13-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining turizm sohasi tadbirlaridagi ishtiroki
Turizm toʻgʻrisida (O‘RQ-549-son) · Sana: 18.07.2019 · Amalda
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida:
turizm sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
madaniy meros obyektlarini targʻib qilishda, turizm salohiyatini saqlash va rivojlantirishda ishtirok etadi;
turizm toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
turizm toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
turizm sohasidagi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
