Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2019-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (2373-son)
18.10.2018
Namangan viloyati Chust tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-y., 09/17/965/0393-son) asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2019-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, 2019-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni 2-ilovaga muvofiq xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni 616,5 nafarni tashkil etadigan 9,8 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3,2 foiz (202 nafar, yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda nogironlar ishga joylashish boʻyicha talab 52 ta boʻlganligi sababli, kelgusida 150 ta ish oʻrinni umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun band etib qoʻyilsin);
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 2,6 foiz (167 kishi);
oʻn toʻrt yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun 1,5 foiz (97 kishi);
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun 1,1 foiz (67 kishi);
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 0,8 foiz (48,5 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 0,2 foiz (13,5 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosi qurbonlari uchun 0,3 foiz (21,5 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasini belgilansin.
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak:
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari;
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari.
4. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar:
muhandislar, iqtisodchilar, hisobchi, hisobchi-taftishchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, oʻqituvchi, tarozibon, elektr va avtoaravacha haydovchisi, tashuvchi, farrosh, oʻtyoqar, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EHM operatori, yukchi, ishchi, bogʻbon, qorovul.
5. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ushbu qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;
yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechikmay muhtojlarni ishga joylashtirish uchun muhtojlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilishini va tayyorligini taʼminlasin, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman Bandlikka koʻmaklashish markazini xabardor qilsin;
muhtojlar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zaxiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu haqda tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilsin;
tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etsin;
tashkilot tomonidan muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligi tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tuman hokimining qarori bajarilmasligi sifatida qaralishi lozimligi qayd etilsin.
6. Tuman hokimining muhtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (B. Mallayev) mazkur qarorni besh kun muddatda qarorning 1-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar rahbarlarining eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qaror bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
8. Mazkur qaror “Chust haqiqati” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab 3 oydan keyin kuchga kiradi.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J. Baxodirov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi B. OXUNOV
Chust sh.,
2018-yil 18-oktabr,
2373-son
Tuman hokimining 2018-yil 18-oktabrdagi 2373-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya
tarkibi
Komissiya raisi: 1. J. Bahodirov — Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Komissiya raisining oʻrinbosari: 2. B. Mallayev — Tuman bandlikka koʻmaklashish markazi direktori Komissiya aʼzolari: 3. N. Bozorova — Tuman hokimininng oʻrinbosari 4. V. Gʻiyosov — Tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya masʼul kotibi 5. A. Qayumov — Tuman Xalq taʼlim muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri 6. N. Poʻlatov — Tuman hokimligi huzuridagi jazoni ijro etish joylardan boʻshatilgan shaxslarda ijtimoiy koʻnikmalar hosil qilish markazi rahbari oʻrinbosari Komissiya kotibi: 7. S. Karimov — Tuman bandlikka koʻmaklashish markazining Ishsizlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻlimining boshligʻi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga yangi tayinlangan shaxslar komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Tuman hokimining 2018-yil 18-oktabrdagi 2373-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiyonalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r Tashkilotlar Jami ishlovchilar soni Yaratilishi lozim boʻlgan ish oʻrinlar soni Shu jumladan Nogironlar uchun (3 foiz) Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun Oʻn toʻrt yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun Safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosi qurbonlari uchun soni foizi soni foizi soni foizi soni foizi soni foizi soni foizi soni foizi 1. Chust tumanidagi 7-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati 78 7,5 2,5 3,2 2,0 2,6 1,0 1,3 1,0 1,3 1,0 1,3 - 0,0 - 0,0 2. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 117 11,5 3,5 3,0 4,0 3,4 2,0 1,7 1,0 0,9 1,0 0,9 - 0,0 - 0,0 3. Tumandagi 1-sonli umumiy taʼlim maktabi 95,3 9,5 3,0 3,1 3,0 3,1 1,5 1,6 1,0 1,0 1,0 1,0 - 0,0 - 0,0 4. Tumandagi 2-sonli umumiy taʼlim maktabi 55 5,5 2,0 3,6 1,5 2,7 1,0 1,8 0,5 0,9 0,5 0,9 - 0,0 - 0,0 5. Tumandagi 3-sonli umumiy taʼlim maktabi 166 16,5 5,0 3,0 5,5 3,3 3,0 1,8 1,0 0,6 1,0 0,6 - 0,0 1,0 0,6 6. Tumandagi 4-sonli umumiy taʼlim maktabi 39 3,5 1,5 3,8 0,5 1,3 0,5 1,3 0,5 1,3 0,5 1,3 - 0,0 - 0,0 7. Tumandagi 6-sonli umumiy taʼlim maktabi 69,2 6,5 2,5 3,6 2,0 2,9 1,0 1,4 1,0 1,4 - 0,0 - 0,0 - 0,0 8. Tumandagi 7-sonli umumiy taʼlim maktabi 66 6,5 2,0 3,0 2,0 3,0 1,0 1,5 1,0 1,5 0,5 0,8 - 0,0 - 0,0 9. Tumandagi 9-sonli umumiy taʼlim maktabi 87,3 8,5 3,0 3,4 2,5 2,9 1,0 1,1 1,0 1,1 0,5 0,6 - 0,0 0,5 0,6 10. Tumandagi 10-sonli umumiy taʼlim maktabi 81,2 8,0 2,5 3,1 2,0 2,5 1,5 1,8 0,5 0,6 1,0 1,2 - 0,0 0,5 0,6 11. Tumandagi 12-sonli umumiy taʼlim maktabi 59 5,5 2,0 3,4 0,5 0,8 1,0 1,7 1,0 1,7 - 0,0 - 0,0 1,0 1,7 12. Tumandagi 13-sonli umumiy taʼlim maktabi 72,3 7,0 2,5 3,5 1,5 2,1 1,0 1,4 1,0 1,4 0,5 0,7 - 0,0 0,5 0,7 13. Tumandagi 14-sonli umumiy taʼlim maktabi 58,6 5,5 2,0 3,4 1,0 1,7 0,5 0,9 0,5 0,9 1,0 1,7 - 0,0 0,5 0,9 14. Tumandagi 15-sonli umumiy taʼlim maktabi 93 9,0 3,0 3,2 3,0 3,2 1,0 1,1 1,0 1,1 1,0 1,1 - 0,0 - 0,0 15. Tumandagi 16-sonli umumiy taʼlim maktabi 49 4,5 1,5 3,1 2,0 4,1 0,5 1,0 0,5 1,0 - 0,0 - 0,0 - 0,0 16. Tumandagi 17-sonli umumiy taʼlim maktabi 84,2 8,0 2,5 3,0 2,0 2,4 1,0 1,2 1,0 1,2 1,0 1,2 - 0,0 0,5 0,6 17. Tumandagi 18-sonli umumiy taʼlim maktabi 84 8,0 2,5 3,0 3,0 3,6 1,0 1,2 1.0 1,2 0,5 0,6 - 0,0 - 0,0 18. Tumandagi 19-sonli umumiy taʼlim maktabi 84 8,0 2,5 3,0 2,5 3,0 1,5 1,8 1,0 1,2 0,5 0,6 - 0,0 - 0,0 19. Tumandagi 20-sonli umumiy taʼlim maktabi 60 6,0 2,0 3,3 2,0 3,3 1,0 1,7 0,5 0,8 0,5 0,8 - 0,0 - 0,0 20. Tumandagi 21-sonli umumiy taʼlim maktabi 76,5 7,5 2,5 3,3 2,0 2,6 1,5 2,0 1,0 1,3 0,5 0,7 - 0,0 - 0,0 21. Tumandagi 22-sonli umumiy taʼlim maktabi 52,8 5,0 2,0 3,8 2,0 3,8 1,0 1,9 - 0,0 - 0,0 - 0,0 - 0,0 22. Tumandagi 23-sonli umumiy taʼlim maktabi 58,1 5,5 2,0 3,4 2,5 4,3 1,0 1,7 - 0,0 - 0,0 - 0,0 - 0,0 23. Tumandagi 24-sonli umumiy taʼlim maktabi 49 4,5 1,5 3,1 2,0 4,1 0,5 1,0 0,5 1,0 - 0,0 - 0,0 - 0,0 24. Tumandagi 25-sonli umumiy taʼlim maktabi 42,8 4,0 1,5 3,5 1,5 3,5 1,0 2,3 - 0,0 - 0,0 - 0,0 - 0,0 25. Tumandagi 26-sonli umumiy taʼlim maktabi 45,7 4,5 1,5 3,3 2,0 4,4 0,5 1,1 0,5 1,1 - 0,0 - 0,0 - 0,0 26. Tumandagi 27-sonli umumiy taʼlim maktabi 62,8 6,0 2,0 3,2 2,0 3,2 1,5 2,4 0,5 0,8 - 0,0 - 0,0 - 0,0 27. Tumandagi 28-sonli umumiy taʼlim maktabi 55 5,5 2,0 3,6 2,0 3,6 0,5 0,9 0,5 0,9 0,5 0,9 - 0,0 - 0,0 28. Tumandagi 29-sonli umumiy taʼlim maktabi 49,8 5,0 1,5 3,0 1,5 3,0 1,0 2,0 0,5 1,0 0,5 1,0 - 0,0 - 0,0 29. Tumandagi 30-sonli umumiy taʼlim maktabi 52 5,0 2,0 3,8 1,5 2,9 1,0 1,9 0,5 1,0 - 0,0 - 0,0 - 0,0 30. Tumandagi 32-sonli umumiy taʼlim maktabi 66 6,5 2,0 3,0 2,0 3,0 1,5 2,3 1,0 1,5 - 0,0 - 0,0 - 0,0 31. Tumandagi 35-sonli umumiy taʼlim maktabi 55,4 5,5 2,0 3,6 2,0 3,6 1,0 1,8 0,5 0,9 - 0,0 - 0,0 - 0,0 32. Tumandagi 38-sonli umumiy taʼlim maktabi 45,8 4,5 1,5 3,3 1,5 3,3 0,5 1,1 0,5 1,1 0,5 1,1 - 0,0 - 0,0 33. Tumandagi 41-sonli umumiy taʼlim maktabi 73,3 7,0 2,5 3,4 2,5 3,4 1,5 2,0 0,5 0,7 - 0,0 - 0,0 - 0,0 34. Tumandagi 40-sonli umumiy taʼlim maktabi 32,9 3,0 1,0 3,0 0,5 1,5 0,5 1,5 0,5 1,5 0,5 1,5 - 0,0 - 0,0 35. Tumandagi 42-sonli ixtisoslashtirilgan maktab -internati 146 14,5 4,5 3,1 4,5 3,1 3,0 2,1 1,0 0,7 1,0 0,7 - 0,0 0,5 0,3 36. Tumandagi 45-sonli umumiy taʼlim maktabi 59,8 6,0 2,0 3,3 2,0 3,3 1,0 1,7 0,5 0,8 0,5 0,8 - 0,0 - 0,0 37. Tumandagi 47-sonli umumiy taʼlim maktabi 33 3,0 1,0 3,0 0,5 1,5 1,0 3,0 0,5 1,5 - 0,0 - 0,0 - 0,0 38. Tumandagi 48-sonli umumiy taʼlim maktabi 39 3,5 1,5 3,8 0,5 1,3 0,5 1,3 0,5 1,3 0,5 1,3 - 0,0 - 0,0 39. Tumandagi 51-sonli umumiy taʼlim maktabi 49,3 4,5 1,5 3,0 1,0 2,0 1,0 2,0 0,5 1,0 0,5 1,0 - 0,0 - 0,0 40. Tumandagi 55-sonli umumiy taʼlim maktabi 71 7,0 2,5 3,5 2,0 2,8 1,0 1,4 1,0 1,4 0,5 0,7 - 0,0 - 0,0 41. Tumandagi 56-sonli umumiy taʼlim maktabi 62,6 6,0 2,0 3,2 2,0 3,2 1,0 1,6 0,5 0,8 0,5 0,8 - 0,0 - 0,0 42. Tumandagi 57-sonli umumiy taʼlim maktabi 63 6,0 2,0 3,2 1,5 2,4 1,0 1,6 0,5 0,8 0,5 0,8 - 0,0 0,5 0,8 43. Tumandagi 58-sonli umumiy taʼlim maktabi 70 7,0 2,5 3,6 2,0 2,9 1,0 1,4 1,0 1,4 - 0,0 - 0,0 0,5 0,7 44. Tumandagi 59-sonli umumiy taʼlim maktabi 60 6,0 2,0 3,3 1,0 1,7 1,0 1,7 1,0 1,7 1,0 1,7 - 0,0 - 0,0 45. Tumandagi 64-sonli umumiy taʼlim maktabi 132,4 13,0 4,0 3,0 4,0 3,0 2,0 1,5 2,0 1,5 1,0 0,8 - 0,0 - 0,0 46. Tumandagi 65-sonli umumiy taʼlim maktabi 36 3,5 1,5 4,2 0,5 1,4 0,5 1,4 0,5 1,4 0,5 1,4 - 0,0 - 0,0 47. Tumandagi 68-sonli umumiy taʼlim maktabi 39,3 3,5 1,5 3,8 0,5 1,3 0,5 1,3 0,5 1,3 0,5 1,3 - 0,0 - 0,0 48. Tumandagi 69-sonli umumiy taʼlim maktabi 36 3,5 1,5 4,2 1,0 2,8 0,5 1,4 0,5 1,4 - 0,0 - 0,0 - 0,0 49. Tumandagi 1-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 33 3,0 1,0 3,0 0,5 1,5 0,5 1,5 1,0 3,0 - 0,0 - 0,0 - 0,0 50. Tumandagi 2-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 46 4,5 1,5 3,3 1,0 2,0 1,0 2,2 0,5 1,1 0,5 1,1 - 0,0 - 0,0 51. Tumandagi 6-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 33 3,0 1,0 3,0 1,0 3,0 0,5 1,5 0,5 1,5 - 0,0 - 0,0 - 0,0 52. Tumandagi 23-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 42 4,0 1,5 3,6 1,0 2,4 0,5 1,2 0,5 1,2 0,5 1,2 - 0,0 - 0,0 53. Tumandagi 26-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 52 5,0 2,0 3,8 1,5 2,9 1,0 1,9 0,5 1,0 - 0,0 - 0,0 - 0,0 54. Tumandagi 27-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 33 3,0 1,0 3,0 0,5 1,5 0,5 1,5 0,5 1,5 0,5 1,5 - 0,0 - 0,0 55. Tumandagi 31-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 50 5,0 1,5 3,0 1,5 3,0 1,0 2,0 0,5 1,0 0,5 1,0 - 0,0 - 0,0 56. Tumandagi 33-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 33 3,0 1,0 3,0 1,0 3,0 0,5 1,5 0,5 1,5 - 0,0 - 0,0 - 0,0 57. Tumandagi 34-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 32,8 3,0 1,0 3,0 0,5 1,5 0,5 1,5 0,5 1,5 0,5 1,5 - 0,0 - 0,0 58. Tumandagi 35-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 51,7 5,0 2,0 3,9 1,0 1,9 1,0 1,9 0,5 1,0 0,5 1,0 - 0,0 - 0,0 59. Tumandagi 38-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 43 4,0 1,5 3,5 0,5 1,2 1,0 2,3 0,5 1,2 0,5 1,2 - 0,0 - 0,0 60. Tumandagi 51-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 56,2 5,5 2,0 3,6 1,5 2,7 1,5 2,7 0,5 0,9 - 0,0 - 0,0 - 0,0 61. Tumandagi 69-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 33,2 3,0 1,0 3,0 0,5 1,5 0,5 1,5 0,5 1,5 0,5 1,5 - 0,0 - 0,0 62. Tuman tibbiyot birlashmasi va uning tarkibidagi quyi tizimlari 1580 158,0 47,5 3,0 42,0 2,7 22,0 1,4 18,0 1,1 13,0 0,8 5,5 0,3 10,0 0,6 63. Chust tibbiyot kolleji 170 17,0 5,5 3,2 5,5 3,2 3,0 1,8 1,0 0,6 1,0 0,6 - 0,0 1,0 0,6 64. OATB “Agrobank” Chust tuman filiali 43 4,0 1,5 3,5 1,0 2,3 0,5 1,2 1,0 2,3 - 0,0 - 0,0 - 0,0 65. “Avtosanoat -plast” MChJ 43 4,0 1,5 3,5 0,5 1,2 0,5 1,2 - 0,0 0,5 1,2 0,5 1,2 0,5 1,2 66. Chust tuman yoʻl xoʻjalik pudrat taʼminot tashkiloti 75 7,5 2,5 3,3 1,0 1,3 1,0 1,3 1,0 1,3 1,0 1,3 1,0 1,3 - 0,0 67. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 245 24,5 7,5 3,1 6,0 2,4 3,0 1,2 1,0 0,4 3,0 1,2 2,0 0,8 2,0 0,8 68. Chust “Texnolog-GR” MChJ 86 8,5 3,0 3,5 0,5 0,6 1,0 1,2 1,0 1,2 1,0 1,2 1,0 1,2 1,0 1,2 69. “Chust MASh” MChJ 36 3,5 1,0 2,8 0,5 1,4 0,5 1,4 0,5 1,4 0,5 1,4 0,5 1,4 - 0,0 70. Chust Paxta tozalash aksionerlik jamiyati 274 27,5 8,5 3,1 5,0 1,8 4,0 1,5 3,0 1,1 3,0 1,1 3,0 1,1 1,0 0,4 JAMI 6 304 616,5 202,0 3,2 167,0 2,6 97,0 1,5 67,0 1,1 48,5 0,8 13,5 0,2 21,5 0,3 Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J. Baxodirov
