Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4399-son)
19.07.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq xoʻjaligi sohasida iqtisodiy tizimni yanada chuqur isloh qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qishloq joylarda xizmat koʻrsatish tizimini kengaytirish, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yangi ish oʻrinlarini yaratish, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2019-yil 21-martda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda Loyiha deb yuritiladi) moliyalashtirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 25 yil muddatga 200 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz ajratilishi maʼqullangani;
2019-yil 11-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida qarz bitimi imzolangani;
Loyihaning umumiy qiymati 300,6 mln AQSH dollari ekvivalentini, shundan Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — 100,6 mln AQSH dollari, shu jumladan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni toʻlash shaklidagi ulush — 64 mln AQSH dollari ekvivalentini va Loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi — 36,6 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Loyiha Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Loyihani oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Loyiha doirasida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish 2019-yil sentabr oyidan boshlanadi;
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan olingan qarz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qaytariladi.
3. Quyidagilar:
“Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosi va uning asosiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
“Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzini soʻndirish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish prognoz grafiki 3-ilovaga muvofiq;
“Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
mazkur qarorning ijrosini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha doirasida beriladigan qarzni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Markaz direktori, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimlari zimmasiga 2019 — 2025-yillar davomida Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va tartib-taomillariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Loyiha Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qarzni qayta kreditlash bitimlarini imzolash, shuningdek, ularga Markaz va Loyihada ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari bilan kelishilgan holda tegishli oʻzgartishlar kiritish vakolati berilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri D.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyul,
PQ-4399-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4399-son qaroriga 1-ILOVA
“Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining
ASOSIY KOʻRSATKICHLARI
T/R Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi ulushi Benefitsiarlar mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati * ming AQSH doll. ekv. 300 587,6 200 000 63 962,6 36 625 2. Umumiy kapital qoʻyilmalar miqdori ming AQSH doll. ekv. 263 818,51 200 000 27 193,51 36 625 shuningdek: 2.1. Mahsulot va xizmatlar ming AQSH doll. ekv. 18 500 18 500 2.2. Ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari kredit liniyalari ming AQSH doll. ekv. 183 125 146 500 36 625 2.3. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kapitalizatsiyasi ming AQSH doll. ekv. 20 000 20 000 2.4. Koʻzda tutilmagan xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 14 500 14 500 2.5. Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ** ming AQSH doll. ekv. 27 693,51 500 27 193,51 3. Soliq va bojxona imtiyozlari ming AQSH doll. ekv. 36 769,09 36 769,09
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ish va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalari asosida belgilanadi.
** Davlat budjeti va tijorat banklari mablagʻlari qoʻshib hisoblanganda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4399-son qaroriga 2-ILOVA
“Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzidan foydalanish
SXEMASI
Komponentlar nomi Qarz summasi Qarzni toʻlash manbai Summa(ming AQSH doll.) foiz 1-komponent. Tadbirkorlikni rivojlantirish 1.1-sub-komponent: Murabbiylik va biznes-inkubatsiya. Qishloq xoʻjaligi tadbirkorlari uchun biznes inkubatsiya markazlari dasturini qoʻllab-quvvatlash 3 000 1,5 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari 1.2-sub-komponent: Klasterlar, ishlab chiqarish va sotish zanjirlarini yaratish 2 000 1 1.3-sub-komponent: Bozorda ilgari surish va texnologiyalarni tekshiruvdan oʻtkazish 2 000 1 1.1-sub-komponent: Murabbiylik va biznes-inkubatsiya. Innovatsion startaplarni amalga oshirish boʻyicha faoliyatni qoʻllab-quvvatlash 3 000 1,5 1.1-sub-komponent: Murabbiylik va biznes-inkubatsiya. Mintaqaviy innovatsion markazlarni qoʻllab-quvvatlash 5 000 2,5 Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mablagʻlari Jami 15 000 7,5 2-komponent. Moliyalashtirish 2.1-sub-komponent: Mikro-, kichik, oʻrta korxonalarni moliyalashtirish 146 500 73,25 Ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari mablagʻlari 2.2.1-sub-komponent: Mikro-, kichik, oʻrta korxonalar uchun Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar 20 000 10 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari 2.2.2-sub-komponent: Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi xodimlarining malakasini oshirish va texnik koʻmak koʻrsatish 500 0,25 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari Jami 167 000 83,5 3-komponent. Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish 3 000 1,5 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari Koʻzda tutilmagan xarajatlar 14 500 * 7,25 Ishtirok etuvchi tashkilotlar mablagʻlari Qarz boʻyicha bir martalik toʻlov (komissiya) 500 0,25 416 ming AQSH doll. — ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari mablagʻlari 84 ming AQSH doll. — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari Jami 18 000 9 Hammasi 200 000 100
* Ushbu mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan oʻrnatilgan tartibda kelishilgan holda qayta taqsimlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4399-son qaroriga 3-ILOVA
“Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish
PROGNOZ GRAFIKI *
Qarz summasi, ming AQSH doll. — 200 000 Qarz muddati, yil — 25 yil Imtiyozli muddat, yil — 5 yil Foiz stavkasi — Boshlangʻich stavka va belgilangan spred Bir martalik komissiya ** — Qarz summasidan 0,25 foiz Majburiyat boʻyicha komissiya — 0,25 foiz oʻzlashtirilmagan qarz qismi boʻyicha AQSH doll Toʻlov sanasi Foiz summasi Majburiyat boʻyicha komissiya toʻlovlari summasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi Jami toʻlanadigan summa 11.04.2019 15.10.2019 19 430 259 722 279 152 15.04.2020 324 014 252 978 576 993 15.10.2020 406 667 233 916 640 582 15.04.2021 707 778 227 500 935 278 15.10.2021 915 000 209 688 1 124 688 15.04.2022 1 516 667 195 903 1 712 569 15.10.2022 1 728 333 158 854 1 887 188 15.04.2023 2 325 556 145 347 2 470 903 15.10.2023 2 643 333 108 021 2 751 354 15.04.2024 3 421 050 88 958 5 000 000 8 510 008 15.10.2024 3 863 333 40 351 5 000 000 8 903 684 15.04.2025 3 741 111 5 000 000 8 741 111 15.10.2025 3 660 000 5 000 000 8 660 000 15.04.2026 3 538 889 5 000 000 8 538 889 15.10.2026 3 456 667 5 000 000 8 456 667 15.04.2027 3 336 667 5 000 000 8 336 667 15.10.2027 3 253 333 5 000 000 8 253 333 15.04.2028 3 151 667 5 000 000 8 151 667 15.10.2028 3 050 000 5 000 000 8 050 000 15.04.2029 2 932 222 5 000 000 7 932 222 15.10.2029 2 846 667 5 000 000 7 846 667 15.04.2030 2 730 000 5 000 000 7 730 000 15.10.2030 2 643 333 5 000 000 7 643 333 15.04.2031 2 527 778 5 000 000 7 527 778 15.10.2031 2 440 000 5 000 000 7 440 000 15.04.2032 2 338 333 5 000 000 7 338 333 15.10.2032 2 236 667 5 000 000 7 236 667 15.04.2033 2 123 333 5 000 000 7 123 333 15.10.2033 2 033 333 5 000 000 7 033 333 15.04.2034 1 921 111 5 000 000 6 921 111 15.10.2034 1 830 000 5 000 000 6 830 000 15.04.2035 1 718 889 5 000 000 6 718 889 15.10.2035 1 626 667 5 000 000 6 626 667 15.04.2036 1 525 000 5 000 000 6 525 000 15.10.2036 1 423 333 5 000 000 6 423 333 15.04.2037 1 314 444 5 000 000 6 314 444 15.10.2037 1 220 000 5 000 000 6 220 000 15.04.2038 1 112 222 5 000 000 6 112 222 15.10.2038 1 016 667 5 000 000 6 016 667 15.04.2039 910 000 5 000 000 5 910 000 15.10.2039 813 333 5 000 000 5 813 333 15.04.2040 711 667 5 000 000 5 711 667 15.10.2040 610 000 5 000 000 5 610 000 15.04.2041 505 556 5 000 000 5 505 556 15.10.2041 406 667 5 000 000 5 406 667 15.04.2042 303 333 5 000 000 5 303 333 15.10.2042 203 333 5 000 000 5 203 333 15.04.2043 101 111 5 000 000 5 101 111 15.10.2043 5 000 000 5 000 000 Itogo 89 184 494 1 921 238 200 000 000 291 105 732
* Toʻlovlar miqdori qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish boshlangan sanadagi 6 oylik LIBOR stavkasi va belgilangan spredga nisbatan aniqlashtiriladi.
** Rejalashtirilgan qarz hajmidan 0,25 foiz miqdorida bir martalik komissiya toʻlovi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hisobidan qoplanadi hamda qarzning umumiy miqdoriga kapitallashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4399-son qaroriga 4-ILOVA
“Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirning nomi Bajarilish sanasi Ijro holatini nazorat qilishni tashkil etish boshlanishi yakunlanishi nazoratga masʼul koʻrib chiqish muddati 1. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov) 2019-yil iyul 2019-yil avgust Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) 2019-yil avgust 2. Loyiha texnik iqtisodiy asosining parametrlarini toʻliq amalga oshirish, shu jumladan mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov) 2019-yil iyul 2019-yil avgust Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov) 2019-yil sentabr 3. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki talablariga muvofiq loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov) 2019-yil iyul 2019-yil avgust Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov) 2019-yil sentabr 4. Loyiha doirasida tegishli va masʼul boʻlgan shaxslar imzolarining namunasini tasdiqlab, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga taqdim etish. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2019-yil avgust 2019-yil sentabr Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) 2019-yil sentabr 5. Loyiha doirasida beriladigan qarzni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzdan foydalanish tartibini ishlab chiqish. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), tijorat banklari 2019-yil iyul 2019-yil avgust Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) 2019-yil sentabr 6. Jalb qilingan qarzni qayta kreditlash maqsadida salohiyatli tijorat banklarini aniqlash hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan tasdiqlatish. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2019-yil iyul 2019-yil avgust Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) 2019-yil sentabr 7. Aniqlangan salohiyatli tijorat banklari bilan Moliya vazirligi va Agentlik tomonidan alohida qayta kreditlash shartnomalarini imzolash. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tijorat banklari 2019-yil avgust 2019-yil sentabr Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) 2019-yil sentabr 8. Loyiha doirasida kredit mablagʻlariga ehtiyojmand tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirib borish. Kredit mablagʻlarini taqsimlash hamda tadbirkorlarning loyihalarini tanlab olishAgentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan tasdiqlanadigan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. Masʼul: Fargʻona viloyati hokimi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimi (Sh. Abduraxmonov), tijorat banklari 2019-yil avgust Loyihani amalga oshirish davrida Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) Loyihani amalga oshirish davrida 9. Tadbirkorlik subyektlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashga, qishloq joylarda xizmat koʻrsatish tizimini kengaytirishga, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirishga qisqa va uzoq muddatli imtiyozli mablagʻlarni taqdim etish. Masʼul: tijorat banklari, Agentlik (Sh. Shoaxmedov) 2019-yil sentabr Loyihani amalga oshirish davrida Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) Loyihani amalga oshirish davrida 10. Loyiha doirasida tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarni oʻz vaqtida va toʻliq qaytarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan maqsadli ishlatilishi taʼminlash choralarini koʻrish. Masʼul: tijorat banklari 2019-yil sentabr Loyihani amalga oshirish davrida Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) Loyihani amalga oshirish davrida 11. Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida biznes inkubatsiya va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga keng imkoniyat yaratish, tadbirkorlarning bilim va koʻnikmalarini oshirishga, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga mablagʻlarni yoʻnaltirish. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Fargʻona viloyati hokimi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimi (Sh. Abduraxmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikromov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov), Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (U. Ismoilov), Yoshlar ittifoqi (Q. Quranbayev), Oʻzbekiston tadbirkor ayollar uyushmasi (G. Maxmudova) 2019-yil sentabr 2025-yil iyul Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) 2025-yil iyul 11. 1 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga mikro, kichik va oʻrta korxonalarni rivojlantirish uchun 20 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirish. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (U. Ismoilov) 2019-yil sentabr Loyihani amalga oshirish davrida Vazirlar Mahkamasi (D. Qoʻchqorov) Loyihani amalga oshirish davrida 11. 2 Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan belgilangan viloyatlarda mintaqaviy innovatsion markazlarni ishga tushirish va yangi biznes startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash ishlarini moliyalashtirish. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov), Fargʻona viloyati hokimi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimi (Sh. Abduraxmonov) 2019-yil sentabr Loyihani amalga oshirish davrida Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) Loyihani amalga oshirish davrida 11. 3 Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 5 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni yoʻnaltirish. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov) 2019-yil sentabr Loyihani amalga oshirish davrida Vazirlar Mahkamasi (D. Qoʻchqorov) Loyihani amalga oshirish davrida 11. 4 Murabbiylik, biznes-inkubatsiya markazlarini tashkillashtirish va ularning dasturlarini qoʻllab-quvvatlash; klasterlar, ishlab chiqarish va sotish zanjirlarini yaratish; yangi texnologiyalarni sinash va bozorlarga tatbiq etish; innovatsion startaplarni qoʻllab-quvvatlash ishlarini moliyalashtirish. Masʼul: Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Fargʻona viloyati hokimi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimi (Sh. Abduraxmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikromov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Yoshlar ittifoqi (Q. Quranbayev), Oʻzbekiston tadbirkor ayollar uyushmasi (G. Maxmudova) 2019-yil sentabr Loyihani amalga oshirish davrida Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) Loyihani amalga oshirish davrida 12. Loyihani oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish. Masʼul: Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Fargʻona viloyati hokimi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimi (Sh. Abduraxmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikromov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (U. Ismoilov),Yoshlar ittifoqi (Q. Quranbayev), Oʻzbekiston tadbirkor ayollar uyushmasi (G. Maxmudova) Loyihani amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish davrida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov) Loyihani amalga oshirish davrida 13. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi Investitsiya dasturiga kiritish. Masʼul: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov) 2019-yil noyabr 2019-yil dekabr Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) 2019-yil dekabr 14. Loyihani amalga oshirish mobaynida yillik belgilangan oʻzlashtirish prognozlarining bajarilishi, loyihaning oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishi, loyihaning budjet parametrlari hamda koʻrsatkichlari ustidan doimiy nazorat olib borish. Masʼul: Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Loyihani amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish davrida Vazirlar Mahkamasi (E. Ganiyev) Loyihani amalga oshirish davrida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PQ-4399-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4399-son qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha
AMALIY CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Qarorning bandlari, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Bajarish muddati Ijro uchun masʼullar Vazirlik va idoralardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan 1. 1. Quyidagilar: 2019-yil 21-martda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha deb yuritiladi) moliyalashtirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 25 yil muddatga 200 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz ajratilishi maʼqullanganligi; 2019-yil 11-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida qarz bitimi imzolanganligi; Loyihaning umumiy qiymati 300,6 mln AQSH dollari ekvivalentini, shundan Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — 100,6 mln AQSH dollari, shu jumladan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni toʻlash shaklidagi ulush — 64 mln AQSH dollari ekvivalentini va Loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi — 36,6 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin. 1. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash. 2. Loyiha texnik-iqtisodiy asosining parametrlarini toʻliq amalga oshirish, shu jumladan mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki talablariga muvofiq loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish. 2019-yil avgust 2019-yil avgust Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Fargʻona viloyati hokimligi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimligi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmonov) J. Qoʻchqorov, E. Ganiyev, G. Saidova, A. Vaxabov 2. 2. Belgilansinki: “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladi; Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Loyihani oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi; Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan olingan qarz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qaytariladi. 1. Jalb qilingan qarzni qayta kreditlash maqsadida salohiyatli tijorat banklarini aniqlash hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan tasdiqlatish. 2. Aniqlangan salohiyatli tijorat banklari bilan Moliya vazirligiva Agentlik tomonidan alohida qayta kreditlash shartnomalarini imzolash. 3. Jalb qilingan kreditni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga oʻz vaqtida qaytarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. 4. Tadbirkorlik subyektlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashga, qishloq joylarda xizmat koʻrsatish tizimini kengaytirishga, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirishga qisqa va uzoq muddatli imtiyozli mablagʻlarni taqdim etish. Kredit mablagʻlarini taqsimlash hamda tadbirkorlarning loyihalarini tanlab olish Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan tasdiqlanadigan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. 5. Loyiha doirasida tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarni oʻz vaqtida va toʻliq qaytarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan maqsadli ishlatilishini taʼminlash choralarini koʻrish. 6. Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida biznes inkubatsiya va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga keng imkoniyat yaratish, tadbirkorlarning bilim va koʻnikmalarini oshirishga, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga mablagʻlar yoʻnaltirish. 2019-yil sentabr 2019-yil sentabr 2019 — 2025-yillar davomida tasdiqlangan rejaga asosan Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Fargʻona viloyati hokimligi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimligi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmonov) J. Qoʻchqorov, E. Ganiyev, G. Saidova, A. Vaxabov 3. 4. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha doirasida beriladigan qarzni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzdan foydalanish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin. 1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzdan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: loyiha doirasida beriladigan qarzni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari; subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlari. 2. Ishlab chiqilgan nizomni belgilangan tartibda tasdiqlash. 2019-yil avgust 2019-yil sentabr Agentlik (Sh. Shoaxmedov), Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) J. Qoʻchqorov, E. Ganiyev, G. Saidova, A. Vaxabov 4. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri, Agentlik bosh direktori, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimlari zimmasiga Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va tartib-taomillariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin. 1. Masʼul vazirlik va idoralar tomonidan loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritish hamda maʼlumotlarni Agentlikka taqdim etib borish. 2. Masʼul vazirlik va idoralarning loyihani amalga oshirilishi boʻyicha hisobotlari har chorakda Agentlik tomonidan umumlashtirilgan holda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga hamda belgilangan talablar va tartib-taomillarga muvofiq tegishli vazirlik hamda idoralarga taqdim etish. 3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish. 2019 — 2025-yillar davomida tasdiqlangan rejaga asosan Har chorakda Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Fargʻona viloyati hokimligi (Sh. Ganiyev), Namangan viloyati hokimligi (X. Bozarov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmonov) J. Qoʻchqorov, G. Saidova 5. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Loyiha Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin. Loyihani amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlariga kiritish. 2019-yil dekabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xadjayev) J. Qoʻchqorov, E. Ganiyev, G. Saidova, A. Vaxabov 6. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J. A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin. 1. Loyihani amalga oshirish mobaynida yillik belgilangan oʻzlashtirish prognozlarining bajarilishi, loyihaning oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishi, loyihaning budjet parametrlari hamda koʻrsatkichlari ustidan doimiy nazorat olib borish. 2. Mazkur qarorning ijrosini majlislarda koʻrib chiqish. Har chorakda Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), tijorat banklari J. Qoʻchqorov
