Chilonzor tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi “Chilonzor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida (716-son)
23.04.2019
Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 143-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarori, (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2018-yil 31-dekabr, 52-son, 996-modda), Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 402/46-5-sonli, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli, 2019-yil 5-martdagi “Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 357-sonli, xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2018-yil 27-dekabrdagi “Chilonzor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 82/12-1-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasining 2019-yil 6-martdagi 01-3/411-sonli xatini inobatga olib, qaror qilaman:
1. 2019-yil 5-martdagi “Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 357-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mahalliy daromadlari boʻyicha belgilangan belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining umumiy yillik miqdoridan kelib chiqib, soliq Konsepsiyasi boʻyicha taʼsir qiluvchi omillarni inobatga olgan holda choraklik prognoz koʻrsatkichlarini muvofiqlashtirib borish hamda yillik prognozni qayta taqsimlanishiga Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan rozilik berilgani inobatga olinsin.
3. Chilonzor tumani hokimining 2019-yil 4-yanvardagi “Chilonzor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarorining:
a) 1-ilovasi mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq;
b) 3-ilovasi mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq yangi tahrirda bayon qilinsin.
4. Tuman Moliya boʻlimi (D. Rajabov)
Tuman mahalliy budjetiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Tuman Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (B. Abduxamidov), Matbuot xizmati (Y. Nishantayeva):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.chilonzor.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Karimov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi S. MAXAMETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-aprel,
716-son
Chilonzor tuman hokimining 2019-yil 23-apreldagi 716 -sonli qaroriga 1-ILOVA
Chilonzor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar Miqdori (ming. soʻm) Daromadlar jami 198 574 880 Daromadlar 124 027 806 1. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 51 517 249 2. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 21 471 341 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 10 499 102 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 5 300 460 5. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 249 523 6. Jarimalar* 9 282 064 7. Bozorlardan daromadidan tushum 19 279 777 8. Mahalliy yigʻimlar 2 788 195 9. Aksiz soligʻi, jami 3 640 095 -benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 3 640 095 Shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 74 547 074 Xarajatlar 198 574 880 1. Maorif xarajatlari 141 455 429 — maktabgacha taʼlim 55 298 066 — umumiy taʼlim 86 157 363 2. Sogʻliqni saqlash 32 072 464 3. Madaniyat xarajatlari 965 419 4. Jismoniy tarbiya xarajatlari 2 553 445 5. Davlat boshqaruv organlarini saqlash 4 031 797 6. Tuman hokimi zaxira jamgʻarmasi 1 966 088 7. Ijtimoiy koʻnikma markazi 184 445 8. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 4 644 993 9. Iqtisodiyot xarajatlari 10 700 800 Aylanma kassa mablagʻi meʼyori 478 790
* Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining 2018yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarorining 26-ilovasiga muvofiq
Chilonzor tuman hokimining 2019-yil 23-apreldagi 716 -sonli qaroriga 2-ILOVA
Davlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari
foizda T/r Umumdavlat soliqlar nomi Ajratmalar miqdori 1. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 100 2. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 100 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 100 5. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 100 6. Jarimalar 100 7. Bozorlardan daromadidan tushum 100 8. Mahalliy yigʻimlar 100 9. Aksiz soligʻi — benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 15
