Davlat oʻrmon fondi yerlarida yongʻin havfini oldini olish chora-tabdirlari toʻgʻrisida (X-1891/07-son)
18.07.2019
Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hokimining
Qarori
2019-yilda Davlat oʻrmon fondi yerlarida yongʻin kelib chiqishining hamda tabiatga va oʻsimlik dunyosiga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida: Muborak davlat oʻrmon xoʻjaligining 2019-yil 5-martdagi 17-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil 5-son, 122-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi “Respublika oʻrmonlarini himoya qilish boʻyicha ayrim meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 506-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-yil, 11-son, 68-modda)ga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. 2019-yilning yoz, kuz fasllarida Davlat oʻrmon fondi yerlarida va qoʻshni fermer xoʻjaligi hamda fuqarolar yigʻinlari hududida joylashgan oʻrmonlarda tamaki mahsulotlari chekish, ov qilish hamda gulxan yoqish qatʼiyan man qilinsin.
2. Muborak Davlat oʻrmon xoʻjaligi boʻlimlarida yongʻinga qarshi kurash tadbirlari 1-ilovaga, favqulotda holatlarda yongʻinni oʻchirish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Muborak Davlat oʻrmon xoʻjaligi (F. Shukurullayev) — Xotam, Xayit ota, Yangi ariq oʻrmon boʻlimlari (Z. Turayev, F. Xamrayev, M. Baxronov), “Qaraqum” MFY (B. Tuxtayev), Olmazor MFY (S. Nuranov), Obod turmush MFY, (A. Eshniyozov), “Chorvador” MFY (R. Qurbonov) “Muborak” MFY (T. Avazov), yongʻin xavfini oldini olishning barcha tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha masʼulligi belgilab qoʻyilsin.
4. Muborak Davlat oʻrmon xoʻjaligi (F. Shukurullayev) Xotam, Xayit ota, Yangi ariq oʻrmon boʻlimlari (Z. Turayev, F. Xamrayev, M. Baxronov). Muborak tuman YoXB boshligʻi (J. Yuldashov), tuman tibbiyot birlashmasi (O. Nasimov), “Oʻztelekom” AK Muborak tuman filiali (Sh. Bozorov). “Qaraqum” MFY (B. Tuxtayev), Olmazor MFY (S. Nuranov), Obod turmush MFY, (A. Eshniyozov.), “Chorvador” MFY (R. Qurbonov) “Muborak” MFY (T. Avazov) birgalikda Davlat oʻrmon fondida 1 yongʻin sodir boʻlganda tezda kechiktirmasdan yongʻinni oʻchirish uchun yetarli odamlarni jalb qilish va ularni asbob-uskunalar va oziq-ovqatlar bilan taʼminlash hamda tez tibbiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrish vazifalari yuklatilsin.
5. Muborak Davlat oʻrmon xoʻjaligi (F. Shukurullayev) Muborak tuman ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi (M. Normurodov), tumandagi “Qaraqum” MFY (B. Tuxtayev), Olmazor MFY (S. Nuranov), Obod turmush MFY, (A. Eshniyozov.), “Chorvador” MFY (R. Qurbonov) va “Muborak” MFY (T. Avazov) raislari oʻrmon xoʻjaligi yer fondiga yaqin aholiga oʻrmon xoʻjaligi fondi yerlarida yongʻinni oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish hamda “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi va “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonunlarini buzgan shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib tegishli organlarga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Muborak tumani hokimining 2018-yil 16-iyundagi X-863/06-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari R. Xolmuminov zimmasiga yuklatilsin.
8. Qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Gʻ. DJAVLIYEV
Muborak t.,
2019-yil 18-iyul,
X-1891/07-son
Tuman hokimining 2019-yil 18-iyuldagi X-1891/07-son qaroriga 1-ILOVA
Tuman hududidagi davlat oʻrmon fondi yerlarida yongʻinga qarshi kurash
tadbirlari
1. Oʻrmonlarda va oʻrmon bilan qoplangan Davlat oʻrmon fondi yerlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun shaxsan javobgarlikni his etish, yongʻin boʻlish ehtimoli kuchli davrda belgilangan yongʻin xavfsizligi ishlarini bajarish, Davlat oʻrmon fondi yerlarida chiqqan yongʻinni tezkorlik bilan oʻchirish va bu toʻgʻrisida kerakli tashkilotlarga tezlik bilan xabar qilish.
Bajaradi: Oʻrmon xoʻjaligi va Fuqarolar yigʻinlari.
Muddati: Mavsum davomida
2. Oʻt-oʻlan bilan qoplangan yerlarda, qamishzorlar, oʻrmonzorlar yaqinida shamolli ob-havoda gulxan yoqishni taʼqiqlash, yonib turgan narsalarni tashlash uchun maxsus joylarni tashkil qilish.
Bajaradi: Tuman YoXB, Oʻrmon xoʻjaligi va Fuqarolar yigʻinlari.
Muddati: Mavsum davomida
3. Davlat oʻrmon fondi yerlarida yongʻin chiqqan holda, yongʻin chiqqan joyga koʻngilli yongʻin oʻchirish boʻlinmalarini, belgilangan yongʻin oʻchirish ishchi kuchlarini oʻz vaqtida yetkazish, texnika va yongʻinga qarshi transport bilan taʼminlashni toʻgʻri va aniq tashkil qilish.
Bajaradi: Tuman YoXB, Oʻrmon xoʻjaligi, Fuqarolar yigʻinlari va fermer xoʻjaliklari.
Muddati: Mavsum davomida
4. Chorva mollari boqiladigan, ov qilinadigan, beda oʻriladigan oʻrmonlarda, bolalar oromgohlarida, dam olish zonalarida va geologik qidiruv ekspeditsiyalarida komplektlangan yongʻin oʻchirish qurollarini boʻlishini nazorat qilish, Davlat oʻrmon fondi yerlariga yaqin yerlarda va unga olib boruvchi yoʻllar yoqasiga olovdan ehtiyotlik bilan foydalanishga chaqiruvchi, yongʻin chiqish xavfidan ogohlantiruvchi belgilarni qoʻyish.
Bajaradi: Tuman YoXB, Oʻrmon xoʻjaligi va Fuqarolar yigʻinlari.
Muddati: Mavsum davomida
5. Ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda Davlat oʻrmon qoʻriqchilariga shahar va qishloq aholisi oʻrtasida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish mavzularida targʻibot ishlarini olib borish.
Bajaradi: Oʻrmon xoʻjaligi va Fuqarolar yigʻinlari.
Muddati: Mavsum davomida
6. Davlat oʻrmon fondi yerlarida ish olib boruvchi yoki oʻrmonlarda baʼzi obyektlarga ega boʻlgan hamda oʻrmon fondi yerlarini maʼlum muddatga ijaraga olgan xoʻjaliklar, tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari va aholining mavsumga tayyorgarliklarini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni birgalikda hal etish hamda qatʼiy choralar koʻrish.
Bajaradi: Tuman YoXB, Oʻrmon xoʻjaligi.
Muddati: Mavsum davomida
7. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzuvchilarni tezkorlik bilan aniqlash, ularni ustidan zudlik bilan tegishli hujjatlarni tuzib, keltirilgan zararni undirib olish choralarini koʻrish, yongʻinga qarshi kurash maqsadida tezkorlik bilan harakat qiluvchi guruh tuzish uni harakat yoʻnalishini belgilash va shu mavzuda seminar tashkil qilish.
Bajaradi: Tuman YoXB, Oʻrmon xoʻjaligi.
Muddati: Mavsum davomida.
Tuman hokimining 2019-yil 18-iyuldagi X-1891/07-son qaroriga 2-ILOVA
2019-yilda Muborak Davlat oʻrmon xoʻjaligining Yangi ariq, Hotam, Hayit ota boʻlimlarida hamda Qoraqum, Chorvador, Obod turmush, Olmazor, Muborak MFY hududlarida favqulodda holatlarda yongʻinni oʻchirish
Rejasi
T/r Muborak tumani Joylashadigan aholi Yongʻinga qarshi oʻchirish asboblari Oʻrmon boʻlimining nomi Texnikalar soni Shundan suv tashish mashinasi Kerakli narsalarni yuboradigan joyi Tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etishda javobgar shaxs Yongʻin boʻladigan joyida aloqani tiklash boʻyicha javobgar shaxs Oʻrmon boʻlimini boshliqlarining F.I.Sh. Yongʻinni oʻchirish boʻyicha javobgar shaxs Texnika va yongʻin oʻchirish asbob uskunalarini olish joyi Jami Shundan yongʻin oʻchirishga bolta arra belkurak 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 1. Qoraqum 2700 2700 850 800 1050 Xotam 1 0 Fuqarolar yigʻini Muborak tuman tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimi Muborak tuman elektr tarmoqlari M. Baxronov Bosh oʻrmonchi Oʻrmon xoʻjaligi M.F.Y hamda fermer xoʻjaliklari omborlari 2. Chorvador 4087 4087 11300 11287 11500 Yangi ariq 1 0 Fuqarolar yigʻini F. Xamroyev 3. Obod turmush 2337 2337 7777 6660 9900 Xayit ota 1 0 Fuqarolar yigʻini Z. Turayev 4. Olmazor 2242 2242 750 730 762 — 1 0 Fuqarolar yigʻini 5. Muborak 2156 2156 728 730 698 — 1 0 Fuqarolar yigʻini Jami 13522 13522 4405 4207 4910 0 5 0 0 M. Ravshanov I. Norbutayev 0 J. Jalilov 0
