Qurilishda buyumlar, uskunalar va materiallardan takroriy foydalanish (1.04.04-99-son)
01.12.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
yoʻriqnomasi
Ushbu yoʻriqnoma turar joy, jamoat va ishlab chiqarish binolarini (kelgusida “binolar va inshootlar” deb ataluvchi) kapital taʼmirlashda, qayta qurishda va buzishda ularning qurilish konstruksiyalarini boʻlaklashda va muhandisiy uskunalarini buzishda olinadigan buyumlardan, uskunalardan va materiallardan (kelgusida “materiallar va buyumlar” deyiluvchi) takroriy foydalanishning texnikaviy va tashkiliy tadbirlari tizimini belgilab beradi.
Yoʻriqnoma korxonalarning texnologik uskunalaridan takroriy foydalanishga joriy qilinmaydi.
Yoʻriqnoma mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishdan qatʼiy nazar, binolar va inshootlarni ishlatish, loyihalash, kapital taʼmirlashni amalga oshiruvchi huquqiy va jismoniy shaxslarga moʻljallangan.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Binolar va inshootlarni kapital taʼmirlashda, qayta qurishda va buzishda qurilish konstruksiyalarini boʻlaklashda va muhandisiy tarmoqlarni buzishda hosil boʻladigan materiallar va buyumlardan ularni qayta ishlash va tiklashdan soʻng qurilish (taʼmirlash) obyektlarida foydalanishni yoki aholiga tarqatishni, shuningdek ikkilamchi ashyo sifatida ishlatishni takroriy ishlatish deyish lozim.
1.2. Qurilish (taʼmirlash) obyektlarida materiallar va buyumlardan takroriy foydalanishning maqbulligini, ularning amaldagi chiquvini aniqlashda tiklashga, qayta ishlashga xarajatlarni hisobga olgan holda, shuningdek materiallar va buyumlar turlarining kamobligi darajasini nazarga olgan holda texnik — iqtisodiy hisoblashlar asosida oʻrnatiladi.
Tegishli texnikaviy hujjatlarni, qoidaga koʻra, buyurtmachi yoki pudratchining topshirigʻiga koʻra, qurilish (qurilish — taʼmirlash) texnologiyasi masalalarini yechish sohasida mutaxassislashgan tashkilotlar shartnoma asosida bajaradilar.
2. Takroriy foydalanishga yaroqli materiallar va buyumlarning chiquvi hajmini aniqlash
2.1. Takroriy ishlatishga moʻljallangan materiallar va buyumlar hajmi dastavval qurilish konstruksiyalarini buzish va boʻlaklash jarayonida ularning amaldagi chiquvi asosida belgilanib, lozim boʻlganda mutaxassislashgan shaxs va tashkilotlarni jalb qilingan holda manfaatdor tomonlar tuzgan dalolatnomalarda aks ettiriladi.
2.2. Materiallar va buyumlarning chiquv hajmi, qoidaga koʻra, ulardan bevosita, qurilish ishlab chiqarishi oldidan ham, uning jarayonida ham takroriy qoʻllash yoki dastlabki ishlov berish nuqtai nazaridan batafsil muhandisiy va ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar asosida aniqlashtiriladi.
2.3. Aniqlashtirish natijalari, obyektni pudratchi tashkilotga oʻtkazish, obyektni qurilishga (taʼmirlashga) tayyorlash hamda qurilish (taʼmirlash) ishlarini bajarish jarayoni bosqichida, lozim boʻlganda, mutaxassis shaxs va tashkilotlarni jalb qilish orqali buyurtmachi va pudratchi tomonlaridan dalolatlanadi.
2.4. Takroriy foydalaniladigan materiallarning chiquvini taʼminlovchi ishlarni bajarish texnologiyasi tashkiliy-texnologik hujjatlar (ishlarni bajarish loyihasi, texnologik kartalar) tarkibida ishlab chiqilishi lozim.
3. Buyumlarni, uskunalarni va materiallarni hisobga olish va saqlash
3.1. Takroriy ishlatiladigan materiallar va buyumlarning saqlanishligi ishlarni tayyorlash va bajarishning quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi barcha bosqichlarida taʼminlanishi lozim:
obyektda muhandisiy izlanishlarni (texnikaviy tekshirishlarni);
obyektni pudrat tashkilotiga tayyorlash va topshirishni;
obyektda ishlarni bajarishni;
materiallar va buyumlarni tashish va saqlashni;
materiallar va buyumlarni yaroqli holga keltirishni.
3.2. Kapital taʼmirlanishi, qayta qurilishi yoki buzilishi moʻljallangan obyektning, uning konstruksiyaviy unsurlarini, buyumlarni, materiallarni va muhandisiy uskunalar tizimlarining unsurlarini ham birga olganda, saqlanishligi obyektni pudratchi qabul qilguncha ishlatiluvchi tashkilot tomonidan taʼminlanishi lozim.
3.3. Konstruksiyalarni boʻlaklashdan va uskunalarni oʻrnidan koʻchirishdan hosil boʻluvchi materiallar va buyumlarning saqlanishligi, buyurtmachi obyektni pudratchiga topshirganidan soʻng ulardan taʼmirlash — qurishda (qurishda) takror foydalanish tugallanguncha yoki buyurtmachiga qaytarilguncha pudratchi tomonidan taʼminlanishi lozim.
3.4. Uskunalarni koʻchirishda va konstruksiyalarni boʻlaklashda birinchi navbatda koʻchirilishi hamda obyekt qoshidagi omborxonaga takroriy ishlatishga yaroqli boʻlgan oʻrnatilgan mebel unsurlari, parket, eshik tabaqalari, muhandisiy uskunalar tizimlarining nazoratiy oʻlchagich asboblari (suv oʻlchagichlar, gaz va elektr hisoblagichlar, avtomatik yongʻin signalizatsiyaning darakchilari va b.) uy qoʻriqlagichlar, muhandisiy uskunalar tizimlarining unsurlari (gaz va elektrik plitalar, oʻtin va gaz suv isitgichlar, saqlagichlari va uzgichlari bilan birga, taqsimlagich shchitlar, kabel qutilar, kommutatorlar va b.), arxitektura-badiiy va tarixiy qiymatga ega boʻlgan bezak va suvoq unsurlari, shuningdek, fayans sirlangan va temir-tersak buyumlar, rangli metallardan yasalgan buyumlar, yopqich va rostlagich armatura obyekt qoshidagi omborxonaga topshirilishlari lozim.
3.5. Konstruksiyalarni boʻlaklash va muhandisiy uskunalarni koʻchirish pudratchi (ishlarni bajarishga xoʻjalik usulidan foydalanilganda ishlatuvchi tashkilot) tomonidan yoki shu maqsadda jalb qilinuvchi mutaxassislashgan tashkilotlar tomonidan bajarilishi lozim.
Yuk va yoʻlovchi liftlarni, qurilmalari va kabeli bilan birgalikda televideniye antennalari, yorugʻlik reklamalarini koʻchirishni mutaxassislashgan tashkilotlar bajarishlari lozim.
3.6. Arxitektura-badiiy qiymatga ega boʻlgan binolardagi konstruksiyalarni boʻlaklashda bezak unsurlarni koʻchirishda buyurtmachining yodgorlikni muhofazalash davlat inspeksiyasi yoki arxitektura nazoratining mahalliy mahkamasi bilan kelishuvi mavjud boʻlishi lozim.
3.7. Taʼmirlash-qurishda (qurishda) yoki aholiga sotishda takroriy foydalanishga yaroqli boʻlgan materiallar va buyumlarni saqlashni yangi materiallarni va buyumlarni saqlash qoidalariga mos tarzda bajarish lozim.
3.8. Buzishdan olingan hamda obyektda takroriy ishlatiluvchi materiallar va buyumlar pudratchining omborxona va buxgalteriya hisobida, ularni yaroqli holga keltirish xarajatlarini chiqarib tashlagan holda yangi materiallar bahosida, korxonalar va qurilishlarda materiallarni hisobga olish boʻyicha mavjud yoʻriqnomalar va nizomlarda belgilangan tartibda albatta qayd qilishlari lozim.
3.9. Ushbu obyektda foydalanilmaydigan yaroqli materiallar va buyumlarni pudratchi albatta buyurtmachiga topshirishi yoki uning roziligi bilan oʻz ehtiyojlariga ishlatishi mumkin. Ushbu holda materiallar va buyumlarni qayd qilinishi tegishlicha pudratchi va buyurtmachi tomonidan yuqorida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
3.10. Materiallar va buyumlarni aholiga sotishda, shuningdek qayta baholash va xaridorga yetkazib berishni, mahalliy boshqaruv mahkamalari (Hokimiyatlar) tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Buyumlarni, uskunalarni va materiallarni qayta ishlash, ulardan foydalanish
4.1. Loyiha-smeta hujjatlarga koʻra obyektda takroriy foydalanish koʻzda tutilgan materiallar va buyumlarni takroriy qoʻllashga yaroqli hamda yangi qurilish materiallari va buyumlariga muqobillik texnikaviy shartlari davlat standartlari va shahodatlari talablariga mos holga keltirish lozim.
Tomonlarning shartnomaviy shartlar bilan aniqlanuvchi majburiyatlariga mos tarzda materiallar va buyumlarni yaroqli holga keltirishni mutaxassislashgan ishlab chiqarishlarni va korxonalarni jalb qilgan holda pudratchi yoki buyurtmachi tomonidan bajariladi.
4.2. Gaz va elektr asboblari, dispetcherlash, telefon, radio eshittirish va televiziya tarmoqlari tizimlari uskunalari mutaxassislashgan korxonalarda yoki ustaxonalarda tiklanishlari lozim.Tiklanishi talab qilinmaydigan asboblar va uskunalar maxsus xizmatlar tomonidan ularni mavjud texnikaviy shartlarga mos holga keltirish maqsadida, tekshirishni, tozalashni va rostlashni, shahodatlashni va plombalashni oʻz ichiga oluvchi profilaktik taʼminlanishlari lozim.
4.3. Konstruksiyalarni boʻlaklashdan va uskunalarni oʻchirishdan birlamchi chiqqan materiallar va buyumlarning tavsifnomalari, ularni tiklash yoki qayta ishlash boʻyicha ishlarning asosiy turlari hamda ulardan takroriy foydalanishning mumkin boʻlgan sohalari tavsiya qilinuvchi 1-ilova boʻyicha qabul qilinadi.
4.4. Aholiga sotiladigan materiallar va buyumlar (isitishga oʻtin sifatida sotiluvchi yogʻoch konstruksiyalardan tashqari) 4.1-band talablariga mos tarzda tiklanishi va qayta tiklanishi lozim.
4.5. Uy zamburugʻlari va kemiruvchi qoʻngʻizlar tomonidan shikastlangan hamda maxsus maydonchalarda yoqilishi lozim boʻlgan yogʻochdan, shuningdek mavjud meʼyoriy hujjatlarga koʻra qurilishda foydalanilishi taqiqlangan yoki yuqori radiofaollikka ega boʻlgan materiallar va buyumlardan takroriy foydalanish mumkin emas.
1-ILOVA
Tavsiya qilinadi
Materiallar va buyumlarning chiquvi, ularni tiklash boʻyicha ishlar hamda mumkin boʻlgan takroriy foydalanish sohalari
