllanilganda agʻdarmani mexanik vositalar orqali uning yuzasini tekislash bilan zichlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
4.12 Gidrotexnika inshoatining har qaysi qismi boʻyicha suv osti tosh agʻdarmasini zichlashtirish natijalari 3-jadvalda koʻrsatilgan uslublar orqali nazorat qilinadi.
4.13 Qoziq oyoqlar estakadasi poyonidagi himoya agʻdarmalari va kema bogʻlash joyi osti qiyaliklarini tosh tashlash bilan mahkamlashni qoziq oyoqlar rostverka jihoziga qadar boʻshatilganidan soʻng bajariladi.
4.14 Suvga shagʻalli va teskari filtrlar agʻdarishni kamida har 20 m qilib oʻrnatiladigan andozalar boʻyicha, shuningdek filtr balandligi oʻzgargan joylarda bajarish joiz.
Teskari filtrni tosh prizma ustiga agʻdarish oldidan uning qiyaligi va bermani ±200 mm aniqlikda tekislash ishi bajariladi.
4.15 Katta diametrli aylanalarni, oʻyiq va tirnoq ochiqli tuzilmalarni, shuningdek qoziq oyoqli toʻsiqlarni butun maydoni boʻylab tosh bilan toʻldirish amalga oshiriladi. Toʻlqinlanishlaridan himoyalanmagan akvatoriya qurilishlarida tuzilmalarni ish doirasi chegaralarida oʻrnatiladigan joyga yotqizishni, shu jumladan, ularni oʻz joyiga oʻrnatish va tosh toʻkish ishlari davri davomiyligi 2 sutkadan oshmasligi lozim.
ODATDAGI VA SHAKLDOR BETON MASSIVLARIDAN BOʻLGAN INSHOATLAR
4.16 Gidrotexnika inshoatlari yigʻma temirbeton va tuzilmalar beton elementlari shu jumladan qoziq oyoqlar, qoziq oyoq — qobiqlar, odatdagi va shakldor massivlar betonning musbat harorati ostida 4-jadvalda oʻrnatilgan muddatlari mobaynida tutib turilishlari lozim. Havoning 5 °S past boʻlgan oʻrtacha sutkalik harorati ostida betonni isitishni amalga oshirilishi yoki isituvchi opalubka ichida saqlash muddatini havoning 5 °S dan baland boʻlgan harorati kirguncha keyinchalik 4-jadvalda oʻrnatilgan muddat davomida saqlab turish bilan yuqoridagi muddatgacha uzaytirish lozim.
Eslatma: 1. Chiziq ustida beton tuzilmalar uchun havo tortishi qoʻshimchalardan qoʻllanilmagan holda, chiziq ostida — ularni qoʻllash orqali.
4.17 Beton massivlarini yasashda uni tayyorlash uchun beton va materiallar GOST 26633-85 talablarini qanoatlantirishi lozim. Massivni betonlashtirishda uzilishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Har qaysi yasalgan massivga turi va massivning yasalish sanasi koʻrsatilgan pasport tayyorlanadi. Shu maʼlumotlar yuvilib ketmaydigan boʻyoq bilan massivning yon qirrasi sirtiga uning opalubkadan olinishi bilan tushirilishi lozim. Pasportda yasab chiqarilgan massivlarning 5-jadvalda keltirilgan atamalar roʻyxati boʻyicha miqdorlar ogʻishlari koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Eslatma:
1. 16 — 18 poz. da tashqilar qatoriga, massivning suv bilan tutashib turuvchi vertikal yuzasi kiradi.
2. 20 poz. da ogʻishlar quyidagilar uchun aniqlanadi: qirgʻoq devorlari uchun — kuzatish nuqtasiga parallel boʻlgan, ikki kuzatuv nuqta orasidagi toʻgʻri chiziq; suv ayrgich va toʻsuvchi inshoatlar uchun — katta oʻqqa parallel boʻlgan ikki kuzatuv nuqta orasidagi toʻgʻri chiziq, va uning chizigʻiga tik yoʻnalgan chiziq boʻyicha.
3. 15 — 24 poz. da yoʻl quyiladigan ogʻishlar miqdori kasr koʻrinishida keltirilgan, qaysiki, chiziq ustidagi miqdor massivlar yotqizish lahzasiga, chiziq ostidagi esa yuklanishdan keyingi lahzaga muvofiq keladi.
4. 15 — 20 poz. boʻyicha ichi gʻovak massivlarni terish uchun chiziq ostidagi yoʻl qoʻyiluvchi ogʻishlar miqdori qabul qilinadi.
5. 25 — 30 poz. da yoʻl qoʻyiluvchi ogʻishlar miqdori kasrlar koʻrinishida keltirilgan, qaysiki chiziq ustidagi koʻrsatkich blokning vertikal plitasini, chiziq ostidagi esa — gorizontal plitasini koʻzda tutadi.
6. Ustqurma devor qismlari boʻyicha ustunchali massivning yaxlit betoni bilan birlashgan ikki yigʻma elementlardan tashkil topgan hollarda, uzunlik boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan ogʻish ± 20 mm gacha koʻpayadi.
4.18 Massivlarni opalubkadan ajratishga qurilish laboratoriyasi koʻrsatmalari boʻyicha beton kamida 5 MPa mustahkamlikka erishganidan soʻng massivlar qirralarining buzilishi — shikastlanishini qirralarining buzilishi — shikastlanishini oldini oluvchi tadbirlar qabul qilinganidan soʻng va betonning (ustini yopish hamda sirtini hoʻllash uchun vositalar tayyor boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Asosiy teshiklar vertikal shaxtalari opalubkalarini, beton 2,5 MPa mustahkamlikka erishganidan soʻng, ilib koʻtarish qutilari opalubkalarini beton 100% loyihaviy mustahkamlikka erishgandan keyin ajratishga ruxsat beriladi.
4.19 Asosiy teshikli massivlarni koʻtarish va joydan joyga qoʻyish betonning kamida 70%, stroplovochi qutilar bilan esa — 100% loyihaviy mustahkamlikka erishganidan soʻng amalga oshiriladi.
4.20 Massivlarni bevosita yotqizishdan avval toʻshamani suv osti guvohlantirilishi amalga oshiriladi. U buzilgan taqdirda, loyihaga muvofiq bajarilishi zarur.
Devorning birinchi massivi old koʻrinish chizigʻi ustida yotqizilishi lozim — inshoat boshlanishi yaqinida yoki devorning choʻkish choki yaqinida.
Tayanchning birinchi massivi yoki inshoatning bosh qismi, inshoatning uzunasi boʻyicha boʻlgan oʻqiga yoʻnalgan tayanch qirrasi yoki kallagi boʻyicha yotqiziladi. Birinchi oʻrnatilgan massiv holatini tekshirish toʻrt burchagi boʻyicha geodezik asboblar yordamida amalga oshiriladi.
Keyingi massivlarni yotqizishda, ularni old koʻrinish chizigʻi va har qaysi qator yuqorigi tekisligi belgisi boʻyicha yotqizish toʻgʻri chizigʻini geodezik asboblar yordamida suv osti va yer usti boʻlib chiquvchi belgilari boʻyicha nazorat qilinadi.
4.21 Massivlarni yotqizishga uni tebranma zichlashtirish yoki loyihada koʻzda tutilgan boshqa usul orqali zichlashtirilishidan soʻng ruxsat beriladi.
4.22 Odatdagi va shakldor massivlar bilan bajarilgan terish ishlari sifati va uni nazorat qilish uslublari 5-jadvalda keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
4.23 Toʻshamaning berma va qiyaliklari ustiga himoya massivlar yotqizishni massivning birinchi qatori terilgandan soʻng boshlanadi. Massivlarni berma ustiga yotqizish inshoatga yopishib turgan qatordan boshlanadi.
4.24 Toʻshama qiyaligiga massiv yotqizish pastki qatordan boshlanadi. Massivlarni ulashda, qiyalikda joylashgan massivlar qobirgʻalarini bermadagi massivlar qobirgʻalariga zich holda yondashishini taʼminlash zarur.
4.25 Yuk tushirish prizmalariga tosh agʻdarishni qismni barpo etish va yuklantirish boʻyicha ishlar tugagandan soʻng amalga oshiriladi. Agʻdarishni, inshoat holati ustidan nazoratni amalga oshirish bilan bir vaqtda bajariladi. 5-jadvaldagi koʻrsatkichlardan ortib ketgan ogʻishlar yuzaga kelgan boʻlsa, agʻdarish toʻxtatilishi lozim. Ishlarni davom etkazish usuli loyihalash tashkiloti bilan kelishilgan holda oʻrnatiladi.
4.26 Suv usti yaxlit qurilish jihozlanishida qoʻllaniluvchi parametrlar ogʻishi 5-jadval talablariga javob berishi lozim.
Temirbeton plita — qobiqlarni montaj qilishda, ular orasidagi choklar qorishma bilan toʻldirilib usti sement bilan temirdek silliqlantirilishi lozim. Massivlar va plita — qobiqlar oralaridagi choklarga yogʻoch taxtachalar tiqilib massiv yuzasi bilan bir tekisda zichlashtirilishi lozim.
Suv usti qurilish bloklarini betonlashtirish vaqtida va betonning qotish davrida plita — qobiqlar suzuvchi vositalar orqali zarblardan saqlangan boʻlishi lozim.
4.27 Yuqori tuzilishdagi burchak yon yoqli temirbeton elementlarni yangi yotqizilgan tekislanuvchi beton qatlami ustiga oʻrnatiladi. Betonning tekislanuvchi qatlami old koʻrinish tomonidan va harorat — choʻkish choklari boʻylab konturlangan boʻlishi hamda unga suv quyilmasligi lozim.
Yigʻma temirbeton ustqurmaning elementlari 5-jadval talablariga muvofiq yasalishi va montaj qilinishi lozim.
4.28 Tashlab toʻldiriluvchi inshoatlarga massiv yotqizilishi birinchi navbatda inshoat yon yoqining tashqi qismi uzra amalga oshiriladi. Bunda suzuvchi kran, qoidaga koʻra, ish inshoatning bitkazilgan qismlari himoyasida boʻlishi uchun inshoatning ichki tomoniga oʻrnatiladi. Massivlarni transport vositalaridan tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Har qaysi massiv avvaldan oʻrnatilgan qalquvchi belgilar bilan belgilangan joyga oʻrnatilishi lozim.
4.29 Qish davrida suv ostiga yotqiziluvchi massivlarning ustki qismi harorati manfiy 3 °S dan kam boʻlmasligi lozim.
Ishlarni amalga oshirish sharoitlari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan talablarni taʼminlashga imkon bermasa, massivni suv ostiga hosil boʻlgan vaqt davomida yotqizilib qoʻyiladi va shundan keyingina tuzilmaga oʻrnatiladi.
Havoning manfiy haroratlari ostida ishda uzilishlar sodir boʻlganda massivlarni yotqizish uchun kerakli uskuna va moslamalar suv ichiga tushirib qoʻyilishi lozim.
KATTA DIAMETRLI CHAMBARAKLARDAN BOʻLGAN INSHOATLAR
4.30 Chambaraklar boʻgʻinlarini tayyorlash ulanib boruvchi inventar opalubkada betonlash uslubi orqali yoki metall konduktorlarda egri chiziqli temirbeton plita-segmentlardan yigʻish uslubi orqali vertikal tutashuvchi joylarni yaxlitlash bilan amalga oshiriladi. Qobiqlar boʻgʻinlarini betonlash 4.17 b. talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
4.31 Chambaraklar boʻgʻinlari saqlanuvchi koʻchma omborni suzuvchi kran harakati doirasida joylashtiriladi.
Boʻgʻinlarni faqat bir qavat qilib, boʻgʻinlar orasida kamida 1,5 m masofa qoldirib, balandlik boʻyicha ± 5 sm yoʻl qoʻyilgan ogʻishlar bilan tarhlangan maydoncha ustida joylashtirilishiga ruxsat beriladi.
Tayyor boʻgʻinlarni saqlash muddatlari 4-jadval talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
4.32 Tayyorlangan qobiqlar boʻgʻinlari yoʻl qoʻyiluvchi oʻlchamlari va sirtlarining sifati 6-jadvalda koʻrsatilgan miqdorlardan oshmasligi lozim.
Eslatma: Guvohlantirilishi jarayonida namoyon boʻlgan, chuqurligi 10 mm gacha, umumiy maydoni chambarak yuzasining 0,5% gacha teng boʻlgan oʻyiqliklar, shuningdek uzunligi 100 mm gacha va chuqurligi 10 mm gacha (boʻgʻinga koʻpi bilan beshta) siniqliklar tozalangan va qurilish laboratoriyasi nazorati ostida ketma-ket takroriy guvohlik dalolatlanishi bilan qorishma, beton yoki polimerbeton bilan berkitilishi lozim.
4.33 Boʻgʻinlarni suzuvchi kranlarning poʻlat ilmoqlarida tashishga toʻlqinlanishlardan himoya qilingan 4 km gacha masofada boʻlgan akvatoriyalarda kema yurishining yetarli kengligi va toʻlqinlanish koʻpi bilan 1 ball boʻlgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Boʻgʻinlarni 5 km gacha boʻlgan masofaga himoya qilingan akvatoriya tashqarisiga tashish suzuvchi kran palubasida yoki toʻlqinlanishi koʻpi bilan 3 ball boʻlgan muvofiq ravishdagi yuk koʻtarish layoqati va suvda suzish sifatlariga ega boʻlgan pontonda amalga oshirilishi mumkin.
Boʻgʻinlarning ichki qismi metamarkaz balandligini kamaygani taqdirda inventar beton massivlari mahkamlanadi.
4.34 Inshoatda chambarak oʻrnatish joyini avvaldan ishorat qoziqchalari yoki qalquvchi belgilar bilan belgilab qoʻyish kerak. Chambarakning quyi boʻgʻinini, suvga tushirilgandan soʻng suzuvchi kran boʻgʻin pichogʻi bilan toʻshama sathi orasida koʻpi bilan 0,25 m masofa qoladigan qilib, boʻgʻinni loyihaviy holatga keltiriladi, shundan keyin toʻshamaga tushirib qoʻyiladi.
4.35 Chambaraklarning yuqori boʻgʻinlarini yoʻnaltiruvchi parchalarda koʻzda tutilgan cheklanishlar ichida bir tekisda avval oʻrnatilgan boʻgʻinga tegmaydigan va urilmaydigan qilib loyihaviy holatga keltiriladi. Boʻgʻinlar orasida loyihaviy masofani taʼminlash uchun avvalgi oʻrnatilgan boʻgʻin ustiga yumshoq osma andozalar zich ravishda ustiga oʻrnatilishi kerak boʻlgan chambarak boʻgʻinlari tushirilishidan oldin ilib qoʻyiladi.
Suzuvchi vositalarni oʻrnatilgan chambaraklarga qurilishning barcha bosqichlari davomida bogʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.36 Chambarakning amaldagi holatini loyihaviy holatdan ogʻishi va nazorat uslublari 6-jadvalda keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
4.37 Har qaysi chambarak boʻgʻining ichki boʻshligʻini uning inshoatga oʻrnatish bilan butun balandligi boʻyicha toʻldirish joiz. Toʻldirilishi oldidan chambarakning tuproq kirgazmasligi taʼminlanadi, buning uchun loyihada koʻzda tutilgan filtrlar oʻrnatilib, montaj tuynuklari yopiladi.
4.38 Toʻldiruvchi materiallar va uning yotqizish usullari hamda zichlashtirilishi loyiha talablariga shuningdek quyidagi koʻrsatmalarga muvofiq boʻlishi lozim:
chambarakni qoyali tuproq bilan toʻldirish, himoya qavatini shikastlanishiga yoʻl qoʻymovchi usul orqali amalga oshirish;
chambaraklarni toʻldirish boʻyicha ishlar butun sutka davomida amalga oshirilishi joiz;
avval oʻrnatilgan chambarak oʻrnatilishiga ruxsat berilmaydi.
4.39 Chambaraklarni qoyali tuproq bilan toʻldirishda toʻldiruvchining qatlamlaroro tebranma zichlashtirish quyidagi ta-lablarni rioya qilinishi bilan bajarish joiz:
chambarak devorlarini zichlashtiruvchi mexanizm orqali mexanik shikastlanish ehtimoliga chek qoʻyish;
toʻldiruvchi qatlamlari sirtini tebranma zichlashtiruvchi oʻrnatilgunga qadar kamida ± 3 sm aniqlikda tebranma zichlashtiruvchi boshmogʻi yoqlaridan kamida 0,5m yoyiluvchi yuza ustida tekislanadi;
chambarak devoriga boʻladigan zarblarning oldini olish uchun tebranma zichlashtiruvchi boshmogʻiga kamida toʻrtta havo bilan toʻldirilgan avtomobil kameralari mahkamlab qoʻyiladi;
toʻldiruvchining har qaysi qatlami zichlashtirilgandan soʻng gʻavvoslik tekshiruvi orqali chambarakda shikastlanishlar yoʻqligini oʻrnatilishi kerak;
tebranma zichlashtirish jarayonida chambaraklar va undagi zichlashtiriluvchi har qaysi qatlamning choʻkishi ustidan, nivelir yordamida va ishlar kitobiga qayd etish orqali bajariluvchi geodezik nazorat oʻtkazilishi lozim.
4.40 Bloklar orasidagi yoki birikuvchilarning tutash joylari tirqishlari boʻshliqlarini suv osti betoni bilan toʻldiruvchining har qaysi qatlami zichlashtirilgandan soʻng va tutash birlashuvlar elementlarining loyihaviy holati qabul qilinganidan keyin toʻldirilishiga ruxsat etiladi.
4.41 Tutash birlashuvlar elementlarining chambaraklar bilan urilishini oldini olish uchun (tutash tirqish yopish plitalari, bloklar va b.) montaj tugallanishi bilan siquvchi boltlar boʻsh holatda tortib qoʻyilishi lozim.
Tutash birlashuvlar elementlarining operatsion nazorati jarayonida gʻavvoslar yordamida elementlarni chambaraklarga birikishi va elementlar orasidagi siquvchi boltlar oʻrnatilishini tekshirilishi lozim.
Tirqish yopgichning chambarakka yopishishi butun balandlik boʻyicha taʼminlanishi lozim.
Yaxlit tayanch halqalarini betonni chambaraklar oraligʻidagi tutash birlashuvlarga quyilganidan soʻng oʻrnatiladi.
4.42 Yigʻma burchak bloklaridan iborat boʻlgan yuqori tuzilishlarning montajini 4.26 va 4.27 b.b. ga muvofiq amalga oshirish joiz. Kema bogʻlanuvchi devor orqasidagi devor qoʻynini toʻldirish 5 qismdagi koʻrsatmalarni hisobga olgan holda bajariladi.
BURCHAKSIMON TURDAGI QIRGʻOQBOʻYLAR
4.43 Ichki ankerlash yoki tirgaklar orqali boʻlgan yigʻma temirbeton turdagi qirgʻoqboʻylarni avvaldan qirgʻoqqa alohida elementlardan montaj qilingan yiriklashtirilgan bloklardan barpo qilinadi.
Tashqi ankerlash orqali boʻlgan yigʻma temirbeton elementlaridan boʻlgan burchaksimon turdagi qirgʻoqboʻylarni bloklar holida yiriklashtirilmagan xolda alohida elementlar holida barpo etiladi.
4.44 Tirgakli blokni yiriklashitirish holda yigʻishni qattiq qoplamadan boʻlgan montaj maydonchasida kran va tirgaklarni qirrasiga koʻtarib burib siljituvchi konduktor yordamida bajariladi.
Boʻshlikli yiriklashtirilgan tirgakli blokni loyihaviy mustahkamlikka erishganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi. Burchakli bloklar yigʻma temirbeton elementlarining saqlab turish muddatlari 4-jadval talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
4.45 Yiriklashtirilgan blokda montaj qilingan elementlarning loyihaviy holatdan yoʻl qoʻyilgan ogʻishi 7-jadvalda keltirilgan.
4.46 Burchaksimon turdagi qirgʻoq-boʻylar tagining yigʻma temirbeton elementlaridan boʻlgan suv osti toʻshamalari qirgʻoqboʻyi beton elementlarini oʻrnatilishidan avval gʻavvoslar orqali tekshirilishi lozim.
4.47 Burchaksimon turdagi qirgʻoqboʻy yiriklashtirilgan bloklarini oralik qabul qilish dalolatnomasini tuzish bilan ularni loyihaga muvofiqligini tekshirgandan soʻng uzuvchi kranlar bilan qattiq metall traversa yordamida oʻrnatish amalga oshiriladi, ularni toʻshamaga oʻtqizish esa gʻavvoslar kuzatuvi ostida bajariladi.
Yiriklashtirilgan bloklarni oʻrnatish jarayonida geodezik asboblar yordamida bloklar holatini kordon chizigʻiga nisbatan toʻgʻriligi va poydevor plitasining yuqori belgisini kamida ikki nuqtada loyihaga muvofiqligi nazorat qilinishi lozim.
Boʻshlikli bloklarning loyihaviy holatdan chegaraviy ogʻishi va nazorat uslublari 7-jadvalda keltirilgan.
4.48 Alohida temirbeton elementlaridan burchaksimon turdagi qirgʻoq-boʻylarni barpo etishda, montaj poydevor plitasini tayyorlangan toʻshamaga yotqizishdan boshlash joiz. Poydevor plitasini oʻrnatishda uning old koʻrinish chizigʻi boʻyicha va plita sirti belgilarini toʻrtta burchak boʻyicha nivelirlash orqali nazorat qilinadi.
4.49 Burchak devori blokini yoki poydevor plitasini tosh toʻshama ustiga tushirilgandan keyin gʻavvos plita shakli boʻyicha tayanishni va tutashtiriluvchi elementlar oralik choklarining kengligi tekshirishi lozim. Plita bilan toʻshama sirtlari orasidagi tirqish 50 mm dan ortiq boʻlsa, toʻshamaning nuqsonlarini bartaraf etish uchun elementni koʻtarish va inshoat tashqarisiga chiqarish kerak boʻladi.
4.50 Yuza plitalarini montaj qilish uchun akvatoriya tomonidan poydevor plitalari oldida yoki poydevor plitalari ustida vaqtinchalik tayanch tuzilmasi joylashtiriladi, qaysiki ular yuza plitalari panellarini poydevor ustiga ishonchli mahkam oʻrnashishini taʼminlashi lozim.
Vaqtinchalik tayanch tuzilmasini plitalarni loyihaviy holatga aniq tushirish uchun moslamalar bilan (taranglovchi, vintli domkratlar) jihozlanadi. Tashqaridan ankerlangan burchakli devor elementlarini loyihaviy holatdan yoʻl quyiluvchi ogʻishi va nazorat uslublari 7-jadvalda keltirilgan.
4.51 Tashqaridan ankerlangan turdagi burchaksimon turdagi qirgʻoqboʻylar uchun moʻljallangan anker plitalarini avvaldan tayyorlab qoʻyilgan asos ustiga oʻrnashtiriladi.
Oʻrnatilgan anker plitalarini, tortuvchi ankerlarni montaj qilinishga imkon boʻlishini taʼminlash uchun vaqtincha boʻshatib qoʻyiladi.
Oʻrnatilgan anker plitalarini loyihaviy holatdan yoʻl qoʻyilgan ogʻishi va nazorat uslublari 7-jadvalda keltirilgan.
4.52 Tortuvchi ankerlarda ular oʻrnatilgunga qadar korroziyaga qarshi qoplama bajarilgan boʻlishi lozim.
Tortuvchi ankerlar suv ostida joylashtiriladigan boʻlsa, ularni plitalari bilan bir vaqtda suzuvchi kranlar orqali posangili qattiq traversa yordamida yoki suzuvchi va qirgʻoq kranlaridan bir vaqtda foydalanish bilan montaj qilinishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda anker plitasini balandlik belgisi tortuvchi anker joylashishiga muvofiq boʻlgan, keyinchalik anker plitasini loyihaviy belgigacha yuvib qoʻyish bilan maydonchaga oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Anker plitasiga biriktiriluvchi tortuvchilar uchlari suv usti doirasida boʻlgan holda, plitalar va tortuvchilarni oʻrnatish alohida amalga oshiriladi.
ESTAKADA TURIDAGI INSHOATLAR
4.53 Avvaldan kuchlangan va kuchlanmagan chorsi koʻndalang kesimli temirbeton qoziq oyoqlar, shuningdek havol va chambarak qoziq oyoqlarni tayyorlash, qoidaga koʻra GOST 19804.0-78, GOST 19804.1-79, GOST 19804.2-79, GOST 19804.5-83 va 4.19 b. talablariga muvofiq mahsuslashtirilgan temirbeton tuzilmalari korxonalarida tayyorlanishi joiz.
Yogʻoch qoziq oyoqlarni SNiP 2.02.03-85 talablarini qanoatlantiruvchi yogʻoch materiallaridan tayyorlanadi, qaysiki ulardan qoziq oyoqlar tayyorlanishidan avval buyurtmachi vakili ishtirokida komissiya tomonidan guvohlantirilgan boʻlishi lozim.
Tayyor holda keladigan yoki qurilish maydonida standart quvurlardan tayyorlanadigan poʻlat quvurli qoziq oyoq elementlari, ezilish va yoriqlarga ega boʻlmasligi lozim. Poʻlat quvurli qoziq oyoqlar uchun yoʻq qoʻyiluvchi ogʻishlar 8-jadvalda keltirilgan.
4.54 Kema bogʻlanuvchi estakadalari qoziq oyoq asoslarini jihozlashda SNiP 3.02.01-83 talablariga rioya qilinishi joiz.
Eslatma:
1. Loyihaviy holatdan maksimal yoʻl qoʻyilgan ogʻishga ega boʻlgan qoziq oyoqlar yoki qoziq oyoq chambaraklar raqami, ularning inshoatdagi umumiy raqamining 25% dan oshmasligi lozim.
2. Yuqori yigʻma qurilish estakadalari uchun qoziq oyoq chambaraklarni suzuvchi konduktor yoki maxsus yoʻnaltiruvchilardan foydalanish orqali suvga tushirishda tarhdagi ogʻishlar +100 mm dan oshmasligi lozim.
4.55 Alohida boʻgʻinlardan iborat temirbeton silindrik qoziq oyoqlar, qoidaga koʻra qirgʻoqdagi montaj qilish maydonchasida montajchi kran harakat doirasida yigʻiladi.
Butun uzunligi boʻyicha tutashtirilgan qoziq oyoq — chambarak uzunligi boʻyicha belgi qoʻyib chiqilgan, tamgʻalangan va dalolatnoma boʻyicha qabul qilingan boʻlishi lozim.
Qoziq oyoqlarni suvga tushirish jarayonida ularni sonini koʻpaytirib borishga, qoziq oyoq — chambarakning toʻla holdan uzunligi montajchi kranning balandlikka koʻtarish va yuk koʻtarish imkoniyatlaridan oshgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
4.56 Diametri 2 m gacha boʻlgan qoziq oyoqlar qismlarini tutashtirishni, diametr 2 m boʻlgan vertikal holatdagi gorizontal yigʻish moslamasida amalga oshiriladi. Tutashtirilgan qoziq oyoq egriligi 1/600 dan oshmasligi lozim.
Payvandlangan tutashliklar ularni beton bilan tekislanishidan avval guvohlantirilgan boʻlishi va koʻrinmas ishlar boʻyicha dalolatnoma orqali rasmiylashtirilishi lozim. Dalolatnomaga payvandlangan namunalarni sinash payvandlangan chokning amaliy parametrlari maʼlumotlari hamda agar loyiha boʻyicha talab qilinadigan boʻlsa uning suv oʻtkazmaslik boʻyicha sinovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlgan hujjatlar ilova qilinadi.
Payvandlangan tutashliklar doirasini beton bilan yaxlitlash tutashtirish yigʻish moslamasida amalga oshiriladi.
4.57 Estakadalar, kemalar bogʻlash joylarini qurilishida qoziq oyoq — chambaraklarni suvga tushirishda qoidaga koʻra maxsus suzuvchi yoʻnaltiruvchi konduktorlar qoʻllaniladi. Qoziq oyoqlar birlashmalari yoki qoziq oyoq — chambaraklarni shuningdek kema bogʻlash inshoatlari alohida tayanchlarini nuqtaviy kuzatish belgilari asosiga tushurishda, yoʻnaltiruvchi sifatida osma yoʻnaltiruvchilar mahkamlanadigan vaqtinchalik mayoq qoziq oyoqlardan foydalaniladi.
4.58 Amaldagi meʼyorlar talablariga javob beruvchi, temirbeton qoziq oyoq elementlarini yuklantirishda, qoqib kirgazish texnologiyasini oʻzgartirish bilan bogʻliq shikastlanishlarni namoyon qilish boʻyicha ular holatini doimiy nazorat qilib turish zarur.
4.59 Vertikal va qiya qoziq oyoqlar havolidan qazish va tuproqni olib chiqarish gidravlik usullarini gidravlik boʻshashtirishga beriladigan barcha kategoriyadagi tuproqlar ichiga kirgazilishida amalga oshiriladi.
Tuproqni qoziq oyoq — chambarak ichiga oqib chiqishini oldini olish uchun erlift ishlayotgan paytda undagi suv sathini akvatoriyadagi suv gorizonti belgisiga nisbatan baland sathda (kamida 1m) tutib turilishi zarur.
4.60 Tuproqni qazish va chiqarib tashlashning gidravlik usulidan foydalanish mumkin boʻlmagan hollarda, qoziq oyoq — chambaraklar havoli ichidan tuproq qazishni 1 m dan katta diametrli vertikal tushiriluvchi qoziq oyoq — chambaraklarda mexanik usuli qoʻllaniladi.
4.61 Qoziq oyoq — chambaraklarni yuklantirishda ular devorlarini suv yoki boʻsh suyuqlangan tuproq tomonidan qoziq oyoq chambaraklari ichida hosil boʻluvchi gidrodinamik bosim taʼsiri natijasida uzunasiga paydo boʻladigan yorigʻlardan asrovchi choralar koʻrish joiz.
Chambarakda gidrodinamik bosimni kamaytirish uchun chuqurlikdan tortuvchi nasos yoki boshqa usul vositasida uning boʻshligʻi ichidan suvni chiqarib tashlanadi.
Gidrodinamik bosimni pasaytirishning yoʻl qoʻyiladigan uslubi — qoziq oyoq — chambaragining suv ustuni pastki qismga 0,6 — 0,8 MPa bosim ostidagi siqilgan havo berishdir.
4.62 Qoyali tuproqni burgʻulashda qovushqoq boʻlmagan tuproqni qoziq oyoq — chambaraklar ichiga kirishini oldini olish uchun, burgʻulash qudugʻiga burgʻulash jarayonida qoziq oyoq — chambaraklarni yuklantirish jarayonida uchrovchi toʻsiqlarni burgʻulab oʻtishda yopuvchi tampon qavati amalga oshirilishi lozim.
Loy tuproqli tamponajni notekisligi 20 sm doirasida boʻlgan qoziqning tayanch joyini tekislash uchun qoʻllaniladi. Kavlangan joyning qoziq oyoq — chambarakning 20 sm dan katta yuzasidagi notekisliklar boʻlishi va chambarak ichiga qovushqoq boʻlmagan tuproqni kirishi, shuningdek toʻsiqlarni burgʻulab oʻtish uchun chambarakka suv osti usuli orqali tamponaj beton qoʻllash joiz. (VPT uslubi bilan). Tamponaj qatlami qalinligini kamida 1 m, betonning esa kamida V7,5 sinfi qabul qilinadi.
Burgʻulash tamponaj qatlami yotqizilganidan 2 sut oʻtganidan soʻng, agar betonning qotishini tezlashtirish boʻyicha maxsus choralar koʻrilmagan boʻlganda boshlash lozim.
4.63 Kema bogʻlash joyi qiyaligi osti tosh prizma jihozlanishini qoziq oyoqlar yuklantirilgandan soʻng va kema bogʻlash joyi qiyaligi tuprogʻini loyihaviy yon koʻrinishga muvofiqligini avvaldan tekshirish oʻtkazilganidan keyin boshlash joiz. Ogʻishlar SNiP III-8-76 yoʻl qoʻyadigan miqdorlardan oshmasligi lozim.
Agʻdarmalar ustini tekislash koʻrinishi 3-jadvalga muvofiq tayinlanadi. Kema bogʻlash joyi qiyaligini jihozlanishida ishlarni amalga oshirish loyihasida qoziq oyoqlar va qoziq oyoqchambaraklarni agʻdarish materiali tomonidan shikastlanishlardan himoya qilish koʻzda tutiladi (suv yotkazish ariqlari, suzuvchi konteynerlar, inventar qoplamalar bilan va x.k.).
Bloklar osti tosh toʻshama yoki orqa tomon yeyilish massivlari 4.1 — 4.12 b.b. ga muvofiq ravishda bajariladi.
4.64 Estakada turidagi inshoatlar uchun tuproqqa kirgazilgan qoziq oyoqlar elementlarining loyihaviy holatlardan yoʻl qoʻyilgan ogʻishlari loyihada maxsus koʻrsatmalar mavjud boʻlmagan holda, 8-jadvalda koʻrsatilgan miqdorlardan oshmasligi lozim.
4.65 8-jadvalda koʻzda tutilganlardan koʻra tarhda koʻp ogʻishlarga ega qoziq oyoqlar, faqat loyihalash tashkilotining ruxsati bilan toʻgʻrilashga yoʻl qoʻyiladi.
Tuproqqa kirgazilgan qoziq oyoq — chambaraklarni toʻgʻrilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.66 Qoziq oyoq elementlarini 8-jadvalda koʻrsatilgan yoʻl qoʻyilgan chegaralarda tushirishdagi zaruriy aniqligini taʼminlash uchun tuzilishi inshoat koʻrinishi orqali, qoziq oyoq elementi turi, tushirishning mahalliy sharoitlari orqali aniqlanuvchi yoʻnaltiruvchi jihozlar qoʻllaniladi.
Qoziq oyoqlarni himoya qilinmagan akvatoriya sharoitida tushiriladigan boʻlsa, zarurat yuzasidan qurilishni tashkil etish loyihasida yoʻnaltiruvchi jihozlarning tamoyillik sxemasi ishlab chiqiladi.
4.67 Yoʻnaltiruvchi sinchlarni qoʻllanishida birinchi navbatda vertikal qoziq oyoq elementlarini, keyin esa qiyalarini tushiriladi.
Diametri 1,6 m gacha boʻlgan qoziq oyoq chambaraklar qiyaligining cheklangan miqdori 5:1 dan oshmasligi, qoziq oyoq — chambaraklarning 1,6 m dan ortiq diametrida esa ularni faqat vertikal holatda tushirish mumkin.
4.68 Har qaysi tushirilgan qoziq oyoq chambarak, tekshirilishi lozim suv osti doirasini gʻavvoslik tekshirilishi ham shu jumlaga kiradi.
Suv osti tekshirilishlari natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzilishi lozim. Bevosita estakada tuzilmasi qurilish maydonida qoziq oyoq yoki qoziq oyoq — chambaraklarni tushirilishi boʻyicha maxsus kitob tutiladi.
4.69 Prizmatik qoziq oyoqlar kallaklarini maxsus mexanik qurilmalar yordamida, ustun — chambaraklarni esa maxsus olmos — korrund disklari bilan amalga oshiriladi.
Qoziq oyoq kallagining miqdori oz boʻlsa ularni otboy bolgʻalari yordamida chopib tashlanadi.
Qoziq oyoqlarda zarur aniqlikni taʼminlash maqsadida qoziq oyoqlar kallaklarini chopishda qalinligi 5-6 mm, balandligi 100 mm boʻlgan tasmasimon poʻlatdan bandaj oʻrnatish joiz.
4.70 Toʻlqin va muzliklar taʼsiriga uchraydigan barcha temirbeton, metall, yogʻoch qoziq oyoqlar va temirbeton qoziq oyoq — chambaraklar tushirilgandan keyin, ular boʻshatilishi lozim.
Boʻshatishning zarurligi va usullari ishlarni amalga oshirish loyihasidan aniqlanadi. Boʻshatilishgacha toʻlqin taʼsiri ostida tebranib turgan qoziq oyoq massasini koʻpaytirish taqiqlanadi (qoziq oyoqlarga yigʻma temirbeton kallaklar oʻrnatiladi).
4.71 Qoziq oyoqlarning vaqtincha boʻshatilishi elementlari yuqori qurilish estakadasi tuzilmalarini montaji tugallangandan soʻng bundan keyin tushiriladigan qoziq oyoqlar ustiga olib qoʻyilishi lozim.
Vaqtincha boʻshatuvchi tuzilmalarning aylanib turishi ishlarni tashkil etish loyihasidan aniqlanadi.
Qoziq oyoqlarni tushirish yuqori qurilishlarni montaj qilish ishlaridan koʻpi bilan bir qamrov oldinlab borishi lozim.
4.72 Suv usti yuqori qurilishlarni jihozlash ishlari (birlashtiruvchi) estakada turidagi qirgʻoqboʻyi qiyaliklarini mahkamlash ishlari tugallanganidan, hamda suv sathining oʻzgarishi doiralarida qoziq oyoq va qoziq oyoq — chambaraklarda korroziyaga qarshi qoplamlar oʻrnatilganidan keyin boshlanadi.
4.73 Montaj qilingan yuqori qurilish temirbeton elementlari oʻlcham va holatlarining loyihadan ogʻishi, loyihada maxsus koʻrsatmalar mavjud boʻlmagan taqdirda, 8-jadvalda koʻrsatilgan miqdorlardan oshmasligi lozim.
Yuqori qurilish elementligini tekshirish geodezik asboblar yordamida bajariladi.
4.74 Yuqori qurilish yigʻma temir-beton elementlarini saqlab turish muddatlari 4-jadval talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Yuqori qurilish keyingi elementlarini ilgarigilari ustiga oʻrnatishga, agar bu qismlarni oraliq yaxlitlash bilan bogʻliq boʻlsa, yaxlitlash betoning 70% loyihaviy mustahkamlikka erishganidan soʻng ruxsat etiladi.
4.75 Yuqori qurilish tuzilmalariga yaxlitlash betonini yotqizishni SNiP III-15-75 talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Opalubka olinganidan soʻng ship sirtlari guvohlantirilishi lozim. Kavak va yoriqlar namoyon boʻlgan taqdirda ularni loyiha tashkiloti koʻrsatmalari boʻyicha tekislanishi lozim.
YUK HARAKATI QIYALIGI KEMA QURISH, TAʼMIRLASH INSHOATLARI
4.76 Ushbu qism qoidalari, suv ustki qismi shpal-posangi asosidagi qiyalangan kema tashish yoʻllariga ega boʻlgan sliplar va kema qurish, taʼmirlash inshoatlari gidrotexnika qismini qurish boʻyicha boʻlgan, hamda suv osti qismida posangi agʻdarmasi ustiga yotqizilgan temirbeton plitalar yoki toʻsinlar asosidagi ishlarni amalga oshirishga taalluqlidir.
Qoziq oyoq yoki qoziq oyoq chambaraklarning alohida tayanch — tublariga yotqiziluvchi yigʻma temirbeton toʻsinlaridan boʻlgan qiya kema tashish yoʻllari qurilishida, ushbu SNiP muvofiq qismlari talablariga rioya qilinishi zarur.
4.77 Posangi asos va slipning gorizontal qismi tuzilishini bajarilishidagi yoʻl qoʻyiluvchi ogʻishlar 9-jadvalda keltirilgan miqdorlardan oshmasligi lozim.
Eslatma: Yuk harakati qiyaligi nishab qismi jihozlanishidagi yoʻl qoʻyilgan ogʻishlar miqdori kasr koʻrinishida keltirilgan, bunda chiziq ustidagi son temirbeton plita yoki toʻsinlaridan boʻlgan asosga, chiziq tagidagi esa — shpalposangili asos ga muvofiq keladi.
4.78 Kema tashish yoʻllari hisoblangan yuk ortilgan aravachani ikki qayta yurgazish yoʻli orqali sinalishlari lozim, qaysiki buning natijasida yoʻlning qoldiq deformatsiyalari 1 mm dan oshmasligi lozim.
4.79 Kema qurish, taʼmirlash inshoatlari va sliplar kema tashish yoʻllari suv osti qismi montaji boshlanishidan avval inshoatning suv osti asosi gʻavvoslar orqali tekshirilishi lozim.
4.80 Suv osti shagʻal toʻshamasi greyfer choʻmichli suzuvchi kran orqali amalga oshiriladi. Shagʻal toʻshamaning suv osti tekislash ishlari yendorli aravachaga oʻrnatilgan suv osti mexanik tekislovchi orqali yoki gʻavvoslar yordamida amalga oshiriladi.
Tekislovchi holatining toʻgʻriligini gʻavvos nazorat qilishi lozim. Toʻshama belgilarini tekshirish nivelir va oʻlchovli taxtacha yordamida amalga oshiriladi. Nazorat oʻlchashlari mexanik suv osti tekislovchining konsoli perimetri, konsolda yuvilib ketmaydigan oq boʻyoq bilan belgilangan yerlari boʻyicha amalga oshiriladi.
4.81 Temirbeton plita-bloklarni tayyorlashda ularning loyihadagi oʻlchamlardan ogʻishi 9-jadvalda keltirilgan miqdorlardan oshmasligi lozim.
Inshoatga yotqizilishidan avval, butlash-yigʻish maydonchasida barcha kema tashish yoʻlining plita-bloklarini nazorat-yigʻuv ishlari amalga oshirilishi lozim. Nazorat-yigʻuvi jarayonida plita-bloklar va rels yoʻlini birlashtirilib, qogʻozga tushirilgan chizmaga solishtirish orqali tekshirish amalga oshirilishi lozim.
4.82 Plita-bloklarni inshoatning suv osti qismiga yotqizish suzuvchi kranlar yoki oʻzgaruvchanlik bilan suzuvchi pontonlar yordamida amalga oshiriladi.
Har qaysi yotqizilgan plita-blok ularga oʻrnatilgan yoʻllar bilan hisoblangan yuk ortilgan aravachalarni qoldiq deformatsiyasi oʻchguniga qadar yurgazish orqali toblanadi. Bu deformatsiyalarning toblantirishdan keyingi yoʻl qoʻyiluvchi miqdori koʻpi bilan 1,5 mm ortiq boʻlmasligi lozim.
4.83 Yuk harakati qiyaligini jihozlash boʻyicha ishlar toʻliq tugallanganidan soʻng yoʻllarni umumiy toblantirish amalga oshiriladi. Chiniqtirishda yuklanish miqdori loyiha koʻrsatmalariga muvofiq boʻlishi lozim.
Yuk harakati qiyaligining nishab qismida rels yoʻllari uchun yoʻl qoʻyilgan ogʻishlar 9-jadvalda keltirilgan miqdorlardan oshmasligi lozim.
5. KEMA BOGʻLASH QIRGʻOQBUYI QOʻYNILARINI QAYTA TOʻLDIRISH BILAN JIHOZLASH
5.1 Qoʻynilarini tuproq bilan toʻldirishdan avval inshoat tayyorligining, va kema bogʻlash joyi bajarilgan elementlarini loyihaga muvofiqligi, shu jumladan kema bogʻlash devorini tuproq oʻtkazmasligini taʼminlovchi ankerli mahkamlanish va jihozlashlarni guvohlantirilishi amalga oshirilishi lozim. Inshoat qoʻynida qurilish chiqindilari, qor va muz boʻlmasligi lozim.
5.2 Kema bogʻlash devori orqasiga solib toʻldiruvchi tuproq sifati, uni toʻldirish ketma-ketligi va zichlashtirish inshoat loyihasi va ishlarni amalga oshirish loyihasi talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Agar inshoat orqasida kuchsiz loyiha tuproqlari mavjud boʻlsa, qurilishni tashkil etish loyihasida ularni kema bogʻlash joyi devoriga, toʻldirilish jarayonida surilib kelishini oldini oluvchi choralar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
5.3 Qoʻyinlarni bosqichlar bilan toʻldirishning zaruriyati suv osti va suv usti doiralarida tuproqni zichlashtirishning turli xil texnologiyalarida shartlashtiriladi.
5.4 Inshoatning loyihasida qoʻyin suv osti doirasi tuprogʻini zichlashtirish koʻzda tutilgan boʻlsa, qurilishni tashkil etish loyihasida toʻldiriladigan tuproqning talab etiluvchi zichligini taʼminlovchi va kema bogʻlash joyi tuzilmasini deformatsiyaga olib kelmaydigan chuqurlikda tebranma zichlashtirish maxsus texnologiyasi koʻzda tutilishi lozim.
5.5 Buldozer yoki avtomobil-samosvallar orqali, bajariluvchi, kema bogʻlash joyi devori orqasidagi hududning suv usti qismini zaxiradagi tuproq bilan toʻldirish ishlarini SNiP III-8-76 talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Solinuvchi qatlam qalinligi va uni zichlashtirish usuli ishlarni amalga oshirish loyihasida aniqlanadi. Havoning manfiy haroratlari sharoitida tuproq toʻkishni uzluksiz ravishda amalga oshirish joiz.
Qoʻyinni toʻldirishning butun davri davomida kema bogʻlash devori holati ustidan kuzatish olib borish zarur. Choʻkishlar yoki tarhda devor holatini oʻzgarishi namoyon boʻlgan taqdirda toʻldirish ishlari toʻxtatilishi lozim, loyiha tashkiloti ishtirokida inshoatning deformatsiyaga uchrash sabablari aniqlanishi va bundan keyin uni oldini olish choralari koʻrilishi lozim.
5.6 Qoʻyinlarni oʻtirindi qumtuproqlar bilan toʻldirilishida bir vaqtning oʻzida bir qism miqyosida va qirgʻoqboʻyi oldida tuproq qazish tuproq tortish snaryadi orqali bajarish ishlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. qoʻyinlarni oʻtirindi bilan toʻldirish. Davrida qayta toʻldiriluvchidagi suv bosimini nazorat qilishni amalga oshirish zarur. Buning uchun kema bogʻlash joyi frontining har 25 m yeriga kamida ikkitadan pyezometrlar oʻrnatiladi (qayta toʻldiruvchining suv osti va suv usti doiralarida bittadan).
5.7 Tuproq yuvish boʻyicha ishlar tugaganidan soʻng suv tashlash quduqlari hudud yuzasidan 1,5 m chuqurlikda qismlarga ajratilishi, suv chiqarib tashlovchi quvurlar berkitilishi lozim.
5.8 Katta toʻldirish jihozlanishi jarayonida tashkilot bajarilayotgan ishlarni tuproq geotexnik tavsifnomalari, uni yotqizish va zichlashtirish darajasi boʻyicha ularni loyiha talablariga muvofiqligi ustidan operatsion nazorat amalga oshirishi lozim.
Toʻldiruvchi tuproqning granulometrik tarkibi va zichligining yoʻl qoʻyilgan ogʻishlari 10-jadvalda keltirilgan.
Suv usti doirasida qumtuproq namunalari qirquvchi halqa bilan, toshli tuproqni esa kub orqali olinadi. Namuna olish yeri qayta toʻldiriluvchining butun maydoni boʻylab balandlik boʻyicha 1 m dan keyin joylashtiriladi.
Eslatma:
1. Toʻldiruvchi tuproq tavsifnomalaridagi ogʻishlar namunalar umumiy soning koʻpi bilan 10% gacha yoʻl qoʻyiladi.
2. Suv sathidan pastda joylashgan tuproqning zichligi va ikki ishqalanish burchagini, statik va dinamik zondlash yordamida nazorat qilishga yoʻl qoʻyiladi.
5.9 Qoʻynini tuproq yuvish bilan toʻldirish filtrlanuvchi suv orqali inshoatga taʼsir etuvchi qoʻshimcha yuklanishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ishlarni amalga oshirish loyihasi boʻyicha amalga oshirilishi joiz. Suv usti doirasida tuproq yuvishning yoʻl qoʻyilgan balandligi, yer osti suvlarini qirgʻoq boʻyiga koʻrsatadigan maksimal bosimi va tuproq yuvish rejimi qurilishni tashkil etish loyihasida tayinlanadi.
6. GIDROTEXNIKA INSHOATLARINI BARPO ETISHDA TABIAT MUHOFAZASI TADBIRLARI
6.1 Qurilish-montaj ishlarini bajarishda SNiP 3.01.01-85 va SNiP III-8-76 larda bayon qilingan tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha talablarni bajarish joiz.
6.2 Yuvish boʻyicha ishlarni bajarilishida yuvilish kartalariga tashlanuvchi tindirilgan suv SSSR Suv xoʻjaligi vazirligi, SSSR baliq xoʻjaligi vazirligi, SSSR Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Yuzadagi suvlarni oqava suvlar orqali ifloslanishdan saqlash”, hamda SSSR Goskomgidromet tomonidan tasdiqlangan “Dengizlar qirgʻoqoldi suvlarini saqlash Qoidalari” talablariga javob berishi lozim.
6.3 Qurilish jarayonida akvatoriyani va unga tutash qirgʻoq doiralarini qurilish chiqindilari, axlat, oqava suvlar va zaharli moddalar orqali ifloslanishini istisno etuvchi tadbirlar bajarilishi lozim.
Qurilayotgan obyekt yaqinida neft tarkibli, xoʻjalik-maishiy oqava suv va axlatni qurilishda ishlatiladigan suzuvchi qurilish mexanizmlari va transport vositalaridan, keyinchalik ularni qurilish noxiyasidan chiqarib tashlash bilan yuqoridagilarni qabul qilish taʼmin etilishi lozim.
Qurilish maydoni ishlab chiqarish va xoʻjalik-maishiy oqava suvlarini doimiy yoki vaqtinchalik tozalash inshoatlariga (qurilmalari) uzatilishini taʼminlovchi kanalizatsiya majmualari bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Qirgʻoqdagi qurilish mashina va mexanizmlariga texnik xizmat koʻrsatishga faqat maxsus maydonchalarda yoʻl qoʻyiladi.
Qurilish tuzilmalari va materiallarining kirish nazorati qoʻllaniluvchi materiallarning sifatini loyihaning “oʻsimlik va hayvonot dunyosi uchun xavfli boʻlgan moddalar miqdori” qismiga muvofiqligini oʻrnatishi lozim.
6.4 Suv ostida tuproqni boʻshashtirish va boshqa suv osti-texnik ishlarni portlatish usuli orqali bajarilishiga, qurilishni tashkil etish loyihasida bu ishlarni boshqa usullar bilan bajarilishi mumkinligini istisno etuvchi texnik-iqtisodiy asoslashlar mavjud boʻlganida yoʻl qoʻyiladi.
6.5 Suv aralash tuproqni solish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda obyektga yondoshgan akvatoriyada ajratilgan texnologik doira tashqarisida boʻlgan suvdan foydalanuvchilarning tegishli kategoriyalari uchun suvning tarkib koʻrsatkichlari va xossalari boʻyicha oʻrnatilganlardan ortishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
6.6 Qurilishning bosh rejasini ishlab chiqish jarayonida qurilish bazasi va maishiy hudud oralaridagi sanitar-himoya doiralari qurilish bazasi korxonalari orasidagi sanitarlik tafovutlari hisobga olinishi joiz.
