Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (491-son)
11.02.2019
Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimining
qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq transport vositalarining 2019-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish quyidagi davriylikka muvofiq belgilansin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
d) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qatʼi nazar, ularni DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida;
e) ular ishlab chiqarilgan yildan qatʼi nazar, DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan (qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan) kundan boshlab bir yil oʻtgach (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno).
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — joriy yilning 1-martidan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — joriy yilning 1-sentabridan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi joriy yilning 1-martidan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi joriy yilning 10-fevralidan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining 2019-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori 3-bandi talablaridan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalari transport vositalari majburiy texnik koʻriklari oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish rejasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib boruvchi xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
7. Mazkur qaror “Mingbuloq” gazetasida eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M. Kamalov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi T. RAPIKOV
Mingbuloq t.,
2019-yil 11-fevral,
491-son
Tuman hokimining 2019-yil 11-fevraldagi 491-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda transport vositalarni texnik koʻrigini oʻtkazishni tashkil etuvchi komissiya
TARKIBI
A. Abdusamatov — Mingbuloq tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Komissiya kotibi: N. Esonova — Tuman avtomotohavaskorlar jamiyati raisi (kelishuvga asosan) Komissiya aʼzolari: K. Satimov — “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Namangan viloyat boshqarmasi avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini taʼminlanishini nazorat qilish shoʻbasi 1-toifali inspektori A. Abdurazzakov — “Raxmatullo Xamkortrans” MChJ harakat xavfsizligi muxandisi (kelishuvga asosan) X. Oqboyev — Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman kengashi oʻqituvchisi (kelishuvga asosan) O. Aliqulov — Tuman avtomotohavaskorlar jamiyati oʻqituvchisi (kelishuvga asosan) Tuman hokimining oʻrinbosari M. Kamalov
Tuman hokimining 2019-yil 11-fevraldagi 491-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumanda transport vositalarini texnik koʻrigini oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilot, korxona, xoʻjaliklar, muassasalar nomlari Texnik koʻrikni oʻtkazish kuni Texnik koʻrik oʻtkaziladigan joy Koʻrikni oʻtkazish vaqti Transport vositalari soni 1. Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman kengashi 10.04.2019-y. Avtosaroy�da 9:00 — 16:00 16 ta 2. Mingbuloq tuman hokimligi 11.04.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 7 ta 3. Mingbuloq telekommunikatsiya bogʻlamasi 12.04.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 1 ta 4. Tuman sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi 15.04.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 2 ta 5. “Uxud” fermer xoʻjaligi 18.04.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 3 ta 6. “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi “Mingbuloq tumangaz” filiali 20.04.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 8 ta 7. Tuman veterinariya boʻlimi 03.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 1 ta 8. Dovduq aloqa kasb-hunar kolleji 04.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 4 ta 9. Jomashuy qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji 10.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 3 ta 10. Zardaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasi 11.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 6 ta 11. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, “Toza hudud” DUK 13.05.2019y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 6 ta 12. “Mingbuloqdavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi 15.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 5 ta 13. Mingbuloq “Agrotexservis” MChJ 16.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 1 ta 14. “Mingbuloq tola servis” fermer xoʻjaligi 17.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 13 ta 15. “Diyor Zamondosh” MChJ 21.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 6 ta 16. “Zamondosh” MChJ 22.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 3 ta 17. Sil kasalliklar shifoxonasi 23.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 1 ta 18. Tuman davlat soliq inspeksiyasi 23.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 1 ta 19. “Mingbuloq neft” MChJ 24.05.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 2 ta 20. Tumandagi fermer xoʻjaliklar, xususiy korxonalar 10.04.2019-y. — 30.06.2019-y. Avtosaroyida 9:00 — 16:00 27 ta Tuman hokimining oʻrinbosari M. Kamalov Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori A. Abdusamatov
