Yunusobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (2267-son)
28.12.2018
Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-348-III-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 402/46-5-sonli va Toshkent shahar hokimining 2019-yil 27-dekabrdagi 1865-sonli, xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining 2018-yil 27-dekabrdagi 70/11-1-sonli qarorlariga muvofiq hamda Yunusobod tumani Moliya boʻlimining 2018-yil 27-dekabrdagi NT/579-1-sonli xatiga asosan, qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli qarori ijro va maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq, quyidagilar:
Yunusobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2019-yil uchun aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yunusobod tuman mahalliy budjetining 2019-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
— daromadlar jami — 249 423 625,0 ming soʻm;
— xarajatlar jami — 249 423 625,0 ming soʻm.
4. Tuman hokimligining tashkiliy-kadrlar guruhi (N. Saidov) va Toshkent shahar hokimligining “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” boʻlimining Uchtepa tuman tarmoq administratori:
— tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish tuman moliya boʻlimining taqdimnomasiga koʻra tuman hokimining qarori asosida amalga oshirilsin.
5. Tuman hokimligining tashkiliy kadrlar guruhi rahbari (V. Mamedov) va tuman hokimligi axborot texnologiyalari mutaxassisi (A. Abdumalikov)larga:
— “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.yunusobod.toshkent.uz saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Tuman hokimining 2018-yil 8-yanvardagi “Yunusobod tumanining 2018-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 40-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari X. Fayzullaxoʻjayev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi R. Usmanov
Toshkent sh.,
2018-yil 28-dekabr,
2267-son
Yunusobod tuman hokimining 2018-yil 28-dekabrdagi 2267-son qaroriga 1-ILOVA
Yunusobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar Miqdori (ming soʻm) Daromadlar jami 249 423 625 Daromadlar 153 001 397 1. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 50 098 065 2. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 16 263 843 3. Aksiz soligʻi, jami 32 339 093 — benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 32 339 093 4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 16 525 514 5. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 8 791 707 6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 3 234 353 7. Jarimalar 17 639 177 8. Bozorlar daromadidan tushum 5 671 665 9. Mahalliy yigʻimlar 2 437 980 Shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 96 422 228 Xarajatlar jami 249 423 625 1. Maorif xarajatlari 177 134 071 — maktabgacha taʼlim 70 332 511 — umumiy taʼlim 106 801 560 2. Sogʻliqni saqlash xarajatlari 45 289 657 3. Madaniyat xarajatlari 985 627 4. Jismoniy tarbiya xarajatlari 3 385 400 5. Davlat boshqaruv organlarini saqlash 5 562 829 6. Tuman hokimi zaxira jamgʻarmasi 2 469 541 7. Ijtimoiy koʻnikma markazlari 193 364 8. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 5 668 810 9. Iqtisodiyot xarajatlari 8 734 326
Yunusobod tuman hokimining 2018-yil 28-dekabrdagi 2267 -son qaroriga 2-ILOVA
Davlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari
T/r Davlat soliqlari nomi Ajratmalar miqdori (foizda) 1. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 91 2. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 100 3. Aksiz soligʻi: — benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 100 4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 5. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 100 6. Suv resurslaridan foydalanganli� uchun soliq 100 7. Jarimalar 100 8. Bozorlar daromadidan tushum 100 9. Mahalliy yigʻimlar 100
Yunusobod tuman hokimining 2018-yil 28-dekabrdagi 2267-son qaroriga 3-ILOVA
Yunusobod tuman mahalliy budjetining 2019-yil uchun naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori
T/r Tuman nomi Aylanma kassa mablagʻi meʼyori (ming soʻm) 1. Yunusobod tumani 590 640
