Toshkent shahar hokimining 2019-yil 5-martdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 357-sonli qaroriga asosan Mirobod tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi “Mirobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 1-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida (318-son)
18.03.2019
Toshkent shahar Mirobod tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 28, 99, 143-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami 2018-yil 31-dekabr, 52-son, 996-modda), Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 402/46-5-sonli, Toshkent shahar hokimining 2019-yil 5-martdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqidagi”gi 357-sonli va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 2018-yil 27-dekabrdagi 130/20-1-sonli, Mirobod tumani hokimining 2019-yil 4-yanvardagi “Mirobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarorlari hamda Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasining 2019-yil 6-martdagi 01-3/408-sonli xatiga asosan, qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2019-yil 5-martdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqidagi”gi 357-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq:
Toshkent shahar hokimining 2019-yil Mahalliy budjet daromadlari boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining umumiy yillik miqdoridan kelib chiqib, soliq Konsepsiyasi boʻyicha taʼsir qiluvchi omillarni inobatga olgan holda choraklik prognoz koʻrsatkichlarini muvofiqlashtirib borish hamda yillik prognozni qayta taqsimlanishiga Halq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan rozilik berilganligi inobatga olinsin.
3. Mirobod tumani hokimining 2019-yil 4-yanvardagi “Mirobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarorining:
a) 1-ilovasi mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq;
b) 3-ilovasi mazkur qarorning 2 ilovasiga muvofiq yangi tahrirda bayon qilinsin.
4. Mirobod tuman Moliya boʻlimi (J. Oripov):
Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasining bildirishnomasiga koʻra tuman mahalliy budjetiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Mirobod tumani hokimligi press sekretari (Sh. Xazrat):
Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilinishi “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari va http.//mirobod.uz veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Mirobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari A. Salaydinov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. PULATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-mart,
318-son
Mirobod tumani hokimining 2019-yil 18-martdagi 318-sonli qaroriga 1-ILOVA
Mirobod tumani mahalliy budjetining 2019-yil uchun budjet
parametrlari
(ming soʻm) T/r Koʻrsatkichlar Miqdori Daromadlar jami 124 476 707 Daromadlar 77 609 426 1. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 21 849 420 2. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 5 554 552 3. Aksiz soligʻi, jami 19 801 128 benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 19 801 128 4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 7 096 616 5. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 3 831 507 6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 998 002 7. Jarimalar* 6 073 908 8. Bozorlar daromadidan tushum 3 065 429 9. Mahalliy yigʻimlar 9 338 864 Shahar mahalliy budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 46 867 281 Xarajatlar jami 124 476 707 1. Maorif xarajatlari 84 898 217 maktabgacha taʼlim 29 494 455 umumiy taʼlim 55 403 762 2. Sogʻliqni saqlash xarajatlari 20 032 635 3. Madaniyat 468 789 4. Jismoniy tarbiya xarajatlari 2 719 869 5. Davlat boshqaruv organlarini saqlash 3 545 952 6. Tuman hokimi zaxira jamgʻarmasi 1 232 443 7. Ijtimoiy koʻnikma markazlari 89 173 8. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 3 258 236 9. Iqtisodiyot xarajatlari 8 231 393 Aylanma kassa mablagʻi meʼyori 299 600
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorning 26-ilovasiga muvofiq.
Mirobod tumani hokimining 2019-yil 18-martdagi 318-sonli qaroriga 2-ILOVA
Davlat soliqlaridan Mirobod tumani mahalliy budjetiga ajratmalar
meʼyorlari
foizda T/r Tuman Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Jarimalar Bozorlar daromadidan tushum Mahalliy yigʻimlar 1. Mirobod 100 100 100 100 100
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarorning 26-ilovasiga muvofiq.
