Uchtepa tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (1-son)
04.01.2019
Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-348-III-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 402/46-5-sonli qarori, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi 1865-sonli qarori, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2018-yil 29-dekabrdagi “Uchtepa tumanining 2019-yilgi mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 77/12-1-sonli qarori hamda Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasining 2018-yil 27-dekabrdagi 02-4-sonli xatiga asosan, qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi 1865-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Uchtepa tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
davlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Moliya boʻlimiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hamda Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasining bildirishnomalariga koʻra, budjetining xarajat qismiga oʻzgartirishlar kiritishiga ruxsat berilsin.
4. Tuman hokimligining tashkiliy-kadrlar guruhi (N. Saidov) va Toshkent shahar hokimligining “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” boʻlimining Uchtepa tuman tarmoq administratori:
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.uchtepa.poytaxt.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Giyasov zimmasiga yuklansin.
Uchtepa tuman hokimi Sh. ATAMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-yanvar,
1-son
Uchtepa tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-son qaroriga 1-ILOVA
Uchtepa tumani mahalliy budjetining 2019-yil uchun budjet parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar Miqdori (ming soʻm) Daromadlar jami 206 364 067,0 Daromadlar 125 088 411,0 1. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 14 467 744 2. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 27 018 117 3. Aksiz soligʻi, jami 24 857 359 — benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 24 857 359 4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 9 192 236 5. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 4 788 188 6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1 486 190 7. Jarimalar 8 000 534 8. Bozorlar daromadidan tushum 33 600 387 9. Mahalliy yigʻimlar 1 677 656 Shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 81 275 656,0 Xarajatlar jami 206 364 067,0 1. Maktabgacha taʼlim xarajatlari 151 092 015,0 — maktabgacha taʼlim 59 877 202,0 — umumiy taʼlim xarajatlari 91 214 813,0 2. Sogʻliqni saqlash xarajatlari 32 121 671,0 3. Madaniyat 887 472,0 4. Jismoniy tarbiya xarajatlari 2 832 649,0 5. Davlat boshqaruv organlarini saqlash 3 883 460,0 6. Tuman hokimi zaxira jamgʻarmasi 2 043 209,0 7. Ijtimoiy koʻnikma markazi 172 975,0 8. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 5 332 856,0 9. Iqtisodiyot xarajatlari 7 997 760,0 Aylanma kassa mablagʻi meʼyori 482 880,0
Uchtepa tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat soliqlaridan Uchtepa tumani mahalliy budjetga ajratmalar meʼyorlari
(foizda) T/r Umumdavlat soliqlari nomi Ajratmalar miqdori 1. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 53 2. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy daromad soligʻi 100 3. Aksiz soligʻi — benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 100 4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 5. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 100 6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 100 7. Jarimalar 100 8. Bozorlardan tushadigan daromadlar 100 9. Mahalliy yigʻimlar 100
