Zarafshon shahrining chegaralarini kengaytirish toʻgʻrisida (803-I-son)
18.08.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
1. Navoiy viloyati hokimining Tomdi tumanidan oʻtkazilayotgan Yangi Zarafshon shaharchasini Zarafshon shahri hududiga qoʻshish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qondirilsin.
2. Zarafshon shahrining chegaralari grafik chizmaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 18-avgust,
803-I-son
