Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (615-son)
14.03.2019
Fargʻona viloyati Quvasoy shahri hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3699-son qarori (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 58-sonli buyrugʻi (Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-aprelda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 2452) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Shahardagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar (Quvasoy shahar Mudofaa ishlari boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi, Davlat xavfsizlik xizmatidagi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno) korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikaning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarini 1-ilovaga muvofiq 2019-yil uchun texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha shahar ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish joriy yilning 1-avgustiga qadar tugatilsin.
4. Shahar hokimining 2018-yil 16-yanvardagi 26-sonli “Shahardagi qishloq xoʻjalik va meoliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimning birinchi oʻrinbosari v.v.b. S. Nishonqulov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. ZIYAVITDINOV
Quvasoy sh.,
2019-yil 14-mart,
615-son
Shahar hokimining 2019-yil 14-martdagi 615-sonli qaroriga 1-ILOVA
Shahardagi mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona, tashkilot, fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun texnik koʻrikdan oʻtkazish
Jadvali
T/r Hududlar va MMTPlar nomi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Eslatma 1. MTP AJ Quvasoy filiali 24.03.2019 2. Quvasoy Sufon MMTP 25.03.2019 3. Arsif mexanizator MMTP 26.03.2019 4. Iskandar Abdullayev MMTP 27.03.2019 5. Valik Sarchashmasi MMTP 28.03.2019 6. Nomonjon Yodgor MMTP 29.03.2019 7. Quvasoy bogʻbon madadkori MMTP 30.03.2019 8. Muyan davr texnikasi MMTP 31.03.2019 9. S. Xasanov MMTP 01.04.2019 10. Qishloq xoʻjalik kimyo 02.04.2019 11. Fermer xoʻjaliklar jami 04 — 15.04.2019 12. Shaxsiy fuqarolar jami 04 — 28.04.2019 13. KPPP JBI 29.04.2019 14. Quvasoy taʼmir qurilish 02.05.2019 15. Vodiygaztaʼminot Quvasoy boʻlimi 03.05.2019 16. Oʻzbegim qayta ishlash korxonasi 04.05.2019 17. DEU yoʻl qurilish 05.05.2019 18. Quvasoy shifer OAJ 20.05.2019 19. Quvasoy sement OAJ 23.05.2019 20. Kvars OAJ 25.05.2019 21. Boshqa tashkilotlar Muddati kelgan vaqtida
Shahar hokimining 2019-yil 14-martdagi 615-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi
tarkibi
Guruh rahbari X. Turdiboyev — Inspeksiyaning Quvasoy shahar boʻlimi katta inspektori Guruh aʼzolari S. Ashurov — “Quvasoy Bogʻbon madadkori” MMTP rahbari M. Xolmatov — “Mansurjon oʻgʻli Soxibjon” f/x raisi
