Turizm toʻgʻrisida (O‘RQ-549-son) · Sana: 18.07.2019 · Amalda
Turistlar va ekskursantlarni sugʻurta qilish ixtiyoriydir, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno hamda turistlar va ekskursantlar tomonidan bunday faoliyatni olib borish huquqiga ega boʻlgan tegishli sugʻurta tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Turoperatorlar va turagentlar turistik mahsulotning xususiyati hamda shakliga qarab turistlar va ekskursantlarda sugʻurta polisi mavjud boʻlishi toʻgʻrisida talab belgilash huquqiga ega.
Turoperatorlar oʻzining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4428097
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 38-modda. Turizm sohasida sugʻurta qilish Turizm toʻgʻrisida (O‘RQ-549-son). neolex.uz/uz/laws/law-4428101/38 (lex.uz/docs/-4428097)