Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida (930-son)
02.10.2018
Fargʻona viloyati Margʻilon shahri hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga hamda (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1998-yil, 5-6 son, 97-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami 2017-yil, 12-son, 263-modda) asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun shaharda 2019-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam miqdori qoʻyidagicha belgilansin:
xodimlarning roʻyxati boʻyicha oʻrtacha soni 1124 nafarni tashkil etadi 10 foiz miqdorida, shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 0,6 foiz (75 kishi);
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 3,1 foiz (367 kishi);
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 0,5 foiz (53 kishi);
nogironlar uchun 3,5 foiz (406 kishi);
pensiya yoshidagi shaxslar uchun 0,3 foiz (33 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanishidan ozod qilingan shaxslar uchun 1,5 foiz (175 kishi);
odam savdosi qurbonlari uchun 0,1 foiz (15 kishi)
2. Shaxslarning koʻrsatib oʻtilgan toifalari uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak:
Ular boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar:
hisobchi, oʻqituvchi, hamshira, shifokor, haydovchi, kompyuter operatori, tikuvchi, huquqshunos, xodimlar ishlari boʻyicha inspektor, iqtisodchi, menedjer, ishchi, elektrik, chilangar, sartarosh, bogʻbon, farrosh.
3. Shaharda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarinig eng kam miqdorini belgilash boʻyicha kimissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Margʻilon shahri boʻyicha ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni korxona, tashkilotlar boʻyicha ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Shahardagi mavjud korxona, tashkilot va muassasa rahbarlariga:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqotbatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
2019-yil boshlangunga qadar oʻn kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish qidirishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlash, ushbu toʻgʻrisida shahar Bandlikka koʻmaklashish markaziga yil boshlangunga qadar axborot berish;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish qidirishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlash, bu toʻgʻrisida shahar Bandlikka koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tugagandan soʻng oʻn kundan kechikmay axborot berish;
har chorakda shahar Bandlikka koʻmaklashish markaziga yuqorida koʻrsatilgan toifadagi shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
5. Band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish qidirishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining tayyorligi toʻgʻrisidagi axborotni tashkilot tomonidan taqdim etilmaganligiga ham va amalda ularning tayyor emasligiga ham mehnat organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organi qarorining bajarilmaganligi sifatida qarashi lozimligi qayd etilsin.
6. Mazkur qaror bajarilmagan taqdirda, shuningdek,ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
7. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish qidirishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini shahar hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga egadir.
8. Shahar Bandlikka koʻmaklashish markazi (T. Asamutdinov) bir xafta muddatda ushbu qarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va uning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
9. Shahar xokimining 2017-yil 14-sentabrdagi 743-sonli qarori 2018-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotsin.
10. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilinsin, 2019-yilning 1-yanvardan boshlab kuchga kiritilsin.
11. Qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari E. Toʻxtamatov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. UBAYDULLAYEV
Margʻilon sh.,
2018-yil 2-oktabr,
930-son
Shahar hokimining 2018-yil 2-oktabrdagi 930-sonli qaroriga 1-ILOVA
Shaharda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarinig eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya
tarkibi
Komissiya raisi 1. E. Toʻxtamatov — Shahar xokimining birinchi oʻrinbosari Komissiya kotibi 2. T. Asamutdinov — Shahar Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori Komissiya aʼzolari 3. N. Niyozov — Mudofaa boʻlimi boshligʻi 4. D. Shokirov — Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Margʻilon shahar boʻlimi boshligʻi 5. N. Azizov — Shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri 6. R. Xolmatova — Shahar xokimligi xuzuridagi Jazoni ijro etish joylaridan boʻshatilgan shaxslarda ijtimoiy koʻnikmalar hosil qilish markazi rahbari 7. A. Gʻaniyev — Shahar Tibbiyot birlashmasi boshligʻi 8. Sh. Dadaxonov — Shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga yangi tayilangan shaxslar komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Shahar hokimining 2018-yil 2-oktabrdagi 930-sonli qaroriga 2-ILOVA
2019-yilda Margʻilon shahri boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni korxona tashkilotlar boʻyicha ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r Ijtimoiy muxofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini belgilash taklif etilayotgan korxona va tashkilotlar roʻyxati (korxona va tashkilotlarning nomi) Shtat jadvali boʻyicha xodimlarining umumiy soni Kelgusi yilga zaxiraga qoʻyish taklif etilayotgan ish oʻrinlari soni shu jumladan: 14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Umumiy oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Odam savdosi qurbonlari uchun band qilingan ish oʻrinlari soni 1. Margʻilon shahar Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi 111 11 1 4 1 4 1 2. Margʻilon shahar Xalq taʼlimi boʻlimi 39 3 0 0 2 1 3. Margʻilon shahar Madaniyat boʻlimi shahar madaniyat va aholi dam olish markazi 52 5 1 1 2 1 4. Margʻilon shahar hokimligi 43 4 1 0 2 1 5. Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Margʻilon shahar boʻlimi 27 2 1 1 0 6. Fargʻona viloyat 3-son sil kasalliklariga qarshi kurashish dispanseri 208 20 1 7 1 7 3 1 7. Margʻilon qurilish kasb-hunar kolleji 77 8 1 2 1 3 1 8. Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 96 9 4 1 3 1 9. Margʻilon tibbiyot kolleji 164 16 1 6 1 5 1 2 10. 1-sonli mehribonlik uyi 108 10 1 3 4 1 1 11. Margʻilon shahar pedagogika kolleji 316 31 1 14 1 10 4 1 12. Margʻilon yengil sanoat turizm kasb-hunar kolleji 81 8 1 1 1 3 2 13. Margʻilon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi 79 7 1 1 1 3 1 14. 5-sonli oilaviy poliklinikasi 98 9 1 3 1 3 1 15. Margʻilon shahar tugʻruq kompleksi 356 35 3 13 2 11 1 4 1 16. 6-sonli oilaviy poliklinikasi 135 13 1 4 1 4 1 2 17. Margʻilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi 363 36 2 11 2 11 2 7 1 18. 13-sonli “Navnihol” maktabgacha taʼlim muassasasi 23 2 1 1 19. 27-sonli “Giloscha� maktabgacha taʼlim muassasasi 27 2 1 1 0 20. Margʻilon bank kolleji 120 12 1 4 1 4 2 21. Margʻilon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi 195 19 2 5 1 6 1 3 1 22. Margʻilon shahar bolalar shifoxonasi 314 31 3 10 2 10 2 3 1 23. Margʻilon shahar tibbiyot birlashmasi 1362 136 7 50 12 41 10 14 2 24. Margʻilon politexnika kasb-hunar kolleji 84 8 3 1 3 1 25. Milliy hunarmandchilik kolleji 74 7 1 2 3 1 26. Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti 35 3 0 2 1 27. 1-Yengil sanoat kasb-hunar kolleji 70 7 1 1 3 1 1 28. 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 66 6 1 1 1 2 1 29. Margʻilon xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji 62 5 1 1 2 1 30. “UNIVERSAL METAN SERVIS” maʼsuliyati cheklangan jamiyati 28 2 0 1 1 31. 2-sonli oilaviy poliklinikasi 164 16 2 6 5 1 2 32. 3-sonli oilaviy poliklinikasi 107 10 1 2 1 4 2 33. “FARG'ONA GO'SHT-SUT SAVDO” aksiyadorlik jamiyati 40 4 1 2 1 34. 27-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 77 7 1 1 1 3 1 35. 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 47 4 1 2 1 36. 1-maktabgacha taʼlim muassasasi 126 12 1 3 1 4 1 2 37. 14-maktabgacha taʼlim muassasasi 45 4 1 2 1 38. 35-maktabgacha taʼlim muassasasi 72 7 1 2 3 1 39. 18-maktabgacha taʼlim muassasasi 62 6 1 2 2 1 40. 33-maktabgacha taʼlim muassasasi 66 6 1 1 2 2 41. 26-maktabgacha taʼlim muassasasi 83 8 3 3 2 42. 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 75 7 1 1 3 1 1 43. Margʻilon shahar Davlat soliq inspeksiyasi 99 9 1 3 3 1 1 44. Bandlikka koʻmaklashish markazi 24 2 1 1 45. Margʻilon shahar Davlat arxivi 35 3 0 1 2 0 46. Koʻzi ojizlar va kar-soqovlarning kechki umumiy oʻrta taʼlim maktabi 136 13 2 3 1 5 2 47. 7-son oilaviy poliklinikasi 83 8 2 1 3 1 1 48. 22-son aqli zaif bolalar maxsus yordamchi maktabi 96 9 1 3 3 1 1 49. Qishloq qurilish bank 74 7 1 2 3 1 50. Asaka bank 51 5 2 2 1 51. Hamkorbank 56 5 1 1 2 1 52. Karantin va oʻta yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi Fargʻona filiali 66 6 1 2 2 1 53. 2-Margʻilon tibbiyot kolleji 137 13 1 3 1 5 2 1 54. Margʻilon akademik litseyi 107 10 1 2 1 4 2 55. 4-son oilaviy poliklinikasi 85 8 1 2 1 3 1 56. 1-son oilaviy poliklinikasi 169 16 2 5 5 1 2 1 57. 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 105 10 1 3 4 1 1 58. 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 30 3 1 1 1 0 59. 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 64 6 2 1 2 1 60. 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 30 3 1 1 1 61. 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 29 3 1 1 1 62. 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 93 9 1 4 3 1 63. 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 118 12 1 3 1 4 1 2 64. 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 68 6 1 1 3 1 65. 9-bolalar musiqa maktabi 76 7 1 1 3 2 66. 36-maktabgacha taʼlim muassasasi 143 14 1 3 5 1 3 1 67. Margʻilon shahar 8-son bolalar musiqa va sanat maktabi 61 6 2 2 2 68. 26-maktabgacha taʼlim muassasasi 70 7 1 1 3 1 1 69. 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 85 8 1 2 3 1 1 70. 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 138 13 4 1 5 3 71. 20-maktabgacha taʼlim muassasasi 76 7 3 3 1 72. 3-maktabgacha taʼlim muassasasi 72 7 1 2 3 1 73. 32-maktabgacha taʼlim muassasasi 55 5 2 2 1 74. 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 120 12 1 3 1 4 3 75. 23-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 91 9 3 1 3 2 76. 24-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 87 8 1 3 3 1 77. 28-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 84 8 2 1 3 1 1 78. 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 66 6 3 2 1 79. 16-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 121 12 1 4 4 1 2 80. 11-rus tiliga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi 123 12 1 4 4 2 1 81. 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 71 7 2 1 3 1 82. 2-son ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi 85 8 1 3 3 1 83. 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 90 9 3 1 3 2 84. 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 83 8 3 3 1 1 85. 10-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi 43 4 2 2 86. 5-maktabgacha taʼlim muassasasi 72 7 1 2 3 1 87. 1-umumiy oʻrta taʼlim iqtidorli bolalar maktabi 102 10 1 2 1 4 2 88. 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 105 10 1 3 4 2 89. 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 121 12 1 4 4 2 1 90. 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 70 7 3 3 1 91. 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 76 7 1 1 3 2 92. 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 91 9 5 3 1 93. 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 58 5 2 2 1 94. 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 88 8 4 3 1 95. “FARG'ONA ULGURJI SAVDO INVEST” maʼsuliyati cheklangan jamiyati 70 7 1 1 1 3 1 96. 25-maktabgacha taʼlim muassasasi 297 29 1 15 9 4 97. 15-maktabgacha taʼlim muassasasi 128 12 1 5 4 2 98. 12-maktabgacha taʼlim muassasasi 37 3 2 1 99. 2-maktabgacha taʼlim muassasasi 81 8 1 3 3 1 100. 17-maktabgacha taʼlim muass�sasi 49 4 1 2 1 101. Margʻilon shahar maktabgacha taʼlim bщlimi 23 2 1 1 102. 23-maktabgacha taʼlim muassasasi 45 4 1 2 1 103. 37-maktabgacha taʼlim muassasasi 101 10 5 3 2 104. 6-maktabgacha taʼlim muassasasi 72 7 3 3 1 105. 9-maktabgacha taʼlim muassasasi 48 4 1 2 1 106. 16-maktabgacha taʼlim muassasasi 50 5 2 2 1 107. 24-maktabgacha taʼlim muassasasi 75 7 2 3 2 108. 21-maktabgacha taʼlim muassasasi 73 7 3 3 1 109. 19-maktabgacha taʼlim muassasasi 83 8 3 3 2 110. 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 70 7 3 3 1 111. 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 68 7 3 3 1 112. Margʻilon shahar barkamol avlod bolalar markazi 63 6 3 2 1 113. 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 114 11 5 4 2 JAMI: 11702 1124 75 367 53 406 33 175 15
