Tahrir guruhi tuzish toʻgʻrisida (846-I-son)
24.08.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis oʻn beshinchi sessiyasidagi nutqida bayon etilgan taklifni amalga oshirish hamda parlamentda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining tili ravon boʻlishini, yuridik atamalar barcha hujjatlarda toʻgʻri va bir xil qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida quyidagi tarkibdagi tahrir guruhi tuzilsin:
2. Tahrir guruhiga Oliy Majlis oʻn beshinchi sessiyasida qabul qilingan barcha hujjatlarning oʻzbek tilidagi matnini sinchkovlik bilan koʻrib chiqish, ularni Davlat tili haqidagi Qonun talablariga mos holga keltirish, yuridik atamalar toʻgʻri va bir xil qoʻllanilishini taʼminlash topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 24-avgust,
846-I-son
