Gidrotexnika inshootlarining tuproq tuzilmalari (4.02.36-04-son)
01.01.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
meʼyorlari
Texnikaviy qism
1. Umumiy koʻrsatmalar
1.1. Ushbu Shaharqurilish elementar smeta meʼyorlari (SHNQ) gidrotexnika inshootlarining tuproq tuzilmalarini barpo etilishida va manba uslubida smeta hisoblarini (smetalarni) tuzishda zaxiralarga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash uchun moʻljallangan. SHNQ yagona narxlarni xususiy va yiriklashtirilgan meʼyorlarning (narxlarning) ishlab chiqilishi uchun dastlabki meʼyorlar boʻlib xizmat qiladi.
1.2. SHNQ qurilish mashina va mexanizmlaridan foydalanishning oʻrtacha sohaviy sarflarini, qurilish ishlari koʻrinishlari boʻyicha texnologiyasi va bu ishlarni tashkil qilinishini oʻzida namoyon etadi. SHNQ barcha korxonalar uchun, ularning kimga qarashli ekanligi va mulkka boʻlgan egalik shakli, barcha darajadagi davlat budjetlarini hamda maqsadli nobudjet jamgʻarmalarini jalb etgan holda kapital qurilishini amalga oshiruvchi barcha korxona va tashkilotlar tomonidan qoʻllanishi shartdir.
Moliyalashtirish korxonalar, tashki-lotlar va jismoniy shaxslarning xususiy mablagʻlari hisobiga amalga oshiriluvchi qurilishlar uchun SHNQ tavsiya etiluvchi xususiyat kasb etadi.
1.3. Ushbu toʻplamning meʼyorlari gidrotexnika, suv transporti, gidromeliorativ va suv xoʻjaligi maqsadlaridagi tuproq koʻtarmali bosimli inshootlarning barpo etilishiga taalluqlidir.
1.4. Bunday inshootlarni barpo etilishi uchun qoʻllaniluvchi tuproqlar, meʼyorlarda ikki guruhga boʻlingan:
a) qayishqoqlik soni 0,01 dan kam boʻlgan noqayishqoq tuproqlar. Bunday tuproqlarga qumli va yirik boʻlakli (katta tosh koʻrinishidagi, toshqotishmalar, shagʻal) tuproqlar kiradi;
b) qayishqoqlik soni 0,01 dan ortiq boʻlgan bogʻlovchi tuproqlar. Bularga loytuproq koʻrinishidagi (qumloq, qumoq tuproqlar va loytuproqlar) kiradi.
1.5. 01-001 — 01-004, 01-008 jadvallardagi meʼyorlarda karyerda tuproq qazish ishlariga hamda ularni tuproqli inshootiga tashilishi yuzasidan sarflar hisobga olinmagan, ular quyidagi tarzda aniqlanishi lozim: SHNQ-4.02.01-04 “Tuproq ishlari” ning “agʻdarmadagi ishlar” sarflarini hisobga olmagan holda tuproq-qazish va tuproq ishlanishi;
tashish-qoʻshimcha tarzda. Bunda karyerda ishlanishi lozim boʻlgan tuproq hajmi 01-001 — 01-004, 01-008 jadvallardagi meʼyorlarda koʻrsatilgan tuproq sarflarini, shuningdek Texnikaviy qismning 2.1. bandida bayon qilingan talablarni hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur.
Loyiha boʻyicha tuproqli inshootlarni skreperlar orqali bunyod qilinishi koʻzda tutiladigan holatda 01-001 — 01-003, 01-008 jadvallardagi buldozerlar sarflari meʼyorlariga Texnikaviy qismning 3.1. — 3.3. bandlari boʻyicha tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllanishi lozim. Bunyod etiluvchi tuproq inshootlari uchun foydali oʻyiqlardan olinuvchi tuproqlardan foydalanishda, tuproq qazish ishlari va tuproqni tashilish sarflari hisobga olinmasligi lozim.
1.6. 01-001 — 01-004, 01-008 jadvallardagi meʼyorlarda inshootgacha boʻlgan masofada suv yetkazib berish va tuproqni hoʻllash bilan bogʻliq sarflar hisobga olinmagan va ular qoʻshimcha ravishda qurilish ishlarini tashkil etish loyihasiga muvofiq aniqlanishi lozim. Bunda suv miqdori 01-001 — 01-004, 01-008 jadvallari maʼlumotlari boʻyicha aniqlanishi zarur.
1.7. 01-001 jadvalidagi meʼyorlar massasi 16 t gacha va bundan ham ortiq boʻlgan katoklarni qoʻllanilishini koʻzda tutadi, u yoki bu katokni qoʻllanilishining maqsadga muvofiqligi, inshootlarning hajmi va oʻlchamlari hamda ularni barpo etish jadalligiga bogʻliq holda loyiha orqali oʻrnatiladi.
1.8. 01-001 — 01-004, 01-008 jadvallardagi meʼyorlar orqali barpo etilayotgan inshootlarning yoʻnalishi-dan tashqarida boʻlgan kelish va tushish yoʻllaridan tashqari koʻtarmaga kelish va undan tushish, oʻtish yoʻllarini jihozlash va ularni saqlash boʻyicha sarflar hisobga olingan, qaysiki ularni jihozlash va saqlash boʻyicha sarflar loyiha maʼlumotlari asosida boshqa toʻplamlardagi muvofiq meʼyorlar boʻyicha qoʻshimcha tarzda aniqlanishi lozim.
1.9. Inshootning osti uchun asoslarning tayyorlanishi boʻyicha ishlarga boʻlgan sarflar, loyiha maʼlumotlariga muvofiq boshqa toʻplamlardagi muvofiq keluvchi meʼyorlar boʻyicha aniqlanishi lozim.
1.10. Damba va toʻgʻonning qarshi filtrlanish tishiga tuproq agʻdarilishi bilan bogʻliq sarflar 01-002 jadvaldagi meʼyorlar boʻyicha aniqlanishi lozim.
1.11. Tuproqli inshootlarni yirik, maʼlum oʻlchamga ega boʻlmagan, agʻdarilayotgan qavatning zichlashtirilgan holatida ushbu qavat qalinligining yarmidan ortib chiquvchi rangdor tuproqlardan barpo etilishida, bunday toshlarni olib tashlash uchun kerakli sarflar, qoʻshimcha ravishda loyihaga muvofiq aniqlanishi lozim.
2. Ishlar hajmini hisoblab chiqarish qoidalari.
2.1. 01-001 — 01-004, 01-008 jadvallardagi meʼyorlar orqali tuproqni tuproqli inshootlarga tashish va yotqizish hamda uni karyerdagi tabiiy holiga qadar zichlashtirilishi bilan koʻtarilishidagi yoʻqotishlarni hisobga olgan holda meʼyorlar oʻlchamiga boʻlgan tuproq sarflari koʻzda tutilgan. Tuproqni tuproqli inshootlariga uning tabiiy holatiga qaraganda koʻproq (oʻta zichlashtirish) yoki kamroq (chala zichlashtirish) zichlashtirilish darajasi bilan yotqizilishida, koʻrsatilgan jadvallardagi meʼyorlarga K1 va K2 koeffitsiyentlari qoʻllanishi zarur.
K1 — inshootdagi va karyerdagi tuproqning zichlik nisbatini hisobga oluvchi va inshootga tashib keltiriluvchi tuproqning hajmini koʻpayishini koʻzda tutuvchi, mashinalardan foydalanish vaqti hamda tuproq va suv sarfi meʼyorlariga va mehnat sarflari meʼyorlariga boʻlgan koeffitsiyent boʻlib, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
K1=RDSRDK
bunda:: RDS — inshootdagi quruq tuproqning loyihaviy maʼlumotlar boʻyicha zichligi;
RDK-karyerdagi quruq tuproqning loyihaviy maʼlumotlar boʻyicha zichligi;
K2 — bostirma katoklarning bir joyning oʻzidan oʻtish sonini oʻzgarishini hisobga oluvchi, bostirma katoklar va traktorlar sarf meʼyorlariga boʻlgan koeffitsiyent boʻlib, quyidagi qiymatlardan qabul qilinadi:
1,5 — tuproqni oʻta zichlashtirilishida;
0,5 — tuproqni chala zichlashtirilishida.
2.2. Tuproqli tuzilmalar hajmlari loyihaviy yon kesimlar boʻyicha hamda ushbu toʻplamning meʼyorlarida qabul qilingan oʻlchov birliklarida aniqlanishlari lozim.
2.3. Loyihalarda ish hajmlarining ekranlar va yadrolar boʻyicha aniqlanishida pastki va yuqorigi qismlar hajmlari ajratib koʻrsatilishi zarur. Paski qismga koʻndalang kesimda ustki qismi boʻyicha 15 m oʻlchamdagi tuzilmaning hajmi kiritiladi. Ustki qismiga tuzilmaning qolgan hajmi kiradi.
3. Meʼyorlarga boʻlgan koeffitsiyentlar
01 BOʻLIM. GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING TUPROQLI TUZILMALARI
1. TOʻGʻONLAR, DAMBALAR, KOʻTARMALAR
36-01-001 Jadval
Toʻgʻonlar, dambalar, koʻtarmalar hamda ekran va yadrolarning pastki qismlarini quruq holda barpo etish
Ishlar tarkibi:
01. Tuproqni qavatma-qavat tekislash.
02. Tuproqni hoʻllash bilan zichlashtirish.
03. Pastda yotuvchi zichlashtirilgan loytuproq qavatini keyingisi yotqizilishidan avval yumshatish.
04. Koʻtarma ustida kirib kelish, tushish va oʻtish yoʻllarini jihozlash va saqlash.
05. Transport vositalari kuzovlarini loytuproqlar tushirilishidan soʻng tozalash.
Oʻlcham: 1000 m3 tuproqni
Toʻgʻonlar, dambalar, koʻtarmalar hamda ekran va yadrolarning pastki qismlarini quruq holda bogʻlanmaydigan tuproqlardan quyidagi massali bostirma katoklar orqali barpo etish:
Toʻgʻonlar, dambalar, koʻtarmalar hamda ekran va yadrolarning pastki qismlarini quruq holda bogʻlovchi tuproqlardan quyidagi massali bostirma katoklar orqali barpo etish:
36-01-002 Jadval
Ekran va yadrolarning yuqorigi qismini barpo etish
Ishlar tarkibi:
01. Tuproqni qavatma-qavat tekislash.
02. Tuproqni hoʻllash bilan zichlashtirish.
03. Pastda yotuvchi zichlashtirilgan loytuproq qavatini keyingisi yotqizilishidan avval yumshatish.
04. Koʻtarma ustida kirib kelish, tushish va oʻtish yoʻllarini jihozlash va saqlash.
05. Transport vositalari kuzovlarini loytuproqlar tushirilishidan soʻng tozalash.
Oʻlcham: 1000 m3 tuproqni
36-01-003 Jadval
Ponurlar jihozlash
Ishlar tarkibi:
01. Tuproqni qavatma-qavat tekislash.
02. Tuproqni hoʻllash bilan zichlashtirish.
03. Pastda yotuvchi zichlashtirilgan loytuproq qavatini keyingisi yotqizilishidan avval yumshatish.
04. Koʻtarma ustida kirib kelish, tushish va oʻtish yoʻllarini jihozlash va saqlash.
05. Transport vositalari kuzovlarini loytuproqlar tushirilishidan soʻng tozalash.
Oʻlcham: 1000 m3 tuproqni
36-01-004 Jadval
Suvga tuproq agʻdarish usuli orqali toʻgʻon, damba va koʻtarmalar barpo etish
Ishlar tarkibi:
01. Hovuzlar uchun marzali dambalar jihozlash.
02. Tuproqni hoʻllash orqali zichlashtirish ( 2,3 meʼyorlar).
03. Avtosamosvallardan qiyalik orqali suvga agʻdarilgan tuproqni surish.
04. Koʻtarma ustida kirib kelish, tushish va oʻtish yoʻllarini jihozlash va saqlash.
05. Transport vositalari kuzovlarini loytuproqlar tushirilishidan soʻng tozalash.
Oʻlcham: 1000 m3 tuproqni
Sunʼiy hovuzlar suviga qavatma-qavat tuproq agʻdarish usuli orqali toʻgʻon, damba va koʻtarmalar barpo etish:
2. PASTQAMLIKLAR
36-01-008 Jadval
Pastqamliklarni toʻldirish
Ishlar tarkibi:
01. Tuproqni qavatma-qavat tekislash.
02. Tuproqni hoʻllash bilan zichlashtirish.
03. Pastda yotuvchi zichlashtirilgan loytuproq qavatini keyingisi yotqizilishidan avval yumshatish.
04. Koʻtarma ustida kirib kelish, tushish va oʻtish yoʻllarini jihozlash va saqlash.
05. Transport vositalari kuzovlarini loytuproqlar tushirilishidan soʻng tozalash.
Oʻlcham: 1000 m3 tuproqni
Pastqamliklarni 10000 m3 dan ortiq hajmdagi tuproqlari bilan toʻldirish:
Pastqamliklarni 10000 m3 gacha boʻlgan hajmdagi tuproqlari bilan toʻldirish:
Pastqamliklarni 200 m3 gacha boʻlgan hajmdagi tuproqlari bilan toʻldirish:
36-01-009 Jadval
Tuproqli inshootlar koʻtarmalarining qiyalarini rejaviy tekislash
Ishlar tarkibi:
01. Koʻtarmalar qiyalarini notekisliklarni kesish va botiqlarni toʻldirish bilan rejaviy tekislash.
Oʻlcham: 1000 m2 rejaviy tekislangan yuzani
Tuproqli inshootlar koʻtarmalarining qiyalarini rejaviy tekislash:
