Tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (1076-son)
12.02.2019
Namangan viloyati Chust tumani hokimining
qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq transport vositalarining 2019-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish quyidagi davriylikka muvofiq belgilansin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
d) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qatʼi nazar, ularni DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida;
e) ular ishlab chiqarilgan yildan qatʼi nazar, DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan (qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan) kundan boshlab bir yil oʻtgach (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno).
3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — joriy yilning 1-martidan 30-iyungacha;
ikkinchi marta — joriy yilning 1-sentabridan 31-oktabrgacha oʻtkazilsin.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi joriy yilning 1-martidan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi joriy yilning 11-fevralidan 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining 2019-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori 3-bandi talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi nazarda tutilsin.
6. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib boruvchi xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
7. Mazkur qaror “Chust haqiqati” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J. Baxodirov zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi B. OXUNOV
Chust sh.,
2019-yil 12-fevral,
1076-son
Chust tuman hokimining 2019-yil 12 fevradagi 1076-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda transport vositalarni texnik koʻrigini oʻtkazishni tashkil etuvchi komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi J. Bozorov ― Tuman IIB yoʻl harakati xavfsizligi Boʻlinmasi boshligʻi, katta serjant Komissiya kotibi M. Nuritdinova ― Komissiyaning hujjatlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassisi Komissiya aʼzolari: Oʻ. Mullaxodjayev ― Tuma� IIB yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi mashgʻulot amaliyot noziri A. Abdulxodiyev ― “Oʻzavtotrans” agentligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi I. Shodmonov ― DASK “Agrosugʻurta” Chust tuman boʻlimi mutaxassisi X. Roziqov — Tuman mudofaa boʻlimi vakili M. Xalilov — TIF “Milliy bank” Chust tuman filiali boshqaruvchisi
Chust tuman hokimining 2019-yil 12 fevradagi 1076-sonli qaroriga 2-ILOVA
Chust tumanida transport avtoxoʻjaliklar fermer xoʻjaliklari korxonalardagi mexanik transport vositalari va tirkamalarni 2019-yil majburiy yillik texnika kurigidan utkazish
JADVALI
T/r Avtoxoʻjaliklar nomi Koʻrikdan oʻtkazil vakt Transport vositasining soni Koʻrik oʻtkaziladigan manzili Izox 1 2 4 5 6 7 1. “Chust 57 avtokorxona” MChJ 14.02.2019-yil 29.06.2019-yil 35 Korxonada 2. “Chust mirobod trans” MChJ 14.02.2019-yil 30.06.2019-yil Litsenziyasi borlari Korxonada 3. “Chust taksi servis” MChJ 14.02.2019-yil 31.06.2019-yil Litsenziyasi borlari Korxonada 4. “Texnolog-gr” MChJ 02.03.2019-yil 3 Korxonada 5. “6 XMKK” MChJ 03.03.2019-yil 16 Korxonada 6. “Bofanda zamin nur” x/k 05.03.2019-yil 3 Korxonada 7. “Chust davr trans servis” MCHJ 09.03.2019-yil 3 Korxonada 8. “Chust istemol savdo” MCHJ 10.03.2019-yil 4 Korxonada 9. “Chust special technical service” x/k 12.03.2019-yil 3 Korxonada 10. “Chust trans man avto” MCHJ 13.03.2019-yil 4 Korxonada 11. “Doctor energy” MCHJ 14.03.2019-yil 3 Korxonada 12. “Feniks faxr qurikish servis” x/k 16.03.2019-yil 3 Korxonada 13. Tuman tibbiyot birlashmasi 17.03.2019-yil 5 Korxonada 14. “Immunal farim servis” MCHJ 19.03.2019-yil 3 Korxonada 15. “Kroshca stroy servis” MCHJ 24.03.2019-yil 3 Korxonada 16. Maxmudjon Kamalov bog'lari f/x 27.03.2019-yil 2 Korxonada 17. “Mixtrade invest plus” 28.03.2019-yil 2 Korxonada 18. “Muhayo mashxura” MCHJ 29.03.2019-yil 2 Korxonada 19. “Nomonjon Nurillaevich” x/k 02.04.2019-yil 3 Korxonada 20. “Olmos farm text” MCHJ 06.04.2019-yil 3 Korxonada 21. “Sherxan ltd” MCHJ 09.04.2019-yil 2 Korxonada 22. “Chust pansada qurilish montaj” MCHJ 13.04.2019-yil 3 Korxonada 23. “Chust sadbarg savdo servis” x/k 14.04.2019-yil 4 Korxonada 24. “Varzik fbrdavs trans” MCHJ 16.04.2019-yil Litsenizyasi borlari Korxonada 25. “Varzik global bulding” MCHJ 18.04.2019-yil 3 Korxonada 26. “Zamon kafolat savdo” MCHJ 22.04.2019-yil 2 Korxonada 27. “Abduraximoxun Chust” MChJ 24.04.2019-yil 2 Korxonada 28. “Baxrom Xolikchayev” f/x 28.04.2019-yil 3 Korxonada 29. “Bexruz 2001” korxonasi 03.05.2019-yil 3 Korxonada 30. Tuman davlat veterinariya boʻlimi 07.05.2019-yil 4 Korxonada 31. “Dadajon Ergash Parpiyev” MChJ 11.05.2019-yil 4 Korxonada 32. Damobod madatkor MMTP 12.05.2019-yil 3 Korxonada 33. “Dilbar d” MChJ 14.05.2019-yil 3 Korxonada 34. “Jaxongir” XKK 17.05.2019-yil 3 Korxonada 35. “Zamon kafolat savdo” MChJ 22.05.2019-yil 3 Korxonada 36. Tuman yoʻl xoʻjalikgi pudrat taʼmir foydalanish korxonasi 26.05.2019-yil 17 Korxonada 37. Qishloq xoʻjalikkimyo tuman boʻlimi 29.05.2019-yil 15 Korxonada 38. “Kommunal texnik xizmat” MChJ 30.05.2019-yil 13 Korxonada 39. “Kon inventar baxo” MChJ 01.05.2019-yil 3 Korxonada 40. “Mamajon ota Abdullayev” f/x 02.05.2019-yil 3 Korxonada 41. “Marmar F” MChJ 04.05.2019-yil 4 Korxonada 42. “Maxsus avtotrans” shuba korxonasi 05.05.2019-yil 5 Korxonada 43. “Mexr bunyodkor” MChJ 06.05.2019-yil 3 Korxonada 44. MK “Vatanparvar” tashkiloti Chust tuman boʻlimi 07.05.2019-yil 21 Korxonada 45. “Murodjon kurilish montaj” x/k 08.05.2019-yil 3 Korxonada 46. Mustaqillik maishiy kasb hunar kolleji 09.05.2019-yil 3 Korxonada 47. “Najmiddin Lutfullo” MChJ 11.05.2019-yil 4 Korxonada 48. “Namatak” MChJ 11.05.2019-yil 8 Korxonada 49. “Nodirabegim buzruk” x/k 12.05.2019-yil 5 Korxonada 50. OAO Olmospaxtamash 13.05.2019-yil 3 Korxonada 51. OOO “gova sof savdo servis” 14.05.2019-yil 3 Korxonada 52. OOO “Tadjibayev Shirinbek” 15.05.2019-yil 4 Korxonada 53. OOO “Chustavtotexxizmat” 16.05.2019-yil 15 Korxonada 54. Rezaksoy suv ombori 18.05.2019-yil 2 Korxonada 55. “Savob” KTXagrofirma 19.05.2019-yil 5 Korxonada 56. Sanoat transport kollleji 20.05.2019-yil 8 Korxonada 57. “Temir tersak xususiy” korxonasi 21.05.2019-yil 3 Korxonada 58. “Temirchi” MChJ 22.05.2019-yil 6 Korxonada 59. “TMChUSYa” AJ 22.05.2019-yil 5 Korxonada 60. “Temir beton” MChJ 23.05.2019-yil 7 Korxonada 61. “Travertin tosh” MChJ 24.05.2019-yil 3 Korxonada 62. “Toʻraqoʻrgʻon neft baza” Chust tuman shaxobchasi 25.05.2019-yil 13 Korxonada 63. “Xabibjon ziyayev” f/x 26.05.2019-yil 3 Korxonada 64. Chust qishloq xoʻjaligi kasb hunar kolleji 27.05.2019-yil 7 Korxonada 65. “Chust maxsus avtotrans” korxonasi 28.05.2019-yil 14 Korxonada 66. “Chust rikoma servis” x/k 29.05.2019-yil 4 Korxonada 67. Chust telekomunikatsiyasi korxonasi 30.05.2019-yil 3 Korxonada 68. Chust tuman obodondashtirish boʻlimi 27.05.2019-yil 3 Korxonada 69. Chust tumani hokimligi 28.05.2019-yil 8 Korxonada 70. “Shaxboz” xususiy firma 29.05.2019-yil 3 Korxonada 71. “Yusupjon xoji Izbosarov” f/x 30.05.2019-yil 2 Korxonada Chust tuman IIB YXXB boshligʻi katta serjant J. Bozorov
